XAVFSIZLIKNING UMUMIY TALABLARI
1. Ushbu yo'riqnoma boshqarish pultidan turli detallarga dastur bilan boshqariladigan (DBB) sozlangan stanoklarda ishlov berish jarayonini bajaradigan dastur bilan boshqariladigan stanoklar operatori uchun mo'ljallangan. Ko'p maqsadli raqamli dastur bilan boshqariladigan stanoklarga xizmat ko'rsatish (RDBB 6 razryaddan).
2. DBB stanoklar operatori bo'lib ishlashga ruxsat beriladigan shaxslar:
2.1 tibbiy ko'rikdan o'tganlar;
2.2 kasbiy ko'nikmaga ega bo'lgan, "Mehnat muhofazasi bo'yicha o'qishlarni tashkil qilish va bilimlarni sinash to'g'risidagi Nizom"ga muvofiq ushbu ishlarning xavfsiz usullari va yo'llari bo'yicha o'qigan, bilimlari tekshirilgan va belgilangan shakldagi guvohnoma olganlar;
2.3 kirish instruktajini, shuningdek bevosita ish joyida xavfsizlik texnikasi bo'yicha instruktajni o'tish ("Nizom"ga muvofiq);
2.4 mehnat sharoitlari bo'yicha yuk ko'tarish mexanizmlar yordamida yuklarni ko'tarish, tashish va o'rnatish bilan bog'liq bo'lgan DBB stanoklar operatori "Nizom"ga muvofiq qo'shimcha maxsus o'qishni o'tishi kerak;
3. DBB stanok operatori quyidagilarga majbur:
3.1. ichki mehnat tartibi qoidalarini, korxonadagi mehnat va dam olish tartibini bajarish;
3.2. belgilanmagan joylarda chekmaslik va korxona hududida spirtli ichimliklarni iste'mol qilmaslik;
3.3. ushbu yo'riqnoma talablarini bajarish;
3.4. ish vaqtida yonida ishlarni bajarishning xavfsiz usul va yo'llari bo'yicha bilimlari sinalganligi to'g'risidagi guvohnoma bo'lishi;
3.5. korxonada amal qiluvchi me'yorlarga muvofiq berilgan maxsus kiyim, maxsus poyabzal, saqlovchi moslamalar va himoya vositalardan foydalanish;
3.6. yong'in xavfsizligi talablarini bajarish ;
3.7. baxtsiz hodisa ro'y berganda jabrlanganlarga shaxsga birinchi yordamni ko'rsatishni bilish, imkoni boricha voqea sodir bo'lgan joyda vaziyatni saqlab turish va sodir bo'lgan voqea haqida bevosita rahbarga xabar berish;
3.8. ish bajarganda shaxsiy gigiena qoidalariga amal qilish;
3.9. stanoklarning, mexanizmlarning aniqlangan nosozliklari va xavfsizlik talablari buzilishining boshqa holatlari haqida ustaga (brigadirga) xabar berish va tegishli choralar ko'rilgunga qadar ishga kirishmaslik;
3.10. Xizmat ko'rsatiladigan DBB va RDBB stanoklar tuzilishini bilish;
4. Ushbu yo'riqnoma talablarini bajarmaslik, ishlab chiqarish intizomini buzish hisoblanadi, bunda aybdorlar mehnat ichki tartib qoidalariga (MITQ) muvofiq belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladi.
5. DBB stanoklar operatoriga ish vaqtida quyidagi xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari ta'sir etishi mumkin:
5.1. jihozning aylanuvchi va harakatlanuvchi qismlari;
5.2. el. toki;
5.3. moylovchi - sovituvchi suyuqliklar (MSS).
Do'stlaringiz bilan baham: |