6-Amaliy mashg’ulot
Teshik yo'nib kengaytiruvchi tokar uchun
ishchi joyidagi yo’riqnomalar bo’yicha talablar
Reja:
1. Xavfsizlikning umumiy talablari.
2.Ish boshlashdan oldingi xavfsizlik talablari
3.Ish vaqtidagi xavfsizlik talablari
4.Avariya vaziyatlardagi xavfsizlik talablari
5.Ish tugagandan keying xavfsizlik talablari
XAVFSIZLIKNING UMUMIY TALABLARI
1. Mazkur yo'riqnoma universal yo'nib kengaytirish stanoklarida detallarga ishlov beruvchi (parmalash, zenkovkalash, yo'nib kengaytirish, frezalash, rezba ochish, teshiklarni yo'nish) teshik yo'nib kengaytiruvchi tokar uchun mo'ljallangan.
2. Teshik yo'nib kengaytiruvchi tokar bo'lib ishlashga ruxsat beriladigan shaxslar:
2.1. 18 yoshdan kichik bo'lmaganlar;
2.2. tibbiy ko'rikdan o'tganlar;
2.3. kasbiy ko'nikmaga ega bo'lganlar, "Mehnat muhofazasi bo'yicha o'qishni tashkil qilish va bilimlarni sinash to'g'risida"gi Nizomga muvofiq ishlarning xavfsiz usul va yo'llari bo'yicha o'qiganlar, bilimlari sinalgan va belgilangan shakldagi guvohnoma olganlar;
2.4. Nizomga muvofiq kirish instruktajini, shuningdek bevosita ish joyida xavfsizlik texnikasi bo'yicha instruktajni o'tganlar;
2.5. yuk ko'tarish mexanizmlari bilan ishlash lozim bo'lganda "Mehnat muhofazasi bo'yicha o'qishni tashkil qilish va bilimlarni sinash to'g'risida"gi Nizomga muvofiq qo'shimcha o'qishni va xavfsizlik texnikasi bo'yicha instruktajni o'tish.
3. Teshik yo'nib kengaytiruvchi tokar quyidagilarga majbur:
3.1. ichki mehnat tartibi qoidalarini bajarish;
3.2. belgilanmagan joylarda chekmaslik va korxona hududida spirtli ichimliklarni iste'mol qilmaslik;
3.3. ushbu yo'riqnomaning talablarini bajarish;
3.4. ish vaqtida yonida ishni bajarishning xavfsiz usul va yo'llari bo'yicha bilimlari sinalganligi haqidagi guvohnoma bo'lishi;
3.5. berilgan maxsus kiyimdan, maxsus poyafzaldan, saqlagich ko'zoynakdan, hamda saqlovchi moslamalar foydalanish;
3.6. yong'in xavfsizligi talablarini bajarish;
3.7. baxtsiz hodisalar ro'y berganda jabrlanganlarga birinchi yordamni ko'rsata olish, voqea sodir bo'lgan joyda imkoni boricha vaziyatni saqlab turish va bu haqida bevosita rahbarga xabar berish;
3.8. ishni bajarganda shaxsiy gigiena qoidalariga amal qilish;
3.9. stanokda aniqlangan nosozliklari va xavfsizlik talablarining buzilishining boshqa holatlari haqida ustasiga xabar qilish va tegishli choralar ko'rilganga qadar ishga kirishmaslik;
3.10. ishlayotgan stanokni ekspluatasiya qilish (foydalanish) bo'yicha zavod yo'riqnomasini bilish va bajarish.
4. Teshik yo'nib kengaytiruvchi tokarning ish joyidagi xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari:
4.1. elektr toki bilan shikastlanish xavfi;
4.2. detallarga ishlov berganda metall qirindilar bilan jarohatlanish xavfi.
5. Ushbu yo'riqnoma talablarini bajarmaslik, ishlab chiqarish intizomini buzish hisoblanadi, bunda aybdorlar IMTQ ga muvofiq belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |