Eroziya jarayonlarining oldini olish uchun o'simlik qoplamini tiklash, agrotexnik tadbirlarni to'g'ri olib borish, yashil himoya qalqonlarini bunyod qilish, gidrotexnik tadbirlarni rejali o'tkazish va boshqalar kiradi. Oltmishinchi yillarda almashlab ekish usuli tanqid qilinib, ancha yillar davomida ta'qiqlab qo'yildi. Keyinchalik ko'p mintaqalarda monokultura tufayli almashlab ekishni keng joriy etish imkoni bo'lmay qoldi. Natijada yerning unumdorligi borgan sari kamaya bordi. Respublikamizda qishloq xo'jaligida foydalaniladigan yerlarning umumiy maydoni 28 mln ga yerlarni tashkil etsa, undan: 23 mln ga yaylovlar, 0,7 mln ga yer lalmikor va 4,2 mln ga sug'oriladigan yerlardan iborat. Sug'oriladigan yerlarning 42% ga paxta ekiladi, 12% ga g'alla ekiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |