Qon aylanish va nafas olish sistemalari. Boshko'krakning orqa tomonida qonni haydab beruvchi oqish yurak joylashgan (37-rasm). Qon aylanish sistemasi ochiq. Qon yurakdan chiqqan tomirlar orqali tana bo'shlig'iga o'tib, to'qimalarga oziq moddalar va kislorod olib boradi. U yerdan qon tomirlarga yig'ilib, jabralarga boradi. Bu yerda kislorod suvdan qonga o'tadi: qonda to'plann qolgan karbonat angidrid jabralar orqali suvga chiqadi. Kislorod bilan to'yingan qon yurak devoridagi uch juft teshikchalar orqali uning bo'shlig'iga o'tadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |