Bog'liq ona-tili va adabiyot fani boyicha malaka oshirish kursi tinglovchilari uchun oquv-uslubiy majmua
III. Mavzuga doir suhbat rejasi va matni – 20 daqiqa.
Metod: suhbat
Shakl: jamoada ishlash
Usul: og‘zaki.
Suhbat rejasi:
1. Test haqida ma’lumot.
2. Testlarni tayyorlash va ularni o‘tkazishga qo‘yilgan asosiy talablar.
3. Test tuzish jarayonida nimalarga e’tibor berish lozim.
4. Test haqida ba’zi mulohazalar.
5. O‘qituvchilar dars jarayonida foydalanishlari uchun ijodiy topshiriq namunalari.
1. Test haqida ma’lumot
“Test” inglizcha “test” so‘zidan olingan bo‘lib topshiriq, tajriba ma’nosini anglatadi. Unga biror xususiyatni
o‘lchash usuli sifatida XIX asrning 90-yillarida ingliz psixologi D.Kettel asos solgan. XX asr boshidan buyon
bu sohada ikkita yo‘nalish yuzaga keladi: psixologik va pedogogik testlar.
Psixologik testlar odamning psixofiziologik va shaxsiy xususiyatlarini baholashiga qaratilgan. Pedagogik
testlar esa bolaning maktabga tayyorgarligi, uning u yoki bu fan bo‘yicha o‘zlashtirishga hamda kasb hunarga
tayyorgarligi darajasini o‘lchashga, aniqlashga mo‘ljallangan. Pedogogik testlar asoschisi deb Amerikalik
psixologik R.Torndayk (1874 – 1949) tan olingan. Testlar bo‘yicha olib borilgan ishlar davrini shartli ravishda
uch davrga ajratish mumkin:
1. 1900–1915-yillar izlash, o‘rganish va tadqiqot davri. Bu davrda xotirani, e’tiborni, qabul qilish kabi
xususiyatlarini o‘rganish testlari yaratilgan va sinab ko‘rilgan.
2. 1916 – 1930-yillar – testlarning eng ko‘p tarqalish va qo‘llanish davri. Bu davrda R.Torndayk tomonidan
arifmetika, algebra, husnixat kabi fanlarga testlar tayyorlangan.
3. 1931-yildan keyingi davr. Bu davrda testlar nazorat qilishning asosiy shakli sifatida qo‘llanilgan.
Masalan, AQSHda maktab, kollej, tijorat o‘quv yurtlarida o‘quvchilar bilimini baholashda testlar keng
ishlatilgan. Testlar yordamida bilimni baholash quyidagi sifatlarga ega bo‘ladi:
- tasodiflik yo‘qotiladi;
- o‘quvchi bahosiga yaqin baho ob’ektiv ko‘rinishda bo‘ladi;
- o‘qituvchilarning ijodiy ishlarini jadallashtiradi;
-o‘qitishning turli pog‘onalarida xaqli ravishda talab etish mumkin bo‘lgan bilim va ko‘nikmalarining
minimumini aniqlash imkoni bo‘ladi. O‘quvchi bilimini baholashda ikkinchi shaxs bilan sebyektiv
gaplashishdan xoli etiladi;
-bilim mezonini aniqlashda adolatni tiklaydi. O‘quvchini o‘zi qanday kamchilikka yo‘l qo‘yganini
aniqlashga xatolar ustida ishlash imkonini tug‘diradi.
O‘zbekistonda testlarning keng qo‘llanishi respublika Prezidenti I.A.Karimov tashabbusi bilan 1992-yilga
to‘g‘ri keldi. 1992-yilda Prezident I.A.Karimovning farmoniga asosan respublikamizdagi 18 ta oliy o‘quv
yurtiga test sinovlari asosida talabalar tanlanishi juda yaxshi natijalar berdi. 1993- yildan boshlab hamma
fanlardan olimpiadalar test asosida o‘tkazildi va barcha oliy o‘quv yurtlariga talabalar tanlanishi testlar asosida
qabul qilindi.
Psixologik va pedagogik testlarni tahlil qilish shuni ko‘rsatadiki, xorijda va bizda ham testlarga bo‘lgan
qiziqish juda katta. Ma’lumki, kuzatish savol-javob qilish anketalarni qo‘llash pedagogik diagnostikada topik