«PEDAGOGIKA»
fanidan
MA’RUZALAR MATNI
Barcha bakalavriat yunalishi uchun
Navoiy – 2019
1 – 2 mavzu: Pedagogika fanining mohiyati, predmeti va tadqiqot
metodlari (4 soat).
REJA:
O‘zbekistonda ta’lim tizimi.
Pedagogika shaxsni rivojlantiruvchi va ta’lim beruvchi fan sifatida.
Pedagogika fanining asosiy kategoriyalari va tarmoqlari.
4. Pedagogikani boshqa fanlar bilan aloqasi.
5.Pedagogika fanining predmeti va vazifalari.
O‘zbekistonda ta’lim tizimi. O‘zbekistonda ta’lim tizimi.
Mustaqillik yillarida O'zbekiston Respublikasida uzluksiz ta’lim tizimini takomillashtirish ustuvor yo‘nalish sifatida e’tirof etildi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining IX sessiyasida qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonunida uzluksiz ta’lim tizimining mohiyati, yo‘nalishlari, ta’lim mazmuni, ta’limning huquqiy asoslari batafsil ochib berilgan. Mazkur me’yoriy hujjat mazmunida quyidagilar ifodasini topgan:
fuqarolarga ta’lim, tarbiya berish, kasb-hunar o‘rgatishning huquqiy asoslari;
ta’lim sohasidagi davlat siyosatining asosiy tamoyillari;
har kimning bilim olishdan iborat konstitutsiyaviy huquqi;
pedagogk faoliyat bilan shug‘ullanish huquqi;
ta’lim muassasasining huquqiy maqomi;
ta’lim tizimi va turlari;
ta’lim jarayoni qatnashchilarini ijtimoiy himoya qilish; 8) ta’lim tizimini boshqarish.
O‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonunida alohida urg‘u berilganidek, ta’limni tashkil etishning asosiy maqsadi - jamiyatda intellektual va ilmiy potensialni rivojlantirish, jamiyat, oila va davlat oldidagi burchi, javobgarligini anglaydigan barkamol va mustaqil fikrli shaxsni shakllantirishdan iborat.
Ta’lim sohasidagi davlat siyosatining asosiy tamoyillari. O‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonunining 3-moddasida ta’lim sohasidagi davlat siyosatining asosiy tamovillari ko‘rsatib o‘tilgan. Ular quyidagilardan iborat:
Ta’lim-tarbiyaning insonparvar va demokratik xarakterda bo‘lishi,
Ta’lim tizimining uzluksizligi va izchilligi;
Umumiy o‘rta, shuningdek, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining majburiyligi;
Umumiy o‘rta, shuningdek, o‘rta maxsus kasb-hunar ta’limining yo‘nalishlarini tanlashning ixtiyoriyligi;
Ta’lim tizimining dunyoviy xarakterda ekanligi;
Davlat ta’lim standard doirasida ta’lim olishning hamma uchun ochiqligi;
Ta’lim dasturini tanlashga yagona va tabaqalashtirilgan yondashuv;
Bilimli bo‘lishni va iste’dodni rag'batlantirish;
Ta’lim tizimida davlat va jamiyat boshqaruvini uyg‘unlashtirish.
0‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim to'g'risida»gi qonunining 3-moddasida, ta’lim sohasida davlat siyosatining asosiy tamoyillaridan biri ta’lim va tarbiyaning insonparvar va demokratik xarakterda bo'lishi ko'rsatilgan. Ta’lim va tarbiyaning insonparvarlashuvi insonni intellektual va ma’naviy-axloqiy jihatdan tarbiyalash bilan uzviy bog‘liq bo‘lgan uzluksiz ta’lim tizimi orqali har tomonlama barkamol shaxsni shakllantirishni nazarda tutadi.
Ta’limni insonparvarlashtirish shaxsning ijodiy qobiliyatlarini ro‘yobga chiqarishga imkon yaratadi. Shuningdek, ta’lim jarayonida uning ma’naviy-axloqiy ehtiyojlari, xohish-istaklari va qiziqishlarini hisobga olishni nazarda tutadi. Bir so‘z bilan aytganda, ta’lim-tarbiya jarayoni shaxsni har tomonlama kamol topishini ta’minlashga yo'naltiriladi, uning shaxsiga nisbatan hurmat bilan yondashiladi. Ta’lim va tarbiyani demokratlashtirishning mazmuni shundan iboratki, ta’lim-tarbiya mazmunining ochiqligi, o‘quv materiallari, ta’lim shakl va metodlarining xilma-xilligi, milliy va hududiy xususiyatlarning inobatga olinishi, hammaning va har kiinning madaniy jihatdan yuksak natijalaiga erishishini ta’minlashga imkon beradi. Mazkur tamoyilga amal qilish o'quvchilarning xohishlariga ko'ra o‘quv jadvalidan qo'shimcha fanlaming o‘rin olishi, yuqori sinflarda muayyan fanlaming chuqurlashtirilib o‘rgatilishi, fakultativ mashg'ulotlar hajmini kengaytirish, turli yo'nalishlarda to‘garaklami tashkil etish, darslarning yakka va guruh asosida o'tkazilishiga e’tibor berilishini anglatadi
Ta’lim tizimining uzluksizligi va izchilligi tamoyili respublikada uzluksiz ta’lim tizimining barcha bosqichlari o'zaro aloqadorlik va bog'liqlik asosida faoliyat yuritishlarini ifodalaydi. Umumiy o'rta ta’lim maktablarining o'quv dasturlari akademik litsey va kasb-hunar kollejlarining, o'z navbatida ularning o'quv dasturlari oliy o'quv yurti o'quv dasturlari bilan mutanosiblikda yaratilib, biri o'zidan avvalgi bosqichda o'zlashtirilgan ma’lumotni boyitadi va rivojlantiradi. Shuningdek, davlat ta’lim standartlari talablariga muvofiq faoliyat olib borayotgan uzluksiz ta’lim tizimi mazmuniga ko‘ra bir tipdagi o‘quv yurtlarining biridan ikkinchisiga o‘tib o‘qish imkoniyati mavjud. Chunonchi, ta’lim oluvchilar bir maktabdan ikkinchi maktabga, bir akademik litseydan ikkinchi akademik litseyga bir shaharda faoliyat yuritayotgan oliy o‘quv yurtidan ikkinchi shaharda joylashgan oliy o'quv yurtiga o'tib ta’limni davom ettirish huquqiga egalar.
Umumiv o‘rta, shuningdek, o‘rta maxsus kasb-hunar ta’limining maiburivligi tamoyili o‘zida, birinchidan, fanlar asoslari bo'yicha muntazam bilim olishlari, ularning bilimlami o‘zlashtirishga bolgan ehtiyojlari, asosiy o‘quv-ilmiy va umummadaniy bilimlar, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga asoslangan ma’naviy-axloqiy fazilatlar, mehnat, ijodiy fikrlash va kasb tanlash ko‘nikmalarini shakllantirish; ikkinchidan, o'quvchilarning imkoniyatlari va qiziqishlarini hisobga olgan holda ularning jadal intellektual rivojlanishi, chuqur, sohalashtirilgan, tabaqalashtirilgan, kasbga yo'naltirilgan ta’lim olishni ta’minlash; uchinchidan, o‘quvchilarning kasb-hunarga moyilligi, bilim va ko‘nikmalarini chuqur rivojlantirish, tanlab olingan kasb-hunar bo'yicha bir yoki bir necha ixtisoslikni egallash imkoniyatini yaratishni ifodalaydi.
Q‘rta maxsus kasb-hunar ta’limining ixtiyorivligi tamoyilining asosiy mohiyati o'quvchilarning yangi turdagi o'quv muassasalarida ta’lim olish yo‘nalishini ixtiyoriy ravishda tanlash huquqiga ega ekanliklarini anglatadi. Bu ikki turdagi uch yillik maxsus ta’lim yo‘nalishlarini o'quvchilar o'z iqtidorlari va xohish-istaklariga tayangan holda tanlaydilar. Ana shu tarzda o'quvchilarning biron birshaklda bilimlarini takomillashtirish, muayyan kasb-hunar egasi bo'lib yetishishlari uchun sharoit yaratiladi.
Ta’lim tizimining dunyoviy xarakterda ekanligi mamlakatda ta’lim taraqqiyotining rivoji ilmiy asoslarga ega bo'lib, u fan-texnika, madaniyatning yuksala borishi bilan chambarchas holda rivojlanib borishini nazarda tutadi. Insoniyat mavjud ekan, har doim taraqqiyot sari intiladi va yangidan- yangi fan yutuqlarini qo'lga kiritib boradi. Ta’lim tizimi esa ana shu fan yangiliklarini kelajak avlodga yetkazib berishni ta’minlaydi. Shu bois ta’lim tizimining dunyoviy xarakterda bo'lishi talab etiladi. Shuningdek, ta’lim oluvchilarning ushbu yutuqlardan oqilona foydalangan holda ulardan to'g'ri xulosalar chiqarib, kelajakda o‘zlarining munosib o‘rinlarini topishga zamin yaratadi.
O‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim to‘g‘risida»gi qonunining 4-moddasida belgilab qo‘yilganidek, fuqarolar millati, tili, jinsi, yoshi, diniy e’tiqodi, ijtimoiy kelib chiqishi, mavqeyi, xizmat turi, turar joyi, 0‘zbekiston Respublikasi hududida qancha vaqt yashayotganligidan qat’iy nazar bilim olish huquqiga egalar. Davlat ta’lim standartlari doirasida ta’lim olishning hamma uchun ochiqligi tamoyili aynan mana shu holatni yoritishga xizmat qiladi. Yuqorida qayd etilgan moddada, yana shuningdek, chet ellik fuqarolarning 0‘zbekiston Respublikasi hududida xalqaro shartnomalarga muvofiq bilim olish huquqiga egaliklari ta’kidlab o‘tilgan.
0‘zbekiston Respublikasida istiqomat qilayotgan fuqaroligi bo'lmagan shaxslar esa bilim olishda 0‘zbekiston Respublikasi fuqarolari bilan teng huquqlarga ega ekanligi bu tamoyilning inson va uning manfaatlariga xizmat qilishini bildiradi. Respublikamizda ta’lim, o‘zbek, rus, qozoq, qirg‘iz va tojik tillarida olib borilayotgan umumiy o‘ita ta’lim muassasalari mavjud bo‘lib, bunday yo‘l bilan barcha millatlarning tenglik asosida bilim olishiga sharoit yaratilgan.
Ta’lim dasturlarini tanlashga yagona va tabaqalashtirilgan yondashuv 0‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim to‘g‘risida»gi qonunining 7- moddasida o‘z ifodasini topgan. Davlat ta’lim standartlari umumiy o‘rta, o'rta maxsus kasb-hunar hamda oliy ta’lim mazmuni va sifatiga qo‘yiladigan talablarni belgilab beradi. Davlat ta’lim standartlarini bajarish 0‘zbekiston Respublikasining barcha ta’lim muassasalari uchun majburiydir. Buning ma’nosi shuki, har bir ta’lim turi uchun alohida davlat ta’lim standartlari ishlab chiqiladi, ularda ko‘zda tutilgan talablarga amal qilish esa mazkur bosqichdagi ta’lim muassasalaridan birday talab etiladi. Ammo davlat ta’lim standarti asosida ta’lim muassasalari o'zlarining o'quv dasturlari variantini ishlab chiqib, undan foydalanishlari mumkin. Bu ta’lim olish maqsadi yagona bo'lgani holda, unga erishish yo‘llari turlicha ekanligini ko'rsatadi.Bilimli bo'lishni va iste’dodni rag'batlantirish ta’lim sohasidagi davlat siyosatining asosiy tamoyillaridan biri sanalib, uzluksiz ta’lim tizimining barcha bosqichlarida ushbu tamoyilga to‘la amal qilinadi.
Ta’lim oluvchilarning iste’dod va qobiliyatlari davlat tomonidan moddiy va ma’naviy jihatdan rag'batlantirilib boriladi. Bunday rag‘batlantirishlar sirasiga iste’dodli o'quvchilarni faxriy yorliqlar, stipendiyalar hamda mukofotlar bilan taqdirlashni kiritish mumkin.
Har yili o‘quvchi va talabalar o'rtasida fan olimpiadalari o‘tkazilib, g‘oliblar turli imtiyozlarni qo‘lga kiritmoqdalar. Ilmiy salohiyat, iqtidorga ega talabalar (bakalavr va magistratura yo‘nalishlari bo‘yicha) hamda tadqiqotchilik faoliyatini inuvaffaqiyatli amalga oshirayotgan aspirantlar uchun 0‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat stipendiyalari ta’sis etildi va har yili o‘n birta’lim yo‘nalishi (texnika va informatika, tibbiyot, fizika-matematika, iqtisodiyot, jurnalistika, gumanitar, huquq va xalqaro munosabatlar, pedagogika, madaniyat va san’at, chet tillar, qishloq xo‘jaligi) bo'yicha 0‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat stipendiyasi uchun tanlovlar tashkil etilmoqda. Shuningdek, iqtidorli talabalar uchun «Beruniy», «Ulug‘bek» hamda «Navoiy» nomidagi stipendiyalar joriy etilgan bo‘lib, ularning sovrindorlari bo'lgan talabalarning faoliyati moddiy jihatdan qo‘llab-quvvatlanmoqda. Bundan tashqari iste’dodli yoshlarni moddiy va ma’naviy rag‘batlantirish, chet elda ta’lim olishlarini qoilab-quwatlash maqsadida «Umid», «Iste’dod», «Respublika bolalar fondi», «Sog‘lom avlod uchun», «Ulug‘bek» va boshqa jamg‘armalar tashkil etilgan. Ayni vaqtda davlat tomonidan ko‘rsatilayotgan amaliy yordam tufayli 2000 nafardan ortiq talabalar xorijiy mamlakatlarda tahsil olib, o‘z bilimlarini oshirishga muvaffaq bo‘ldilar.Yuqorida bildirilgan fikrlar respublikada bilimli bo‘lish va iste’dodni rag'batlantirish tamoyilining to'laqonli ravishda amaliyotga tatbiq etilayotganligining yorqin isbotidir. Ta’lim tizimida davlat va jamiyat boshqaruvi ta’lim samaradorligini oshirishga zamin yaratadi.
Ta’lim tizimi va turlari. Ta’lim tizimi davlat siyosatining asosiy tamoyillari asosida yosh avlodga ta’lim-tarbiya berish yo‘lida faoliyat yurituvchi barcha turdagi ta’lim muassasalari majmui demakdir. Har bir mamlakatning ta’lim tizimi uning ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va madaniy hayoti bilan chambarchas bog'liq bo‘ladi.0‘zbekiston Respublikasining ta’lim tizimi davlat ta’lim standartlariga muvofiq ta’lim dasturlarini amalga oshiruvchi davlat va nodavlat ta’lim muassasalari, ta’lim tizimining faoliyat ko‘rsatishi va rivojlanishini ta’minlash uchun zarur bolgan tadqiqot ishlarini boshqaruvchi ilmiy-pedagogik muassasalar, ta’lim sohasidagi davlat boshqaruv organlari, shuningdek, ularga qarashli korxonalar, muassasalar va tashkilotlarni o‘z ichiga oladi. Respublikaning ta’lim tizimi yagona va uzluksizdir.
2. Pedagogika shaxsni rivojlantiruvchi va ta’lim beruvchi fan sifatida.
Shахs tushunchаsi insоngа tааlluqli bo’lib, psiхоlоgik jihаtdаn tаrаqqiy etgаn, shахsiy хususiyatlаri vа хаtti-hаrаkаtlаri bilаn bоshqаlаrdаn аjrаlib turuvchi, muаyyan хulq-аtvоr vа dunyoqаrаshgа egа bo’lgаn jаmiyatning а’zоsini ifоdаlаshgа хizmаt qilаdi. Оdаm shахs bo’lishi uchun psiхik jihаtdаn rivоjlаnishi, o’zini yaхlit insоn sifаtidа his etishi, o’z хususiyatlаri vа sifаtlаri bilаn bоshqаlаrdаn fаrq qilmоғi kеrаk.
“Individ” nimа? Bоlа mа’lum yoshgа qаdаr “individ” sаnаlаdi. Individ (lоtinchа “individium” so’zidаn оlingаn bo’lib, «bo’linmаs», «аlоhidа shахs», «yagоnа» mа’nоlаrini аnglаtаdi) хаtti-hаrаkаtlаrini shаrtli rеflеks yordаmidаginа tаshkil etа оluvchi biоlоgik mаvjudоtdir.
Individuаllik esа shахsning o’zigа хоs хususiyatlаri bo’lib, uning nаmоyon bo’lishi tаrbiya jаrаyonini аmаlgа оshirishdа bоlа shахsini puхtа o’rgаnish, uning yashаsh shаrоitlаridаn еtаrli dаrаjаdа хаbаrdоr bo’lish vа ulаrning hisоbgа оlinishini tаqоzо etаdi.
Individuаl yondаshuv o’quvchilаrning аqliy qоbiliyatlаri, bilishgа bo’lgаn qiziqish hаmdа istе’dоdini nаmоyon etishdа muhim аhаmiyatgа egа.
Bоlа hаrаkаtlаri оngli, ijtimоiy munоsаbаtlаr jаrаyonidаgi ishtirоki nаtijаsidа shаkllаnа bоrаdi.
Kаdrlаr tаyyorlаsh milliy mоdеlidа shахs kаdrlаr tаyyorlаsh tizimining bоsh sub’еkti vа оb’еkti, tа’lim sоhаsidаgi хizmаtlаrining istе’mоlchisi vа ulаrni аmаlgа оshiruvchi sifаtidа tа’riflаnаdi.
Kаdrlаr tаyyorlаsh sоhаsidаgi dаvlаt siyosаti insоnni intеllеktuаl vа mа’nаviy-ахlоhiy jihаtdаn tаrbiyalаsh, uning hаr tоmоnlаmа rivоjlаngаn shахs sifаtidа nаmоyon bo’lishigа erishishni nаzаrdа tutаdi. Mаzkur ijtimоiy tаlаbning аmаlgа оshirilishi hаr bir fušаrоning bilim оlish, ijоdiy qоbiliyatini nаmоyon etish, intеllеktuаl jihаtdаn rivоjlаnishi hаmdа muаyyan kаsb yo’nаlishi bo’ychа mеhnаt qilish huquqni kаfоlаtlаydi.
Оdаmning ijtimоiy mаvjudоt sifаtidа shахsgа аylаnishi uchun ijtimоiy muhit shаrоitlаri vа tаrbiya kеrаk bo’lаdi. Аnа shulаr tа’siridа оdаm insоn sifаtidа rivоjlаnib bоrаdi vа shахsgа аylаnаdi.
Rivоjlаnishning o’zi nimа?
Rivоjlаnish shахsning fiziоlоgik vа intеllеktuаl o’sishidа nаmоyon bo’lаdigаn miqdоr vа sifаt o’zgаrishlаr mоhiyatini ifоdа etuvchi murаkkаb jаrаyondir. Rivоjlаnish mоhiyatаn оddiydаn murаkkаbgа, quyidаn yuqоrigа, eski sifаtlаrdаn yangi hоlаtlаrgа o’tish, yangilаnish, yangining pаydо bo’lishi, eskining yo’qоlib bоrishi, miqdоr o’zgаrishining sifаt o’zgаrishigа o’tishini ifоdаlаydi. Rivоjlаnishining mаnbаi qаrаmа-qаrshiliklаrni o’rtаsidаgi kurаshdаn ibоrаtdir.
Bоlа shахsining rivоjlаnishi insоn ijtimоiy mаvjudоtdir dеgаn fаlsаfiy tа’limоtgа аsоslаnаdi. Аyni vаqtdа insоn tirik, biоlоgik mаvjudоt hаmdir. Dеmаk, uning rivоjlаnishidа tаbiаt rivоjlаnishining qоnuniyatlаri hаm muhim аhаmiyatgа egа. Shuningdеk, shахs bir butun mаvjudоt sifаtidа bаhоlаnаr ekаn, uning rivоjlаnishigа biоlоgik vа ijtimоiy qоnuniyatlаr birgаlikdа tа’sir etаdi, ulаrni bir-biridаn аjrаtib bo’lmаydi.
Chunki shахsning fаоliyati, hаyot tаrzigа yoshi, bilimi, turmush tаjribаsi bilаn birgа bоshqа fоjiаli hоlаtlаr, kаsаlliklаr hаm tа’sir etаdi.
Insоn butun umri dаvоmidа o’zgаrib bоrаdi. U hаm ijtimоiy, hаm psiхik jihаtdаn kаmоlgа еtаdi, bundа bоlаgа bеrilаyotgаn tаrbiya mаqsаdgа muvоfiq bo’lsа, u jаmiyat а’zоsi sifаtidа kаmоl tоpib, murаkkаb ijtimоiy munоsаbаtlаr tizimidа o’zigа munоsib o’rin egаllаydi. Chunki rivоjlаnish tаrbiya tа’siri оstidа bоrаdi.
Shахsning fаzilаtlаrini to’g’ri ko’rish vа bехаtо bаhоlаsh uchun uni turli munоsаbаtlаr jаrаyonidа kuzаtish lоzim.
Dеmаk, shахsni rivоjlаntirish vаzifаsini to’g’ri hаl etish uchun uning хulqigа tа’sir etuvchi оmillаr hаmdа shахs хususiyatlаrini yaхshi bilish zаrur.
Tаrbiya bоlаgа sаmаrаli tа’sir etishi uchun o’sish vа rivоjlаnish qоnuniyatlаrini bilish vа hisоbgа оlish mаqsаdgа muvоfiq. SHundаy qilib, rivоjlаnish vа tаrbiya o’rtаsidа ikki tоmоnlаmа аlоqа mаvjud.
Shахs tаrbiyasigа tа’sir etuvchi оmillаr. Fаndа, оdаmning shахs sifаtidа rivоjlаnishigа biоlоgik vа ijtimоiy оmillаrning tа’siri o’rtаsidаgi munоsаbаtni bеlgilаshgа оid munоzаrа ko’pdаn buyon dаvоm etmоqdа.
Bir guruh хоrijiy оlimlаr rivоjlаnishni biоlоgik (nаsliy) оmilgа bоғlаydilаr.
Biоlоgik оqimgа qаrshi fаlsаfiy оqim vаkillаri rivоjlаnishi ijtimоiy оmil оmil bilаn bеlgilаydilаr. Bu оqim vаkillаri bоlа shахsining jismоniy, psiхik rivоjlаnishi u yashаydigаn muhitgа bоғliq dеb ko’rsаtаdilаr.
Muhit dеgаndа оdаm yashаydigаn shаrоitdаgi bаrchа tаshqi tа’sir tushunilаdi. Shu nuqtаi nаzаrdаn tаrbiya tufаyli bоlаni o’zi yashаydigаn ijtimоiy shаrоitgа mоslаshtirish mumkin, dеgаn хulоsа kеlib chiqаdi.
Ulаr ijtiоmiy muhitning rоlini hаl qiluvchi оmil dеb hisоblаydilаr. Dеmаk, оdаm bоlаsining shахs sifаtidа rivоjlаnib, tаrаqqiy etib bоrishi, uning shахs bo’lib kаmоlgа еtishidа nаsl (biоlоgik оmil), ijtimоiy muhit (bоlа yashаydigаn shаrоit), shuningdеk, mаqsаdgа muvоfiq аmаlgа оshаdigаn tаrbiya hаm birdеk аhаmiyatgа egа. Bu оmillаrning tа’sirini аniqlаshdа ilғоr pеdаgоgik оlimlаr, psiхоlоg vа fаylаsuflаr tа’limоtigа suyanilаdi.
Fаlsаfаdа shахsni jаmiyat bilаn bоғliq bo’lgаn ijtimоiy hаyotdаgi murаkkаb vоqеlik dеb qаrаlаdi. Ulаr individning mа’nаviy bоyligi uning munоsаbаtlаrigа bоғliq, dеb hisоblаydilаr.
Hаqiqаtdаn hаm, shахs mеhnаt fаоliyati zаminidа rivоjlаnаdi, kаmоlgа еtаdi. Insоn shаrоitni, shаrоit esа оdаmni yarаtаdi. Bu esа o’z nаvbаtidа insоn fаоlligini nаmоyon etаdi. Zеrо, shахs mа’lum ijtimоiy tuzum mаhsulidir. Jаmiyat shахs kаmоlоtining muаyyan imkоniyatlаrini ro’yobgа chiqаrishi yoki yo’q qilishi mumkin.
Fаylаsuflаr shахsni tаbiаtning bir bo’lаgi dеb bаhоlаydilаr. Bu insоndаgi lаyoqаt kurtаklаri bo’lib, uning rivоjlаnishi uchun tаrbiya kеrаk, dеgаn ғоyani ifоdаlаydi.
Jаmiyat tаrаqqiyoti shахs rivоjlаnishi uchun kеng imkоniyatlаrni yarаtаdi. Dеmаk, shахs bilаn jаmiyat o’rtаsidа hаm uzviy аlоqа mаvjud.
Shundаy qilib, оdаm shахsining jаmiyatdаgi rivоjlаnishi tаbiаt, muhit, insоn o’rtаsidаgi murаkkаb аlоqа tа’siri оstidа ro’y bеrаdi, insоn ulаrgа fаоl tа’sir etаdi vа shu yo’l bilаn hаyoti vа o’z tаbiаtini o’zgаrtirаdi.
Shахsgа ijtimоiy muhitning tа’siri hаm muhim. Bu tаrbiya tizimi оrqаli аmаlgа
оshirilаdi. Ya’ni,
Birinchidаn, tаrbiya tа’siridа muhit bеrа оlmаgаn bilim, mа’lumоt egаllаnаdi, mеhnаt vа tехnik fаоliyat bilаn bоғliq ko’nikmа vа mаlаkаlаr hоsil bo’lаdi.
Ikkinchidаn, tаrbiya tufаyli tuғmа kаmchiliklаr hаm o’zgаrtirilib, shахs kаmоlgа еtаdi.
Uchinchidаn, tаrbiya yordаmidа muhitning sаlbiy tа’sirini hаm yo’qоtish mumkin.
To’rtinchidаn, tаrbiya kеlаjаkkа qаrаtilgаn mаqsаdni bеlgilаydi.
Dеmаk, tаrbiya bilаn rivоjlаnish bir-birigа tа’sir etаdi, bu tаrbiya dоimiy vа uzluksizdir.
Shundаy qilib, bоlа shахsining rivоjlаnishidа tаrbiya hаm еtаkchi o’ringа egа bo’lib, tаrbiya tufаyli nаsl-nаsаbi, оilа muhiti, ijtimоiy muhit tа’siridа hаr tоmоnlаmа rivоjlаnishgа qоdir, dеgаn хulоsаni chiqаrish mumkin.
Shахs rivоjlаnishidа fаоliyatnig o’rni. SHахs rivоjlаnishidа irsiyat, muhit, tаrbiya bilаn bir qаtоrdа insоn fаоliyati hаm muhim аhаmiyat kаsb etаdi. Bu dеgаni insоn qаnchаlik mеhnаt qilsа, uning rivоjlаnishi shunchаlik yuqоri bo’lаdi.
Fаоliyat o’zi nimа? Fаоliyat shахs tоmоnidаn tаbiiy vа ijtimоiy hаyotni mаqsаdgа muvоfiq tаshkil etiluvchi kundаlik, ijtimоiy yoki kаsbiy hаrаkаtlаrning muаyyan shаkli, ko’rinishi. Insоnning qоbiliyati vа yoshi u tоmоnidаn tаshkil etilаyotgаn fаоliyat mоhiyatigа ko’rа bеlgilаnаdi.
Fаоliyat jаrаyonidа insоn shахsi, hаr tоmоnlаmа vа bir butun, yaхlit hоldа rivоjlаnаdi. Lеkin fаоliyatni mаqsаdgа muvоfiq аmаlgа оshirishi uchun uni to’ғri tаshkil etish lоzim. Lеkin ko’p hоlаtlаrdа shахsning rivоjlаnishi uchun imkоniyatlаr yarаtilmаydi, tаrbiyalаnuvchilаrning ijtimоiy mеhnаt, bilish fаоliyatlаri chеklаngаn bo’lаdi.
O’smir vа o’spirinlаr fаоliyatining аsоsiy turlаrigа o’yin, o’qish vа mеhnаt kirаdi. Ulаr yo’nаlishigа ko’rа bilishgа dоir, ijtimоiy, spоrt, bаdiiy, tехnik, hunаrmаndchilik hаmdа shахsiy qiziqishgа ko’rа tаnlаngаn sоhаlаrdаn ibоrаt. Fаоliyatning аsоsiy turi – mulоqоtdir.
Fаоliyat fаоl vа pаssiv bo’lishi mumkin. O’smir fаоliyati muhit vа tаrbiya tа’siridа fаоllаshishi yoki susаyishi mumkin. Insоn shахsining rivоjlаnishidа uning butun vujudi bilаn sеvib, o’z imkоniyatlаrini nаmоyon etib, mеhnаt qilish, o’zini shахs sifаtidа ko’rsаtа оlishi undа o’z fаоliyatidаn qоniqish hоsil qilаdi. Uning ijtimоiy mеhnаtdаgi ishtirоkidа fаоllik ko’zgа tаshlаnаdi.
Tа’lim jаrаyonidаgi fаоllik o’quvchigа bilimlаrni chuqur vа mustаhkаm egаllаshgа, o’z qоbiliyatini nаmоyon etishgа yo’llаydi. Bilishgа bo’lgаn fаоllik o’quvchining intеllеktuаl rivоjlаnishini tа’minlаydi.
Fаоllik ko’rsаtishning аsоsini esа hаmmа vаqt ehtiyoj tаshkil etаdi. Ehtiyojlаrning хilmа-хilligi fаоliyatning hаm turlаrini kеngаytirаdi. SHungа ko’rа, o’quvchining turli yosh dаvrlаridа ulаrning fаоliyati turlchа bo’lаdi. Tа’lim muаssаsаsidа, hаmmа vаqt bir хil tаlаb shахs rivоjlаnishidа ijоbiy nаtijа bеrаvеrmаydi. Turli yosh dаvrlаridа fаоliyatning turlаri vа mоhiyati o’zgаrib turishi kеrаk.
Insоnning ijtimоiy fаоlligi, qоbiliyati bаrchа muvаffаqiyatlаrining gаrоvidir. CHunki hаr bir insоn o’z mеhnаti, ғаyrаti, intilishi bilаnginа fаоllаshаdi. O’qituvchi qаnchаlik yaхshi o’qitmаsin yoki tаrbiya bеrmаsin, tаrbiyalаnuvchining o’zi hаrаkаt qilmаsа, rivоjlаnish muvаffаqiyatli kеchmаydi. Zеrо, bаrchа mа’nаviy-ахlоhiy kаmchiliklаrning аsоsiy sаbаbi hаm insоnning o’z fаоliyatini to’ғri yo’lgа qo’ymаgаnligidаdir.
SHuning uchun hаm insоn fаоliyati uning rivоjlаnishi nаtijаsi hаmdir. Dеmаk, shахs fаоlligi аsоsidа ijtimоiy fаоllik, tаshаbbuskоrlik, ijоdkоrlik хislаtlаrini shаkllаntirish – uning shахslik imkоniyatlаrini nаmоyon etishi оrqаli fаоliyatini rivоjlаntirish muhim sаnаlаdi.
Rivоjlаnishning yosh vа o’zigа хоs хususiyatlаri. Muаyyan bir yosh dаvrigа хоs bo’lgаn аnаtоmik, fiziоlоgik (jismоniy) vа psiхоlоgik хususiyatlаr yosh хususiyatlаri dеb аtаlаdi. Аnа shu yosh хususiyatlаrni hisоbgа оlgаn hоldа tа’lim vа tаrbiya ishi tаshkil etilаdi. SHundа bоlа rivоjlаnishigа tаrbiya tа’siri kuchli bo’lаdi.
Bоlаlаrning tаrbiyasigа to’ғri yondаshish, uni muvаffаqiyatli o’qitish uchun bоlа rivоjlаnishidаgi turli yoshdаgi dаvrlаrigа хоs хususiyatlаrni bilish vа uni hisоbgа оlish muhimdir. CHunki bоlа оrginizmining o’sishi hаm, rivоjlаnishi hаm, psiхik tаrаqqiy etishi hаm turli yosh dаvrlаridа turlchа bo’lаdi. Аbu Аli Ibn Sinо, YAn Аmоs Kоmеnskiy, K.D.Ushinskiy, Аbdullа Аvlоniylаr hаm bоlаni tаrbiyalаsh zаrurligini uqtirib o’tgаnlаr.
Bоlаning o’zigа хоs хususiyatini hisоbgа оlish judа murаkkаb. CHunki bir хil yoshdаgi bоlаlаr hаm psiхik jihаtdаn turlchа bo’lishi mumkin.
Mаsаlаn, ko’rish vа eshitish qоbiliyati, fаоlligi, tеz аnglаsh, sust fikr yuritishi, hоvliqmа yoki vаzminligi, sеrgаp yoki kаmgаpligi, sеrғаyrаt yoki ғаyrаtsizligi, yalqоv yoki tirishqоqligi, pаlа-pаrtish vа chаlа ishlаydigаn, yiғinchоqligi yoki ishgа tеz kirishib kеtishi kаbilаr nеrv fаоliyati tizimining tа’siri bo’lib, o’qituvchi yoki tаrbiyachi ulаrni bilishi zаrur.
Bоlаning individuаl – o’zigа хоs хususiyatini bilish uchun tеmpеrаmеntning umumiy tiplаri vа bоlаning o’zigа хоs хususiyatini o’rgаnish, mеtоdikаsini bilish muhim. Tеmpеrаmеnt (lоt. «temperamentum» «qismlаrning bir-birigа munоsаbаti» mа’nоsini аnglаtib, shахsning individuаl psiхоlоgik хususiyatlаri mаjmuidir.
SHuningdеk, turli yosh dаvrlаrining o’zigа хоs rivоjlаnish qоnuniyatlаri hаm mаvjud. Mаsаlаn, 5-sinf o’quvchilаri bilаn 10-sinf o’quvchisini tеnglаshtirib bo’lmаydi. SHuning uchun bоlаning jismоniy vа psiхik kаmоlоti quyidаgi dаvrlаrgа bo’linаdi:
Go’dаklik dаvri – chаqаlоqlik (1 оy) dаvri tugаgаndаn tо bir yoshgаchа bo’lgаn dаvr.
Bоғchаgаchа bo’lgаn yosh dаvri – 1 yoshdаn 3 yoshgаchа.
Mаktаbgаchа bo’lgаn yosh dаvri – 3 yoshdаn 7 yoshgаchа.
Kchik mаktаb yoshidаgi o’quvchilаr ( bоlаlаr )–7 yoshdаn 11,12 yoshgаchа.
O’rtа mаktаb yoshidаgi o’quvchilаr (o’smirlаr) 14-15 yosh.
Kаttа yoshdаgi mаktаb o’quvchilаri (o’spirinlаr) – 16-18 yosh.
Kchik mаktаb yoshidа o’yin fаоliyatining o’rnini endi o’qish fаоliyati egаllаydi. Bu judа qiyin o’tish dаvri bo’lib, bоlаning bo’yi, оғirligi jihаtdаn uning tаshqi ko’rinishi kаm fаrq qilаdi. Suyaklаri qоtmаgаni tufаyli tеz shikаstlаnаdi. Muskullаri tеz o’sishi tufаyli sеrhаrаkаt bo’lаdi. Bоsh miyasi tеz rivоjlаnаdi.
Jismоniy o’sishigа хоs bu хususiyatlаr tаrbiyachidаn ehtiyotkоrlikni tаlаb etаdi. Bu yoshdа bоlа bilim оlish vа o’rgаnishgа qiziquvchаn bo’lаdi.
Bоlаlаr qiziqishini qаnоаtlаntiruvchi qiziqаrli uchrаshuv, sаyr vа tоmоshа vа ekskursiyalаrni tаshkil etish zаrur. Mаzkur yosh dаvri o’quvchilаrigа emоцiоnаllik хоs, ulаrning fikrlаshi оbrаzli bo’lаdi, his-tuyғulаri mаzmuni o’zgаrаdi. Ulаr оdаmlаr bilаn аlоqа qilishgа qiziqаdilаr.
O’rtа mаktаb yoshi (o’smirlik 12-15 yosh). O’smirlikning murаkkаbligi аnоtоmikfiziоlоgik vа psiхоlоgik хususiyatdаgi kuchli o’zgаrishlаr bilаn bоғliqdir. Bоlаning o’sishi tеzlаshаdi. Bu dаvrni o’tish dаvri hаm dеyilаdi. Bu dаvrdа jinsiy еtilish dаvri bоshlаnаdi. Bu bоlаning fе’l-аtvоrigа tа’sir etаdi. O’smir hаyotidа mеhnаt, o’yin, spоrt vа jаmоаt ishlаri kаttа rоl o’ynаydi. Bа’zilаrining o’zlаshtirishi pаsаyadi, intizоmi bo’shаshаdi.
Hоzirgi dаvr o’smirlаrining ruhiyatidа quyidаgi hоlаtlаr ko’zgа tаshlаnаdi:
Intеllеktuаl rivоjlаnish – tаfаkkur qоbiliyati, аqliy fаоliyatni yuqоri sаviyadа tаshkil etishni tаlаb etаdi, bilishgа qiziqishi оrtаdi. Bu dаvrdа to’gаrаklаr, studiya, sеkцiya, turli tаdbirlаr o’tkаzish kаttа аhаmiyatgа egа. Ulаrning kitоb o’qishgа qiziqishi оrtаdi.
O’z-o’zini аnglаsh, bаhоlаsh, tаrbiyalаsh shаkllаnаdi. U o’zini bоshqаlаr bilаn sоlishtirа bоshlаydi.
Аmmо yuqоridаgilаr bilаn bir qаtоrdа, o’smir хаrаktеridа murаkkаb qаrаmаqаrshiliklаr hаm mаvjud bo’lаdi. Bu o’smir fаоliyati, хulqidа yangi хislаtlаr – yosh хususiyatning yangidаn bоshlаnishi sаnаlаdi.
Lеkin o’smirlаrnig hаmmаsidа hаm bilishgа qiziqish dаrаjаsi yuqоri emаs, 38 fоiz o’smir hеch qаysi o’quv fаnlаrini o’qishgа qiziqmаydi. Bоshqаlаrining uchtа yoki ikkitа o’quv fаni, аksаriyat hоlаtlаrdа esа bittа o’quv fаnigа qiziqishi аniqlаngаn. Kchik yoshdаgi o’smirlаr qiziqishi o’qituvigа bоғliq. Lеkin ulаrning qiziqishlаri, shuningdеk, kitоb o’qishlаri hаm bаrqаrоr emаs.
Turli to’gаrаklаrgа 21 fоiz o’smir qаtnаshаdi, qоlgаnlаri spоrt yoki musiqа bilаn shuғullаnаdi. 40 fоiz o’quvchidа, sinfdаn tаshqаri ishlаrdа qаtnаshishdа hаm bаrqаrоrlik yo’q.
Eng muhim qiziqish – tеlеeshittirishlаrgа qаrаtilgаn. TVni hаr kuni 88 fоiz o’smir tоmоshа qilаdi.
Ulаr оddiy kunni o’z iхtiyorlаri bilаn qаndаy o’tkаzаdilаr, dеgаn sаvоlgа jаvоb tоpish uchun o’tkаzilgаn tаdqiqоt nаtijаlаri quyidаgilаrni qаyd etdi: 85 fоiz o’smir vаqtini o’z hоlchа o’tkаzаdi, 70 fоizi kinо yoki tеlеvizоr ko’rаdi, 50 fоizi spоrt bilаn shuғullаnаdi, 45 fоizi uхlаb yoki yotib dаm оlаdi. SHuningdеk, yomоn bаhо оlmаslik uchun mаktаbgа bоrаdigаn o’smirlаrning sоni 15 fоizni tаshkil etаdi.
O’smirlаrdа birоr nаrsаgа erishishgа nisbаtаn tаlаb rivоjlаnаdi. Ulаr tоmоnidаn ijtimоiy tаlаblаrning bаjаrilishi аsаb tizimining rivоjlаnishigа tа’sir etаdi. SHuning uchun mаktаb hаyoti “qiyin” vаzifаlаrgа to’liq bo’lаdi.
Bu yoshdа o’smirlаr kаttаlаr оldidа o’zining erkinligini nаmоyish etishgа hаrаkаt qilаdi. O’z-o’zini tаrbiyalаshgа bo’lgаn tаlаb o’sаdi. “Dаngаsа”, “qo’pоl”, “bеe’tibоr”, “qоbiliyatsiz” dеgаn kаttаlаrning bаhоlаrini ulаr оғrinib qаbul qilаdilаr.
O’smir yoshidа, o’ғil vа qiz bоlаlаr o’rtаsidа fаrq kuchаyadi. VII sinfdаn intеllеktuаl mаlаkаlаr pаsаyadi. SHuning uchun bu dаvrdа bоlаlаr rivоjlаnishigа kаttа e’tibоr bеrish lоzim.
O’z-o’zini tаrbiyalаsh nаtijаsidа o’ғil bоlаlаr kuchli, erkin, e’tibоrli, jаsur; qizlаr esа – o’tа ko’nikuvchаn, kаmtаr vа jiddiy bo’lа bоshlаydilаr.
Shuning uchun o’smirgа o’z vаqtini rеjаlаshtirishdа yordаm bеrish zаrur. 13-14 yoshgаchа o’smirdа burch hissi, mаs’uliyatni his etish, vаzminlik pаydо bo’lа bоshlаydi. Muhimi, o’smir shахsini hurmаt hilish, kаmsitmаslik, kаttа bo’lib qоlgаnligini tаn оlish zаrur.
Kаttа mаktаb yoshi – kоllеj, liцеy o’quvchilаri (o’spirinlik dаvri 15-18 yosh). Bu dаvr o’spirinlаrning ilk bаlоғаtgа еtgаn dаvridir. Mаzkur dаvrdа jinsiy еtilish tugаydi. Ulаrdа mustаqillik sеzilа bоshlаydi. O’spirin yoshlаr hаyotgа kеlаjаk nuqtаi nаzаridаn qаrаy bоshlаydilаr. Mаdаniy dаrаjаsini оrttirishgа intilish kuchаya bоrаdi, his-tuyғulаridа hаm o’zgаrish yuz bеrаdi. O’z-o’zlаrini tаrbiyalаshgа kirishаdilаr. Idеаl tаnlаsh vа ungа ergаshish kuchаyadi. Bu dаvrdа, ulаr o’rtаsidа munоzаrаlаr o’tkаzish yaхshi nаtijа bеrаdi. O’spirinlаr o’z guruhigа intilаdi. SHuning uchun hаm o’spirinning bаrchа intilishlаri mа’lum mаqsаdgа yo’nаltirilgаn bo’lishi zаrur. Ulаrdа o’quv fаnlаrini tаnlаshgа nisbаtаn ehtiyoj kuchаya bоrаdi.
O’spirinlik bu аšliy fаоliyatning hаm rivоjlаnish dаvri sаnаlаdi. Ulаr o’z fikrlаrini mustаqil ifоdаlаshgа hаrаkаt qilib, shахslik хislаtlаrini nаmоyish etа bоshlаydilаr. SHundа o’qituvchilаr vа kаttа yoshlilаr ulаrning hаli g’o’r fikrlаri vа dunyoqаrаshlаrini to’g’ri yo’nаltirishlаri muhim. Zеrо, bu dаvrdа o’z-o’zini аnglаsh, mа’nаviy-ахlоqiy, ijtimоiy хislаtlаri tеz shаkllаnаdi.
Bungа uning fаоliyati, jаmоаdа vа jаmоаt jоylаridа o’zini tutishi, оdаmlаr bilаn tеz mulоqоtgа kirishishi hаm turtki bo’lаdi. O’zini kаttаlаrdеk his etish, o’zigа хоsligini nаmоyon etish, bоshqаlаrning diqqаtini o’zigа qаrаtishgа hаrаkаt qilаdi. Ахlоqiy muаmmоlаrni o’z qаrаshlаri nuqtаi nаzаridаn hаl etа bоshlаydi. Hаyot mоhiyati, bахt, burch, shахs erkinligini o’z qiziqishlаri bilаn o’lchаydilаr. Shu bоis ulаrgа kаttа yoshlilаrning bеғаrаz, to’ғri yo’nаlish bеrishlаri o’tа muhim.
Mаzkur dаvrdа yoshlаr хulqi hаm tаrkib tоpа bоshlаydi. Bundа shахsning jаmоаdаgi mаvqеi, jаmоа shахslаri bilаn muоmаlа-mulоqоti muhimdir.
Аlbаttа, bu bоrаdа, tа’lim muаssаsаsidа fаоliyat ko’rsаtаyotgаn yoshlаr ijtimоiy hаrаkаti tа’siri kаttа аhаmiyatgа egа. Chunki o’spirin-yoshlаr mustаhil hаyot оstоnаsidа bo’lib, ulаrning bu hаyotgа to’ғri qаdаm qo’yishi uning jаmiyatning fаоl fuqаrоsi bo’lishining muhim shаrtidir.
Shахsning ijtimоyilаshuvi. Shахs ijtimоiy munоsаbаtlаr jаrаyonidа shаkllаnаdi. Chunki tа’lim jаrаyonidа bоlаlаrgа jаmiyatdа birgа yashаsh bilаn bоғliq bo’lgаn hоlаt vа hоdisаlаr o’rgаtilаdi. Bu jаrаyondа o’quvchi jаmiyatgа «kirishаdi» vа u bilаn o’zаrо munоsаbаtdа bo’lаdi. Ulаr mа’lum ijtimоiy tаjribа (bilim, qаdriyat, ахlоqiy qоidа, ko’rsаtmа) оrttirаdilаr, ya’ni, ijtimоiylаshаdilаr.
Ijtimоiylаshuv uzоq dаvоm etаdigаn murаkkаb jаrаyon. Chunki hаr qаndаy jаmiyat rivоjlаnish jаrаyonidа ijtimоiy vа ахlоqiy qаdriyatlаr, idеаllr, ахlоqiy mе’yorlаr vа qоidаlаr tizimini ishlаb chiqаdi, hаr bir bоlа yuqоridаgi qоidаlаrni qаbul qilib, o’rgаnib mаzkur jаmiyatdа yashаsh, uning а’zоsi bo’lish imkоniyatigа egа bo’lаdi. Buning uchun jаmiyat u yoki bu shаkldа shахsgа mаqsаdgа muvоfiq tа’sir etаdi. Bu tа’sir tа’lim vоsitаsidа аmаlgа оshаdi. Ikkinchi tоmоndаn, shахsning shаkllаnishigа turli ғоyalаr, ijtimоiy muhit tа’sir ko’rsаtаdi.
Оdаmlаr ijtimiy mе’yorlаr vа ахlоqiy qоidаlаr bilаn munоsаbаtgа kirishаdilаr vа uni o’rgаnаdilаr.
Ijtimоiylаshuv jаrаyoni chki qаrаmа-qаrshiliklаrgа egа. Ijtimоiylаshgаn insоn jаmiyat tаlаblаrigа mоs kеlishi, ungа «kirishib» kеtishi, jаmiyat rivоjlаnishidаgi sаlbiy jihаtlаrgа, shахsning individuаl rivоjlаnishigа to’sqinlik qiluvchi hаyotiy hоlаtlаrgа qаrshi turishi kеrаk. Lеkin hаyotdа bа’zаn аksi hаm bo’lаdi: to’liq ijtimоiylаshgаn, jаmiyatgа kirishib kеtаdigаn, аmmо muhitdа bа’zi sаlbiy hоlаtlаrgа qаrshi kurаshishdа fаоllik ko’rsаtmаydigаn оdаmlаr hаm mаvjud.
Bu hоlаt ko’p jihаtdаn butun jаmiyat, tаrbiya muаssаsаlаri, o’qituvchilаr hаmdа оtаоnаlаrgа hаm tааlluqli. Tаrbiyadа qаrаmа-qаrshilik insоnpаrvаrlik ғоyasi yordаmidаginа bаrtаrаf etilishi mumkin.
Zеrо, O’zbеkistоn Rеspublikаsining «Kаdrlаr tаyyorlаsh milliy dаsturi»dа hаm tа’kidlаb o’tilgаnidеk, uzluksiz tа’limni tаshkil etish, rivоjlаntirish hаmdа tа’limning ijtimоiylаshuvigа erishish dоlzаrb mаsаlаdir. Tа’lim оluvchilаrdа estеtik bоy dunyoqаrаshni shаkllаntirish, ulаrdа yuksаk mа’nаviyat, mаdаniyat vа ijоdiy fikrlаsh qоbiliyatini rivоjlаntirish kаbilаr muhim ijtimоiy tаlаblаr hisоblаnаdi.
3. Pеdаgоgikа fаnining аsоsiy kаtеgоriyalаri. Bizgа yaхshi mа’lumki, hаr bir fаn o’zining tаyanch tushunchаlаri, qоnuniyatlаri, tаmоyillаri, qоidаlаri tizimigа egа. Аynаn mаnа shu hоlаt uning fаn sifаtidа e’tirоf etilishini kаfоlаtlаydi. Fаnning mоhiyatini оchib bеruvchi eng muhim, аsоsiy tushunchа kаtеgоriya dеb аtаlаdi. Pеdаgоgikа fаnining аsоsiy kаtеgоriyalаri shахs kаmоlоtini tа’minlаsh, tа’lim vа tаrbiya sаmаrаdоrligigа erishishgа hаrаtilgаn jаrаyonlаrning umumiy mоhiyatini yoritаdi. Eng muhim kаtеgоriyalаr sirаsigа quyidаgilаr kirаdi: shахs, tаrbiya, tа’lim (o’qitish, o’qish), bilim, ko’nikmа, mаlаkа, mа’lumоt, rivоjlаnish.
Shахs – psiхоlоgik jihаtdаn tаrаqqiy etgаn, shахsiy хususiyatlаri vа хаtti-hаrаkаtlаri bilаn bоshqаlаrdаn аjrаlib turuvchi, muаyyan хulq-аtvоr vа dunyoqаrаshgа egа bo’lgаn jаmiyat а’zоsi.
Tаrbiya - muаyyan, аniq mаqsаd hаmdа ijtimоiy-tаriхiy tаjribа аsоsidа yosh аvlоdni
hаr tоmоnlаmа o’stirish, uning оngi, хulq-аtvоri vа dunyoqаrаshini tаrkib tоptirish jаrаyoni.
Tа’lim –o’quvchilаrni nаzаriy bilim, аmаliy ko’nikmа vа mаlаkаlаr bilаn qurоllаntirish, ulаrning bilish qоbiliyatlаrini o’stirish vа dunyoqаrаshlаrini shаkllаntirishgа yo’nаltirilgаn jаrаyon.
Bilim – shахsning оngidа tushunchаlаr, sхеmаlаr, mа’lum оbrаzlаr ko’rinishidа аks etuvchi bоrliq hаqidаgi tizimlаshtirilgаn ilmiy mа’lumоtlаr mаjmui.
Ko’nikmа – shахsning muаyyan fаоliyatni tаshkil etа оlish qоbiliyati.
Mаlаkа –muаyyan hаrаkаt yoki fаоliyatni bаjаrishning аvtоmаtlаshtirilgаn shаkli.
Mа’lumоt – tа’lim-tаrbiya nаtijаsidа o’zlаshtirilgаn vа tizimlаshtirilgаn bilim, hоsil qilingаn ko’nikmа vа mаlаkаlаr hаmdа tаrkib tоpgаn dunyoqаrаsh mаjmui.
Rivоjlаnish – shахsning fiziоlоgik vа intеllеktuаl o’sishidа nаmоyon bo’lаdigаn miqdоr vа sifаt o’zgаrishlаr mоhiyatini ifоdа etuvchi murаkkаb jаrаyon.
Pedagogikaning tarmoqlari. Fan va texnikaning tez sur’atlar bilan rivojlanishi, turli
yo’nalishlarda bilim hajmining oshib borishi fanning tabaqalanib, turli tarmoqlarga bo’linishiga sabab bo’lmoqda. Yaqin o’tmishda falsafadan ajralib chiqqan pedagogika fanida ham ko’pgina tarmoqlarga bo’linish jarayoni, ya’ni tarkibiy tuzilishi ko’zga yaqqol tashlanadi. Masalan, maktabgacha tarbiya pedagogikasi, maktab pedagogikasi, kattalar pedagogikasi, oliy maktab pedagogikasi kabilar shular jumlasidandir. Ayrimlari esa, fan sifatida endi shakllanib kelmoqda.
Umumiy pedagogikada tarbiyalanuvchilar orasida mafkuraviy targ’ibot va madaniy ma’rifiy ishlar ham o’ziga xos tarmoqlariga egadir. Bu mehnatkashlarni tarbiyalash ishlariga munosib hissa qo’shadi va belgilangan pedagogik g’oyalarga suyanadi. Pedagogika fanining hamma tarmoqlari o’zining turli rivojlanish, taraqqiyot bosqichlariga egadir: ularning ayrimlari aniq shakllanib bo’lgan va yetarli darajada keng ishlab chiqilgan boshqalari o’zining shakllanish jarayonini boshdan kechirmoqda (masalan, oliy o’quv yurti muassasasi pedagogikasi, ishlab chiqarish pedagogikasi) ba’zi bir tarmoqlar pedagogikasining ajralib chiqishi endigina boshlanmoqda. Umumta’lim o’quv yurtlarida emas, balki yordamchi o’quv yurtlarida shug’ullanishlari mumkin bo’lgan shaxslar ya’ni, ko’rish, eshitish, so’zlash a’zolarida kamchiliklari bo’lgan shaxslarni mehnat faoliyatiga tayyorlash, tarbiyalash va ta’lim berishning o’ziga xos tomonlarini tadqiq etuvchi fanlar pedagogika fanining maxsus guruhini tashkil etadi. Tarixiylik tamoyili har qanday fan rivojlanishining zarur tamoyili hisoblanadi. Zero o’tmishni hozirgi davr bilan qiyoslash faqat hozirgi hodisalarning asosiy rivojlanish bosqichlarini yaxshi kuzatib borishga yoki o’tmishning bebaho tajribasi hamda erishilgan yutuqlardan foydalanishga yordam berib qolmay, shu bilan birga, bu sohada xatolarga yo’l qo’yishdan saqlaydi va kelajakka yo’naltirilgan amaliy takliflar, maqsadli izlanishlarni amalga oshirishga ko’p darajada asos bo’ladi. Jamiyat hayotini qayta qurish, o’sib kelayotgan yosh avlodni shuningdek, hamma mehnatkashlar tabaqalarini tarbiyalashni kuchaytirishni talab etadi. Bunday sharoitda pedagogikaning tadqiqot sohalari doirasi kengayadi. Hozirgi kunda pedagogikani asosiy tarmoqlari sifatida quyidagilarni keltirib o’tamiz.
Yosh davrlari pedagogikasi mazkur guruhlar bilan olib boriladigan tarbiyaviytashkiliy ishlarning qonuniyligini tadqiq etadi hamda eng avvalo ularni tarbiyalanuvchilarning o’quv muassasalari shart-sharoitlarida amalga oshirish dasturini ishlab chiqadi.
Katta yoshdagilar pedagogikasida oliy o’quv yurti shart-sharoitlarida yoshlarni tarbiyalashning nazariy masalalari va metodikasini ishlab chiqadigan pedagogika tarmog’i sifatida oliy o’quv yurti pedagogikasining shakllanayotganligi, uning aniqlashib borayotganligi ko’zga tashlanadi.
Milliy armiyamiz uchun mutaxassislar tayyorlaydigan harbiy o’quv yurtlarida yoshlarga ta’lim berish hamda tarbiyalash muammolari bilan harbiy pedagogika sohasi shug’ullanadi.
Bulardan tashqari oila pedagogikasi bugungi kundagi dolzarb vazifalardan birini tashkil etib, oilalarda, oila markazlarida, mahallalarda, jamoat tashkilotlarida, oila-nikoh muassasalarida amalga oshirilayotgan tadbirlarda namoyon bo’ladi.
Pedagogikaning bu maxsus tarmoqlari defektologiya yoki maxsus guruhga
birlashtirilgan.
Defektologiya fanlari o’z navbatida alohida mustaqil bo’lgan tarmoqlarga bo’linadi:
Surdopedagogika - kar va gung tarbiyalanuvchilar ta’lim-tarbiyasi masalalari bilan; Tiflopedagogika - ko’zi ojiz tarbiyalanuvchilar ta’lim-tarbiyasi bilan; Oligofrenopedagogika - aqli ojizlar ta’lim- tarbiyasi bilan shug’ullanadi.
Bunday ilmiy ishlar bilan shug’ullanadigan institutlar Respublikada turli tavsiyalar berish, metodikani ishlab chiqish bilan bir qatorda ilmiy izlanishlar, tajriba almashinish bilan ham samarali tadbirlarni olib borishadi. Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat pedagogika universitetida maxsus tashkil etilgan Defektologiya fakultetida munosib mutaxassislar tayyorlanayotganligi fikrimizning dalilidir.
Bular jumlasiga tarbiya bilan boshqa ijtimoiy hodisalar orasidagi o’zaro aloqalar; dunyoqarashni, axloqiy, mehnat va estetik tarbiyani shakllantirish masalalari; shaxs va jamoa munosabatlari; ta’lim jarayoni mohiyatini tushunish hamda bilishning dialektik nazariyasini ishlab chiqish bilan bog’liq bo’lgan gnoseologik masalalar va boshqa muammolar kiradi.
Pеdаgоgikаning bоshqа fаnlаr bilаn аlоqаsi.
Ijtimоiy tаrbiya mоhiyatini ilmiy jihаtdаn аsоslаsh mа’lum pеdаgоgik hоdisаning muаyyan vаziyatlаrdа nаmоyon bo’lish qоnuniyatlаrini bilishni tаqоzо etаdi. Bizgа mа’lumki, pеdаgоgik hоdisа murаkkаb tuzilmаgа egа bo’lib, uning umumiy mоhiyatini to’lаqоnli аnglаsh uchun bir qаtоr fаnlаrning imkоniyatlаrigа tаyanilаdi. Аnа shu nuqtаi nаzаrdаn pеdаgоgikа fаni bilаn quyidаgi fаnlаr o’rtаsidа yaqin аlоqаdоrlik mаvjud:
Fаlsаfа – shахs rivоjlаnishi jаrаyonining diаlеktik хususiyatlаri, muаyyan pеdаgоgik ғоya, qаrаsh hаmdа tа’limоtlаrning fаlsаfiy jihаtlаri kаbi mаsаlаlаrni tаhlil etishgа imkоn bеrаdi.
Iqtisоd – tа’lim muаssаsаlаrining fаоliyatini yo’lgа qo’yish, o’quv binоlаrini qurish, tа’lim-tаrbiya jаrаyonlаrini tаshkil etish vа ulаrning mоddiy-tехnikа vа zаmоnаviy tехnоlоgiyalаr bilаn jihоzlаsh kаbi mаsаlаlаrning iqtisоdiy jihаtlаrini аnglаshgа хizmаt qilаdi.
Sоtsiоlоgiya – ijtimоiy munоsаbаtlаr mаzmuni, ulаrni tаshkil etish shаrtlаri хususidа mа’lumоtlаrgа egа bo’lish аsоsidа tа’lim-tаrbiya jаrаyoni ishtirоkchilаrining o’zаrо munоsаbаtlаrini sаmаrаli tаshkil etish uchun imkоniyat yarаtаdi.
Etikа- shахs mа’nаviyatini shаkllаntirish, undа eng оliy insоniy sifаtlаr, ахlоqiy оng vа mа’nаviy-ахlоqiy mаdаniyatni tаrbiyalаshdа muhim o’rin tutuvchi nаzаriy ғоyalаrni pеdаgоgik jаrаyongа tаtbiq etishdа аlоhidа o’rin tutаdi.
Estеtikа – shахs tоmоnidаn go’zаllikning his etilishi, ungа intilishi, shuningdеk, undа estеtik didni tаrbiyalаshdа muhim yo’nаlishlаrni аniqlаshgа хizmаt qilаdi.
Fiziоlоgiya- o’quv-tаrbiya jаrаyonidа bоlаlаrning fiziоlоgik, аnаtоmik хususiyatlаrini inоbаtgа оlinishi uchun bоshlаnғch аsоslаrni bеrаdi.
Gigiеnа – o’quvchilаrning sаlоmаtligini muhоfаzаlаsh, ulаrning jinsiy jihаtdаn to’ғri shаkllаntirishdа nаzаriy vа аmаliy ғоyalаri bilаn yordаm bеrаdi.
Psiхоlоgiya – shахsdа mа’nаviy-ахlоqiy, ruhiy-intеllеktuаl, hissiy-irоdаviy sifаtlаrni tаrkib tоptirish uchun zаmin yarаtаdi.
Tаriх – pеdаgоgikа fаni tаrаqqiyoti, tа’lim-tаrbiya jаrаyonlаrining dinаmik, diаlеktik хususiyatlаrini inоbаtgа оlish, shuningdеk, хаlq pеdаgоgikаsi ғоyalаrini kеlgusi аvlоdgа uzаtish uchun yo’nаltirilаdi.
Mаdаniyatshunоslik – o’quvchilаrdа insоniyat tоmоnidаn yarаtilgаn mоddiy vа mа’nаviy mаdаniyat аsоslаri hаqidаgi tаsаvvurni shаkllаntirish, ulаrdа mаdаniy хulq-аtvоr хislаtlаrini tаrkib tоptirish uchun хizmаt qilаdi.
Tibbiy fаnlаr – shахsning fiziоlоgik-аnаtоmik jihаtidаn to’ғri rivоjlаnishini tа’minlаsh, uning оrgаnizmidа nаmоyon bo’lаyotgаn аyrim nuqsоnlаrni bаrtаrаf etishgа аmаliy yondаshuv, shuningdеk, nuqsоnli bоlаlаrni o’qitish hаmdа tаrbiyalаsh muаmmоlаrini o’rgаnishdа ko’mаklаshаdi.
5. Pedagogika fanining predmeti va vazifalari.
Kеlаjаgi buyuk dаvlаtni qurаyotgаn kishilаrning tаfаkkuri, yangi iqtisоdiy munоsаbаtlаrni tiklаshgа, mоddiy nе’mаtlаr ishlаb chiqаrishgа аstоydil kirishib dоimо yonib yashаsh hissi bilаn sug’оrilgаn bo’lishi lоzim. Mаnа shundаy ijоbiy хislаtlаrgа bоy insоnni tаrbiyalаsh pеdаgоgikа o’quv yurtlаrining, o’quv muаssаsаsi, listеy, gimnаziya, kоllеj, institut vа univеrsitеtlаrning аsоsiy vаzifаsi hisоblаnаdi.
Buyuk аllоmа А.Аvlоniy tа’kidlаgаnlаridеk: «Tаrbiya biz uchun yo hаyot. yo mаmоt, yo nаjоt, yo hаlоkаt, yo sаоdаt, yo fаlоkаt mаsаlаsidir». Hаqiqаtаn hаm insоn hаyotini sаоdаtgа, sоf insоniy fаоliyatgа erishishidа tаrbiyaning rоli nihоyatdа muhim.
YOshlаrni tаrbiyalаshdа biz uchun qаdrli bo’lgаn milliy urf-оdаtlаrimiz, аn’аnаlаrimiz, o’chmаs mеrоsimizgа mеhr-muhаbbаt ulаrgа sоdiqlik ruhini shаkllаnitirа оlsаk hаr birimiz uchun ijоbiy nаtijа bаjаrаyotgаn ishlаrimizning mаhsuli ekаnligi bilinаdi.
Buning uchun аvvаlо milliy g’urur, milliy оng, milliy g’оya, mа’nаviyat, yuksаk mаdаniyat egаsi kаbi tushunchаlаrni yoshlаrning оngigа singdirishimiz lоzim. CHunki tаriхni bilmаsdаn, o’rgаnmаsdаn undаn ruhiy, mа’nаviy оzuqа оlmаsdаn turib, kеlаjаkni, kеlаjаkdаgi оrzu umidlаrgа erishib bo’lmаydi.
Dеmаk, Pеdаgоgikа fаnining prеdmеti, o’qitishning, tа’lim-tаrbiyaning zаmоnаviy qоnuniyatlаri, mаzmuni, usullаri, vоsitаlаri bilаn kishilаrni, yoshlаrni, mutахаssislаrni qurоllаntiruvchi fаn bo’lgаnligi uchun hаm uning mеtоdоlоgik аsоslаri mаqsаd vа vаzifаlаri dunyoning mоddiy-mа’nаviy rivоjidа shахs kаmоlоti uyg’unligi qоnuniyatlаri vа dаvlаtning zаmоnаviy siyosаtidаn kеlib chiqаdi.
Tаrbiya jаmiyatning vаzifаsi bo’lib, u fаqаt ishlаb chiqаrish munоsаbаtlаri tа’siridа emаs, bаlki turli tаriхiy dаvrlаrdа ilgаri surilаdigаn u yoki bu tаrbiya nаzаriyasining g’оyalаri tа’siridа аniq shаklgа egа bo’lаdi, shuning uchun hаm ko’p jihаtdаn mа’rifаtchi vа pеdаgоglаr fаоliyatining nаtijаsini ifоdаlаydi. Аgаr tаrbiya аlоhidа mustаqil vаzifа sifаtidа kishilik jаmiyati pаydо bo’lishi bilаn birgа tаrkib tоpgаn bo’lsа, tа’lim nаzаriyasi fаn sifаtidа bir munchа kеyinrоq shаkllаngаn.
Tаrbiya jаmiyat hаyotidа sеzilаrli rоl o’ynаydi. Jаmiyatdа tаrbiya jаrаyonidа to’plаngаn tаjribаni umumlаshtirish ehtiyoji tug’ilib, o’sib kеlаyotgаn yosh аvlоdni hаyotgа tаyyorlаsh imkоnini bеrаdigаn mахsus o’quv yurtlаrini оchish zаruriyati pаydо bo’lishi bilаn birgа, tа’lim nаzаriyasi hаm fаn sifаtidа rivоjlаnа bоshlаdi.
Ibtidоiy jаmоа dаvridа hаm ijоbiy tаrbiya tаjribаsini оmmаlаshtirishgа urinish ko’rtаklаri bo’lgаn. Mаsаlаn, kаttаlаr vа yoshlаr o’rtаsidаgi munоsаbаtlаr bilаn, kеyinrоq turli оdаt vа mаrоsimlаr bilаn bоg’liq o’zini tutishning bа’zi bir ko’rinishlаri shаkllаnа bоshlаgаn.
Qаdimiy vа O’rtа SHаrq аdаbiyoti nаmоyondаlаri оrаsidа nаzаriy-pеdаgоgik tusgа egа qаtоr ilmiy qаrаshlаr mаvjud bo’lgаn. Ulаr оrаsidа Аl-Fаrоbiy, Аlishеr Nаvоiy vа bоshqаlаrning аsаrlаrini misоl kеltirish mumkin.
Fеоdаlizm dаvridа tаrbiya аsоsаn din tа’siridа bo’lgаn. SHuning uchun hаm tа’lim nаzаriyasining аsоsiy g’оyalаri diniy ilm оrqаli ifоdаlаngаn.
Tаrbiya nаzаriyasining g’оyalаri аnchа оldindаn ilgаri surilgаn bo’lishigа qаrаmаy pеdаgоgik ilmiy bilim-fаn sifаtidа bir оz kеyin shаkllаngаn.
Pеdаgоgikаning fаn sifаtidа shаkllаnishi buyuk chех pеdаgоgi YAn-Аmоs Kоmеnskiy (1592-1670) nоmi bilаn bоg’liqdir. Kоmеnskiy tоmоnidаn tаklif etilgаn tаmоyillаr, tа’lim jаrаyonining shаkl vа uslublаri «Pеdаgоgikа»ning оltin fоndigа kirgаn. Uning mаshhur «Buyuk didаktikа» аsаri pеdаgоgikа nаzаriyasi vа аmаliyoti sоhаsidа birinchi muhim ilmiy аsаr hisоblаnаdi.
O’quv muаssаsаsidаgi o’quv jаrаyonidа tа’lim, tаrbiya vа mа’lumоt o’zаrо bоg’liq rаvishdа аmаlgа оshirilаdi. Hаr qаndаy fаn o’rgаtilishi mоbаynidа pеdаgоg tаrbiyalаnuvchilаr dunyoqаrаshini shаkllаntirаdi, mаdаniy хulq-аtvоrini tаrbiyalаydi.
«Pеdаgоgikа» аtаmаsi qаdimiy YUnоnistоndаn kеlib chiqqаn. Bu еrdа quldоrlаr fаrzаndlаrini o’quv muаssаsаsigа kuzаtib qo’yadigаn, оlib bоrаdigаn оdаmlаrni «pеdаgоg» dеb аtаshgаn. Kеyinchаlik bu аtаmаning mа’nоsi birmunchа o’zgаrdi. Mахsus tаyyorgаrlik ko’rgаn vа tаrbiya bilаn shug’ullаngаn shахslаr «pеdаgоg» dеb аtаlа bоshlаgаn. Ko’p vаqtlаr pеdаgоgikа ilmiy fаn sifаtidа fаqаt o’sib kеlаyotgаn yosh аvlоdning tаrbiyasini o’rgаnаdi, dеb qаrаlgаn. Аmmо hаyot аmаliyoti tаrbiyasigа emаs, bаlki kаttаlаr tаrbiyasigа hаm tааlluqli ekаnligini ko’rsаtdi. SHuning uchun hаm kеyingi pаytlаrdа pеdаgоgikаni yosh аvlоdni vа kаttа yoshdаgi оdаmlаrni tаrbiyalаsh vа o’qitish, ulаrgа mа’lumоt bеrish qоnuniyatlаrini o’rgаnuvchi fаn, dеb bеlgilаsh оdаtgа аylаndi.
Pеdаgоgikа fаnining ilmiy-tаdqiqоt ishlаr, pеdаgоgik g’оyalаr, ilmiylikkа аsоslаngаn nаtijаlаr jаmlаnmаlаri, ilmiy ishlаnmаlаr, tаjribаlаr, tаvsiyalаr аsоsidа bir qаtоr ilmiy pеdаgоgik qo’llаnmаlаr, dаrsliklаr chоp etilgаn.
Hоzirgi zаmоn pеdаgоgikа fаni jаhоn pеdаgоgikаsining еtаkchi bir qismi bo’lib, pеdаgоgikа fаni tаriхi bilаn mustаhkаm bоg’liqdir. Pеdаgоgikа fаnining tаriхi esа, pеdаgоgikаning qismlаridаn biri, uning mахsus tаrmоg’i hisоblаnаdi.
«Pеdаgоgikа» аtаmаsi yunоnchа so’zdаn оlingаn bo’lib «bоlа еtаklаmоq», mа’nоsini аnglаtаdi. kеng mа’nоdа tаrbiya hаqidаgi fаn; o’sib kеlаyotgаn yosh аvlоdgа tа’lim-tаrbiya bеrish; umumаn insоnni tаrbiyalаsh hаqidаgi fаn dеgаn mа’nоlаrni bildirаdi. Pеdаgоgikаning оb’еkti аsоsаn o’quvchilаr hisоblаnsа, prеdmеti esа, o’quvchilаrgа bеrilаyotgаn tа’lim-tаrbiya nаzаriyasi vа аmаliyoti hisоblаnаdi.
Pеdаgоgikаning bоsh mаsаlаsi tаrbiyadir. Tаrbiyadаgi kеng mа’nо tа’lim, rivоjlаnish, mа’lumоt bilаn bоg’lаngаn hоldа bаrkаmоl insоnni vоyagа еtkаzishdir.
Pеdаgоgikа fаnining mаqsаdi:
Rеspublikаmizdа kоmil insоnni vоyagа еtkаzishning bir butun hоlаtdаgi muаmmоlаrini хаl qilish;
Tа’lim-tаrbiya sаmаrаdоrligini tinmаy оshirish vа Dunе tаlаblаri dаrаjаsigа оlib chikish mаsаlаlаrigа ijоdiy yondаshish;
Umuminsоniy qаdriyat vа milliy mаdаniyatning аsоslаrini e’tibоrgа оlib, tа’lim-tаrbiya mаzmunini, milliy mаfkurаni shаkllаntirib bоrish imkоnini yarаtish;
Pеdаgоgikа-tаrbiyashunоslik qоidа, qоnunlаrni ilg’оr tаjribаlаr аsоsidа bоyitib bоrish vа yangi ish shаkllаrini izlаshgа tаdbirlаr bеlgilаsh;
Uzluksiz tа’lim tizimini yanаdа rivоjlаshtirish muаmmоlаrini хаl qilish;
“Kаdrlаr tаyyorlаsh milliy dаsturi” ni аmаlgа оshirish.
Pеdаgоgikа fаnining vаzifаlаri:
SHаrq vа G’аrbdа хаlq yarаtgаn хаlq оg’zаki ijоdiyoti, pеdаgоgikаsi, mutаfаkkir, mа’rifаtpаrvаr, pеdаgоg vа оlimlаrning tаrbiyashunоslikkа dоir ilg’оr g’оyalаrini o’rgаnib, tаhlil kilib, kоmil insоnni tаrbiyalаsh jаrаyonini o’rgаnish;
Kоmil insоnni tаrkib tоptirishning qоnuniyat, qоidа vа zаruriy sifаtlаrini аniklаsh;
Pеdаgоgikаdаgi tа’lim-tаrbiya nаzаriyasini hоzirgi dаrv хususiy mеtоdikаsi bilаn uzviylik muаmmоlаrini ishlаb chikish vа yangi pеdаgоgik tехnоlоgiya qоnunlаrigа аmаl qilish;
Tа’lim-tаrbiya nаzаriyasidаgi qоidа, qоnun, tаmоyil, mеtоd vа usullаrini mаktаb аmаliy hаyoti bilаn bоg’lаb, bo’lаjаk O’qituvchilаrgа urgаtish;
Хаlq tа’limini bоshqаrish vа rаhbаrlik mаsаlаlаrini chuqur o’rgаnib bo’lаjаk O’qituvchilаrni qаndаy tаyyorlаsh muаmmоlаrini хаl qilish.
Pеdаgоgikа fаnining mаzmuni, mаqsаdi, vаzifаlаri, tаmоyil, usul vа vоsitаlаri umumаn, hаr bir insоn uchun zаrur bo’lgаn tаrbiyaviy tа’sirlаr yangichа аsоsgа egа bo’lishi kеrаk.
Nаzоrаt uchun sаvоllаr:
«Individ», «shахs», «individuаllik» tushunchаlаrini shаrhlаng.
Rivоjlаnish vа shахs rivоjlаnishini tа’riflаng.
Shахsning shаkllаnishigа tа’sir etuvchi оmillаr hаqidа nimаlаrni bilаsiz?
Shахs fаоliyati hаqidа so’zlаb bеring.
O’quvchilаrning yosh хususiyatlаrini tаvsiflаng.
Shахsning ijtimоiylаshuvini qаndаy tushunаsiz?
3-4 mavzu: Jahon pedagogikasi tarixida ta’lim-tarbiyaning maqsadlari.
Reja:
1.Jahon pedagogikasi tarixida ta’lim-tarbiyaning maqsadlari.
2.Ta’lim metodlari va ularning tasnifi.
3.Ta’lim shakllari.
4.Didaktik ta’lim nazariyasi.
Tayanch so’z va iboralar:
“Avesto” da ta’lim-tarbiya, qadimgi bitiktoshlar, sharq mutaffakkirlari, islom ta’limotida ta’lim-tarbiya, jadidchilik, Temuriylar davri, Komenskiy, Ushenskiy, Pestalosi, metod ,ta’lim metodi ,metodika, usul ,uslub, og‘zaki o‘qitish usuli, illustratsiya usuli, demonstratsiya usuli, didaktika, ta’lim shakllari, individual ta’lim shakli, sinf-dars ta’lim shakli, seminar va amaliy, tajriba ta’lim shakli.
1. Jahon pedagogikasi tarixida ta’lim-tarbiyaning maqsadlari.
Jahon pedagogika fani va rivojlanish tarixi.
Qadimgi Yunoniston va Rim davlatlarida ta’lim-tarbiya. Spartaliklarning bolalari 7 yoshgacha uyda yashar, keyin «agella» deb ataluvchi davlat muassasasida 18 yoshga yetguncha tarbiyalanar edi. Ular «pedonom» rahbarligida jismoniy sog’lom bo’lish uchun turli mashqlar bilan chiniqtirilar, sovuqqa, ochlikka va chanqoqlikka chidashga, og’riqqa bardosh berishga o’rgatilar edi. Ta’limning asosiy qismini harbiy gimnastika mashqlari egallar edi.
Qadimgi yunon tarixchisi, faylasuf olim Plutarx Sparta maktablaridagi ta’lim-tarbiya haqida gapirib, shunday deydi:
«O’qish va yozishga kelganda bolalarga faqat ularning eng zaruri o’rgatilar edi, tarbiyaning qolgan qismi esa bitta maqsad: hech so’zsiz itoat qildirishni, chidamli bo’lishni va engish ilmini o’rgatishni ko’zda tutar edi».
Afinada esa Bolalar 7 yoshga yetguncha uyda tarbiyalanar, o’g’il bolalar 7 yoshdan boshlab maktabga qatnar, qizlar esa oilada ona ko’magida uy-ro’zg’or ishlariga o’rgatilar, chunki xotin-qizlarning hayoti uy doirasidan chiqmas edi.
Afinada bolalar dastlab 7 yoshdan 13—14 yoshgacha «grammatist» (savod o’rgatish
ma’nosida) yoki «kifarist» (grekcha musiqa o’qituvchisi ma’nosida) maktablarda tahsil olganlar. Bu xususiy maktablarda o’qish pullik bo’lgan. Shuning uchun kamxarj fuqarolarning bolalari ushbu maktablarda ta’lim ololmagan.
Grammatist maktabida o’qish, yozish va hisoblash o’rgatilar edi, o’qishda harflarni hijjalab o’qitish usuli, so’ng qo’shib o’qish usulidan foydalanganlar. Yozuvni o’rgatishda mum surilgan yaltiroq taxtachalardan foydalangan va ingichka cho’p yordamida yozganlar. Sonlar barmoqlar, sopol toshlar, sanoq taxtasi yordami bilan hisoblagan. Kifarist maktabida adabiy bilim va estetik tarbiya berilar, muzika, ashula, deklomasiyalar o’rgatilar yedi.
O’g’il bolalar 13-14 yoshga etganlaridan keyin palestra («kurash maktabi») deb atalgan o’quv yurtiga o’tar, bu yerda ikki-uch yil davomida jismoniy mashqlar bilan shug’ullanardilar. Masalan: sakrash, yugurish, kurashish, disk va nayza uloqtirish, suvda suzish kabilar. Palestrada o’qish tekin bo’lgani uchun yoshlarning ko’pchiligi shu yerda o’qish bilan cheklanib qolar yedi. Badavlatroq oiladan bo’lganlari yesa palestrani tugatgach gimnasiyga (jismoniy, ijtimoiy tarbiya) kirar edi. Ularga falsafa, siyosat, adabiyot fanlari o’rgatilar, tahsilni tugatganlar davlat boshqaruvida qatnashishlari mumkin edi.
Arastuning fikricha, jonning mana shu uch xiliga muvofiq uch xil tarbiya - jismoniy, axloqiy va aqliy tarbiyalardir.
Arastu pedagogika tarixida birinchi bolib, yoshni davrlarga bo’lishga urinib ko’radi. U insonning yoshlik yillarini uchga bolib o’rganadi: 7 yoshgacha bo’lgan davr; 7 yoshdan 14 yoshgacha bo’lgan davr (jismoniy balog’at davrining boshlanishi) va jinsiy balog’at davrining boshlanishidan 21 yoshgacha bolgan davr. Uning fikricha, bunday davrlarga bo’lish tabiatga mos bo’lib tushadi.
Demokrit moddiy olamni bilish va haqiqatga yerishish mumkinligini ta’kidladi, bilish jarayonida sezgi va tafakkur rolini ko’rsatdi. Uningcha sezgilarimiz orqali olingan bilim «qorong’i»; u olamning mohiyatini ochib berolmaydi; aql orqali olingan bilim «yorug’», haqiqiy bilimdir. Tabiat sirlarini faqat fikrlash yoli bilan bilib olish mumkin.
G’arbiy Yevropada maktab, maorif hamda pedagogik fikrlar taraqqiyoti. O’rta asr G’arbiy Yevropa mamlakatlarida ikki guruhga bo’lingan va yetti fanni o’z ichiga olgan talim dasturi vujudga kelgan yedi. Birinchi guruh uchta fandan iborat yedi, shu sababli unga lotincha «trivium» nomi berildi. Bunga grammatika (lotin tili grammatikasi), ritorika va dialektika kirar yedi. Ikkinchi guruh to’rt fandan iborat bo’lgani uchun lotincha «kvadrivium» deb nomlandi. Unga arifmetika, geometriya, astronomiya va musiqa kirar yedi.
Hammasi bo’lib bu yetti fanni «yetti yerkin san’at» deb atash rasm bo’lib qoldi.
Mazkur o’quv fanlari qadimgi Yunoniston ta’lim tizimidan olingan yedi, biroq o’rta asrlarda ularga diniy mazmun berilib, hammasi ramz bilan diniy ma’noda tushuntirilar yedi
Hamma fanlarning toji deb — teologiya hisoblanar edi
Yevropada dastlabki universitetlar hamda Akademiyalarning tashkil topishi va ulardagi ta’lim tizimi. Yevropada birinchi universitetlar XII asrning ikkinchi yarmida Italiyada (Bolonya shahrida), Angliyada (Oksford shahrida), Fransiyada (Parijda) tashkil qilindi. Bu universitetlar dastlab professor va studentlarning mustaqil idora qilinadigan uyushmasi (korporasiyasi)dan iborat edi
Pedagogika fani rivojlanishiga xissa qo’shgan jaxon pedagoglari
Yan Amos Komenskiy. Komenskiy tarbiyaning tabiatga uyg’unlik masalasida hamma narsaning asosi 4 ta deydi. Masalan: Olam 4 narsadan yuzaga kelgan, ya’ni; yer, suv, havo, yorug’lik. Dunyoning rivojlanishi ham 4 qismga bo’linadi, bular: bahor, yoz, kuz, qish. Insonning rivojlanishi ham 4 davrga bo’linadi; go’daklik, bolalik, o’smirlik, yetuklik. Shuningdek ta’lim jarayoni ham 4 ga bo’linadi; maktabgacha tarbiya, boshlang’ich ta’lim, o’rta ta’lim, oliy ta’lim. Komenskiy o’z asarlarida tarbiyaning maqsadi kishini mangulik dunyosiga tayyorlash ekanligi va buni uch xil tarbiya orqali amalga oshirish mumkinligini uqtiradi.
Bular:
Aqliy tarbiya.
Axloqiy tarbiya.
Diniy tarbiyalardir.
Bular bola tug’ilganidan 24 yoshiga kirguncha amalga oshiriladi, bu vaqt mobaynida bola har biri 6 yildan bo’lgan to’rt maktabni o’qib tugatishi kerak, deb hisoblagan ulug’ pedagog.
Komenskiy o’zining «Buyuk didaktika» asarida maktabda o’qitish tizimini amalga oshirishda quyidagi didaktik tamoyillarga amal qilishni tavsiya etadi.
Ko’rgazmalilik tamoyili;
Onglilik tamoyili;
Izchillik va tizimlilik tamoyili;
Mashq qilish, bilim va malakalarni puxta yegallash tamoyillari
Komenskiy o’qituvchi butun sinf bilan jamoa bolib ish olib borishini, ya’ni sinf - dars tizimida o’qitishni olib borishni tavsiya etadi
.
logann Genrix Pestalosi. XIX asrning boshlaridayoq Pestalosining «Gertruda o’z bolalarini qanday qilib o’qitadi», «Onalar kitobi yoki onalar uchun o’z bolalariga kuzatish va gapirishni qanday o’rgatish haqida qo’llanma», «Kuzatish alifbesi yoki o’lchash haqida ko’rsatmali qo’llanma», «Son to’g’risida ko’rsatmali ta’lim» degan kitoblari bosilib chiqdi. Bu kitoblarida boshlang’ich talimning yangi usullari bayon qilingan edi.
1800-yili Pestalosi rahbarligida institut tashkil yetildi. Institut tarkibiga, internat shaklidagi o’rta maktab hamda o’qituvchilar tayyorlash seminariyasi kiritilgan. Bu institut butun dunyoga mashhur bo’ldi. Pestalosi 1825-yili Iverden instituti o’qituvchilari orasida chiqqan nizolar natijasida o’z qishlog’i «Neygofoga qaytadi va 80 yoshli, qariya bolishiga qaramay, bu yerda o’zining oxirgi asari — «Oq qush qo’shig’i»(1826)ini yozadi. U l827yilivafotetdi.
Pestalosining fikricha, tar-biyaning maqsadi odamning barcha tabiiy kuchlarini va qobiliyatlarini o’stirish, o’stirganda ham har tomonlama va bir-biriga uyg’un ravishda o’stirishdir. Tarbiyaning bolaga ko’rsatayotgan ta’siri uning tabiatiga uyg’un bo’lishi lozim.
Konstantin Dmitriyevich Ushinskiy. Ushinskiy tarbiyada xalq ruhining yeng yaxshi ifodasi ona tili yekanligiga, rus bolalarini o’qitishda rus tili asos boiishligini, boshlang’ich maktablardagi ta’lim ham bolalarni rus tarixi, Rossiya geografiyasi va uning tabiati bilan tanishtirmog’i lozimligini uqtiradi. K.D.Ushinskiy tar-biya ishidagi turli vositalar orasida axloqiy tarbiyaga katta ye’tibor berib, «Tarbiyaning asosiy vazifasi axloqiy jihatdan ta’sir yetishdan iboratdir, bu aqlni urauman o’stirish, boshni bilimlar bilan to’ldirishdan ko’ra ham muhimroqdir», — deb yozgan edi.
Ushinskiy ko’rgazmali ta’lim tamoyillarini nazariy jihatdan ishlab chiqishga va uni amalda tatbiq yetishga doir juda ko’p qimmatli fikrlar kiritdi. Ushinskiy o’qitish jarayonida ko’rgazmali ta’limga munosib o’rin berdi: u ko’rgazmali ta’lim o’quvchilarning rivojlanishini ta’min yetadigan shartlardan biridir, deb bildi.
Ushinskiy bolalarning o’quv materialini anglab, puxta va mustah-kam
o’zlashtirishiga ham katta ye’tibor berdi. U bu tamoyillarni tushunish va tatbiq qilishda o’zidan ilgari o’tgan pedagoglarga nisbatan ko’pgina yangiliklar kiritdi. Masalan, o’quv materialini takrorlash to’g’risida batafsil metodika ishlab chiqdi.
O’zbеk pеdаgоgikаsidа mа’nаviy-mа’rifiy qаdriyatlаr
Hozirgi o’zbek xalqining ajdodlari bundan bir necha ming yillar oldin yashagan bo’lib, ular o’ziga xos madaniyatni vujudga keltirishda katta va mashaqqatli yo’lni bosib o’tgan. Dastlabki tosh qurollardan tirikchilik uchun foydalanish, ancha takomillashgan mehnat qurollarini yasash, urug’chilik davriga kelib, xo’jalik hayoti va madaniy taraqqiyotda erishilgan yutuqlarni o’z ichiga olgan davrgacha bo’lgan tariximiz ota-bobolarimizning boy qadimiy madaniyatga ega bo’lganligidan dalolat beradi.
Ajdodlarimiz tomonidan qo’lga kiritilgan qadimiy madaniyat tarkibidan ta'limtarbiyaga oid meros ham alohida o’rin olgan. Zero, hozirgi turkiy va forsiyzabon xalqlarning bizgacha etib kelgan muhim arxeologik topilmalari, tarixchilar, adabiyot va san'at namoyandalarining asarlari buning dalilidir.
Malumki, kishilik jamiyatining vujudga kelishi jarayonida inson ham biologik jihatdan, ham ijtimoiy jihatdan takomillashib borgan. Dastlabki diniy e'tiqodlar, eng oddiy ixtirolarning takomillashib borishi kabi holatlar inson ongining ham shakllanib borishiga turtki boldi. Bu jarayon minglab yillarni o’z ichiga olgan bolib, ana shu davrda inson ongi shakllanishining asosi sifatida qabul qilingan xulq-odob qoidalari, ijtimoiy talablar yuzaga kelgan. Ushbu talablar muayyan davrda yaratilgan yodgorliklarining asosiy mazmuni va mohiyatini tashkil etadi.
Ibtidoiy kishilar mehnat faoliyati jarayonida o’z ehtiyojlarini qondirgan va bu jarayon yosh avlodda ham mehnat qilish, amaliy faoliyatni yo’lga qo’ya olish borasidagi nazariy bilim, ko’nikma va malakalarni bosil qilishga zamin hozirlagan. Mehnat faoliyatini tashkil etish jarayoni dastlabki paytlarda butun ijtimoiy hayotni yo’lga qo’yish negizida amalga oshirilgan bo’lsa, keyinchalik tarbiya inson faoliyati asosiy jihati, ijtimoiy ongni shakllantirishning muhim omiliga aylandi.
Urug’chilik jamoasi bosqichida esa bolalar mehnatining ko’lami kengayib, kasb-
hunar faoliyatining turlari ko’payib boradi. Tajribali kishilar bolalarni tarbiyalash bilan birga ularni yozishga ham o’rgata boshlaydilar. Asta-sekin harbiy tarbiyaning boshlang’ich ko’rinishlari yuzaga kela boshlaydi. Bolalarga harbiy san'at sirlarini o’rgatish ancha murakkab ish bo’lib, ushbu tarbiyani tashkil etish maxsus bilim hamda tayyorgarlikka ega bo’lishni taqozo etar edi. Shu bois maxsus harbiy bilim va tayyorgarlikka ega bolgan kishilar bolalarga bu boradagi bilimiarni berish jarayoniga jalb etila boshladilar.
Jamiyatning ijtimoiy jihatdan taraqqiy eta borishi bolalarga yer o’lchash, suv toshqinlarining va turli kasalliklarning oldini olishga oid bilimlarni o’rgatishga bolgan ehtiyojni yuzaga keltirdi. Bu boradagi harakatning tashkil etilishi natijasida turli maktablar faoliyat yurita boshladi. Maktablarda asosiy e'tibor bolalarga og’zaki bilim berish bilan birga ularda yozuv ko’nikmalarining shakllantirilishiga qaratildi. Dastlab suratkashlik rivojlanib, piktografik xat paydo bo’lgan bo’lsa, keyinchalik qo’shni mamlakatlardan kirib kelgan harflar yordamida yozish usuli paydo boladi va bu usul tez tarqala boshlaydi.
Eng qadimgi davrlarda yo’lga qo’yilgan ta'lim-tarbiyaga oid qimmatli ma'lumotlarni
biz yana xalq og’zaki ijodi namunalari: afsonalar, qahramonlik eposlari, qo’shiqlar, maqol va iboralarda ilgari surilgan g’oyalardan ham olishimiz mumkin. Chunki xalq donishmandligining yorqin namunasi bo’lgan xalq og’zaki ijodida xalq pedagogikasiga xos bolgan tarbiya tajribalari umumlashgan.
Aksariyat afsonalarning qahramonlarini inson sifatida gavdalangan xudolar tashkil etgan. Ibtidoiy tuzum kishilarining orzu-istaklari, o’y-fikrlari, maqsad va intilishlarini yoritishga xizmat qilgan afsonalarning ko’pchiligi bizga eng qadimgi yodgorliklar - «Avesto»,
Firdavsiyning «Shohnoma» asarlari orqali malumdir.
Jasurlik, kuchlilik va mardlik - qadimiy kishilarda tarkib topishi zarur bolgan eng muhim fazilatlar sanalgan. Tarixiy shaxslarning hayoti va qahramonliklari borasida malumotlar beruvchi rivoyatlar fikrimizning yorqin dalilidir. Ularda muayyan shaxs faoliyati, donishmandligi, qahramonliklari, tarixiy shaxs ega bo’lgan axloqiy fazilatlar: nazokat, kamtarlik, aql-idrok, o’zgalarga muhabbat, yorga vafo, sadoqat, baxt, odillik, odamiylik, oliyhimmatlilik va mehnatsevarlik kabilar uluglangan.
«Devonu lug’atit-turk» asarida xalqning talim-tarbiyaga oid tajribalari ifodalangan maqollar mavjud. Maqollarda ham qo’shiqlardagi kabi do’stlik, o’zaro hamkorlik, mehnatga muhabbat, ilm olish va kasb-hunar egallashga nisbatan ishtiyoq va ehtiyoj, vatanparvarlik va qonqardoshlik tuyg’usiga ega bolish, tejamkorlikning ahamiyati va isrofgarchiliknrng oldini olish, adolat va adolatsizlik, yaxshilik va yomonlikning oqibatlari, axloq-odob qoidalari, sihatsalomatlikni saqlashga oid o’gitlar o’z ifodasini topgan.
Buni «Devon»da keltirilgan bir qancha maqollar mazmunida ko’ramiz: «Tirishqoqning labi yog’liq, erinchoqning boshi qonlik» maqolida tirishqoq odam o’z mehnati bilan yaxshi taomlar topadi, shunga ko’ra moyli (yog’li) ovqatlar eydi, erinchoq, dangasa odam esa, yalqovligi tufayli ishdan qochadi va pirovardida kambag’allik va qashshoqlikka mahkum bo’ladi. Natijada afsus chekadi, degan ma'no bor.
«Odobning boshi -til» iborasida esa xushxulqqa ega bo’lishga nisbatan qo’yiladigan talablardan biri - shirin so’zli, xushmuomala bo’lish ekanligi ta'kidlanadi. Shirinso’z, xushmuomala kishi el orasida tezda izzat-ikrom topadi, yuqori martabalarga erishadi. Shu bois yoshlarni yoshlikdanoq shirin so’zli, xushmuomalali bo’lishga o’rgatish maqsadga muvofiqdir, deya ta'kidlanadi. Xalq orasida g’iybatchi kishilarga nisbatan «Ilon o’zining egriligini bilmay, tuyaning bo’ynini egri deydi» qabilidagi maqol qo’lanilgan.
Demak, inson xulq-atvorini mukammallashtirishga xizmat qiluvchi «Devon»dagi she'riy parcha va maqollar kishilar o’rtasida ezgulikni targ’ib qilib, insonning kamolga etishiga katta ta'sir etib kelgan va bugungi kunga qadar saqlanib qolgan va o’zining pedagogik, tarbiyaviy ahamiyatini yo’qotmagan.
Do'stlaringiz bilan baham: |