NAVOIY KON-METALLURGIYA KOMBINATI
NAVOIY DAVLAT KONCHILIK INSTITUTI
Energo-mexanika fakulteti
“Avtomatlashtirish va boshqaruv” kafedrasi
“TASDIQLAYMAN”
Fakultet kengashi raisi:
_______________A.I. Qarshibayev
“_____”_______________ 2021 yil
“Hujjatlar ekspertizasi” fanidan
talabalar bilimini nazorat qilish va baholash tizimi to’g’risidagi nizomga asosan
BAHOLASH MEZONI
ta’lim yo’nalishi: 5310900 – Metrologiya, standartlashtirish va mahsulot sifati menedjmenti
NAVOIY-2021
Ushbu baholash mezonlari O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil
5-iyundagi PQ – 3775-son “Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirish va ularning mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda faol ishtirokini ta’minlash bo’yicha qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risidagi” qaroriga muvofiq “Oliy ta’lim muassasalarida talabalar bilimini nazorat qilish va baholash tizimi to’g’risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 2018 yil 9-avgustdagi 19-2018 sonli buyrug’i asosida ishlab chiqilgan va “Avtomatlashtirish va boshqaruv” kafedrasining 2021 yil 27 avgustdagi 1-son yig’ilishida muhokama qilingan va tasdiqlangan.
“Hujjatlar ekspertizasi” fanidan tayyorlangan ushbu baholash mezoni 5310900 – Metrologiya standartlashtirish va mahsulot sifati menedjmenti ta’lim yo’nalishining birinchi bosqich talabalari uchun mo'ljallangan.
Tuzuvchi: A.A. Boboyev
Taqrizchi: t.f.d. prof. T.V. Botirov
Fanning baholash mezoni Energo-mexanika fakulteti “Avtomatlashtirish va boshqaruv” kafedrasining 2021 yil “____” ______ dagi № ____ - son yig’ilishida muhokama etildi va ma’qullandi.
Kafedra mudiri __________ O.A. Jumayev.
Fanning baholash mezoni Energo-mexanika fakulteti kengashining
2021 yil “____” _________ № ____- son qarori bilan tasdiqlandi.
KIRISH
Kadrlar tayyorlash milliy dasturini amalga oshirishning yangi sifat bosqichida oliy ta`lim muassasalarida talabalar bilimini baholash va nazorat qilishning reyting tizimini joriy etishdan maqsad mamlakatimizda ta`lim sifatini oshirish orqali raqobatbardosh yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlashdan iboratdir. Oliy o’quv yurtlarida talabalarning bilim darajasi asosan reyting tizimi bo’yicha baholanadi. Talabalar bilimini reyting tizimi asosida baholash - talabaning butun o’qish jarayoni davomida o’z bilimini oshirishi uchun muntazam ishlashi hamda o’z ijodiy faoliyatini takomillashtirishini rag’batlantirishga qaratilgan.
Mazkur Nizom O’zbekiston Reslublikasi Prezidentinshig 2018 yil 5 iyundagi PQ-3775-son "Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirish va ularnnng mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda faol ishtirokini ta’minlash bo’yicha qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida" gi qaroriga muvofiq oliy ta’lim muassasalarida talabalar bilimini nazorat qilish va baholash tizimini belgilaydi. Mazkur Nizom 2018-2020 o’quv yilida, shuningdek keyingi o’quv yillarida oliy ta’lim muassasalariga o’qishga qabul qilingan talabalarning bilimini nazorat qilish hamda baholashda qo’llaniladi.
Ushbu baholash mezoni NDKI «Hujjatlar ekspertizasi» fanidan talabalar bilimini baholashda keng foydalanishga tavsiya etilib, ayni paytda talabalar uchun ham mazkur fanni o’zlashtirish jarayonida qanday baho olish mumkinligi haqida tasavvurga ega bo’lish imkonini beradi.
Talabalar bilimini nazorat qilish va baholash nazorati jadvallari, nazorat turi, shakli, soni hamda har bir nazoratga ajratilgan baho haqidagi ma’lumotlar fan bo’yicha birinchi mashg’ulotda talabalarga e’lon qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |