Navoiy viloyat pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish



Download 4,79 Mb.
Pdf ko'rish
bet402/411
Sana26.07.2021
Hajmi4,79 Mb.
#129212
1   ...   398   399   400   401   402   403   404   405   ...   411
Bog'liq
ona-tili va adabiyot fani boyicha malaka oshirish kursi tinglovchilari uchun oquv-uslubiy majmua

 
 
 
 
 
 
 
(197 so‘z)  
TIL – TAFAKKUR BOYLIGI 
Til –millatning  belgilaridan biri. Dunyoda xalqlar ko‘p, lekin har bir xalq,  avvalo,  o‘z tili, milliy urf-
odat  va  an’analari,  o‘ziga  xos  turmush  tarzi  bilan  ajralib  turadi.  Binobarin,  xalqning,  millatning  o‘zligini 
namoyon qilishda tilning o‘rni va ahamiyati beqiyosdir. 
  
O‘zbek  xalqi  asrlar  davomida dunyo  sivilizatsiyasiga,  umumbashariy   qadriyatlar  rivojiga  ulkan  hissa 
qo‘shib  kelmoqda.  Bunda  ona  tilimizning  xizmati  katta.  Chunki  bu  til    bo‘lmasa,    Mahmud  Qoshg‘ariyning  
“Devonu lug‘otit turk” kitobi,  Alisher Navoiyning “Xamsa”si, Bobur Mirzoning “Boburnoma”si, Cho‘lpon va 
Abdulla  Oripovning  o‘tli  she’riyati  yaratilmagan  bo‘lar  edi.    Shuning  uchun  ona  tilimiz  millatimiz  ruhining  
timsoliga aylanib ketgan. 
  
  Ona tili ko‘hna tariximiz, hayotbaxsh qadriyatlarimiz, din-u diyonatimiz, xalqimizga xos dunyoqarash 
his-tuyg‘ular  evolyutsiyasini,  tadrijiy  taraqqiyotini  ko‘rsatuvchi,    ajdodlar    merosini    avlodlarga    yetkazuvchi 
ko‘zgudir. 
   
Til  xalqning,    millatning    eng    buyuk    qadriyatlaridan    biri    hisoblanadi.  Shuning  uchun    xalqning  
ozodlikka, o‘zligini  namoyon  etishga  intilishda  tilning qadrini tiklash, nufuzini orttirish muhim  o‘rin tutadi. 
Alisher  Navoiyning    temuriylar    davrida    o‘zbek    tilining    obro‘yi    uchun    kurashgani    bejiz    emas.  XX  asr  
boshida    ma’rifatparvar    bobolarimiz    xalqni    ilmga    chorlash    uchun  tilni,    alifboni    isloh    etishga    harakat  
qilishgani  ham  ulkan   ma’rifiy  ahamiyatga  ega  bo‘ldi. O‘tgan asrning  so‘ngida  esa xalqimiz  Prezident 
Islom  Karimov  boshchiligida    mustaqillik    uchun  kurash    olib    borar    ekan,    avvalo,  tilimizga  davlat  tili 
maqomini    berish    yo‘lida  sa’y-harakatlar  qildi  va  1989-yilda,  hali  sobiq  mustabid  tuzumi    hukmronligi  
tugamagan bir  paytda  bu  ishni amalga  oshirdi. 
   
  Mustaqillikka  erishganimizdan    keyin    o‘zbek    tili    rivojiga    katta    e’tibor    berilgani    natijasida  
Konstitutsiyamizda,    “Davlat    tili  haqida”gi    Qonunda    o‘zbek  tilining    davlat    tili    sifatidagi  maqomi,  uni  
rivojlantirishning  huquqiy  asoslari  belgilab  qo‘yildi. 
   
  Bu    o‘zbek    tili    taraqqiyotida    yangi    davr  boshlanganidan    dalolat  edi.  Bugungi    kunda  
davlatimizning    eng    muhim    hujjatlari    shu  tilda    yozilmoqda.  Ona  tilimiz    davlatlararo    muloqotlarda,  
dunyoning  nufuzli  minbarlarida,  xalqaro  anjumanlarda   ham  keng qo‘llanmoqda. U istiqlol  yillarida  milliy  
g‘urur  manbaiga, mustaqilligimiz  timsoliga  aylanib  qoldi.     

Download 4,79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   398   399   400   401   402   403   404   405   ...   411




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish