Navoiy kon-metallurgiya kombinati navoiy davlat konchilik instituti «energo-mexanika»


ISh BOShLAShDAN OLDINGI XAVFSIZLIK TALABLARI



Download 249 Kb.
bet7/41
Sana24.06.2022
Hajmi249 Kb.
#699854
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   41
Bog'liq
3. Amaliy mashg`ulotlar

ISh BOShLAShDAN OLDINGI XAVFSIZLIK TALABLARI
6. DBB stanok operatori quyidagilarga majbur:
6.1. bu ishlarni bajarish uchun kerak bo'lgan maxsus kiyimni kiyish, yeng qaytarmasini tugmalash yoki bog'lab qo'yish, bosh kiyimni kiyish, ayollarga sochlarini uchlari chiqib turmaydigan qili bog'langan ro'mol ostiga olib qo'yish, maxsus poyabzalni va individual himoya vositalarini (saqlagich ko'zoynagi) kiyish va tartibga keltirish;
6.2. stanokni smenachidan qabul qilish, stanok, ish joyi yaxshi tozalanganini tekshirish, o'tgan smena ishida bo'lgan nosozliklar va ularni bartaraf etish uchun ko'rilgan choralar bilan tanishib chiqish;
6.3. stanok nosozligi haqida masterga xabar berish va ular bartaraf etilganga qadar ishga kirishmaslik;
6.4. qirindini olish uchun ilgakni va kerakli asbobni tayyorlash, dastasi sirtmoq shaklida bo'lgan ilgak qo'llamaslik;
6.5. asbob va moslamalar sozligini tekshirish va ulardan faqat belgilangan maqsadda foydalanish;
7. Stanokni salt yurishga ulash va tekshirish:
7.1. boshqarish organlar sozligini (asosiy harakat, uzatish, ishga tushirish, to'xtatish va harakat va b.q . mexanizmlari);
7.2. moylash va sovitish tizimlar sozligini tekshirish, surkov moyi va sovituvchi suyuqlik me'yorda va uzluksiz uzatilayotganiga ishonch hosil qilish, sovituvchi suyuqlikni faqat nasos yordamida uzatish;
7.3. ulash va almashlab ulash richaglar fiksasiyasi sozligini (salt yurishda o'z - o'zidan ishchi yurishga o'tish ehtimoli yo'qligiga ishonch hosil qilish);
7.4. kesish zonasidagi ihotasi, oqimli-tortuvchi ventilyatsiya, signalizatsiya, blokirovka va saqlovchi moslamalar va zaminlash sozligini;
7.5. stanokning harakatlanuvchi qismlarida ayniqsa, shpindelida, bo'ylama yoki ko'ndalang support salazkalarida qadalishlar yoki bo'sh joy o'zgarishi.
8. Ombordan dastaki asbobni olganda uning sozligini tekshirish. Egov dastasida yorilishidan saqlovchi metall halqaga bo'lishi kerak.
Bolg'a oval kesimli, metall pona qoqib chiqilgan va yog'ochning qattiq va egiluvchan dastaga o'tqizilgan bo'lishi kerak, bolg'a muhrasining yuzasi tekis, bir oz qavariq bo'lishi kerak. Muhrasi urilib qiyshaygan, yoriqlari, naklyoplari bo'lgan, shuningdek dastaga yaxshi mahkamlanmagan bolg'a bilan ishlashga ruxsat berilmaydi.
Zubilo va boshqa zarbali asbob uzunligi 150 mm dan kam bo'lmasligi va zarba beruvchi qismida naklyop bo'lmasligi kerak.
Gayka klyuchlar soz va gayka o'lchamlariga mos bo'lishi kerak.
9. Qo'llarni moyda, emulsiyada, kerosinda yuvmaslik va qirindilar bilan ifloslangan tozalash (artish) uchun ishlatiladigan lattaga artmaslik.
10. Stanokni har ishga tushirishdan oldin, uni ishga tushirish hech kimga xavf tug'dirmasligiga ishonch hosil qilish.
11. Stanokning mahalliy yoritilishini tekshirish va uni shunday to'g'rilash kerakki, ishchi zona yetarlicha yoritilsin va yorug'lik ko'zni qamashtirmasin.
Vaqti - vaqti bilan lampa armaturasini artib turish.
12. Elektr energiyasini uzatishda uzilishlar bo'lsa, darhol stanokni o'chirish.
13.Asbob va moslamalarni ishlatish uchun qulay tartibda joylashtirish.
14. To'g'ri charxlangan kesuvchi asboblardan foydalanish.
15. Stanokning ishqalanuvchi qismlarini tekshirish va kerak bo'lsa ularni moylash. Moylaganda faqat muvofiq moslamalardan foydalanish.
15.1. zaminlash mavjudligi va sozligi tekshirish.



Download 249 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish