Navoiy viloyat alohida ta’lim ehtiyojlari bo’lgan “Ko’rish imkoniyati cheklangan” bolalar uchun ixtisoslashtirilgan “Nurli maskan” maktab-internati Tarbiyachilar metodbirlashmasining 1– sonli yig‘ilish Bayonnomasi
Navoiy viloyat alohida ta’lim ehtiyojlari bo’lgan “Ko’rish imkoniyati cheklangan” bolalar uchun ixtisoslashtirilgan “Nurli maskan” maktab-internati Tarbiyachilar metodbirlashmasining 1– sonli yig‘ilish Bayonnomasi 31.08.2022 yil.
Yig’ilish raisi: D.Rustamova
Qatnashdilar: 26 nafar metodbirlashma a’zolari.
Kun tartibidagi masala: Metodbirlashma rahbarini saylash.
Metodbirlashma ish rejasini tuzish va tasdiqlash. Sinflar taqsimotini amalga oshirish hamda metodbirlashma a`zolarining taqvimiy ish rejasini tasdiqlash to‘g‘risida.
O‘quv dasturlari va darsliklariga kiritilgan o‘zgarishlar. Fanlarni o‘qitishga doir me’yoriy va metodik hujjatlarni o‘quv jarayoniga tatbiq etish usullari haqida.
O‘quv yili davomida sinfdan tashqari ishlar past va iqtidorli o’quvchilar bilan ishlash va to‘garak mashg’ulotlari rejasini ishlab chiqish to‘g‘risida.
O‘qituvchilarni zamonaviy pedagogik texnologiyalarni, o‘qitish metodlarini izlab topishga yo‘naltirish, yangi pedagogik texnologiya qo’llab dars o’tib berish va fandagi bo’shliqlarni to’ldirish usullarini tavsiya etish to‘g‘risida. (Metodik ma’ruza).
O'quv-seminar, mahorat darslari, fanga doir qo'shimcha ma'lumotlar, yangiliklar muhokamasi yuzasidan davra suhbat tashkil etish.
Eshitildi: 1-masala bo’yicha metodbirlashma a`zolari F. Sharopova va B. Norqulovlar so’zga chiqishdi , F. Sharopova metodbirlashmaning 2022-2023-yildagi faoliyati haqida qisqacha ma’lumot berib o’tdi va metodbirlashma rahbarligiga nomzod sifatida D.Rustamova nomzodini taklif etdi.Ushbu taklif yuzasidan metodbirlashma a`zosi M. Hotamova so’zga chiqib fikrlarini bildirib o’tdi.Ushbu taklif metodbirlashma a`zolari tomonidan maqullandi.
Yuqorida bildirilgan fikr, taklif va mulohazalarga asoslanib, metodbirlashma yig‘ilishi
QAROR QILADI: 1. Metodbirlashma rahbari etib Dilafro’z Rustamova tayinlansin.
2. Metodbirlashmaning 2022-2023-o’quv yilidagi faoliyati va xujjatlarini yuritish Dilafro’z Rustamova zimmasiga yuklatilsin.
2-masala bo’yicha metodbirlashma rahbari Dilafro’z Rustamova so’zga chiqdi va metodbirlashmaninng 2022-2023-o’quv yili uchun tuzilgan yillik ish reja haqida metodbirlashma a`zolariga ma’lumot berib o’tdi. Shundan so’ng 2022-2023-o’quv yilida 1-11-sinflarda tarbiyachilar taqsimoti bo’yicha ajratilgan sinflar va mashg’ulot soatlari haqida ma’lumot berib o’tdi
Yuqorida ajratilgan sinflar taqsimotiga ko’ra tarbiyachilarga yillik ish reja tuzishlari va uni tasdiqlatishlari vazifasi yuklatildi.
3-masala bo’yicha ham metodbirlashma rahbari D.Rustamova so’zga chiqib o‘quv dasturlari va darsliklariga kiritilgan o‘zgarishlar, 10-11-sinf tarbiya darsligi yangi nashrdan chiqqanligi va darslik ichida bo’lgan o’zgarishlar haqida ma’umot berib o’tdi. Fanlarni o‘qitishga doir me’yoriy va metodik hujjatlarni o‘quv jarayoniga tatbiq etishning zamonaviy usullari hamda fanlarni o’qitilishida yangi pedagogik texnologiyalardan foydalanish darslarni ko’rgazmali qurollar mavzuga oid slayd va video roliklar asosida tashkil etilishi yuzasidan takliflar berib o’tdi.
4-masala bo’yicha metodbirlashma a`zosi B. Norqulov so’zga chiqib o‘quv yili davomida sinfdan tashqari ishlar past va iqtidorli o’quvchilar bilan ishlash va to‘garak mashg’ulotlari rejasini ishlab chiqish va uni tasdiqlatish to‘g‘risida fikrlarini bildirib o’tdi.