Yakuniy baholashda yozma ishni o‘tkazish tartibi Talabalar bilimini reyting tizimi bo‘yicha baholashning yozma ish usuli, talabalarda mustaqil fikrlash va o‘z fikrini yozma ifodalash ko‘nikmalarini rivojlantiradi.
Fandan yakuniy nazorat og‘izaki shaklda o‘tkaziladi. Yakuniy nazorat savollari va variantlari har o‘quv yilining boshida kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan yangidan tuzilib, kafedra majlisida muhokama etiladi va tasdiqlanadi.
Yakuniy nazoratning har bir varianti bo‘yicha qo‘yilgan savollarning mazmuni, qamrov darajasi va ahamiyatligi darajasi kafedra mudiri tomonidan tekshirilib, uning imzosi bilan tasdiqlanadi. Yakuniy nazoratning o‘tkazish asosan 8 semestrning so‘nggi ikki o‘quv haftalariga mo‘ljallangan bo‘lib, u belgilangan haftalardagi mazkur fan bo‘yicha o‘quv mashg‘ulotlari chog‘ida o‘tkaziladi. Yakuniy nazorat variantida 3 ta savol tayanch iboralari bilan keltiriladi. Yakuniy nazoratni baholash mezonlari yakuniy baholashdan kelib chiqqan holda ishlab chiqiladi, ya’ni har bir savolga maksimum 5 bahodan to‘g‘ri keladi. Yakuniy nazorat o‘tkazilgandan keyin ikki kun davomida professor-o‘qituvchilar uning natijasini talabalar e’tiboriga etkazadi. Yakuniy nazoratning hajmi talabaning fan bo‘yicha tasavvuri, bilimi, amaliy ko‘nikmasini baholash uchun etarli bo‘lishi zarur.
Yakuniy nazorat savollari
“Hujjatlar ekspertizasi” faniga kirish.
“Hujjatlar ekspertizasi” fanining maqsad va vazifalari.