MEN TANLAGAN KASB
REJA:
1.Kasb-hunarning inson uchun ahamiyati.
2.Kasb-hunar--- farovon hayot asosi.
3.Yurtimizdagi hunarmandlarga e`tibor .
4.Kelajakdagi o`ylarim.
Hunar bo`lsa qo`lingda, non topilar yo`lingda
(Xalq maqoli)
Kasb-hunar inson kamoloti uchun kerak bo`ladigan eng muhim omildir. Har bir inson
hayotda maqsadsiz yashamasa kerak.Maqsadsiz yashagan inson hayotga odilona
yondashmaydi, jamiyatga ham nafi tegmaydigan inson bo`lib shakllanadi. Ota-ona farzandi
kelajagi uchun yoshligidan nazorat qilib ularning iqtidoriga qarab kasb-hunarga
yo`naltirmog`i lozim. Yoshlikdan ilm-ma`rifatga intilgan inson,albatta, kelajakda shirin
mevasini tatib yuradi.
Qadimdan ham kasb-hunarli insonlar xor bo`lishmagan. O`zidan ajoyib san`at
namunalarini qoldirishgan. Farovon hayotimiz uchun,albatta, kasb-hunar kerak bo`ladi.
Xalqimiz bejizga”Hunar bo`lsa qo`lingda,non topilar yo`lingda” deb aytmagan. Bu maqol
zamirida
olam-olam
mazmun-mohiyat
mujassam.Tikuvchilik,zargarlik,kulolchilik,
ganchkorlik, duradgorlik kabi hunarlar;o`qituvchilik,shifokorlik ,muhandislik kabi
kasblarni egallagan insonlarni jamiyatga foydasi tegadi.
Mustaqillik sharofati bilan bugungi kun hunarmandlariga keng imkoniyatlar
berilmoqda. Kasanachilik rivojlandi, milliyligimiz yo`g`rilgan zamonaviy liboslarimiz
butun jahon ko`rgazmalarida namoyish qilinmoqda. Hunarmandlarimiz yaratgan ijod
namunalari xalqimiz e’tiborini qozonmoqda.
Men kelajakda tikuvchilik kasbini egallamoqchiman. Bu hunar sirlarini puxta egallab,
xalqimiz ehtiyoji uchun sarflamoqchiman. 9-sinfni tugatgach, ta’limni keyingi bosqichida
kasb-hunar kollejida o`qib bilim, ko`nikma, malakamni mustahkamlamoqchiman.
12-NAZORAT ISHI
TEST SINOVI
9-SINF ONA TILI 4-CHORAK 1-VARIANT
1.Osh ichida tosh,tosh ichida osh. Mazkur gapdagi yashiringan kelishik qo‘shimchasini
aniqlang.
A. ning B. ni C. -gu D. -da
2.So‘z birikinasi qaysi qatorda berilgan?
A Serhosil dala B) Мa’noli so‘z C) Kattadaryo. D) Ertak haqida
so‘zlamoq.
3.Xushbo‘y hid socliar ckan har bir gul va g‘unchalar. -Mazkur gapdagi egani aniqlang.
A) Hid, gul, g‘unchalar B) Hid C) Gul, g‘unchalar. D)
Xushbuy hid
4.Gulnorani hayotga ushlab turadigan hech narsa qolmadi. Gapdagi ega qaysi so‘z
turkumidagi so‘z, bilan ifodalangan?
A) Fe’l bilan B) Ot bilan C) Olmosh bilan D) Sifatdosh
bilan.
5.Faqat lug‘aviy shakl hosil qiluvshi qo‘shimchali so‘zlar qatorini aniqlang
A) Qizaloq. kitobim, xonadon. B) Yuvindim, Salimjon, to‘ylar. C) Kitobcha,
bolacha, qalamdon. D) Qizlar, otamning, beshikcha
6.Yomg‘ir tinsa, havo ochilib ketsa, biz maktab bog‘idagi mevali daraxtlarni butaymiz. -
Ushbu qo‘shma gapning turini aniqlang.
A) Ega ergash gapli qo‘shma gap. B) Ketma-ket ergash gapli qo‘shma gap.
C) Shart ergash gapli qo‘shma gap. D) Sabab ergash gapli qo‘shma gap.
7.Ega ergash gapli qo‘shma gapni aniqlang.
A) Bu ishda do‘stlarim ko‘mak bermasalar, maqsadimga yetishim juda qiyin.
B) O‘qish davrida Davronov qayerda bo‘lsa, Sobirov ham shu yerda bo‘lar edi.
C) Tanlov katta bo‘lsa ham, ular ishonch bilan kelishgan. D) Kim mehnat qilsa, u
rohat ko‘radi.
8.Ajratilgan izohlovchi aniqlovchi berilgan gap qatorini aniqlang.
A) Bu xabar ko‘plami, shu jumladan Mahkamni ham quvontirdi. B) Tepada, qo‘sh
chinoming tagida ikki chol suhbatlashib o‘tirardi.
C) Men yong‘oqzor topdim, go‘zal va xushhavo. D) Bayroq, moviy ko‘kda,
porlardi.
9.Qaysi gapda kirish birikma ishtirok etgan?
A)Donolaming naql etishlaricha, nafsni tiyish eng ulug‘ fazilatdir.
B)Men sizga to‘g‘risini aytsam, bo‘lgan voqeadan xabardor emasman.
C)
Haqiqatan ham, uning g‘olib chiqishiga shubha qolmagan edi. D) Kunduzi
bo‘lsa, o‘zingdan qolargap yo‘q, xunukroq ko‘rinadi.
10.Qaysi qatorda sifatdoshning yasalishida tovush o‘zgarishi sodir bo‘lgan?
A) Aytgan, o‘qigan, o‘xshagan. B) Bo‘shagan, tukkan, kechikkan.
C) Tukkan, ekkan, yoqqan. D) Borgan, qirqqan, chiqqan.
11.Ritorik so‘roq gap berilgan qatomi toping.
A) Majlisga tezroq bormaysizmi? B) Karim ham keldimi?
C) Kimda bor bunchalik latofat, husn. D) Nahotki yerimiz chappa aylansa?
12.Qo‘shma gap berilgan javobni aniqlang.
A.Odam borki, fikr yuritish qobiliyatiga ega
B .Mirzo Ulug‘bek faoliyatida ilmiy tafakkur etakchi edi. C) Men do‘stimning kelganini
eshitdim. D) Odamning tudi fe’l-atvorli do‘stlari bo‘ladi.
13.Bog‘lovchi vazifasidagi vositalar qaysi qatorda berilgan?
A) va, hamda, biroq B) yo. yoki, dam-dam C) chunki, garchi D) bo‘lsa, esa, deb
14.Qaysi gap bog‘lovchisiz qo‘shma gap hisoblanadi?
A) Hunar o‘rgan, chunki hunarda sir ko‘p.
B) Jahonda hammadan to‘g‘rilik a’lo, egrilikdan ortiq yo‘qdir hech balo. C) Biz ham
uning ketidan bozorga kirdik.
D) Har bir narsa aqlga muhtoj, aql esa tajribaga muhtojdir
15.Berilgan gap qaysi nutq uslubiga mansub?Qo`shma gaplar uch xil tasnif qilinadi.
A) Ilmiyuslub B) Rasmiy uslub C)badiiy uslub D) So`zlashuv uslub
16.Sodda gap berilgan qatorui aniqlang.
A) Tojiboy gapirsa, katta-kichik ixlos bilan uning og‘ziga qaraydi. B) Borliq jim, har bitta
darchada zangar shu’lalar porlaydi.
C)
Kuchli odamlar hamisha oddiy bo‘ladi. D) Dov -daraxtlar, giyohlar uyg‘onadi-
yu quyoshga salom beradi.
17.Bog‘lovchisiz qo‘shma gap qismlarini yozuvda ajratish uchun qay holatda tire quyiladi?
A) Qo‘shma gap qismlari bir paytda sodir bo‘ladigan voqea-hodisalami ifodalasa
B) Qo‘shma gap qismlari ketma-ket sodir bo‘ladigan voqea-hodisalami ifodalasa
C)
Qo‘shma gap qismlari orasida izohlash munosabati ifodalansa
D) Qo‘shma gap qismlari orasida o‘xshatish, zidlash, shart kabi munosabatlar ifodalansa
18.Ko‘makchili qurilmalar berilgan javobni toping.
A) Chunki, agar B) Kim-o‘sha, nima-shu. C) Shuning uchun, shu sababli D) Deb
19.Rasmiy uslubning yozma shakllari berilgan qatomi aniqlang.
A) Roman, hikoya B) Maqola, reportaj C) Gazeta, jumal. D) Ariza,
tilxat.
20.Undalmali gap qaysi qatorda berilgan?
A) Xullas, qars ikki qo‘ldan chiqadi. B) Yurtim, dalalaring bebaho, tuprog‘ing
tabannk
C) Bu vidolashuv, ayniqsa, Ulug‘bekka qattiq ta’sir qildi. D) Albatla, yana huzuringizga
kelaman.
21.Zidlov ma’noli bog‘langan qo‘shma gap berilgan qatorni aniqlang.
A) Uylamoqyaxshi naisa, ammo ko‘p uylab xayolparast bo‘lish zararlidir.
B) Dam jahlim chiqadi, dam kuigim qistaydi.
C) Yigit kishiga qirq hunar oz deyishadi. D) Gapni cho
22.Shuning uchun , shu sababli , shu tufayli kabi qurilmalar qanday gaplar tarkibida keladi?
A)Bog`langan qo`shma gap B)Ergashgan qo`shma gap S)Bog`lovchisiz qo`shma gap
D)Hol ergash gapli qo`shma gap.
23.Ergashgan qo`shma gaplar tuzilishiga ko`ra qanday birikmalarga o`xshaydi?
A)Tasviriy ifoda B)Iboralarga S)So`z birikmalariga D)Barqaror birikmalarga
24.Miqdor –daraja ma`nosini ifodalaydigan hol ergash gapli qo`shma gapni toping.
A)O`simlikni qancha parvarish qilsang, shuncha mo`l hosil olasan. B)Odamlar ishdan
qolmasin deb, marosimni soat besh yarimga tayin qilganmiz. S)Qayerda ahillik bo`lsa, o`sha
yerda qut-baraka bo`ladi. D)Kimning quroli bilim bo`lsa , uning kelajagi porloq
25.Qismlari ohang yordamida bog`langan qo`shma gaplar qanday gap sanaladi?
A)Ergashgan qo`shma gap B)Bog`langan qo`shma gap S)Bog`lovchisiz qo`shma gap
D)Murakkab qo`shma gap
1 2 3 4 5 6 7 8 9 1
0
1
1
1
2
1
3
1
4
1
5
1
6
1
7
1
8
1
9
2
0
2
1
2
2
2
3
2
4
2
5
A D S S S S D B S S S A D D A S D S D B A B S A S
Do'stlaringiz bilan baham: |