Navoiy kon-metallurgiya kombinati


Muammoli ta’limning mohiyati -



Download 440,57 Kb.
bet5/5
Sana07.11.2019
Hajmi440,57 Kb.
#25234
1   2   3   4   5
Bog'liq
Pedagogika maʼruzalar matni


Muammoli ta’limning mohiyati - muammoli vaziyatlarni yaratish (tashkil etish) va

ularni o‘quvchi va o‘qituvchi hamkorligida hal etish. Bunda, o‘quvchilarning mustaqil ishlashi (fikr yuritishi, masalalarni hal etishi, va b.) iloji boricha maksimal darajada bo‘lishi hamda o‘qituvchining faoliyati iloji boricha yo‘naltiruvchi bo‘lishi shart.

Muammo – (yunon. problema – masala) – yechimi talab etiladigan murakkab savol,

masala.

Muammoli ta’lim an’anaviy ta’limdan farqi


Kriteriyalar

An’anaviy ta’lim

Muammoli

ta’lim


O‘qituvchining faoliyati

Tayer bilimlarni yetkazadi: yangi materialni tushuntiradi, tajribalarni namoyish qilib beradi, ularni misollar bilan mustahkamlaydi.

O‘quvchilarning mustaqil ta’limini tashkil etadi, ularning o‘quv faoliyatini boshqaradi; tadqiqotchilik ko‘nikmalarini rivojlantiradi.

O‘quvchining faoliyati

Uzatilgan ma’lumotlarni qabul qiladi, ularni eslab qoladi, yod oladi, mashq qiladi, gapirib beradi va h.k.

Muammo qo‘yishni o‘rganadi, ularni hal qilish bo‘yicha mustaqil faoliyat olib boradi;

o‘z-o‘zini boshqarish va baholashni amalga oshiradi.



O‘qitish metodlari

Tushuntirish, namoyish qilish

tadqiqotchilik,

faollashtiruvchi metodlar, ta’lim va AK texnologiyalari



O‘qitish natijalari

Tayyor bilimlar

Ijodiy ko‘nikmalar, kompetensiyalar

Muammoli ta’lim texnologiyasini tashkil qilish:

  1. bosqich - muammoli vaziyatni qo‘yish, o‘quvchilarni ushbu muammoni tushunishga yo‘naltirish, ularda muammo bo‘yicha savollar tuzishga undovchi harakatlarni amalga oshirish.

  2. bosqich - pedagogik muammoli vaziyatni psixologik holatga o‘tkazish: savolni qo‘yish – uning javobini topishga qaratilgan faoliyatni boshlanishi, qarama-qarshiliklarning mohiyatini anglash, noaniqliklarni belgilash. Ushbu bosqichda o‘qituvchi qisman yordam ko‘rsatadi, yo‘naltiruvchi savollar beradi, va h.k.

  3. bosqich - muammo yechimini topish, qarama-qarshiliklar hosil qilgan vaziyatdan chiqish yo‘llarini izlash. O‘qituvchi yordamida yoki o‘quvchilarning o‘zlari turli gipotezalarni taklif qilishadi va ularni tekshirishadi, qo‘shimcha ma’lumotlardan foydalanish. O‘qituvchi kerakli yordamni ko‘rsatadi.

  4. bosqich - "Aga-reaksiya", yechim g‘oyasining paydo bo‘lishi, yechimga o‘tish, uni amalga oshirish, yangi bilimlarni hosil bo‘lishi.

NAZORAT SAVOLLARI

1.Ta’lim metodlari haqida?

2.Reproduktiv ta’lim metodi haqida ma’lumot bering ?

3.O’qitishning dogmatic shakli?

4.O’qitishning vositalari?

5.Individual ta’lim haqida ma’lumot?

6.O’qitishning qonun va qonuniyatlari haqida tushuncha?

7.Pedagogik texnologiya deganda nimani tushunasiz?

8.Ta’lim tizimida pedagogik texnologiyalardan foydalanishning samarali jihatlari?

9.Muammoli ta’limning maqsad va vazifalari?

10.Muammoli ta’limni muvaffaqiyatli amalga oshirish shartlari? Adabiyotlar ro’yxati



8-9 mavzu. Hozirgi zamon jamiyatida pedagog kasbi va pedagogik mahorat. REJA:

  1. Tarbiyaning mazmuni va maqsadi, tamoyillari.

  2. Tarbiya metodlari va vositalari.

  3. O‘zbekistonda ta’lim va tarbiyaga bo‘lgan munosabat, olib borilayotgan islohotlar.



Tayanch so`z va iboralar: tarbiya, tarbiya qoidalari, maqsadi, metodi, tarbiyaning qonuniyatlari, tushuntirish, namuna, ijtimoiy ong, suhbat, hikoya, mashq va o`rgatish metodi, o`z- o`zini tarbiyalash metodi, O`zbekistonda ta`lim tizimi.

1.Tarbiya mazmuni va maqsadi. Tarbiyaborasidagiboytajribalarigatayanadi. Tarbiya

nazariyasi o‘z qoidalarini asoslash uchun falsafa, sotsiologiya, etika, estetika, fiziologiya, psixologiya fanlari ma`lumotlaridan foydalanadi. Hozirgi zamon pedagogikasida tarbiya tarbiyachining tarbiyalanuvchi shaxsiga oddiy ta’sir ko‘rsatishi emas, balki tarbiyachilar va tarbiyalanuvchilarning aniq bir maqsadga qaratilgan, bir-biri bilan hamkorlikda qiladigan munosabatlari va o‘zaro ta’sir ko‘rsatishi ekanligi alohida ta’kidlanadi.

Tarbiyaaqlli, odobli, mehnatsevar, bilimli, sog‘lom, e’tiqodli, dilipok, hartomonlamama’naviyrivojlangan, vatanparvar, insonparvar, barkamol shaxsni shakllantirishni ko‘zda tutadi. Tarbiya mahalliy, ijtimoiy - iqtisodiy shart - sharoitlar, milliy an’analar va mintaqalararo xususiyatlarni hisobga olgan holda olib boriladi. Tarbiya jarayonida kishining turli qobiliyatlari rivojlanadi. Xarakteri, g’oyaviy, axloqiy, irodaviy, estetik xislatlari shakllanadi, tabiatga, jamiyatga ilmiy qarashlar tizimi tarkib topadi, jismoniy kuch-quvvatlari mustahkamlanadi.

Bola kattalarning tajribalarini sust holda emas, balki faol ravishda o‘zlashtiradi: bu o‘zlashtirishda uning ongli harakati, tirishqoqligi ahamiyatga ega bo'ladi. Tarbiyalanuvchilar muayyan darajada faol faoliyat ko‘rsatmasalar tajriba va bilimni o‘zlashtira olmaydilar. Bolaning yoshi ulg‘ayib borgan sari bu faollik tobora ko`proq mustaqillik xususiyatlariga ega bo'lib boradi: tarbiyalanuvchilar o‘zlarida dunyoqarashni tarkib toptirishga, o‘z- o‘zini takomillashtirish, tabiat, jamiyat va turmushda uchraydigan hodisalarni tushunishga hamda idrok etilgan narsalarga tanqidiy munosabatda bo‘lishga ko‘nika boradilar.

Hamma davrlarning ilg‘or kishilari tarbiyaga yuqori baho berganlar. Xalq donishmandlari va mutafakkirlaridan Abu Nasr Farobiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino,

Mirzo Ulug‘bek, Alisher Navoiy, Zavqiy, Furqat, Avaz 0‘tar, Hamza Hakimzoda Niyoziy, Abdulla Avloniylar inson kamolotini ilm-fan va tarbiyada deb bildilar.Tarbiya jarayonida kattalar, tarbiyachilar va tarbiyalanuvchilar jamoasi hisoblanadi. Shaxsning rivojlanishi tarbiyaning sifatiga bogliqdir. Ayni chog‘da tarbiyaning mazmuni, shakli va metodlari shaxsning rivojlanish darajasiga bogliq. Tarbiyajarayoni murakkabdir.Shuning uchun ham u tarbiyachidan bolaning ruhiy holati, aqliy va jismoniy imkoniyatlarini hisobga olib, mehribonlik bilan yondashishni talab qiladi. Tarbiyachi tarbiyalanuvchi shaxsini diqqat bilan o‘rganishi, ularni tushunishi, hurmat qilishi lozim.

Tarbiyalanuvchilarning hayotiy faoliyati jamiyat uchun qanchalik foydali, maqsadga muvofiq va ularning munosabatlari oqilona tashkil qilinar ekan, tarbiyajarayoni shunchalik samarali amalga oshiriladi.Insonni uning atrofini qurshab turgan vositalar: oila, ota-onasi, maktab, do`stlari, atrof-muhit, ommaviy axborot vositalari, san'at, adabiyot, tabiat va hokazolar tarbiyalaydi. Shaxsning rivojlanish va shakllanish jarayonini boshqarib borish kerak. Shunga ahamiyat berish lozimki, amalda tarbiyaviy jarayon umumxalq ishi va uzluksiz bo`lsin, barcha yoshdagi bolalarni qamrab olsin, turli ijtimoiy, jamoat va davlat institutlari va muassasalarining shaxs o‘zaro munosabatda bo'ladi. Bu munosabat o‘zaro tushunish, ishonch, hamkorlik asosida qurilishi lozim. Maktab butun tarbiya ishini hayot bilan hamohang tarzda, o‘quvchilarga o'tmish, tarix, san'at haqidagi ma’lumotlarni chuqur o‘rgatishi, xalq pedagogikasi asosida ish yuritishi, buyuk allomalarning farzand tarbiyasi borasidagi pedagogik qarashlari, inson ruhini chuqur o‘rganib, sharqona urf-odatlar, an’analar asosida mehnat malakasini singdirishi lozim.

Tarbiya jarayonining qonuniyatlari. Tarbiyaning maqsadini pedagoglar ham, otaonalar ham yaxshi bilishlari lozim.Umumta'lim maktablarida tarbiyaning asosiy maqsadi sifatida shaxsning har tomonlama kamolotga erishuvi asos qilib olinadi. Shaxsning har tomonlama kamolotga erishuvi, bu uning ayrim qirralari yoki xislatlarining to'laqonligi, jismoniy, axloqiy, siyosiy, estetik qarashlari уig‘indisini o’z ichiga oladi. Tarbiya moddiy boy liklarni ishlab chiqarish usuliga, jamiyatning ijtimoiy tuzilishiga, siyosiy tizimga, mafkuraga bog‘liqdir.Tarbiyaning shaxs rivojlanishi bilan birligi va o‘zaro bog‘liqligi uning muhim qonuniyati kamolotini shakllantirish borasidagi harakatlari mujassamlangan bo`lsa, ayni maqsadga muvofiq bo‘ladi.Tarbiyada inson shaxsini oliy ijtimoiy qadriyat deb tan olish, har bir bola betakror va o‘ziga xosligini hurmatlash, uning ijtimoiy huquqi va erkinligi e’tiborda tutilishi zarur.

Yosh avlodga har bir tarixiy davrdagi jamiyatning o‘ziga xos ishlab chiqarish metodi va ijtimoiy munosabatlarga muvofiq tarbiya beriladi. Bu tarbiyaning asosiy qonuniyatidir. Tarbiya jarayoni hayotiy, amaliy xususiyat kasb etmog`i lozim. Tarbiyaviy jarayonning barcha qatnashchilari: pedagoglar, ota - onalar, jamoatchilik, yoshlar tashkilotlari va mehnat jamoalari hamma kasbiy-pedagogik tayyorgarlikka ega bolishlari lozim. Tarbiya nazariyasida ham pedagogika fanida bo`lgani kabi, yangi vujudga kelayotgan qarashlar bilan eskirib borayotgan qarashlar o‘rtasida kurash ketgan. Tarbiya nazariyasidagi va amaliyotidagi muhim yo‘nalishlarni tanqidiy o‘rganmay turib, tarbiya nazariyasining asosiy masalalarini tushuna olish qiyin. 0‘zbek maktablarida ta’lim-tarbiya bir-biridan ajralmas deb hisoblanadi.Sinfdagi har qanday ish doimo tarbiyaviy ishdir, biroq tarbiyaviy ishlarni ta’lim berish bilan cheklash mumkin emas. Tarbiya yosh avlodni muayyan maqsad yolida har tomonlama o‘stirish, uning ongi va xulq-atvorini tarkib toptirish jarayonidir. Tarbiya - ma’naviy manbalar va hozirgi zamon talablari va ehtiyojlarini nazarda tutgan holda, o‘qituvchining o‘quvchi bilan aniq bir maqsadga qaratilgan o‘zaro amaliy va nazariy muloqotidir. Tarbiya - tarbiyachi xohlagan sifatlarni tarbiyalanuvchiga singdirish uchun tarbiyalanuvchining ruhiyatiga muayyan suratda ma’lum bir maqsadga qarata va muntazam suratda ta’sir qilishdir. Bu xildagi ta’rif tarbiya tushunchasiga kiradigan hamma narsani, chunonchi: muayyan dunyoqarash,xulq-atvor qoidalarini singdirish, muayyan xarakter va iroda, odat va axloq yaratishni o‘z ichiga oladi.



Tarbiya - shaxsni maqsadga muvofiq takomillashtirish uchun uyushtirilgan pedagogik jarayon bo‘lib, tarbiyalanuvchining shaxsiga muntazam va tizimli ta’sir etish imkonini beradi.Tarbiya jarayoni o‘zaro bog`liq bo‘lgan ikki faoliyatni - o‘qituvchi va o‘quvchi faoliyatini o‘z ichiga oladi. Tarbiyajarayonida o‘quvchining ongi shakllana boradi, his va tuyg‘ulari rivojlanadi, ijtimoiy hayot uchun zarur bo‘lgan va ijtimoiy aloqalarga xizmat qiladigan xulqiy odatlari hosil bo‘ladi.Psixologlar va pedagoglarning tadqiqotlari shaxsga tashqi omillarning (xoh ijobiy. xoh salbiy) ta’siri bolaning ularga munosabatiga bog'liqligini ko‘rsatadi.

Bolaningshaxsiytajribasiehtiyojlaritashqita’sirgamunosabatinibelgilabberadivauningxul qidaaksetadi. Shuning uchun bola faoliyatini uyushtirishning o‘zigina kifoya qilmaydi. To‘g'ri tarbiyalash uchun tarbiyalanuvchining bu faoliyatga nisbatan qalbida paydo bo‘layotgan munosabatni, turli xil kechinmalarni qanday anglashni, baholashni, his qilishni hamda ulardan o‘zi uchun nimalarni maqsad qilib olayotganini bilish zarur. Yana shuni hisobga olish kerakki, bularning barchasi turli kishilar bilan aloqa qilish, jamoadagi munosabatlar asosida ro‘y beradi. Tarbiya jarayonida o'quvchining onginigina emas, balki his-tuyg‘ularini ham о‘stirib borish, unda jamiyatning shaxsga qo‘yadigan axloqiy talablariga muvofiq keladigan xulqiy malaka va odatlarni hosil qilish lozim. Bunga erishish uchun o‘quvchining ongiga (ta’lim jarayoni asosida), hissiyotiga (darsda va sinfdan tashqari ishlarda) va irodasiga (faoliyatni uyushtirish, xulqni idora qilish jarayonida) muntazam ta’sir etib boriladi. Agar o‘quvchini tarbiyalashda bulardan birortasi (ongi, hissiyoti, irodasi) e’tibordan chetda qolsa, maqsadga erishish qiyinlashadi. Shuning uchun tarbiya jarayoni ko‘p qirrali va murrakkabdir.

Tarbiya jarayonida pedagogik talabi. Pedagogik talab tarbiya jarayonida

boshlang‘ich usul bo‘lib, tarbiyalanuvchining muayyan faoliyatini rag‘batlantirishni yoki to‘xtatishni va aniq amaliy hamda insoniy sifatlarni namoyon qilishni ta’minlaydi.Talab qilish usuli o'quvchilarning ko‘pgina axloqiy sifatlarini shakllantirishga yordam beradi, shu bilan birga tarbiyalanuvchilarda o‘ziga nisbatan mas’uliyat va talabchanlikni rivojlantirishda alohida vazifani bajaradi.Yagona pedagogik talablarni qarab chiqar ekanmiz, faqat biz- ning jamiyatimizdagina xalqning ma’naviy-siyosiy birligini mustahkamlashda pedagogik talab tarbiya jarayonining ta’sirchan usuliga aylanishi mumkin.0‘qituvchi o‘quvchilar bilan ishlar ekan, ularni faoliyatini tashkil etar ekan, o‘z ko‘rsatmalari bilan o‘quvchilarning ayrim harakatlarini rag‘batlantiradi. 0‘quv va tarbiyaviy ishlar jarayonida ularga muayyan mulohazalar bildiradi, tanbeh beradi yoki rag‘batlantiradi, yakun yasaydi. Uning ayrim buyruqlari qisqa va lo‘nda bo`lib, sezilar-sezilmas majbur qilishga o‘xshab ketsada boshqalari ancha keng tushintirish yo‘lyo‘riqlar shakliga ega bo‘ladi. Ba’zilari o‘quvchilarni faqat ishga jalb qilish zaruriyati tufayli, boshqalari bolalarning ayrim ko‘nikma va malakalarini o‘zlashtirishga tuzatish kiritish ehtiyoji bilan vujudga kelgan; ayrimlari o‘quvchilarning keraksizvanoto‘g‘ri harakatlarini to‘xtatsa, boshqalari muvaffaqiyatli harakatlarni mustahkamlaydi va qo‘llab quvvatlaydi. Pedagogning talabisiz o‘quvchilarning o‘quv va ijtimoiy foydali faoliyatini tashkil etishni tasavvur etib bo‘ladi. Tarbiya jarayonida maqsadni amalga oshirish uchun foydalanadigan asosiy pedagogik talablarni shakli ana shulardan iborat bolib, biror-bir talabni tanlash pedagogning o‘zboshimchalik bilan ish ko‘rishiga bog`liq ommay, balki, pedagogik vaziyatning qanday sodir bolishiga bog`liqdir.



Tarbiya qoidalari.Tarbiya qoidasi - pedagog ta’lim va tarbiya jarayonini yaxshiroq

tashkil etish maqsadida foydalanadigan boshlang‘ich holat, rahbarlik asosidir. Tarbiya qoidalari o‘qituvchi, tarbiyachilarga yo‘l-yo‘riq ko‘rsatuvchi qoidalar bo‘lib hisoblanadi, ya`ni kishini shakllantirish vazifalari bilan belgilanadi.

Tarbiyaning mohiyati, mazmuni, qoidalari mamlakatimizda yangicha iqtisodiy

munosabat sharoitlarining o‘zgarganligi sababli kengayib bormoqda.Tarbiyaviy jarayonni yaxshilash, uni davr talabiga javob beradigan holga keltirish uchun deyarli barcha qoidalarni, metodlarni, g‘oyalarni qaytadan ko‘rib chiqishimiz, bola shaxsiga e’tiborni qaratishimiz, yillar davomida to‘plangan ijobiy tajribadan unumli foydalanishimiz zarur.Tarbiya qoidalariga quyidagilarni kiritishimiz mumkin.

Tarbiyaningma’lummaqsadgaqaratilganligi, tarbiyaninginsonparvarlikvademokratiya, hayotbilan, mehnat bilan bog‘liqligi, tarbiyada ilmiy-madaniy va umuminsoniy qadriyatlarning ustuvorligi, tarbiyada o‘quvchilarning yosh va shaxsiy xususiyatlarini hisobgaolish, izchillik, tizimlilik, tarbiyaviy ta’sirlarning birligi va uzluksizligi qoidalari va boshqalar.

Tarbiyaning maqsadga qaratilganligi qoidasi.Tarbiyaning asosiy maqsadi, har

tomonlama ma’naviy rivojlangan, aqliy va axloqiy barkamol shaxsni shakllantirishdan iborat.



Shunga ko‘ra tarbiyaviy faoliyatning mazmuni, tashkiliy shakllari va metodlari shu maqsadga erishishni ko'zda tutadi.Umumiy ta’lim maktabining asosiy vazifasi-shaxsning aqliy, axloqiy, his-tuyg‘uli va jismoniy rivojlanishi, qobiliyatlarini har tomonlama kamol toptirish uchun imkoni boricha qulay sharoitlar yaratishdan iborat. Shuningdek, o'quvchilarda milliy g‘urur va milliy axloq odobni shakllantirishni ko‘zda tutadi. Tarbiyaviy ish ma’lum maqsadni ko‘zlovchi va uzluksiz davom etadigan jarayondir. Ko‘pincha bir necha maqsad va vazifa birdaniga bajariladi, bu esa ko‘pincha o‘quvchilar jamoasini aqliy va axloqiy o‘sishini ta’minlaydi.Maqsadga intilish va maqsad bir xil narsa emas. Yaxshi bir maqsad izhor qilingan bo`lsada, ammo bu maqsadni amalga oshirish uchun hech qanday ish qilinmagan bolishi mumkin. Shuning uchun aniq ravshan maqsadni amalga oshirishga harakat qilish lozim. Shaxsning shakllanish manfaatlari har bir pedagogik tarbiyani umumiy maqsadlari bilan ko'nikishni, uni rejali tarzda va qat’iy sur’atda amalga oshirishga harakat qilishni talab etadi. Yoshlarda jamiyatimiz g‘oyalarining kuchiga ishontirish, yangi jamiyatni barpo etishda o‘z hissalarini qo'shishga, ijtimoiy-foydali mehnatda bevosita ishtirok etishga intilishni rag'batlantirish juda muhimdir. Yoshlarni insoniy fazilatlar ruhida tarbiyalashda muqaddas kitob «Qur’oni karim», «Hadis»i sharifdan foydalanish juda muhim. Mahmud Qoshg‘ariyning «Devonu lug‘atit turk», Yusuf Xos Hojibning «Qobusnoma», Ahmad Yassaviyning «Hikmatlar»i, Sa’diy Sheroziyning «Guliston va Bo‘ston», Abdurahmon Jomiyning «Bahoriston», Alisher Navoiyning shoh asarlari, hikmatlari muhim tarbiyaviy ahamiyat kasb etadi.Tarbiyani demokratiyalash-buma’muriyehtiyoj vaqiziqishlardan shaxsning ehtiyoj va qiziqishlarini yuqori qo‘yish, demakdir. Bu tarbiyachi va tarbiyalanuvchi o‘rtasida o‘zaro ishonch, hamkorlik asosida pedagogik munosabatlar mohiyatini o‘zgartirish demakdir. Bu tarbiya ishiga jamoatchilikni jalb qilish, uning rivojlanishiga jamoat omilini kiritish demakdir.Tarbiyaviy faoliyatni demokratiyalash va insonparvarlashtirish uning mohiyati va mazmunini qayta tafakkur etishni ko‘zda tutadi, shaxsning rivojlanish va o‘zligini anglash huquqini ta’minlaydi.

Tarbiyaning hayot bilan, mehnat bilan bog‘liqligi .Qaysi davr, qaysi sharoitda bolmasin ota-bobolarimiz o‘z avlodining har tomonlama komil insonlar bolib yetishishlari uchun qayg‘urganlar. Chunki jismonan baquvvat, aqlan sog`lom, ma’naviy yuksak, bilim va hunar sohibi, axloqan pok farzandlargina avlodning chinakam davomchisi, yurtning egalari, millat boqiyligi va boyligining ta’minlovchisi hisoblangan.0‘quvchilarni ona-Vatanni sevish, ardoqlash, uning farovonligi, gullab yashnashi, taraqqiyoti uchun sadoqat bilan xizmat qilish, ona-diyorning har bir qarich yerini, boyliklarini, tabiati va hayvonot dunyosini avaylab asrash, kelgusi avlodlarga qoldirish, ularni muqaddas, tabarruk deb bilish, ajdodlari tarixi, madaniyati bilan g‘ururlanish hissini tuyish, milliy urf- odatlar, an’analar, qadriyatlar va udumlarni hurmat qilish ruhida tarbiyalash juda muhim.Tarbiyani hayot va mehnat bilan bog‘liqligi qoidasi o‘quvchilarda jamoa axloqi va turmush qoidalariga hurmat bilan qarashni, shaxsda fuqarolik va ijtimoiy mas’uliyat hislarini rivojlantirishni, o‘zi yashayotgan mamlakatning ravnaqi, insoniyat taraqqiyotini barqaror saqlab qolish yo‘lida g‘amxo‘rlikni, ekologik tarbiyani shakllantirishni nazarda tutadi.Bu qoidaning amalga oshirilishi o‘quvchilarni turmushga, mehnatga, ongli ravishda kasb-hunar tanlashga har tomonlama tayyorlash uchun zamin yaratadi.0‘quvchilarning ishlab-chiqarish ilg‘orlari, hurmatli kishilar, mehnat faxriylari bilan uchrashuvlari, ijtimoiy foydali va unumli mehnatda bevosita ishtirok etishlari ularni atrof-muhit bilan, mustaqil jamiyat qurilishi amaliyoti bilan tanishtirishda yordam beradi.

Tarbiyada milliy va umuminsoniy qadriyatlarning ustunligi. 0‘quvchilarning umuminsoniy va Vatanimiz qadriyatlari, boy madaniyati bilan tanishtirish, dunyoviy va diniy bilimlarni egallashga bolgan talablarini shakllantirish malakalarini oshirish, ularni tobora boyitish, estetik tushunchalarini shakllantirish juda muhimdir.0‘zbek xalqining madaniy merosini o‘rganishdavari va rivojlantirishda milliy o‘ziga xosligi, ma’naviy xususiyatlarini hisobga olib, xalq pedagogikasi an’analariga suyangan holda ish ko‘rilishi maqsadga muvofiq.

0‘quvchilarda kishilik jamiyatiga muhabbatni tarbiyalash, ularni tabiat muhofazasi, madaniy yodgorliklarni saqlash ishlariga jalb qilish lozim.

Umuminsoniylik - bu barcha insonga xos bo‘lgan, uning madaniy va milliy ko‘p qirraliligidir. ya’ni, turli millat vakillariga hurmat, turli dinlar va boshqa madaniyatlarni o‘ziga xosligini tan olish, qadriyatlarni hurmatlashni nazarda tutadi.0‘quvchilarga eng avvalo, o‘z xalqining milliy-madaniy merosiga, tiliga, an’ana va urf-odatlariga, shuningdek, boshqa xalqlarning ma’naviy boyliklariga bo`lgan qiziqishlarini tarbiyalash lozim. Bunda uning bilim doirasini kengaytirishga, turli xalqlar madaniyati bilan tanishtirishga alohida e’tibor berish zarur. Milliy qadriyatlardan: ona zamin tabiati, milliy xalq san’ati, an’analarining milliy estetik manbalari, sharqning jumladan, 0‘zbekistonning badiiy madaniyati, tarixi orqali o'quvchilarda milliy axloq an’analari ruhini shakllantirishda, milliy o‘z-o‘zini anglatishda, baynalminallik va vatanparvarlik tuyg‘ularini rivojlantirishda foydalanish darkor.

Ma’naviy qadriyatlar va g‘oyalar har xil millat o‘quvchilarini birlashtiradi, o‘quv va mehnat faoliyatlarini uyushtirish gayordam beradi. 0‘tmishga nazar tashlasak, xalq pedagogikasini bola tarbiyasidagi boy tajribalari hayotga to‘la tatbiq etilmaganligi, buyuk allomalarning pedagogik qarashlari, sharqona urf-odatlar, boy an’analar, hayotga joriy etilmaganligi tarbiya borasida talay qusurlarning yuzaga kelishiga sabab bo‘ldi.

Xalqimizning ko‘p asrlik qadriyatlarini, ulkan va boy madaniy merosini chuqur bilmasdan, milliy o‘zlikni anglash, milliy g‘urur tuyg‘usini qaror toptirish mumkin emas.0‘zbek xalqi ko‘p asrlik tarixiy taraqqiyotida katta madaniyatni yaratdi. U yaratgan boyliklar yoshlar tarbiyasida muhim vosita bo‘lib xizmat qiladi. Ismoil al-Buxoriy. al-Xorazmiy, Beruniy,

Farobiy, Abu Ali ibn Sino, Yusuf Xos Hojib, Ahmad Yugnakiy, Sa’di Sheroziy, Ahmad Yassaviy, Nizomiy Ganjaviy, Farididdin Attor, Abdurahmon Jomiy, Alisher Navoiy va boshqa buyuk mutafakkirlarning asarlari orqali o‘quvchilar go‘zal axloq, baxt, insof, poklik, iffat, sabrmatonat, mehr-shafqat, sihat-salomatlik, ota- onani hurmat qilish qoidalari haqida keng tasavvurga ega boladilar. Insoniylik o‘z tarkibiga insonning eng yaxshi axloqiy xususiyatlarini ya’ni, odamlar o‘rtasida o‘zaro yaxshi munosabatda bolish, do‘stlik, ota-onaga sadoqatlilik, mehnatsevarlik, diyonatlilik kabi fazilatlami qamrab oladi. Xalqimiz bolalarning yoshligidan ana shu go‘zal fazilatlarini tarbiyalashga ahamiyat berib keladi.Odob haqida Islom dinida ham ko‘p ibratli gaplar aytilgan. Islom dini insonni ezgulikka, halollikka, go‘zal axloqqa chaqiradi.



2.METODLARI VA VOSITALARI

Tarbiya metodi. Tarbiya metodi tarbiyachi va tarbiyalanuvchilarning hamkorlikdagi

faoliyat va o‘zaro ta’sir ko‘rsatish usullaridir. Shaxsni shakllantirish maqsadida, bolaning ongi, his-tuyg‘u!ari, irodasi, xulq-atvori va mtmosabatlari tizimiga ta’sir ko‘rsatish uchun tarbiya metodlari ishlatiladi. Ilmiy adabiyotlarda tarbiya metodlarini tarbiya usullari, deb ham yuritilad.0‘quvchilarning jamoa va individual faoliyatlarini maqsadga muvofiq tashkil qilish uchun tarbiya shakllaridan foydalaniladi. Masalan, sinf majlisi, yig‘ilishi, ertalabki saflanish, klub ishlari va boshqalar.Tarbiya vositalari biron-bir tarbiyaviy masalani maqsadga muvofiq tarzda hal qilish uchun qo‘llanadi.Yana o‘quvchilar jalb qilingan faoliyat turlari ham tarbiya vositasi bo`lishi mumkin. Kinofilmlar, san’at asarlari, o‘qituvchining jonli so‘zi, bolalar o‘yini, mehnat, sport, badiiy havaskorlik, ijtimoiy va boshqa faoliyat turlari tarbiya vositalari hisoblanadi. Tarbiya vositalari tarbiyaviy maqsadlarni amalga oshirish uchun o‘qituvchitarbiyachining tarbiya tizimiga kiritilishi lozim. Masalan, maktab kutubxonasi tarbiya vositasi bolishi uchun o‘qituvchi va kutubxonachi yozuvchilar bilan uchrashuv, o‘qilgan kitoblarni muhokamasini uyushtirishlari lozim.

Tarbiya natijasi tarbiyaviy jarayonning usullari, uslubi, vositalari va shakllaridan

mohirona foydalanishga bogliq.Tarbiyachilar bola shaxsiyatiga ta’sir etishning maqbul usulini, tanlab olishlari, uning shaxsini o‘zgartirish uchun sharoit yaratishlari lozim.Tarbiya metodlari har bir shaxsga, jamoaga alohida munosabatda bolishni taqozo etadi.Shunday qilib, tarbiya jarayonida o‘qituvchi bitta o‘quvchi yoki sinf jamoasi manfaati yolida biron-bir tarbiyaviy masalani hal qilish uchun o‘quvchilarning yosh va individual xususiyatlarini, tarbiyalanganlik darajalarini, pedagogik vaziyat xarakterini hisobga olgan holda ta’sir etishning turli-tuman metod, uslub va shakllari majmuasiga tarbiya usuli deyiladi.

Tarbiyaning metodlari, vositalari asrlar davomida shakllanib takomillashib bo‘radi, o'zini oqlagan urf- odatlar an’anaga aylanadi. Binobarin, tarbiyada har bir xalqning o‘z udumi, usuli tarixan shakllangan va tajribada sinalgan dunyoqarashi, tarbiya vositalari bo‘ladi, shuning uchun tarbiya milliy va tarixiy zamindan uzilmasligi kerak.

Xalq pedagogikasining tarbiya metodlari. Xalq pedagogikasi chinakam o‘zbekona axloq, odob va tarbiyaning barcha qirralarini o'zida mujassamlashtirgan. Unda turli xil tarbiya metodlari va vositalaridan foydalaniladi, bu metod, vositalar nihoyatda rang-barang bo'lib, ko‘p jihatlari bilan ilmiy pedagogikadan ustunlik qiladi. Chunki, bu metodlar ilmiy pedagogikaning shakllanishida ham o`z ta’sirini o‘tkazgan.Xalq pedagogikasida qo`llanilgan juda xilma-xil tarbiya metodlarini quyidagi tarzda umumlashtirish mumkin.

1.Tushuntirish (o'rganish, odatlantirish,mashq qildirish)

2.Namuna (maslahat berish, uzr so‘rash, yaxshiliklar haqida so‘zlash, o'rnak bo‘lish).

3.Nasihat qilish, o‘git (undash, ko‘ndirish, iltimos qilish, tilak- istak bildirish,

ma’qullash, tashakkur bildirish. duo qilish, oq yo`l tilash va hokazo

4.Qoralash va jazo (ta’qiqlash, ta’na, gina, tanbeh berish, majbur qilish, koyish, ayblash,

uyaltirish. qo'rqitish, ont-qasam ichirish, urish, kaltaklash va hokazolar).

Agar sinchiklab qaralsa, yuqorida keltirilgan to‘rt xil metod umum bir yaxlitlikni ifodalaydi. Dastlab bolaga umumiy manzara tushuntiriladi. Bolalar narsa va hodisalarga tushunmaganlarida tarbiyachi namuna metodidan foydalanadi. yoshlarning mustaqil kuzatuvchanligiga e'tibor beriladi. Unda ham tushunmaganlar kattalarning nasihati, o‘giti orqali narsava hodisalarning mohiyatini anglaydigan bo'lishadi. Bordi-yu unda ham bolalar tushunishmasa, yoki tushunishni istashmasa, unda qoralash va jazolash metodlaridan foydalanishga to‘g‘ri kelgan. Lekin bu so‘nggi chora ekanligini xalq yaxshi tushungan.

Hozirgi zamon ilmiy pedagogikasi qoralash va jazoni so‘nggi chora, aniqrog‘i kam samara beradigan chora ekanligini isbotlagan.Xalq pedagogikasining nodir namunalari, tarbiya metodlari va tarbiyaviy ta'sirlar muayyan vositalar orqali amalga oshirilgan. Mehmon kutish, mehmonga borish, turli mehnat jarayonlari, xasharlar.turli gurunglar (choyxona, to‘y marosimlari), sayllar, turli nishonlashlar (tug‘ilgan kunni nishonlash, yigitlar bazmi, qizlar bazmi), musobaqalar, turli marosim va boshqalar o‘ziga xos tarbiya vositasi vazifasinr bajargan.Inson qalbiga bugun ekilgan yaxshilik urug‘i oradan o‘n yillar o‘tgach unib chiqadi, buni ilmiy asoslab oldindan ko‘ra bilish kerak.

Tarbiya metodlarini o‘rganish, tahlil qilish, bu metodlardan pedagogik jarayonda

foydalanish ko'nikma va malakalarni egallashni osonlashtirish uchun ularni shartli ravishda bir necha guruhga bo‘lib olamiz: ijtimoiy ongni shakllantiruvchi metodlar, faoliyat jarayonida ijtimoiy xulq va tajribalarni shakllantirish metodlari, o‘z- o'zini tarbiyalash metodlari hamda rag‘batlantirish usullari, jazolash metodlari va boshqalar.

Ijtimoiy ongni shakllantiruvchi metodlar. Bu guruhga o’quvchilarda ilmiy

dunyoqarash, e’tiqodni, ma’naviy va siyosiy g'oyalarni shakllantirish maqsadida ularni ongi, hislari va irodasiga ta'sir ko'rsatish metodlari kiradi.Bu guruh metodlarining mohiyati shundaki, ular orqali jamiyat o‘quvchilar ongiga qanday talablar qo‘yayotgani yetkaziladi.Yoshlarning dunyoqarashlarini shakllantirish, hayot mazmunini tushunib olishlariga ko‘maklashish maqsadida ijtimoiy ongni shakllantiruvchi metodlar qollanadi.0‘quvchilarda siyosiy onglilik va ijtimoiy faollik, ya’ni davlatni ichki va xalqaro siyosatini tushunish va idrok qilishni tarbiyalash lozim.

Tushuntirish bu ijtimoiy ongni shakllantirishda eng ko‘p qo`llanadigan metoddir. Tushuntirishning mohiyati o‘quvchiga qo‘yilgan talabni, voqealarni, harakatlarning ijtimoiy, axloqiy, estetik mazmunini yoritadi va o‘quvchilarga dunyoviy bilimlarni egallashda, ongli intizomni, yuksak madaniyatni singdirishda, milliy g‘ururli qilib tarbiyalashda yordam berishdan iborat.Tushuntirishda o‘quvchilarga mamlakatimiz fuqarosining o‘z davlatiga nisbatan huquqlar va burchlar bilan bog‘ langanligi, u yashash va axloq me’yorlariga ongli ravishda rioya qilishi haqida axborot beriladi. Bunda davlat bayrog`i, gerbi, madhiyasi, konstitutsiyasiga sadoqat ruhida tarbiyalashning ahamiyati beqiyosdir.Shu sababli o‘quvchilarga bayroq, madhiya, konstitutsiya haqida tegishli ma’lumotlar beriladi.0‘quvchilarga xalq, davlat oldidagi fuqarolik burchi, ya’ni o'zining Vatan oldidagi huquq va burchlarini bilish, ularga qat’iy amal qilish, qonunchilik, umumbashariy axloq me’yorlari buzilishiga murosasiz munosabatda bolish tushuniladi.

Suhbat va hikoya.0‘quvchi shaxsini g‘oyaviy va axloqiy shakllantirishda o‘qituvchining jonli so‘zi eng ta’sirli metod hisoblanadi. Suhbat uchun mavzu tanlashda uning mazkur sinf uchun dolzarbligi, bolalarda axloqiy ishonch uyg‘otishning suhbat mazmuniga bo`lgan munosabatlarini va suhbatdan kutilayotgan natijani hisobga olish lozim.Suhbat jonli, ommaviy, ishonarli bo`lishi katta ahamiyatga ega.

Suhbat metodi sifatida o‘quvchilarning hayoti, fan va texnika, etika- estetika va boshqa

sohalardagi tasavvur va tushunchalari doirasini kengaytirishga yordam beradi. Suhbat samarasini o‘quvchilarning ijobiy yoki salbiy javoblariga qarab bilish mumkin.



Hikoya. 0‘quvchilar odatda hayotdan va badiiy adabiyotdan olingan aniq misollarga boy bolgan hikoyalarni qiziqib tinglaydilar. Ularga axloq mezonlari, tarix qoidalari, Vatanimizning tabiiy boyliklari, ajoyib mehnatkash kishilari, tarix, adabiyot, san’at haqida hikoya qilib berish mumkin. Badiiy adabiyot, radio, televideniya, gazeta va jurnallardagi maqolalar ham qimmatli manba boladi.

Mashq va o‘rgatish metodlari. Mashq bolalar faoliyatini oqilona, maqsadga muvofiq ravishda va har tomonlama tashkil qilish, ularni axloq mezonlari va xulq- atvor qoidalarini bajarishga odatlantirishdir. Odatlar bolalikda tarkib topadi va keyin mustahkamlanib boradi.0‘qituvchilar, ota-onalar bolalarda ijobiy odatlar shakllanishini kuzatib borishlari kerak.0‘quvchilar odatlarni yaqinlaridan meros qilib olmaydi, balki ular orqali hosil qiladi.Odat ehtiyojga aylanadi.Mashq muayyan xatti-harakatlarni ko'p marotaba takrorlashni o‘z ichiga oladi. Mashq va odatlantirish o‘quvchi uchun ongli, ijodiy jarayondir.Mashq natijasida ko'nikma, odat, yangi bilimlar hosil qilinadi, o'quvchining aqliy qobilivati rivojlanadi, axloqiy tajribasi kengayadi.Odatsiz tarbiya-poydevorsiz binoga o‘xshaydi, odat esa muntazam mashq orqali mustahkamlanadi.0‘rgatish-ijtimoiy xulq-atvorning odatiy shakliga aylantirish maqsadida tarbiyalanuvchilarning bajarishlari uchun rejali va izchil tarzda tashkil qilinadigan turli harakatlar, amaliy ishlardir.0‘rgatish bir necha izchil harakatlar уig‘indisidir. 0‘qituvchi bu harakatlarni ko‘rsatib berishi, tushuntirishi, kuzatishi.Tarbiya amaliyotida mashq qilishning turli xillari mavjud: faoliyatda mashq qilish.

0‘z-o‘zini tarbiyalash metodlari. 0‘quvchida o‘z-o‘zini tarbiyalashga ehtiyoj, ya’ni o‘z ustida ongli, batartib ishlashga ehtiyoj paydo bolgandagina tarbiya jarayonini samarali deb hisoblash mumkin. 0‘quvchilarni, ayniqsa, o‘rta va katta yoshdagilarni o‘z bilim va malakalarini mustaqil oshirishlariga yollash kerak.0‘quvchilarning o‘z-o‘zini idora qilish organlari faoliyatida qatnashishlari, ularning ijtimoiy-faollik mavqeyini shakllantirishning ta’sirchan vositasidir.

0‘quvchilar o‘qishda, tarbiyada, dam olishda o‘z-o‘zini tarbiyalash metodlaridan foydalanadilar,

o‘z-o‘zini tarbiyalash tashabbuskorlik va mustaqillikka undaydi.

0‘z-o‘zini tarbiyalash sifatlari bola bunga tayyor bolganda, u o‘zini shaxs deb anglay boshlagach, amaliy ishlarda mustaqillik ko‘rsata boshlagan vaqtda paydo boladi.0‘z-o‘zini tarbiyalashda (axloqiy, jismoniy, hissiy-irodaviy va intelektual) maslahat va ko‘rsatmalar berilishi lozim.Bunda o‘quvchining o‘z xatti-harakatlariga tanqidiy munosabatda bo`lishga o‘rgatish juda muhimdir. 0‘quvchilar o'zlari muayyan vaqtda belgilangan vazifalarni baholash uchun majburiyat oladilar va ularni kun tartibiga yozib qo‘yadilar.Shundan keyin vaqti-vaqti bilan o'zlari va ota-onalari oldida olgan majburiyatlarini bajarilishi haqida hisobot beradilar. Bu esa ularning o‘z xatti-harakatlari uchun javob berishga, mas’uliyatlarni his etishlari uchun yordam beradi.0‘z-o‘zini tahlil qilish.0‘z shaxsini tahlil qilishga.xatti- harakatlari haqida o‘ylashga o'rgatadi.0‘z-o‘zini nazorat qilish uchun o'quvchi o‘zining yurish-turishi, intizomi, ijobiy xislatlarini ortib borish va aksincha, salbiy odatlami kamayib borishi haqida muntazam ravishda kundaligiga yozib boradi.



0‘z-o‘zini baholash.0‘quvchining qobiliyatini o‘z kuchi bilan yuzaga chiqishiga yordamlashish zarur.0‘z-o‘zini baholash qiyin, lekin o‘quvchini bunga yetarli darajada tayyorlash mumkin.Buning uchun irodali bolishi, o‘zining o‘quvchilik ijtimoiy burchini tushunishi, o'qish va tarbiya olish uchun sabablar, motivlar asos bo`lishi, ya’ni tahsil va tarbiyalanishni xohlashi, o‘zini o'rtoqlarining, yaqin kishilarining ko'zi bilan ko‘rish va o‘z-o‘zini takomillashtirishga intilishi lozim.0'z-o‘zini baholash o‘quvchi uchun o'zining imkoniyatlarini hisob-kitob qilish, baholash, o‘ziga chetdan turib xolisona baho berish, o‘zidan qoniqish hosil qilishda yordam beradi

Jazolash-bu tarbiyalanuvchilaming xatti-harakati va faoliyatiga salbiy baho berishdir.

3.O`zbekistonda ta`lim va tarbiyaga bo`lgan munosabat, olib borilayotgan

islohotlar.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning 2017-yil 7-fevraldagi "O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida"gi farmonida 2017 – 2021-yillarda mamlakatimiz taraqqiyotini yanada jadallashtirishga doir ustuvor vazifalar belgilab berildi. Harakatlar strategiyasidagi beshta ustuvor yo'nalishdan to'rtinchisi ijtimoiy sohani rivojlantirishga qaratilgan. Aholi farovonligini ta'minlash, bandlik, salomatlikni muhofaza qilish, uy-joy masalalari qatoridan ta'lim-tarbiya tizimini taraqqiy ettirish masalasi ham o‘rin olgan.

Farmonga binoan ta'lim va ilm-fan sohasini yanada rivojlantirish borasida kompleks chora-tadbirlar ishlab chiqildi. Bunda xalq ta'limi tizimida keng islohotlarni amalga oshirish orqali ta'lim-tarbiya sifatini oshirish, yangi maktab binolari barpo etish, rekonstruksiya qilish, kapital ta'mirlash, ularni zamonaviy o'quv-laboratoriya uskunalari, axborot-kommunikasiya texnologiyalari va o‘quv-metodik qo'llanmalar bilan to‘liq ta'minlash kabi qator masalalar amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan. Umumiy o'rta ta'lim sifatini tubdan oshirishda qator fanlar, jumladan, chet tillar, matematika, fizika, informatika, kimyo, biologiya fanlarini chuqurlashtirilgan tarzda o‘qitishga alohida e'tibor qaratiladi.

Bundan tashqari, maktabgacha ta'lim muassasalari tarmog‘ini kengaytirish, shartsharoitlarini tubdan yaxshilash, pedagog va mutaxassislarning malakasini yuksaltirish, maktabgacha ta'limga bolalar qamrovini oshirish, yoshlarga oid davlat siyosatini takomillashtirish kabi dolzarb vazifalar turibdi. Xalq ta'limi vazirligi jismonan sog'lom, ruhiy va intellektual rivojlangan, teran fikr va qat'iy hayotiy nuqtai nazarga ega, Vatanga sodiq yoshlarni tarbiyalash, jamiyatda ularning ijtimoiy faolligini oshirish maqsadida quyidagi chora-tadbirlarni bajarishni rejalashtirmoqda.

Birinchidan, mavjud me'yoriy-huquqiy hujjatlarni zamon talablari asosida

takomillashtirish lozim. Ya'ni, ta'lim tizimiga qo‘yilayotgan zamonaviy talablardan kelib chiqib, umumiy o‘rta ta'limni tashkil etish to‘g‘risidagi normativ-huquqiy hujjatlar qayta ko‘rib chiqiladi hamda "Umumiy o‘rta ta'lim to‘g‘risidagi nizom"ning yangi tahrirda qabul qilinishi rejalashtirilgan.

Shu bilan birgalikda Qoraqalpog'iston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi, viloyatlar xalq ta'limi boshqarmalari va Toshkent shahar xalq ta'limi bosh boshqarmasining tashkiliy tuzilmalari hamda ta'lim muassasalariga metodik xizmat ko'rsatish tizimi yanada takomillashtiriladi.

Umumiy o'rta ta'lim muassasalari faoliyatiga oid amaldagi me'yoriy hujjatlar ta'limtarbiya sifati va samaradorligini yanada oshirish nuqtai nazaridan qayta ko'rib chiqilib, mazmunan boyitiladi.

Ikkinchidan, o'quvchi-yoshlarni vatanparvarlik, yurt taqdiriga daxldorlik, qonunlarga hurmat ruhida o'stirish, zararli ta'sirlar va oqimlarga qarshi ma'naviy immunitetini mustahkamlash, qat'iy hayotiy pozitsiyaga ega qilib tarbiyalash borasida qator ustuvor vazifalar amalga oshiriladi.

Shu maqsadda o‘qituvchilar, hayotiy tajribaga ega keksalar, mahalla faollari ko'magida o'quvchilar va ota-onalar o'rtasida kitobxonlikni, mutolaaning inson kamolotidagi beqiyos o‘rnini targ‘ib etishga alohida ahamiyat beriladi.

O‘zbekistonYozuvchilaru yushmasi bilan hamkorlikda ta'lim muassasalarida taniqliyozuvchi, shoirlar bilan onlayn muloqotlar, uchrashuvlar tashkil etiladi. O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi bilan hamkorlikda badiiy adabiyotlarning elektron nusxalari keng miqyosda portallarga joylashtirib boriladi. Umumta'lim maktablaridagi kutubxonalar va axborotresurs markazlarining kitob fondi yangi badiiy va ensiklopedik adabiyotlar bilan boyitiladi.

Bolalarni jismoniy tarbiya va sport bilan shug'ullanishga keng jalb etish, turli nufuzli musobaqa va bellashuvlar, xususan, "Umid nihollari"da qatnashuvchi sportchi-o‘quvchilarning safini kengaytirish, ularning xalqaro tanlovlarda samarali ishtirokini ta'minlash choralari ko‘riladi.

Uchinchidan, umumta'lim muassasalarida fanlarni o‘qitishning zamonaviy metodologiyasini yaratish va amaliyotga joriy etish asosida ta'lim-tarbiya sifati tubdan takomillashtiriladi. Bu yo‘nalish nihoyatda keng qamrovli bo‘lib, uzviylik, uzluksizlik hamda kompetensiyaviy yondashuv asosida umumiy o'rta ta'limning yangi davlat ta'lim standartlari (DTS) amaliyotga joriy etiladi.

Aytish joizki, ayni paytda uzluksiz ta'lim tizimida chet tillarni kompetensiyaviy yondashuv asosida o'rgatish tajribasidan kelib chiqib, umumta'lim fanlarining o'qitilishini takomillashtirish, darslik va o'quv-metodik majmualarning yangi avlodini ishlab chiqish maqsadida umumiy o'rta va o'rta maxsus, kasb-hunar ta'limi umumta'lim fanlarining takomillashtirilgan davlat ta'lim standartlari tayyorlandi. Mazkur muassasalarda uzviy o'qitiladigan 18 ta fan bo'yicha darslik va o'quv-metodik majmualarning yangi avlodini bosqichma-bosqich ishlab chiqish ko'zda tutilmoqda.

Tavsiya etilayotgan yangi mazmundagi DTSga asosan ta'lim umumta'lim fanlarini o'rganishning boshlang‘ich darajasi – A1 dan to umumta'lim fanlarini o'rganishning ixtisoslashtirilgan darajasi – B1+ gacha bo'lgan bosqichlarda amalga oshiriladi.

Ta'lim-tarbiya jarayonida o'quvchilarda kommunikativ, axborot bilan ishlash, o'z-o'zini rivojlantirish, ijtimoiy faol fuqarolik, milliy va umummadaniy hamda matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan foydalanish kompetensiyalari shakllantirib boriladi.

O'qitish jarayoniga xalqaro ta'lim talablariga mos bola shaxsini rivojlantirishga yo'naltirilgan ta'lim metodologiyasi joriy etilib, fanlar yo'nalishida o'qitish muammolariga bag'ishlangan forumlar muntazam tashkil etib boriladi.

Yuqori sinflar uchun chet tili darslik-majmualari takomillashtiriladi, pedagoglarning dars jarayonida elektron qo'llanma va darsliklar, virtual laboratoriya ishlari, ta'limga oid o'yinlar hamda boshqa qo‘shimcha elektron ta'lim resurslaridan samarali foydalanishi yo'lga qo'yiladi.

Ushbu ishlarni amalga oshirish uchun umumta'lim maktablari o‘qituvchilari, xususan, aniq va tabiiy fanlar o'qituvchilarining uzluksiz ravishda kasbiy mahoratini oshirib borish tizimi yo'lga qo'yiladi.

To‘rtinchidan, yetuk, mahoratli o‘qituvchilarni tayyorlash, ularning malakasini oshirish

va qayta tayyorlash tizimini isloh qilish, kadrlar salohiyatini yuksaltirish choralari ko'riladi.

Buning uchun xalq ta'limi tizimidagi rahbar va pedagog kadrlar malakasini oshirish mazmuni va sifatiga qo'yiladigan davlat talablari takomillashtiriladi. O'quv reja va dasturlar mazmuni qayta ko'rib chiqilib, zamon talabiga moslashtiriladi. Pedagog kadrlar malakasini oshirish tizimidagi professor-o'qituvchilar sifat tarkibi yosh, ilmiy salohiyatga ega kadrlar bilan to'ldiriladi. Pedagogika institutlarida ta'lim yo'nalishlari bo'yicha ixtisoslik fanlarini o'qitish metodikasining yangi o'quv dasturlari yaratiladi.

Beshinchidan, maktabgacha ta'lim tizimini tubdan takomillashtirish muhim strategik vazifalardandir.

Prezidentimizning 2016-yil 29-dekabrdagi "2017–2021-yillarda maktabgacha ta'lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi qarorida belgilangan vazifalar bu boradagi ishlarning asosini tashkil qiladi. Jumladan, qishloq aholi punktlarida 50 ta yangi maktabgacha ta'lim muassasasini qurish, mavjud muassasalarning 1167 tasini rekonstruksiya qilish va 983 tasini mukammal ta'mirlash hamda ularni zamonaviy talablar asosida inventar, o'quv-metodik qo'llanma va zarur anjomlar bilan ta'minlash orqali jami 2200 ta maktabgacha ta'lim muassasasining moddiy-texnika bazasi mustahkamlanadi.

Ta'lim-tarbiya jarayoniga xalqaro tajribalar asosida yangi dasturlar joriy etilib, bolalarni maktab ta'limiga tayyorlash darajasi sifat jihatdan yangi bosqichga ko'tariladi. MTMlarni malakali pedagog kadrlar bilan ta'minlash, ularning sifat tarkibini yaxshilash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimi yanada takomillashtiriladi. Maktabgacha ta'lim tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha 2017 – 2021-yillarga mo'ljallangan dastur doirasida bolalarni maktabga tayyorlashning muqobil shakli bo‘lgan 6100 ta qisqa muddatli guruh ochiladi. 3-6 yoshdagi maktabgacha ta'lim muassasalariga qamrab olinmagan farzandlari bor 400 ming oila metodik qo‘llanmalar bilan ta'minlanadi.

Oltinchidan, xalq ta'limi boshqaruvi idoralari va ta'lim muassasalarida hujjatlar bilan ishlashni tashkil etish va ijro intizomini mustahkamlash muhim vazifa sifatida belgilanadi.

Xalq ta'limi boshqaruvi idoralari rahbarlarining virtual qabulxonalari ishga tushiriladi, joylarda aholi bilan ochiq muloqotlar tashkil etiladi. Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash hamda tizimda interaktiv xizmatlar ko‘rsatish sifati yanada yaxshilanadi.

Umuman olganda, Prezidentimizning mazkur farmonida belgilab berilgan ustuvor vazifalar xalq ta'limi tizimini jadal rivojlantirishda muhim o‘rin tutadi. Farzandlarimizning har tomonlama yetuk, sog'lom va barkamol avlod bo‘lib voyaga yetishi esa yurtimizdagi minglab ota-onalarni quvontirishi barobarida davlatimizning kelajakdagi yuksak taraqqiyoti uchun mustahkam poydevor bo‘lishi shubhasiz.

Ta’kidlash joizki, 2011-2016 yillarda Oliy ta’lim muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash sifatini tubdan yaxshilash chora-tadbirlari dasturini amalga oshirish doirasida 25 ta oily ta’lim muassasasining 202 ta ob’yektida yangi qurilish, kapitalta’mirlash va rekonstruksiyaishlari bajarildi.

Iqtisodiyotning real sektori talablaridan kelib chiqib, muhandislik, ishlab chiqarish va

qurilish yo‘nalishlari va ixtisosliklari bo‘yicha o‘qishga qabul qilish, uning umumiy soniga nisbatan 23 foizdan 33,2 foizga oshdi. Oliy ta’lim sohasida mutaxassislar tayyorlash, shuningdek, pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish bo‘yicha yangilangan davlat oliy ta’lim standartlari va o‘quv dasturlari joriy qilindi.

Shu bilan birga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 8 oktabrdagi F-4724son farmoyishi bilan tashkil qilingan Ishchi guruh tomonidan oliy ta’lim tizimidagi holatni o‘rganish natijalariga ko‘ra, bir qator oliy ta’lim muassasalarida hali ham ilmiy-pedagogik salohiyatning pastligi, ta’lim jarayonlarini axborot-uslubiy va o‘quv adabiyotlari bilan ta’minlash zamonaviy talablarga javob bermasligi, ularning moddiy-texnika bazasini tizimli yangilashga ehtiyoj mavjudligi aniqlandi.

Oliy ta’lim tizimida o‘z yo‘nalishlari bo‘yicha dunyoning yetakchi ilmiy-ta’lim muassasalari bilan yaqin hamkorlik aloqalari o‘rnatish, o‘quv jarayoniga ilg‘or xorijiy tajribalarini joriy etish, ayniqsa, istiqbolli pedagog va ilmiy kadrlarni xorijning yetakchi ilmiyta’lim muassasalarida stajirovkadan o‘tkazish va malakasini oshirish borasidagi ishlar yetarli darajada olib borilmayapti.

Oliy ta’lim tizimini tubdan takomillashtirish, mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor vazifalaridan kelib chiqqan holda, kadrlar tayyorlash mazmunini tubdan qayta ko‘rish, xalqaro standartlar darajasiga mos oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash uchun zarur sharoitlar yaratilishini ta’minlash maqsadida:

1. Oliy ta’lim tizimini kelgusida yanada takomillashtirish va kompleks rivojlantirish bo‘yicha eng muhim vazifalar etib quyidagilar belgilansin: har bir oliy ta’lim muassasasi jahonning yetakchi ilmiy-ta’lim muassasalari bilan yaqin hamkorlik aloqalari o‘rnatish, o‘quv jarayoniga xalqaro ta’lim standartlariga asoslangan ilg‘or pedagogik texnologiyalar, o‘quv dasturlari va o‘quv-uslubiy materiallarini keng joriy qilish, o‘quv-pedagogik faoliyatga, master-klasslar o‘tkazishga, malaka oshirish kurslariga xorijiy hamkor ta’lim muassasalaridan yuqori malakali o‘qituvchilar va olimlarni faol jalb qilish, ularning bazasida tizimli asosda respublikamiz oliy ta’lim muassasalari magistrant, yosh o‘qituvchi va ilmiy xodimlarining stajirovka o‘tashlarini, professor-o‘qituvchilarni qayta tayyorlash va malakasini oshirishni tashkil qilish;

oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlashning maqsadli parametrlarini shakllantirish, oliy ta’lim muassasalarida o‘qitish yo‘nalishlari va mutaxassisliklarini istiqbolda mintaqalar va iqtisodiyot tarmoqlarini kompleks rivojlantirish, amalga oshirilayotgan hududiy va tarmoq dasturlarining talabalarini inobatga olgan holda optimallashtirish; ta’lim jarayonini, oliy ta’limning o‘quv reja va dasturlarini yangi pedagogik texnologiyalar va o‘qitish usullarini keng joriy etish, magistratura ilmiy-ta’lim jarayonini sifat jihatidan yangilash va zamonaviy tashkiliy shakllarni joriy etish asosida yanada takomillashtirish;

yangi avlod o‘quv adabiyotlarini yaratish va ularni oliy ta’lim muassasalarining ta’lim jarayoniga keng tatbiq etish, oliy ta’lim muassasalarini zamonaviy o‘quv, o‘quv-metodik va ilmiy adabiyotlar bilan ta’minlash, shu jumladan, eng yangi xorijiy adabiyotlar sotib olish va tarjima qilish, axborot-resurs markazlari fondlarini muntazam yangilab borish; pedagog kadrlarning kasb mahorati sifati va saviyasini uzluksiz yuksaltirish, xorijda

pedagog va ilmiy xodimlarning malakasini oshirish va stajirovkasini o‘tkazish, oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilarini PhD va magistratura dasturlari bo‘yicha o‘qitish, oliy ta’lim muassasalari va qayta tayyorlash va malaka oshirish markazlari o‘quv jarayonlariga yuqori malakali xorijiy olimlar, o‘qituvchi va mutaxassislarni keng jalb qilish;

oliy ta’lim muassasalari ilmiy salohiyatini mustahkamlash, oliy ta’limda ilm-fanni yanada rivojlantirish, uning akademik ilm-fan bilan integratsiyalashuvini kuchaytirish, oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilarining ilmiy-tadqiqot faoliyati samaradorligi va natijadorligini oshirish, iqtidorli talaba-yoshlarni ilmiy faoliyat bilan shug‘ullanishga keng jalb etish; oliy ta’limning ma’naviy-ahloqiy mazmunini oshirish, talaba-yoshlarga mustaqillik

g‘oyalariga, yuksak ma’naviyat va insoniylikning milliy an’analariga sodiqlik ruhini chuqur singdirish, ularda yot g‘oya va mafkuralarga nisbatan immunitet va tanqidiy tafakkurni mustahkamlash bo‘yicha keng ko‘lamli ma’rifiy va tarbiyaviy ishlarni olib borish; oliy ta’lim muassasalari moddiy-texnika bazasini o‘quv va ilmiy-laboratoriya bino va korpuslari, sport inshootlari, ijtimoiy-muhandislik infratuzilmasi ob’yektlarini qurish, rekonstruksiya qilish va kapital ta’mirlash, oliy ta’lim ilm-fanining ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha o‘quv-ilmiy laboratoriyalarini zamonaviy asbob va uskunalar bilan jihozlash orqali yanada mustahkamlash; oliy ta’lim muassasalarini zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari

vositalari bilan jihozlash, oliy ta’lim muassasalari talabalari, o‘qituvchilari va yosh tadqiqotchilarining jahon ta’lim resurslari, zamonaviy ilmiy adabiyotlarning elektron kataloglari va ma’lumotlar bazalariga kirish imkoniyatlarini kengaytirish.


  1. 2017-2021 yillarda Oliy ta’lim tizimini kompleks rivojlantirish dasturi (keyingi o‘rinlarda – Dastur), uning tarkibida quyidagilar:

2017-2021 yillarda oliy ta’lim tizimini tubdan takomillashtirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlari 1-ilovaga muvofiq;

2017-2021 yillarda oliy ta’lim muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va modernizatsiyalash, ularni zamonaviy o‘quv-ilmiy laboratoriyalar, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari vositalari bilan jihozlash kompleks chora-tadbirlari 2ilovaga muvofiq;

2017-2021 yillarda Oliy ta’lim tizimini kompleks rivojlantirish dasturini amalga oshirish moliyaviy xarajatlar hajmining hisoblangan parametrlari 3-ilovaga muvofiq;

2017-2021 yillarda qurilish, rekonstruksiya qilish va kapital ta’mirlashning har yili tasdiqlanadigan manzilli dasturlariga kiritiladigan oliy ta’lim muassasalari ro‘yxati 4-ilovaga muvofiq;

2017-2021 yillarda o‘quv va ilmiy laboratoriya uskunalari bilan jihozlashning har yili tasdiqlanadigan manzilli dasturlariga kiritiladigan oliy ta’lim muassasalari ro‘yxati 5-ilovaga muvofiq;

2017-2021 yillarda oliy ta’lim muassasalarini rivojlantirishning manzilli dasturlari 6-74 ilovaga muvofiq tasdiqlansin.



  1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ikki oy muddat ichida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yosh pedagog va ilmiy xodimlar malakasini oshirish bo‘yicha “Iste’dod” fondining faoliyatini tubdan qayta ko‘rib chiqish bo‘yicha takliflarni, quyidagilarni inobatga olgan holda, tayyorlasin:

xorijiy ta’lim va ilmiy muassasalarida oliy ta’lim muassasalarining pedagog va ilmiy xodimlar malakasini oshirish, stajirovkasini o‘tkazish, bitiruvchilarning PhD va magistratura dasturlarida o‘qitishni tashkillashtirish bo‘yicha amaliy chora-tadbirlarni; yuqori malakali xorijiy olim, o‘qituvchi va mutaxassislarni xorijiy oliy ta’lim va ilmiy muassasalar bilan hamkorlik mexanizm va shakllarini joriy etishning ustuvor yo‘nalishlarini inobatga olgan holda, Oliy ta’lim muassasalari va pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish tarmoq markazlari o‘quv jarayoniga keng jalb etish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturini;

“Iste’dod” fondining moliyaviy resurslarini shakllantirish manbasi sifatida O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Ta’lim va tibbiyot muassasalari moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘larini jalb etishni.



  1. Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga muvofiq xorijiy olim, o‘qituvchi va mutaxassislarni respublika oliy ta’lim muassasalari, Oliy ta’lim muassasalari va pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish tarmoq markazlari (keyingi o‘rinlarda – Tarmoq markazlari) o‘quv jarayonlariga jalb etishda:

O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining Moliya vazirligi bilan kelishilgan takliflari asosida xorijiy olim, o‘qituvchi va mutaxassislarning mehnatiga haq to‘lash mehnat shartnomasida belgilangan miqdorda erkin konvertatsiya qilinadigan valyutada amalga oshiriladi;

xorijiy olim, o‘qituvchi va mutaxassislar uchun ikki tomonga aviachiptalarni sotib olish xarajatlari (uzoq muddatli mehnat shartnomalarida bir yilda ikki martadan oshmagan holda) oliy ta’lim muassasalari, Tarmoq markazlari tomonidan milliy valyutada to‘lanadi; xorijiy olim, o‘qituvchi va mutaxassislarning bir oydan oshmagan muddatga tuzilgan qisqa muddatli mehnat shartnomalari bo‘yicha respublika mehmonxonalarida yashash xarajatlari oliy ta’lim muassasasi, Tarmoq markazlari tomonidan milliy valyutada to‘lanadi, bundan uzoq muddatga tuziladigan mehnat shartnomalari bo‘yicha xorijiy olim, o‘qituvchi va mutaxassislarning uy-joy ijara xarajatlari tuzilgan shartnoma shartlariga muvofiq oylik maoshlarini to‘lashda amalga oshiriladi; xorijiy olim, o‘qituvchi va mutaxassislarga O‘zbekiston Respublikasida bo‘lgan davrida kunlik safar xarajatlari 20 AQSh dollari ekvivalentidagi kundalik me’yor bo‘yicha O‘zbekiston

Respublikasi Markaziy bankining to‘lov kunidagi kursi bo‘yicha milliy valyutada to‘lanadi; oliy ta’lim muassasalari, Tarmoq markazlari o‘quv jarayoniga jalb qilinadigan xorijiy olim, o‘qituvchi va mutaxassislar tuzilgan mehnat shartnomasi doirasida olinadigan daromadlari jismoniy shaxslar daromad soliqlari to‘lashdan ozod etiladi; oliy ta’lim muassasalari, Tarmoq markazlari o‘quv jarayoniga jalb qilinadigan xorijiy olim, o‘qituvchi va mutaxassislar tuzilgan mehnat shartnomasi doirasida olinadigan daromadlari yagona ijtimoiy to‘lovlaridan ozod etiladi; xorijiy olim, o‘qituvchi va mutaxassislarni jalb etish va ularning moddiy ta’minoti bo‘yicha xarajatlarni moliyalashtirish manbasi sifatida oliy ta’lim muassasalari va Tarmoq markazlariga o‘rnatilgan tartibda ajratiladigan byudjet mablag‘lari, oliy ta’lim muassasalarining byudjetdan tashqari mablag‘lari, xalqaro moliya va boshqa tashkilotlar, xorijiy hukumat tashkilotlarining grantlari, shuningdek, qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisoblanadi.


  1. Ta’lim va o‘qitish sifati ustidan samarali davlat nazoratini o‘rnatish maqsadida Davlat test markazining Kadrlar tayyorlash sifatini nazorat qilish, pedagog kadrlar va ta’lim muassasalarini attestatsiya qilish boshqarmasi negizida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tashkil etilsin va uning asosiy vazifalari etib:

ta’lim tizimida o‘quv-tarbiya jarayonlari, professor-o‘qituvchilar tarkibi, kadrlar tayyorlash va ularning malakasini oshirish sifatini nazorat qilish bo‘yicha davlat siyosatini amalga oshirish; idoraviy mansubligi va mulkchilik shaklidan qat’i nazar, ta’lim muassasalarini attestatsiya va davlat akkreditatsiyasidan o‘tkazish.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi uch oy muddatda Ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘yicha davlat inspeksiyasi faoliyatini tashkil qilish bo‘yicha Hukumat qarorini qabul qilsin.



  1. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining manfaatdor davlat boshqaruvi organlari bilan kelishilgan quyidagi takliflari qabul qilinsin:

Namangan muhandislik-pedagogika institutini Namangan muhandislik-qurilish institutiga aylantirish va uning ixtisoslashuvini o‘zgartirish;

Termiz shahrida Toshkent davlat texnika universiteti va Toshkent davlat agrar

universiteti filiallarini tashkil qilish.

Vazirlar Mahkamasi uch oy muddatda mazkur ta’lim muassasalarida o‘quv-tarbiya jarayonini to‘liq tashkil qilish, professor-o‘qituvchilar tarkibini butlash, zarur moddiy-texnika va o‘quv-laboratoriya bazasini shakllantirishni nazarda tutuvchi Hukumat qarorini qabul qilsin.



  1. 2017-2021 yillarda Oliy ta’lim tizimini kompleks rivojlantirish dasturini o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirilishini ta’minlash bo‘yicha ishlarni samarali muvofiqlashtirish uchun 75sonli ilovadagi tarkibga muvofiq Komissiya tashkil qilinsin.

Komissiya (A.N.Aripov):

O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Moliya vazirligi va Iqtisodiyot vazirligi, tasarrufida oliy ta’lim muassasalari mavjud vazirlik va idoralarning takliflari bo‘yicha har yili, moliyaviy xarajatlarning umumiy tasdiqlangan parametrlari doirasida, oliy ta’lim muassasalarining o‘quv va ilmiy-laboratoriya bino va korpuslari, sport inshootlari va ijtimoiy-muhandislik infratuzilmasi ob’yektlarini ularning texnik holatini, shuningdek, har bir oliy ta’lim muassasasining moddiy-texnika ta’minotini inobatga olgan holda qurish, rekonstruksiya qilish, kapital ta’mirlash va jihozlash manzilli ro‘yxatlarini tasdiqlasin;

O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Moliya vazirligi va Iqtisodiyot vazirligi, tasarrufida oliy ta’lim muassasalari mavjud vazirlik va idoralarning asoslangan takliflari bo‘yicha moliyaviy yil uchun belgilangan kapital qo‘yilmalar doirasida tasdiqlangan manzilli ro‘yxatlar parametrlariga o‘zgartirishlar kiritib borsin;

Dasturning amalga oshirilib borishi bo‘yicha tizimli monitoring o‘rnatsin va uning bajarilish natijalarini Vazirlar Mahkamasining yarim yil va yil yakunlari bo‘yicha o‘tkaziladigan yig‘ilishlari muhokamasiga kiritib borsin.



  1. O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda Dasturni amalga oshirish uchun imtiyozli xorijiy kreditlar va grantlarni jalb qilish bo‘yicha xalqaro moliyaviy institutlar va xorijiy donorlar bilan tizimli ishlar olib borsin.

  2. Dasturning moliyalashtirish manbalari etib quyidagilar belgilansin:

o‘quv va ilmiy-laboratoriya binolari va korpuslari, sport inshootlari va ijtimoiy-

muhandislik infratuzilmasi ob’yektlarini qurish, rekonstruksiya qilish, kapital ta’mirlash va jihozlash bo‘yicha – O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Ta’lim va tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari;

Navoiy konchilik instituti, Toshkent axborot texnologiyalari universiteti va uning filiallari hamda Toshkent temir yo‘l muhandislari institutining o‘quv va ilmiy-laboratoriya binolari va korpuslari, sport inshootlari va ijtimoiy-muhandislik infratuzilmasi ob’yektlarini qurish, rekonstruksiya qilish, kapital ta’mirlash va jihozlash bo‘yicha – idoraviy mansubligi bo‘yicha tegishli tashkilotlarning o‘z mablag‘lari.


  1. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi 2018 yil va keyingi yillar uchun O‘zbekiston Respublikasi Investitsiya dasturlari parametrlarini shakllantirishda, Komissiya qarori asosida, oliy ta’lim muassasalarida qurilish, rekonstruksiya qilish, kapital ta’mirlash va jihozlash ishlari uchun zarur mablag‘larni O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Ta’lim va tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamg‘armasi resurslaridan ajratilishini nazarda tutsin.

  2. Belgilansinki, Dasturni amalga oshirishni moliyalashtirish uchun 2017-2021 yillar

mobaynida xo‘jalik yurituvchi sub’yektlar tomonidan yo‘naltirilgan xayriya mablag‘lari foyda solig‘ini hisoblashda va yagona soliq to‘lovini to‘lashda soliqqa tortish bazasidan chiqariladi.

  1. O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi va Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining oliy ta’lim muassasalari o‘quv va ilmiy-laboratoriya binolari va korpuslari, sport inshootlari va ijtimoiy-muhandislik infratuzilmasi ob’yektlarini qurish, rekonstruksiya qilish va kapital ta’mirlashni loyihalashtirishda ko‘llaniladigan yagona texnik topshiriq va talablar konsepsiyasini ishlab chiqish bo‘yicha bosh loyihachi tashkilot sifatida “Tashgiprogor” aksiyadorlik jamiyatini belgilash to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin.

  2. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari:

O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, tasarrufida oliy ta’lim muassasalari mavjud vazirlik va idoralarga oliy ta’lim muassasalarida qurilish, rekonstruksiya qilish va kapital ta’mirlash bo‘yicha ishlarni tashkil etishda, jumladan, zarur hollarda, ularga yer maydonlarini ajratish to‘g‘risida qaror qabul qilishda va tashqi muhandislik kommunikatsiyalariga ulanishda ko‘maklashsin; oliy ta’lim muassasalarining tashqi muhandislik kommunikatsiyalariga ulanishida optimal texnik sharoitlar yaratilishini ta’minlasin.

Oliy ta’lim muassasalari ixtiyoridagi yer maydonlarini tasarruf etish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlari asosida amalga oshirilishi belgilansin.



  1. Quyidagilar 2022 yilning 1 yanvarigacha:

2017-2021 yillarda Oliy ta’lim tizimini kompleks rivojlantirish dasturi, O‘zbekiston

Respublikasi Prezidentining 2011 yil 21 maydagi PQ-1533-sonli qarori bilan tasdiqlangan 2011-

2016 yillarda Oliy ta’lim muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash sifatini tubdan yaxshilash chora-tadbirlari dasturi doirasida olib kiriladigan zamonaviy o‘quv-laboratoriya, ilmiy-laboratoriya va kompьyuter uskunalari, sarflanadigan laboratoriya materiallari (butlovchi materiallar, reaktivlar, kimyoviy idish, biologik materiallar va ob’yektlar), dasturiy mahsulotlar, Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan ro‘yxat bo‘yicha xorijiy o‘quv va ilmiy-metodik adabiyotlar bojxona to‘lovlaridan (bojxona rasmiylashtiruvi yig‘imlari bundan mustasno); ta’lim va ilmiy-tadqiqot tashkilotlari xo‘jalik yurituvchi sub’yektlar bilan tuzilgan shartnomalar bo‘yicha bajariladigan amaliy, innovatsion ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlari bo‘yicha yuridik shaxslarning daromad solig‘i, yagona soliq to‘lovi, qo‘shimcha qiymat solig‘i va davlatning maqsadli jamg‘armalariga majburiy to‘lovlardan (yagona ijtimoiy to‘lovdan tashqari) ozod etilsin.

15. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N.Aripov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi A.N.Yunusxodjayev zimmasiga yuklansin.

Nazorat uchun savollar:

1.Tarbiyaning maqsadi va mazmuni deganda nimani tushunasiz?

2.Tarbiya qoidalari nima?

3.Ta`lim tizimida bo`ladigan islohatlar haqida gapiring? Foydalanilgan adabiyotlar:



  1. E.G’oziyev-Umumiy psixologiya,2002.

  2. S.Hasanov,D.Abdumajidova,N.Atayeva-psixologiya(ma’ruzalar matni),2016.

  3. Yosh davrlari va pedagogik psixologiya (ma’ruzalar matni),2005.

  4. Karimova V.M. “Ijtimoiy psixologiya asoslari”. – T., 1994

  5. www.psycho.All.ru

6.ziyonet.uz
Download 440,57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish