Sezgi organlari. Qisqichbaqaning bir juft murakkab ko'zlari harakatchan poyachalarning ustida joylashgan. Har bir ko'z juda ko'p mayda ko'zchalardan tashkil topgan. Har qaysi ko'zcha atrof-muhitning faqat kichik bir qismini ko'radi. Hamma ko'zchalar birgalikda yaxlit tasvirni hosil qiladi. Bunday ko'rish ko'pchilik bo'g'imoyoqlilar uchun xos bo'lib, mozaik ko'rish deyiladi.
Daryo qisqichbaqasi mo'ylovlari va oyoqlari sirtida joylashgan tukchalar hid bilish hamda tuyg'u organlari hisoblanadi. Kalta mo'ylovlarining asosida eshitish va muvuzcmot saqlash organlari joylashgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |