Navoiy kon-metallurgiya kombinati (nkmk)


Navoiy KMK – ishonchli hamkor, yuqori sifat, samaradorlik va barqarorlik kafolati



Download 2,26 Mb.
bet2/5
Sana17.07.2022
Hajmi2,26 Mb.
#815815
1   2   3   4   5
Bog'liq
2metall

Navoiy KMK – ishonchli hamkor, yuqori sifat, samaradorlik va barqarorlik kafolati.
Kombinat o‘zining shonli tarixi davomida dunyoning rivojlangan mamlakatlaridagi xorijiy hamkorlari tomonidan eʼtirof etilib, zamonaviy kon-transport va texnologik uskunalarni joriy etish, ilg‘or texnologiyalarni ishlab chiqish va tatbiq etish, yangi ishlab chiqarish tarmoqlarini tashkil etish bo‘yicha yetakchi xorijiy kompaniyalar bilan muvaffaqiyatli hamkorlik tajribasiga ega.
Hozirgi globallashuv jarayonlarida raqobatbardoshlikni oshirish va xalqaro integratsiyani kuchaytirish maqsadida Navoiy kon-metallurgiya kombinatida boshqaruvning aksiyadorlik jamiyati shakliga o‘tish jarayoni boshlab yuborildi. Korxonada kombinat faoliyatini takomillashtirish, uni ishlab chiqarish texnologiyalari bo‘yicha dunyoning yetakchi kompaniyasiga va xalqaro moliya bozorining to‘laqonli ishtirokchisiga aylantirishga qaratilgan zamonaviy korporativ boshqaruv tizimini joriy etish, xalqaro standartlar talablariga muvofiq moliyaviy hisobotlarni tayyorlash bo‘yicha qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
II 2-gidrometallurgiya zavodi
Markaziy kon boshqarmasidagi 2-gidrometallurgiya zavodi (2-GMZ)

2-gidrometallurgiya zavodi ishlab chiqarish ko‘rsatkichlari bo‘yicha Navoiy kon-metallurgiya kombinatining eng yirik va yetakchi gidrometallurgiya zavodi hisoblanadi. Mazkur korxonada tarkibida qimmatbaho metall bo‘lgan maʼdanni maydalashdan boshlab, undan tayyor mahsulot ajratib olib, oliy sifatli quyma oltin hosil qilishgacha bo‘lgan texnologik jarayonlar to‘liq amalga oshiriladi.


1967 yilda 2-GMZ qurilishi boshlangan. 1969 yil 21 iyulda tarixiy voqea – zavodda birinchi marta “Muruntov” konidan qazib olingan maʼdandan 11 kilogramm 820 grammlik sof oltin yombisi olindi.

Mamlakatimiz mustaqillik yillarida korxonalarni modernizatsiya qilish hisobiga maʼdanni qayta ishlash hajmi o‘sib bordi. Jumladan, 1991 yilda bu ko‘rsatkich 20 mln tonna bo‘lgan bo‘lsa, 1999 yilda 22,5 mln tonnaga, 2009 yilda 34,6 mln tonnaga, 2020 yilda esa 44,6 mln tonnaga o‘sdi. Kelgusida yiliga 50 mln tonna maʼdanni qayta ishlash boshlanadi. Zavodda shu kunga qadar 1,1 mlrd tonnadan ortiq maʼdan qayta ishlangan.





2-gidrometallurgiya zavodi tarkibiga beshta texnologik sex (maʼdan tayyorlash, maydalash, sorbsiya va regeneratsiya, quyultirish, tayyor mahsulot, mexanik-taʼmirlash sexlari) hamda uzluksiz texnologik jarayonni taʼminlovchi uchta sex (tashish, chiqindilarni yig‘ish va aylanma suv taʼminoti, taʼmirlash-mexanika sexlari) kiradi. Xususan, maydalash sexi umumiy hajmi 6 272 kubmetr bo‘lgan 73 ta sharli tegirmonni o‘z ichiga olgan 31 ta tegirmon bloklaridan iborat. 2020 yilda 2-GMZ qayta ishlash quvvatlarini kengaytirish bo‘yicha investitsiya loyihasi doirasida 29, 30-tegirmon bloklari ishga tushirildi. 2021 yilda zavod qayta ishlash quvvatlarini yana-da kengaytirish maqsadida 31-tegirmon bloki ishga tushirildi. Bundan tashqari, joriy yilning oxirigacha ikkita tegirmondan iborat 32-tegirmon bloki ishga tushiriladi.


Shuningdek, 2020 yilda tayyor mahsulot sexi negizida oltin va kumushdan og‘irligi 5 grammdan 1 000 grammgacha bo‘lgan o‘lchovli quymalar ishlab chiqarish bo‘yicha zamonaviy yuqori texnologiyalarga asoslangan majmua foydalanishga topshirildi. Majmuaga o‘lchamli quymalarni ishlab chiqarish bo‘yicha katta tajribaga ega bo‘lgan Italiyaning IKOI kompaniyasining uskunalari o‘rnatildi. Texnologik liniyalar oltindan yiliga 3 tonnagacha, kumushdan 5 tonnagacha o‘lchamli quymalarni ishlab chiqarishni taʼminlaydi. 2020 yil dekabr oyida tayyor mahsulotlar sexida kumush ishlab chiqarish bo‘limi ishga tushirildi. Bu qo‘shimcha miqdordagi kumushni qayta ishlashga imkon beradi. Hozirgi paytda tayyor mahsulot sexining raqamli texnologiyalarga asosan yangi majmuasini qurish ishlari boshlab yuborilgan.


2-GMZda qo‘llaniladigan asbob-uskunalarni mahalliylashtirish hamda yangi turdagi mahalliylashtirilgan mahsulotlarni ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish maqsadida 2019 yilda kombinat mutaxassislari zimmasiga barabanining hajmi 140 kubmetr bo‘lgan MSHS 55x65 rusumli sharli tegirmonni o‘zlashtirish vazifasi yuklatildi. Navoiy mashinasozlik zavodida tayyorlangan ushbu tegirmon O‘zbekistonda og‘ir mashinasozlikni o‘zlashtirishdagi ilk qadamdir. Respublikamizda ilk bor og‘irligi 580 tonnadan ortiq bo‘lgan bunday noyob texnologik uskuna ishlab chiqarilishi natijasida 2 million AQSH dollaridan ko‘proq valyuta mablag‘ini tejashga erishildi.


Noyob texnologiya, gigant-zavod, yuqori sifatli mahsulot – bularning barchasiga korxonaning asosiy boyligi – o‘z ishiga sodiq, yuqori malakali va tajribali mutaxassislar amaliy faoliyati tufayli erishilmoqda. Bugungi kunda 2-gidrometallurgiya zavodi – oldiga qo‘yilgan vazifalarni muvaffaqiyatli amalga oshirayotgan maslakdoshlar jamoasi. Hozir 2-GMZda 3,3 ming nafardan ortiq ishchi-xodimlar faoliyat olib bormoqda. Mustaqillik yillarida bu yerda yuqori malakali mutaxassislar avlodi yetishib chiqdi.


2gmz5



2-GMZda ishlab chiqarilayotgan kombinatning “999,9” soflikdagi oltin quymalari jahonning qimmatbaho metallar bo‘yicha birjalarida O‘zbekistonning brendiga aylandi. Kombinat oltini London oltin quymalari bozori assotsiatsiyasi (LBMA) tomonidan “Optimal yetkazib berish” maqomiga sazovor bo‘lib, Tokio sanoat tovarlari birjasi tomonidan sertifikatlashtirildi.
2-gidrometallurgiya zavodida quidagi bo`lim va sexlar ish olib bormoqda . Ular:

  1. Ishlab chiqarish bo`yicha zavod bosh injener o`rinbosari

  2. Bosh mexanik xizmat bo`linmasi

  3. Bosh energetik xizmat bo`linmasi

  4. Loyiha konstruktorlik buyrosi

  5. Yirik maydalash sexi

  6. Maydalash sexi

  7. Quyultirish sanoat oqava quyqalarini zararsizlantirish va reagentlar tayyorlash sexi

  8. Sorbsiya, regeneratsiya va tayyor maqsulotlar sexi

  9. Biologik oksidlash bo`linmasi

  10. Nazorat o`lchov Asboblari va Avtamatlashtirish bo`linmasi

  11. Elektro texnika bo`linmasi

  12. Aloqa xabarlash va qo`riqlash texnika vositalari bo`linmasi

  13. Zavod markaziy lobaratoriyasi

  14. Ichki muhandislik tarmoqlari bo`limi

  15. Kimyoviy ximoya ishlari va ishlab chiqarishga tayyorlash bo`linmasi

  16. Flotatsiya sexi

  17. Markaziy compressor va suv aylanma taminoti stansialari

  18. Ishlab chiqarish va dispetcherlik bo`limi

  19. Axborot texnologiyalari bo`limi

  20. Yuk ko`tarish mexanizmlariga xizmat ko`rsatish va ta`mirlash bo`linmasi

  21. Filtirlash quyultirish va qattiq qizdirish sexi

  22. Zavod kadirlar bo`limi

  23. Zavod kasaba uyushmasi


Download 2,26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish