1.Insoniyat tarixida g’oya va mafkuralar namoyon bo’lishining asosiy bosqichlari.
2. Mifologiya, teologiya va xalq ma’naviy-madaniy qadriyatlarida milliy g’oya va mafkuraning ifodalanishi. “Avesto” va Zardushtiylikda g’oyalar takomili
3. Temuriylar davri g’oyalari, Amir Temur, Ulug’bek, Navoiy, Boburning milliy va umuminsoniy g’oyalar to’g’risidagi fikrlari
Har qanday mafkura, milliy g`oya tarixiy, madaniy ma’naviy meros, tarixiy xotira asosida shakllantiriladi va ularga suyanadi. «Milliy g`oya oldiga qo`yiladigan talablar haqida gapirmoqchi bo`lsak, avvalo, uning ikki suyangan togi-tayanchi xakida fikr yuritishimiz zarur. Birinchi navbatda, milliy mafkuramiz xalkimizning tarixiy merosi, azaliy an’analari, udumlari, tili, dini, ruxiyatiga, bir suz bilan aytganada, milliy kadriyatlarimiz, xalkimizninig dunyokarashi va tafakkuriga asoslangan holda zamonaviy, umumbashariy, umuminsoniy yutuqlardan ozuqlangan, ularni o`ziga qamrab olgan tarzda YUrt tinchligi, Vatan ravnaki, Xalk manfaatlari va farovonligi yo`lida xizmat qilmog`i darkor».
Milliy g`oyaninig tarixiy ildizlarini bilish shuning uchun muhimki, bu ildizlarda ajdodlarimizning buyukligini tasdiqlovchi dalillar bor, kelajak orzu-umidlarini ko`rsatuvchi ma’lumotlar yetarli, insonni faollikka, shu asosda yangi jamiyat qurishga chorlovchi da’vatlar mavjud. Milliy g`oyaning ma’naviy-tarixiy ildizlarini chuqur anglash insonning amaliy harakatiga qudratli ta’sir ko`rsatuvchi omil bo`lib xizmat qiladi.
Milliy g`oyaning tarixiy- ma’naviy ildizlari madaniy – ma’naviy merosda, tarixiy ong va tarixiy xotiradadir. Bu ildizlarni bilish, yana bundan tashqari, milliy g`oya kurtaklari turli tarixiy davrlarda paydo bo`la boshlaganini, mazmuni boyib berganligini anglashga yordam beradi. Milliy g`oya ma’naviyatning tarkibiy qismi ekanligini hisobga oladigan bo`lsak, «albatta, har qaysi xalq yoki millatining ma’naviyatini uning tarixi, o`ziga xos urf-odat va an’analari, hayotiy qadriyatlaridan ayri holda tasavvur etib bo`lmaydi. Bu borada, tabiiyki, ma’naviy meros, madaniy boyliklar ko`hna tarixiy yodgorliklar eng muhim omillardan biri bo`lib xizmat qiladi»1. Milliy g`oyaning oziklantiruvchi ildizlarini bilish va anglash inson ma’naviyatini yuksalatiradi. Tarixiylik va mantiqiylikni o`zida mujassamlashtirgan «YUksak ma’naviyat yengilmas kuch» asarida Islom Karimov tomonidan yaxlit holda ko`rsatilgan ma’naviyatni shakllantiradigan asosiy mezonlar bular - ayni paytda milliy g`oyaning tarixiy va zamonaviy ildizlari xam hisoblanadi[21].
Ma’lumki, milliy o`zlikni anglash milliy g`oyaning o`zak unsuri. O`zlikni anglash bu - tarixiy xotirani tiklash, nasl-nasabimiz kim ekanini, kimlarining vorisi ekanmizni anglab yetish, shundan kelib chiqib, o`zimizga xos, o`zimizga mos jamiyat barpo etishdir. «Tarixiy xotirasi bor inson – irodali inson»[3]. Demak, milliy g`oya, ma’naviy meros va tarixiy xotira uzviy bog`liq bo`lib, tarixiy ildizlari ham yagonadir. Islom Karimov ana shunday mantiqiy xulosalar chiqarib, shu sohalarni davlat siyosatining ustuvor darajasiga ko`tardi, ularni o`rganish, hayotga qo`llashninig dasturulamal ko`rsatmalarini berdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |