6.1-jadval
Iste’molchi-
ning
|
Pasport parametrlari
|
λ
|
In
|
IISH
|
nominal quvvati
|
FIK
|
cos/tg
|
KI
|
1,2
|
4
4
|
0,80
0,80
|
0,8/0,75
0,8/0,75
|
0,15
|
2,5
|
10
|
25
|
3,4
|
10
10
|
0,86
0,86
|
0,83/0,68
0,83/0,68
|
0,2
|
5
|
45,5
|
109
|
5,6
|
5
5
|
0,82
0,82
|
0,93/0,68
0,93/0,68
|
0,2
|
5
|
11
|
55A
|
Echim:
1. Guruh iste’molchilarining samarador sonini aniqlash
2. Aktiv va reaktiv yuklamalar:
3. Guruhiy ishlatilish koeffitsientini topamiz:
4. Taqsimlash punkti ulangan yuritgichlarning hisobiy toki
va bo‘lganda, maksimum koeffitsienti
5. Elektr yuritgichlarning ishga tushirish toklari
maksimal tok uchinchi va to‘rtinchi yuritgichlarda
6. YUritgichlarning maksimal toki
Misol: Mexaniqa sexining hisobiy yuklamasini tartiblangan diagramma usuli bilan aniqlang. Ma’lumotlar jadvalda keltirilgan.
Echim:
1. Mexaniqa sexining barcha elektr iste’molchilarini ish rejimiga asosan ikki guruhga bo‘lamiz. YUklama grafigi o‘zgaruvchan elektr iste’molchilar guruhi va yuklama grafigi kam o‘zgaruvchan elektr iste’molchilar guruhi.
2. Elektr iste’molchilarining hujjatidagi ma’lumotlar asosida 15 bandlarni to‘ldiramiz.
3. I guruh iste’molchilari uchun
4. Ma’lumotnoma materiallari asosida 7- va 8- jadvallarni to‘ldiramiz.
№
|
Iste’molchilar guruhi nomi
|
Ist. soni
|
UD=100%kelt. o‘rn.quvvat
|
|
Ishl.
koeff
|
cos/
tg
|
Maks.sm.uchun o‘rtacha quvvat
|
Ist.
ef.soni
|
Mak.
koef
|
Hisobiyyuklama
|
bittasi
RN
|
umum
RN
|
RUkVT
|
QUkVar
|
RXkVT
|
QXkVAR
|
SXkVA
|
1
|
2
|
3
|
4
|
5
|
6
|
7
|
8
|
9
|
10
|
11
|
12
|
13
|
14
|
15
|
1
|
1-guruh grafi gi o‘zgaruvchi
iste’molchi.
Metall qirquvchi stanoklar
|
18
|
8-10
|
164
|
1,25
|
0,25
|
0,7/1
|
41
|
41
|
|
|
|
|
|
2
|
YUk ko‘taruvchi mexanizmlar
|
5
|
10-20
|
80
|
2
|
0,18
|
0,6/1,33
|
14,4
|
19,2
|
|
|
|
|
|
3
|
Payvandlovchi
tr-lar
|
3
|
20
|
60
|
-
|
0,35
|
0,5/1,73
|
21
|
36,3
|
|
|
|
|
|
1 guruh yakuniysi
|
26
|
8-20
|
304
|
2,5
|
0,25
|
0,62/1,26
|
76,5
|
26
|
1:3
|
99,3
|
96,5
|
138,5
|
|
1
|
2 – guruh grafigi kam o‘zgaruvchi iste’molchi
transf-lar
|
15
|
7,1-3,0
|
198
|
-
|
0,6
|
0,75/0,882
|
118,8
|
104,8
|
-
|
-
|
|
|
|
2
|
Ventilyator va nasoslar
|
10
|
5,6-15
|
133,8
|
-
|
0,7
|
0,85/0,62
|
93,7
|
58,1
|
-
|
-
|
|
|
|
3
|
Qarshilik pechlari
|
2
|
35
|
70
|
-
|
0,7
|
0,85/0,62
|
49
|
30,4
|
-
|
-
|
|
|
|
2 guruh yakuniysi
|
27
|
5,635
|
401,8
|
-
|
-
|
-
|
261,5
|
193,3
|
-
|
-
|
261,5
|
193,3
|
325,2
|
Sex bo‘yicha jami
|
53
|
5,635
|
705,8
|
|
|
|
337,9
|
289,8
|
|
|
360,8
|
289,8
|
462,8
|
5. O‘rtacha aktiv va reaktiv yuklamalarni maksimal yuklangan smena uchun hisoblaymiz (4- va 10- bandlar)
6. bo‘lgan iste’molchilar guruhi uchun qabul qilamiz (11- band).
7. I guruh uchun ishlatish koeffitsientini hisoblaymiz.
8. KI va nef ga bog‘liq holda jadvaldan KMni aniqlaymiz (12- band)
9. Aktiv hisobiy yuklamani aniqlaymiz
10. nEF>10 bo‘lgani uchun, qabul qilish mumkin:
11. I – guruh uchun hisobiy to‘la yuklama quyidagicha aniqlanadi:
12. 2-guruh iste’molchilari uchun 9- va 10- bandlarni 1-guruh iste’molchilarning aniqlash tartibiga o‘xshab aniqlanadi.
13. YUklama grafigi kam o‘zgaradigan iste’molchilar uchun maksimum koeffitsienti 1 ga teng deb olinishi mumkin, ya’ni.
va
14. 1 – va 2-guruh elektr iste’molchilarning RX va QX natijalarini qo‘shib, mexaniqa sexining umumiy RX va QX larini aniqlanadi, keyin olingan natijalar asosida mexaniqa sexining to‘la yuklamasini hisoblanadi:
7 – Amaliy mashg‘ulot
Elektr ta’minoti tizimida qisqa tutashuvni hisoblash va apparatlarni tanlash.
Qisqa tutashuv (QT) deganda, normal ish holatida uchramaydigan, fazalar aro tutashuv yoki neytral nuqtasi zaminlangan tizimlarda, bir va undan ko‘p fazalarni er bilan tutashuvi tushuniladi.
Uch fazali tizimida quyidagi QT lar bo‘lishi mumkin:
Uch fazali qisqa tutashuv - uchta fazaning bitta joyda va bir vaqtda o‘zaro tutashuvi.
Ikki fazali qisqa tutashuv - uch fazali tizimda ikkita fazaning bevosita tutashuvi.
Bir fazali qisqa tutashuv - neytrali zaminlagan uch fazali tizimda bitta fazasining erga tutashuvi.
Qisqa tutashuv sodir bo‘lishiga asosiy sabablar, bu - izolyasiyaning mexaniq shkastlanishi - er ishlari jarayonida kabelni ishdan chiqishi; chinni izolyasiyalarni sinishi; havo liniyalari ustunlarini yiqilishi; eskirish, ya’ni izolyasiyalash hususiyatlarini yomonlashuvi; izolyasiyani namlanishi; atmosferada sodir bo‘ladigan o‘takuchlanishdan fazalarni birikishi; har xil o‘tkazgich materiallar bilan fazalarni qoplanishi; operativ kommutatsiyalar jarayonida xatoliklarga yo‘l qo‘yilishi va h.k.
Q.t. sodir bo‘lgan, zanjirlarda tokning miqdori keskin ortadi va tizimning ayrim joylarida kuchlanish kamayib ketadi. Q.t. bo‘lgan nuqtalarda yoy hosil bo‘lishi natijasida apparatlar, mashinalar va boshqa qurilmalar to‘la yoki qisman buziladi. Q.t. joyiga yaqin bo‘lgan o‘tkazgichlar, izolyatorlar va elektr mashinalarining chulg‘amlariga katta mexaniq kuchlar ta’sir etadi. YUqori miqdordagi toklar natijasida o‘tkagichlarni qizishidan kabel tarmoqlarida, tarqatish qurilmalarida va elektr ta’minoti tizimining boshqa elementlarida yong‘in chiqishi mumkin. Kuchlanishni pasayishi mexanizmlarning normal ish holatini buzilishiga, yuritgichlar va agregatlarni to‘xtashiga olib keladi. Q.t. elektroenergetika tizimiga katta salbiy ta’sir ko‘rsatib, generatorlarning parallel ishlashini buzilishiga va tizimning barqarorligi izdan chiqishiga olib kelish mumkin. Q.t. oqibatlarini kamaytirish uchun tizimning shikastlangan qismini tezkor ishlaydigan uzgichlar orqali zudlik bilan o‘chirishi zarur. Barcha elektr apparatlari, elektr qurilmalarining tok o‘tkazuvchi qismlarini shunday tanlash kerakki, ular o‘tish jarayonidagi katta miqdorli q.t. toklarga bardosh bera olishsin. Buning uchun q.t. toklarni to‘g‘ri hisoblash va uning miqdoriga qarab elektr apparatlari va qurilmalarni tanlash maqsadga muvofiqdir.
Q.t. tokining ta’sirini kamaytirishda generatorlarni qo‘zg‘atish toklarini avtomatik rostlashning ahamiyati katta bo‘lib, ular avariya holatlarda kuchlanishni kerakli miqdorini ushlab turish imkonini beradi.
Elektr ta’minoti tizimida bir fazali q.t. eng ko‘p sodir bo‘ladi. Kam uchraydigani va eng xaflisi - uch fazali q.t. bo‘lib, elektr qurilmalarini tanlash jarayonida ushbu q.t. toki hisoblanadi. Q.t. tokini hisoblaganda quyidagi cheklanishlar qabul qilinadi:
Uch fazali tarmoqlar simmetrik;
Mavjud elektr manbalari elektr yurituvchi kuchlarining fazalari bir xil;
Havo va kabel tarmoqlarida sig‘imlar hisobga olinmaydi;
Elektr ta’minoti tizimi elementlari faqat bo‘ylanma aktiv va induktiv qarshiliklardan iborat;
Q.t. tokining manbalari vazifasini turbo va gidrogeneratorlar, sinxron kompensatorlar va yuritgichlar, asinxron mashinalar o‘taydilar;
Magnit tizimlarida to‘yinish sodir bo‘lmaydi;
Barcha elektr stansiyalardagi sinxron generatorlar qo‘zg‘atish tokini rostlovchi avtomatik qurilmalar bilan jihozlangan.
Bu cheklanishlar hisobiy q.t. tokini aniqlashni osonlashtiradi va ko‘p bo‘lmagan joiz xatoliklarga olib keladi.
Elektr ta’minoti tizimidagi o‘tish jarayonlarining ichida eng xavfligi uch fazali qisqa tutashuvdir.
Q.t. tokini topish uchun elektr ta’minoti tizimining normal sharoitiga mos keladigan bir liniyali hisoblash sxemasi tuziladi va undagi energiya manbalari parallel ulangan deb qaraladi. Hisoblash sxemasida barcha manbalar (generatorlar, sinxronlar kompensatorlar, katta quvvatli sinxron va asinxron mashinalar, energotizimlar), transformatorlar, havo va kabel liniyalari, reaktorlar ko‘rsatiladi. Hisoblash sxemasi asosida almashtirish sxemasi tuziladi. Unda tizimdagi barcha elementlarning qarshiliklari ko‘rsatiladi va q.t. toki aniqlanishi kerak bo‘lgan nuqta belgilanadi.
Generatorlar, katta quvvatli transformatorlar, havo liniyalari, reaktorlar almashtirish sxemasida induktiv qarshilik sifatida ko‘rsatiladi. Kuchlanishi 6-10 kV bo‘lgan kabel liniyalar, quvvati 1600 kVA va undan kichik bo‘lgan transformatorlar almashtirish sxemasida aktiv va induktiv qarshiliklar deb olinadi. Barcha qarshiliklar nomli yoki nisbiy birliklarda olinishi mumkin.
Q.t. tokini hisoblashda kuchlanish va quvvatning bazaviy miqdorlari qabul qilinadi. Bazaviy kuchlanish sifatida q.t. toki hisoblanayotgan nuqtaning o‘rtacha kuchlanishini olish mumkin. Bu esa quyidagi qiymatlardan biri bo‘lishi mumkin:
U=230; 115; 37; 105; 63; 3,15; 0,4; .... 0,23 kV
Bazaviy quvvat tariqasida 100 yoki 1000 MVA olinadi.
Ko‘riliyotgan nuqtada bazaviy tok:
Havo va kabel liniyalari uchun karshiliklar quyidagicha:
bu erda: ; -liniyani 1 km uzunligiga to‘g‘ri keladigan aktiv va induktiv qarshilik;
-liniyani uzunligi, km;
Transformatorlar uchun karshiliklar quyidagicha:
bu erda: -transformatorni QT kuchlanishi;
-transformatorni QT nobudgarchiligi, kVt;
Ko‘riliyotgan nuqtagacha natijaviy to‘la o‘arshilik:
bu erla: -aktiv qarshiliklar yig‘indisi.
-reaktiv qarshiliklar yig‘indisi.
Ko‘riliyotgan nuqtada QT toki:
Kuriliyotgan nuktada zarbaviy KT toki:
bu erda: -zarb koeffitsienti bo‘lib, u zarb tokining miqdorini davriy tashkil etuvchisining maksimal qiymatidan necha marotaba kattaligini ko‘rsatadi. Kuchlanishi 1000 V dan yuqori bo‘lgan elektr tarmoqlari uchun =1,8.
QT tokining miqdoriga qarab elektr apparatlari, izolyatorlar, shina va kabellar qabul qilinadi.
8-Amaliy ish
Kuch transformatorinni tanlash
Korxonaning ratsional elektr ta’minoti tizimini yaratishda BPP va sex nimstansiyalaridagi kuch transformatorlarning soni va quvvatlarini texnik va iqtisodiy nuqtai nazaridan to‘g‘ri tanlash katta ahamiyatga ega. Texnik ko‘rsatgichlarga elektr ta’minoti sxemasining ishonchliligi, ekspluatatsiyada qulayligi, jihozlarni uzoq muddatda ishlay olishi, avtomatlashganlik darajasi va boshqalar kiradi. Iqtisodiy ko‘rsatgichlarga esa asosan boshlang‘ich kapital mablag‘ va yillik sarf-xarajatlar kiradi. Korxona uchun kuch transformatorlarning soni va quvvatlarini tanlashda ikki yoki ko‘p variantlar tahlil qilinib, ulardan eng ma’quli olinadi.
Korxona elektr ta’minoti tizimidagi transformatorlar tanlanganda ularning ikkita yoki uchta standart quvvatli bo‘lishiga erishish maqsadga muvofiqdir. Bunda zahiridagi transformatorlar soni kamayib, buzilganini almashtirishni osonlashadi.
35 kV va undan katta kuchlanishli nimstansiyalarning sxemalarida yuqori kuchlanishli tomonlarida o‘zgichlar ishlatilmasa ta’minot tizimi katta miqdorda arzonlashadi. Barcha chekka nimstansiyalar loyihalashtirilganda yuqori kuchlanishli qismiga o‘zgichlar o‘rniga qisqa tutashtirgichlar va ajratgichlar qabul qilish tavsiya etiladi. Sex nimstansiyalarida transformatorlarni yuqori kuchlanishli liniyalariga ayirgichlar yoki ayirgich-saqlagichlar, yoki yuklamani o‘chirgich-saqlagichlar orqali ulash to‘g‘ri bo‘ladi.
BPP va MTP lardagi trasformatorlar soni elektr ta’minotiga bo‘lgan ishonchlilik darajasi bilan aniqlanadi. Bir transformator ishdan chiqsa ikkinchisi buzilgan transformatorni ta’mirlash yoki almashtirishga ketadigan vaqt oralig‘i uchun 100% li ishonchilikni ta’minlaydi.
Birinchi toifali iste’molchilarni ikkita transformatorli nimstansiyalardan ta’minlash zarur bo‘lib, har bir transformator ayrim shina seksiyalariga ulanishi kerak. Kichik kuchlanishli ishchi shinalar seksiyalari ham alohida saqlanadi. Bu esa kichik kuchlanishli tarmoqlarning ish sharoitlarini yaxshilab, qisqa tutashuv tokining miqdorini ikki marotaba kamaytiradi.
Ikkinchi toifali iste’molchilarni ikki trasformatorli yoki bir transformatorli nimstansiyadan (zahiridagi transformatorni biror soat davomida almashtirish imkoni bo‘lganda) energiya bilan ta’minlash mumkin.
Uchinchi toifali iste’molchilar zahirada transformator mavjud bo‘lganda, bir transformatorli nimstansiyaga ulanishlari mumkin.
Transformatorlar quvvatlarini hisobiy yuklamalarga mos ravishda qabul qilinadi. SHu bilan birga transformatorning iqtisodiy ish rejimi va iste’molchilarning elektr ta’minoti bo‘yicha ishonchlikni ta’minlashni ham hisobga olinadi. Me’yoriy sharoitda transformatorning yuklamasi uning tabiiy ishlash muddatini qisqartirishi kerak emas.
Transformatorning nominal quvvati deganda shunday yuklanish tushuniladiki, unda nominal ish sharoitida, belgilangan ishlash muddati davomida (taxminan 20 yil) transformator uzluksiz ishlay oladi. Transformatorning normal ish sharoitida quyidagi shartlar bajarilishi zarur:
Sovutuvchi muhitning harorati - 20S;
Transformator moyining o‘rtacha harorati atrof-muhit haroratidan 44S ga (M va D sovutish tizimlari uchun) yoki 36S ga (DS, S sovutish tizimlari uchun) oshmasligi kerak;
CHulg‘amning eng qizigan nuqtasidagi harorat uning o‘rtacha haroratidan 13S ga oshmasligi zarur;
Qisqa tutashuv nobudgarchiligini salt ishlash nobudgarchiligiga nisbati taxminan beshga teng bo‘lishi kerak;
Izolyasiya harorati o‘rtacha (85S) haroratga nisbatan 6S o‘zgarsa uning ishlash muddati ikki marotabaga o‘zgaradi;
O‘tish jarayonlarida transformator moyining yuza qismidagi harorat 95S dan, chulg‘am metallining eng qizigan qismining harorati esa 140oS dan oshmasligi kerak.
Transformatorlar quvvatlarini tanlashda ularning o‘tayuklanish imkoniyatlarini hisobga olish kerak. Aks holda, o‘rnatilayotgan transformatorning quvvatini zaruryatsiz katta qabul qilishga to‘g‘ri keladi. Ekspluatatsiya jarayonida transformatorlarni tizimli yoki favqulodda holatlarda o‘tayuklatish mumkin.
Transformatorni favqulotda (avariya) holatda 5 sutka davomida 40% gacha o‘ta yuklatishga ruhsat etiladi. Bunday yuklatishning vaqti har sutkada 6 soatdan oshmasligi kerak. Buning uchun avariya holatigacha transformatorning yuklamasi uning pasportida ko‘rsatilgan quvvatning 0,93 qismidan oshmagan bo‘lishi zarur.
Sanoat korxonalari iste’molchilarining elektr ta’minotida zarur bo‘lgan qudratli transformatorlarning soni, quvvati va tiplarini tanlashda quyidagi tartib tavsiya etiladi:
Nimstansiyada o‘rnatiladigan transformatorlarning soni iste’molchilarning elektr ta’minotining ishonchligiga bo‘lgan talabidan kelib chiqiladi.
Nimstansiyadagi transformatorlarni quvvatini hisobiy to‘la quvvat asosida tanlanadi.
Bu erda Rr,Qx- korxonaning hisobiy aktiv va reaktiv quvvatlari. Qx aniqlaganda korxonada o‘rnatilgan reaktiv quvvatini kompensatsiyalovchi qurilmalarining quvvatini hisobga olish kerak. Agar sanoat korxonasining BPP ikkita transformator o‘rnatilishi zarur bo‘lganda, ularning har birining nominal quvvat quyidagicha aniqlanadi:
Avariya holatlar uchun transformatorning o‘tayuklanish imkoniyatini tekshirib ko‘riladi.
Bu erda hisobiy quvvat SX aniqlaganda, III toifali iste’molchilar e’tiborga olinmaydi.
Sex nimstansiyalarida transformatorlarni qabul qilishda yuklama zichligini ham hisobga olinadi:
Bu erda Sx - sex, korpus yoki bo‘limning hisobiy yuklamasi;
Transformatorlarni ratsional yuklanish koeffitsientini quyidagicha olish tavsiya etiladi:
- ikki transformatorli nimstansiyalarning yuklamalarida I toifali iste’molchilar ko‘pchilikni tashkil etganda, Kyu=0,650,7;
- bir transformatorli podstansiyalarda, kichik kuchlanishda boshqa podstansiyadan rezerv liniya mavjudligida, Kyu=0,70,8;
II toifali iste’molchilar ko‘pchilikni tashkil qilib, markazlashtirilgan zahirada transformator mavjud bo‘lganida yoki nimstansiya yuklamalari III toifali iste’molchilardan iboratligida, Kyu=0,90,95.
Nimstansiyadagi transformatorlar quvvatlarining mumkin bo‘lgan variantlari, favqulodda holatdagi va tizimli o‘tayuklanishlarni hisobga olgan holda, ko‘rib chiqiladi. Belgilangan variantlardan texnik-iqtisodiy ko‘rsatgichlari eng qulay bo‘lgani qabul qilinadi.
Nimstansiyaning kelajakda yuklamasini ortishini hisobga olib uning binosi fundamentini yuqori quvvatli transformatorga mo‘ljallab bajariladi yoki nimstansiyani qo‘shimcha transformator o‘rnatish evaziga kengayishini nazarda tutiladi.
9 – Amaliy mashg‘ulot
O‘tkazgichlar, kabellar va shinalarning kesimlarini aniqlash
O‘tkazgichlar, kabellar va shinalarni tanlashda texnik va iqtisodiy omillarni hisobga olish kerak. Texnik omillar quyidagilardan iborat:
Ishchi (hisobiy) tok ta’siridan uzoq vaqt davomida qizish;
Qisqa tutashuv toki ta’siridan qisqa vaqt davomida qizishi;
Normal va avariya holatlarda kuchlanishning nobudgarchiligining miqdori;
Tashqi muhit kuchlariga (shamol, simning muz bilan qoplangan qismining og‘iriligi) va o‘z og‘iriligi ta’siridan sodir bo‘ladigan mexaniq yuklamaga chidamliligi;
Atrof-muhit, kuchlanish va o‘tkazgichning kesimiga bog‘liq bo‘lgan omil - tojlanishga chidamliligi.
Havo va kabel liniyalari kesim yuzasini aniqlash.
Elektroenergiya manbadan sanoat korxonalari qabul punktlarigacha havo va kabel liniyalari orqali uzatiladi.
Havo va kabel liniyalari kesim yuzasini tanlashda texnik va iqtisodiy omillarni hisobga olish kerak.
Texnik omillar quyidagilardan iborat:
1. Ishchi (hisobiy) tok ta’siridan uzoq vaqt davomida qizish;
2. Qisqa tutashuv toki ta’siridan qisqa vaqt davomida qizish;
3. Normal va avariya holatlarda kuchlanishning nobudgarchiligining miqdori;
4. Tashqi muhit kuchlariga (shamol, simning muz bilan qoplangan qismining og‘irligi) va o‘z og‘irligi ta’siridan sodir bo‘ladigan mexaniq yuklamaga chidamliligi;
5. Atrof-muhit, kuchlanish va o‘tkazgichning kesimiga bog‘liq bo‘lgan omil-tojlanishga chidamliligi.
Iqtisodiy omil deganda qabul qilingan o‘tkazgichlar, kabellar va shinalarga ketadigan kapital va ekspluatatsiya xarajatlar tushuniladi.
Ishlab chiqarilgan kabellar uchun mexaniq mustahkamlik va tojlanishni bo‘lmasligi zavod tomonidan kafolatlanadi. SHuning uchun kabellarga mexaniq mustahkamlik va tojlanish shartlari bo‘yicha aniqlanmaydi.
Elektr energiyasini iste’molchilarga uzatilishdagi xarajatlar ko‘p jihatdan ishlatilinayotgan o‘tkazgichning ko‘ndalang kesimiga bog‘liqdir. Ma’lumki, liniyaning kesimi qanchalik katta bo‘lsa, shunchalik elektr energiyasining nobudgarchiligi kamayadi. Lekin, bu holda rangli metallarning sarfi va liniyani qurishga ketadigan xarajatlar oshadi. Iqtisodiy qulay liniyani tanlash uchun liniyaning har xil kesimlari uchun ketadigan kapital mablag‘lar va yillik ekspluatatsiya xarajatlarini solishtirish zarur bo‘ladi.
Uzatish liniyasini iqtisodiy maqsadga muvofiq kesimi deganda, kesimning shunday standart qiymati tushuniladiki unda keltirilgan yillik sarf-xarajatlarning miqdori minimum bo‘ladi.
Elektr qurilmalarining tuzilishi qoidalarida iqtisodiy maqsadga muvofiq kesimni, iqtisodiy tok zichligi (A/mm2) qiymatidan foydalanib, quyidagi munosabat orqali topishni tavsiya etiladi:
bu erda: -liniyaning hisobiy toki. Iqtisodiy tok zichligining qiymati simning materiali, tuzilishi va yuklama maksimumining vaqt davomiyligi asosida aniqlanadi. Bunda elektr energiyasining kuchlanishi, narxi hisobga olinmaydi.
Havo va kabel liniyalari o‘tish tokidan qizishini hisobga olib tanlashda quyidagi ikki munosabatdan foydalaniladi:
1) 2)
bu erda: -o‘tkazgichning joiz davomiylik toki;
-ishchi (hisobiy) tok;
-himoyalovchi apparatining nominal toki;
-o‘tkazgichlar, kabellarni o‘tkazish sharoitini hisobga oluvchi to‘g‘irlash koeffitsienti;
-himoyaning koeffitsienti.
Havo va kabel liniyalari kesim yuzasi ishchi tok bo‘yicha qabul qilinganda himoyalovchi apparatning ishlash tokini ( ) aniqlash uchun liniyada qanday himoyalar (eruvchan saqlagichlar, avtomatik uzgichlar, magnit ishlatgichlarning issiqlik relesi) qo‘llanilganligini bilish kerak. Agar bu o‘rinda saqlagichlar ishlatilsa eruvchan kiritmaning nominal toki himoyalash toki hisoblanadi.
Elektr energetika tizimi iste’molchilarini sifatli enegiya bilan ta’minlash zarur. Elektr energiyasining eng asosiy sifat ko‘rsatgichlaridan biri bu iste’molchilarga berilayotgan kuchlanishning miqdori hisoblanadi. Kuchlanishni kerakli pog‘onada ushlab turish elektrotexnikaning murakkab masalalaridan biri hisoblanadi. Kuchlanishni stabillashtirish uchun o‘tkazgichlarning kesimini joiz kuchlanish bo‘yicha qabul qilish maqsadga muvofiqdir.
Uch fazali tarmoqlarda kuchlanish yo‘qotuvining taxminiy qiymati quyidagicha aniqlanadi:
bu erda -hisobiy tok;
-kabel liniyasining uzunligi;
, -kabel liniyasining aktiv va induktiv qarshiliklari;
-iste’molchining quvvat koeffitsienti.
O‘tkazgich va kabel simlarining kichik kesimlarida (25 mm2 gacha) asosiy qarshilik sifatida aktiv qarshilik olinadi. 70 mm2 dan katta buo‘lgan kesimlarda induktiv qarshilik albatta hisobga olinishi kerak.
Kabellar, shinalar nominal tok va kuchlanishlar bo‘yicha qabul qilinib, qisqa tutashuv tokining termik ta’siriga tekshirib ko‘riladi. 10 kV gacha bo‘lgan mis yoki alyumin simli va qog‘oz izolyasiyali kabellarda QT rejimida haroratning qisqa muddatli oshishi 250° dan oshmasligi kerak. Bu shart kabel simining ko‘ndalang kesimining qiymati quyidagicha aniqlanishi kerak:
bu erda: -qisqa tutashuv rejimining turg‘un toki;
-keltirilgan vaqt davomiyligi, bu vaqt davomida QT turg‘un toki shunday issiqlik hosil qiladiki, uning miqdori o‘zgaruvchan QT tokini haqiqiy t vaqtidagiga ekvivalent bo‘ladi. - miqdori maxsus adabiyotlarda keltirilgan grafiklar asosida aniqlanadi.
-kabel simining joiz qizishi xaroratining qiymatiga boglik bulgan koeffitsient uning mikdori 10 kV gacha bo‘lgan mis va alyuminiy simli kabellar uchun mos ravishda 7 va 12 ga teng.
Kabel kesimini ga eng yaqin kichik standart kesim tanlanadi.
Kabel liniyalarini termik bardoshligi va kuchlanish isrofi bo‘yicha tekshirish
BPP dan chiqib ketayotgan 10 kV li kabellar rele himoyasi bilan himoyalangan. SHuning uchun ularni termik bardoshligi bo‘yicha tekshirish shart.
mm2
SHu shartni hisobga olgan holda 6 chi jadvalda keltirilgan BPP dan chiqib ketayotgan kabellar yuzasi Fn=35 mm2 dan kam bo‘lganlarini o‘zgartiramiz va 7 chi jadvalga kiritamiz.
0,4 kV li kabellar toki katta bo‘lganligi sababli kuchlanish isrofini hisoblash shart.
Misol tariqasida KL-10 uchun kuchlanish isrofi 5% dan oshmasligi kerak.
Xuddi shunday, qolgan kabellar uchun kuchlanish isrofini hisoblab 8 chi jadvalga kiritamiz.
4-jadval
№
KL
|
0,4 kV li kabel liniyalari uchun
|
Ix.rp
A
|
L rp
km
|
rud
Om/km
|
xud
Om/km
|
ΔU
%
|
9
|
TP-1 dan RP-1 ga
|
848,4
|
0,5513
|
0,62
|
0,0625
|
2,44
|
10
|
TP-2 dan RP-2 ga
|
464,8
|
1,47
|
0,206
|
0,0596
|
2,53
|
11
|
TP-3 dan RP-3 ga
|
585,8
|
0,3063
|
0,89
|
0,0637
|
2,67
|
Foydalanilgan adabiyotlar
Fedorov A.A., Kameneva L.E. Osnovы elektrosnabjeniya promыshlennыx predpriyatiy. M. Energiya. 1984.
Fedorov A.A., Starkova L.E. Uchebnoe posobie dlya kursovogo i diplomnogo proektirovaniya po elektrosnabjeniyu promыshlennыx predpriyatiy. M. Energoatomizdat. 1987.
Qodirov T.M., Alimov X.A. Sanoat korxonalarining elektr ta’minoti. TDTU., 2006.
Aliev I.I. Spravochnik po elektrotexnike i elektrooborudovaniyu. M.: Vыsshaya shkola, 2002.
Grigorev V.I., Kireeva E.A., Mironov V.A., Mintyukov A.P., CHoxonelidze A.N. Elektrosnabjenie i elektrooborudovanie sexov. M.: Energoatomizdat, 2003.
Mundarija
Kirish......................................................................................................................
Amaliy mashg‘ulotlarni bajarish uchun berilgan qiymatlar:
1 – Amaliy mashg‘ulot
Hisobiy yuklamani o‘rnatilgan quvvat va talab
koeffitsienti asosida aniqlash................................. ..................................
2 – Amaliy mashg‘ulot
Elektr yuklamalar markazini topish.........................................................
3 – Amaliy mashg‘ulot
Kran elektr yuritmalarining keltirilganquvvatinitopish..............................
4 – Amaliy mashg‘ulot
Elektr ta’minoti tizimida nosinusoidallik va
nosimmetriya koeffitsientlarni aniqlash...............................................
5 – Amaliy mashg‘ulot
Hisobiy yuklamani o‘rnatilgan quvvat va talab
koeffitsienti asosida aniqlash...................................................................
6-Amaliy ish
Tartibga solingan diagrammalar usulidahisobiy
quvvatni topish.............................................................................................
7 – Amaliy mashg‘ulot
Elektr ta’minoti tizimida qisqa tutashuvni hisoblash va apparatlarnitanlash.............................................................................................
8-Amaliy ish
Kuch transformatorinni tanlash ....................................................................
9 – Amaliy mashg‘ulot..
O‘tkazgichlar, kabellar va shinalarning kesimlarini
aniqlash...............................................................................................................
Foydalanilgan adabiyotlar............................................................................ ..
Do'stlaringiz bilan baham: |