«Lison ut-tayr» dostoni tematikasi va obrazlar tizimi
Doston an`anaviy muqaddima – hamd (xudoga madhiya) bilan
boshlanadi. Asarni hamd bilan boshlash boshqa Sharq shoirlarida bo`lgani kabi
Alisher Navoiy epik she`riyatining ham an`anaviy printsiplaridan biri sanaladi.
Shoir bu bobda olamning yaratilishi, tabiat va ilohiyot o`rtasidagi o`zaro
aloqadorlik kabi falsafiy masalalar haqida so`z yuritadi.
Navoiyning fikricha, yaratuvchi koinotdan barcha narsa va hodisalarni
o`zaro aloqador holda, muayyan maqsadlarni ko`zda tutib vujudga keltirgan.
Shu jihatdan qaraganda, tabiat son-sanoqsiz garmoniyalarning bir butun
majmuidan iborat bo`lib, undagi ana shu narsa, hodisa va o`zgarishlarning
o`zaro uyg`unligi va maqsadga muvofiqligi zaminida bitta umumiy qonuniyat –
u ham bo`lsa go`zallik qonuniyati yotadi. Bu Navoiyning olamni tushuntirishga
doir boshqalarnikidan ajralib turuvchi o`ziga xos alohida kontseptsiyasidir.
Nvaoyining fikricha, tabiat olamining bunday go`zal qilib yaratilishidan
ko`zlangan asosiy maqsad Inson bo`lib, u er yuzidagi barcha mavjudotlar ichida
tengi yo`q bir xilqatdir:
Ofarinishdin qilib inson g`araz,
Oni aylab xalq ichinda baevaz.
Umuman, olamning bunyod etilishidan asosiy maqsad Inson ekanligi
haqida kontseptsiya Navoiyning deyarlim barcha she`riy va nasriy asarlarida,
ayniqsa «Xamsa» da bo`rtib ko`zga tashlanadi.
Mazkur bobda Navoiyning tabiat va ilohiyotning bir butunligi (vahdati
vujud) nazariyasiga asoslangan kontseptsiyasi ham o`zining qisqacha poetik
ifodasini topgan. Shoirning fikricha, olamdagi barcha narsa, hodisa va
o`zgarishlarning ijodkori bo`lgan xudo o`zi yaratgan narsalardan tashqarida
emas, balki ular bilan birga, bir butun holda mavjuddir. Shunga ko`ra ilohiyot va
tabiatni bir-biridan ajratib qarash mumkin emas.
Sun`ungg`a yuz ofarin, ey kirdikor,
G`ayr yo`q sen, senki derlar oni bor.
10
Borsen sen, borlig` zebandasi,
Birliku jabborlig` arzandasi.
Sendadur ham birliku ham borlig`.
Haylig`u qodirlig`u g`affurlig`.
Dostonning ikkinchi bobi «Muojot qoziyul-hojot hazratida...» deb
nomlanib, traditsion xarakterga ega bo`lsa-da, unda shoirning shaxsiy hayotiga
oid qimmatli materiallar ham mavjud. Mazkur bobda shoir o`zining bir qator
gunohlarga yo`l qo`yganini aytib, buning uchun xudodan uzr so`raydi.
Asarning III-XII boblarida an`anaga ko`ra Muhammad payg`ambar va
dastlabki to`rt xalifa madh etilgan. Me`roj voqeasiga oid to`rtinchi bobning
o`ziga xos tomoni shundan ibortki, unda shoir payg`ambarning Buroq nomli
afsonaviy otda koinot orqali xudo dargohiga ko`tarilish jarayonini original
yo`sinda tasvir etadi. Keyingi boblar payg`ambar chahoryorlari: Abu Bakr,
Umar, Usmon va Ali kabilarga bag`ishlangan bo`lib, ularning Islom sohasida
qilgan asosiy xizmatlari ko`rsatiladi. Har bir xalifa haqida alohida na`t va unga
ilova sifatida bittadan hikoyat keltirilgan.
Navoiy dostonining asosiy qismini boshlashdan oldin ustozi Farididdin
Attor madhiyasiga maxsus bob ajratadi va uning ijodiy faoliyatiga
Har ne gardun bahr ila konida bor,
Oncha yuz Attor do`konida bor
deya yuksak baho beradi. Navoiy Attor ijodiyoti o`z mohiyatiga ko`ra «vahdat
sirlari»ni sharhlashga bag`ishlangan ekanini qayd qilish bilan birga, uning
mashhur asarlari sirasiga «Musibatnoma», «Ilohiynoma», «Ushturnoma»,
«Qasida», «G`azal» va ruboiylardan tartib berilgan «Devon» va «Tazkirat ul-
avliyo» kabilarni sanab o`tadi. Ammo shoir fikricha, mazkur asarlarning
barchasi Attor ijodining muhim bir tomonini tashkil etib, qanchalik katta sharaf
va maqtovga sazovor bo`lsa, yolg`iz «mantiq ut-tayr» dostonining o`zi
shunchalik maqtov va sharafga loyiqdir. «lekin Shayx ruhiy madadi bilan men
ham qush tili vositasida asar yozishga kirishmoqchiman», der ekan Navoiy,
11
Attor dostonining o`z asari yuzaga kelishida muhim bir turtki bo`lib xizmat
qilganini ta`kidlaydi.
Shunday qilib, doston muqaddimasi an`anaviy xarakterga ega bo`lishiga
qaramay, ulug` mutafakkir shoir qalami ostida o`ziga xos mazmun va badiyat
kasb etgan. Unda muallifning yua`zi muhim falsafiy qarashlari, shaxsiy hayoti
va oxirgi dostoni yozilishiga doir muxtasar ma`lumotlar o`z aksini topganki.
Shu jihatlari bilan u katta ahamiyatga sazovordir.
Dostondagi qoliplovchi syujetni, u majoziy xususiyatga ega bo`lgani
uchun, turlicha izohlash mumkin. Ammo muhimi shundaki, Alisher Navoiy
ushbu qissani o`ziga xos yo`sinda talqin etgan va bu talqin qissa so`ngida
keltirilgan shoirning quyidagi sharhida ochiq-oydin ifoda etilgan:
Munda gar yaxshi taxayyul aylasang,
Yoki ish sirrin taammul aylasang.
Muttasif bo`lsang sifotilloh ila.
Jazm etarsen xotira ogoh ila.
Kim sen-o`q sen harnekim maqsud erur.
Sendin o`zga yo`q nekim mavjud erur.
Zotning ijmolig`a tafsilsen,
Ham vujud ishkolig`a ta`vilsen.
O`z vujudinga tafakkur aylagil,
Har ne istarsen o`zungdin istagil.
Turfa qushsen ravza naxlistonidin,
Pok toyirsen sharaf bo`stonidin.
Lek Simurg` istagan ul jam`i tayr,
Kim suluk ichra riyozat birla sayr,
Aylabon chun o`zni qobil qildilar,
Ul talabdin vasl hosil qildilar.
Senda ham bilquvva ul mavjud erur.
Fe`lga kelsa davo maqsud erur.
12
Navoiyning bu izohidan quyidagi xulosalar kelib chiqadi:
a) olamning bunyod etilishidan bosh sabab Inson edi; dunyodagi barcha
narsalar u tufayli mavjud, shu sababli Inson ulardan voz kechmog`i, yuz
o`girmog`i kerak emas (3-bayt);
b) inson o`z faoliyatida taqdirning quli emas, balki o`z qismatining
ijodkori sifatida harakat qilmog`i lozim; u o`z hayotida doir hamma
muammolarni tashqaridan hech qanday najot kutmay o`zi hal etishi kerak va
bunga qodir; ya`ni u aktiv faoliyat ko`rsatishi, o`z mustaqil irodasi asosida
baxt-saodati uchun kurashmog`i lozim (5-bayt);
v) haqiqat insonda bilquvva (potentsial) tarzda mavjud. Shu tufayli inson
uni o`zidan tashqarida emas, balki o`z vujudidan izlamog`i lozim. Bunga u
axloqidagi salbiy xususiyatlarni bartarf etish vositasida erishadi (6-9-baytlar).
Dostondagi majoziy syujetdan kelib chiqadigan asosiy xulosalar ana
shulardan iborat. Ular real ijtimoiy-tarixiy zaminga ega bo`lib, XV asr O`rta
Osiyo Uyg`onish davri bilan chambarchas bog`liq holda jamiyat va inson
tafakkuridagi ma`naviy o`zgarishlarni o`ziga xos badiiy shaklda aks ettiradi.
Navoiy inson axloqidagi «yomon» tomonlar deganda nimalarni ko`zda
tutadi? Buning batafsil javobi qushlar va Hudhud munozarasi, ular bilan
Hudhud o`rtasidagi savol-javob epizodlarida berilgan.
Navbatdagi savol-javob insof haqida. Bu boradagi Navoiyning fikrlari
Hudhud javobida quyidagicha ifoda etilgan:
Odamiyg`a yaxshi ko`p avsof erur,
Lek alarning ashrafi insof erur.
Kimgakim insof yo`q - inson emas.
Munsiz atvorida juz nuqson emas.
Shoirning fikricha, kishining o`z nuqsonini tan olishi kelajakda turli
xatolarga yo`l qo`ymaslik garovi va asl insoniy kamolot belgisidir. Navbatdagi
yana bir savol-javob shu masalaga bag`ishlangan:
13
Noqis uldurkim o`zin komil degay,
Komil ulkim nuqsin isbot aylagay.
O`z kamolidin demas ahli kamol,
Ahli nuqson ichradur bu qilu qol.
Kim o`zin komil ko`rar-noqisdur ul,
Nuqs bermaydur kamoli sori yo`l.
Agar dostonning munozara va savol-javob epizodlarida asosiy e`tibor
axloqiy illatlarni fosh etish va insoniy fazilatlarni ulug`lashga qaratilgan bo`lsa,
etti voddiy tavsifiga bag`ishlangan o`rinlarda bu masalalar muhim ijtimoiy-
siyosiy, falsafiy muammolari bilan ulanib ketadi.
Umuman, dostondagi etti vodiy tavsifi asarning nihoyatda murakkab
o`rinlaridan biridir. Birinchi qaraganda, mazkur tavsif formal jihatdan go`yo
tasavvufdagi haqiqatga olib boruvchi etti bosqichli tariqatning majoziy
ifodasidek bo`lib ko`rinadi. Ammo masalaga jiddiroq yondashilsa, ub o`rinda
gap boshqa xususda ekanligi ma`lum bo`ladi. zeroki, Navoiy dostonda insondagi
«yomon axloq»ni bartaraf qilish muammosin o`rtaga tashlar ekan, bu murakkab
jarayonning bir necha bosqichlar orqali ro`y berishini e`tirof etadi va buning
uchun o`z davrida keng tarqalgan tasavvufdagi tariqatni bildiruvchi etti vodiy
tavsifidan shartli ma`noda foydalanadi.
Bu o`rinda Navoiy insonni ilohiylashtirib, shu asosda uni ijtimoiy, milliy,
diniy va irqiy kamsitish mumkin emas, demoqchi bo`ladi. Chunki hamma
holatda ham inson «haq zoti mavji» bo`lib, shunga ko`ra uni xo`rlash, moddiy
va ijtimoiy ahvoliga qarab cheklab qo`yish noto`g`ridir. Binobarin, Inson
ma`naviy kamolotga erishmoq uchun ana shunday har xil ijtimoiy illatlardan
ustun turmog`i, ular girdobida o`ralashmasligi kerak. Shoir Faqru fano vodiysi
tavsifida Inson haqidagi yuqorida keltirilgan satrlarni bitish bilan go`yo ana shu
fikrni yana bir karra ta`kidlagandek bo`ladi...
Shoir jahondagi barcha mutafakkirlarni necha asrlar davomida o`ylantirib
kelgan «haqiqat qaerda?» degan savol bilan insonga murojaat qilib, «haqiqat
14
sening o`zingda!» deya javob bergan. Shu sababli inson haqiqatni o`zidan
tashqaridan, o`zga joylardan qidirib ovora bo`lmasligi, hayotini ana shu behuda
maqsad yo`lida sarf etmasligi kerak, balki o`z shaxsiy o`zligini chuqur bilib
olmog`i va hayotda shunga qarab ish tutmog`i lozim. Navoiyning insonga qarata
aytgan quyidagi
O`z vujudungg`a tafakkur aylagil,
Har ne istarsen o`zungdin istagil,-
mag`rur xitobnomasi ham shundan dalolat beradi.
Navoiy shaxsiy o`zlikni bilib olish deganda insonning turli axloqiy
illatlardan poklanish yo`lini tushunadi. Shoir bu illatlarga o`z davrining muhim
ijtimoiy problemalari bilan bog`liq holda qaraydi. Uning bu sohadagi qarashlari
mazmun jihatdan idealistik xarakterga ega bo`lsa-da, o`zida o`sha davr nuqtai
nazaridan ilg`or elementlarni mujassamlashtiradi. Xususan, shoirning Inson
haqidagi qarashlari alohida ahamiyat kasb etadi. Ruhan tetik, ma`naviy pok,
hayotga muhabbat ko`zi bilan qarovchi, o`z taqdirini o`zi yaratuvchi faol Inson –
Navoiyning eng ezgu orzusi estetik ideali edi. Shoirning mazkur problemani
yoritishdan, ushbu dostonni yozishdan ko`zlagan asl muddaolaridan biri ham
ana shu har tomonlama mukammal Inson obrazini yaratish bilan belgilanadi.
Dostondagi ko`p sonli hayotiy hikoyalar ham bu fikrni tasdiqlaydi. Ularda
Navoiy salbiylikni qoralash vositasida ijobiylikni ulug`lab, yuksak gumanistik
g`oyalar va insoniy fazilatlarni targ`ib qiladi. Shu ma`noda mazkur hikoyatlarda
shoir o`zi tasavvur qilgan komil Inson obrazining asosiy konturlarini kontrast
usulda chizib bergan deyish ham mumkin. Bularning barchasi yana bir karra
qarshimizda Insonga mehr-muhabbat ko`zi bilan qaragan, uning ma`naviy
kamolotini orzu qilgan, qalbi uning ishqi bilan limmo-lim bo`lgan ulug`
gumanist mutafakkirning pok va samimiy siymosini yorqin gavdalantirib turadi.
Ma`lumki, Tovus obrazi Sharq fol`klori va yozma adabiyotida
donishmandlik va shirin takallumlik simvoli hisoblanadi. Dostonda esa shunday
xususiyatlarga ega bo`lishdan tashqari, «komronlar», - badavlat kishilar
15
panohida huzur-halovatda yashaydigan, o`z shirin so`zlari bilan ularga zavq
bag`ishlaydigan, hayotda hech bir «qattig`lik, ranj zahridin achchig`lik»
ko`rmagan kishi sifatida ham gavdalanadi.
Hudhud uni xudbinlikda ayblab, jumladan, shunday deydi:
Aytib o`z vasfingda gunogun xilof
Barcha hashvu barcha lag`vu barcha lof.
Xudparastesen-o`zingning oshiqi,
Xudpisandesen-mazam mat loyiqi.
Tovus va Tazarv (Qirg`ovul) qushglar ichida o`zlarining chiroyli tashqi
ko`rinishi bilan ajralib, patlari rang-barang naqshlarga ega. Ulardagi bu tabiiy
go`zallik kishilarni o`ziga maftun etadi. Asarda esa ular o`zidagi ana shu «husnu
zebolig`» bilan maqtanuvchi kishilarning majoziy obrazidir. Navoiy Hudhud
tilidan ularni tanqid etar ekan, tashqi go`zallik bilan mag`rurlanish hech vaqt
yaxshi oqibatga olib bormasligini uqtiradi. Shoirning fikricha:
Odam o`lg`on zebu zohirdin demas,
Kimki ondin faxr etar-odam emas.
Asardagi boshqa qushlar ham ana shu tarzda jamiyatdagi turli ijtimoiy
toifalarning allegorik obrazi sifatida namoyon bo`ladi. Bunda shoir ularning
tabiiy xususiyatlaridan keng foydalanadi. Masalan, Qarchig`ay obrazini
yuqoridagidek talqin etishda ma`lum asos bor. Chunki qarchig`ay ov qushi
bo`lib, uni shoh va boshqa ovchilar ov qilish paytida qo`lda ko`tarib yurishgan.
Bu holat boshqa qushlar obraziga bo`lgan munosabatda ham kuzatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |