6 - Mavzu: Jamiyat barqarorligini ta'minlashning ijtimoiy-g’oyaviy asoslari.
Reja:
1. O'zbekistonda olib borilayotgan milliy siyosatning o'ziga tamoyillari. O'zbekistonda amalga oshirilayotgan milliy siyosatda millatlar va etnik birliklar manfaatlari himoya qilinishining huquqiy va ijtimoiy asoslari.
2. O'zbekistonda yashayotgan etnik birliklar tafakkurida milliy g'oyaga sadoqatni shakllantirishning ob'ektiv, sub'ektiv omillari, millatlar aro totuvlik va hamkorlikning - ijtimoiy barqarorlikni ta'minlash sharti. O'zbekistonda faoliyat ko'rsatayotgan milliy madaniy markazlar.
3. Mustaqil O'zbekistonda dinlararo bag'rikenglik (tolerantlik) – ijtimoiy barqarorlikni ta'minlash sharti. O'zbekistonda rasmiy tan olingan diniy konfessiyalar faoliyatining millatlararo totuvlikni ta'minlashdagi roli.
Sakkizinchi mavzuni talabalarga tushuntirishda zamonaviy interfaol metodlar, axborot kommunikatsiya texnologiyalarining yutuklaridan, ko'rgazmali qurollar, sxema va diagrammalardan keng foydalaniladi.
Jamiyat barqarorligini ta'minlashda iqtisodiy - siyosiy, ijtimoiy - ma'naviy omillarning o'zaro bog'liqligi, Milliy g'oyaning etnosiyosat va etnomadaniyatga ta'siri. O'zbekistonda milliy siyosatning amalga oshirilishi va unda etnik birliklar manfaatlari himoya qilinishining huquqiy va ijtimoiy asoslari. O'zbekistonda yashayotgan etnik birliklar tafakkurida. Milliy g'oyaga sadoqatni shakllantirishning ob'ektiv va sub'ektiv omillari. Mamlakatimizda millatlararo totuvlikni ta'minlash - ijtimoiy barqarorlikni mustahkamlashdagi o'rni, millatlararo hamkorlikning siyosiy va qonuniy, huquqiy asoslarini mustahkamlashda davlatning bosh islohatchilik roli. „O'zbekiston yagona Vatan " g'oyasi barqarorlikni ta'minlashning nazariy asosi.
O'zbekistonda milliy madaniy markazlaming tashkil etilishi vositalari, milliy -madaniy ehtiyojlarni qondirishga qaratilgan institutsional asoslarning yaratilganligi, millatlar aro munosabatlarni yanada takomillashtirish, milliy qadriyatlarni saqlab qolish va rivojlantirish borasidagi milliy madaniy markazlarining faoliyati.
Til madaniy muloqot va barqarorlikning muxim vositasi.
Diniy bag'rikenglik - ijtimoiy barqarorlikni ta'minlashning sharti. Din ijtimoiy hayot, vokelikni, uning hodisalarini o'ziga xos tarzda aks ettiruvchi ijtimoiy ong shakllaridan bin ekanligi. Diniy qariashlarning xilma - xilligi. O'zbekistonda rasmiy tan olingan diniy konfessiyalar faoliyatining millatlar aro totuvlikni ta'minlashdagi roli. 2007 yilda „ Toshkent- islom madaniyati poytaxti" deb e'lon qilinishining tarixiy ahamiyati.Toshkent Islom universiteti, Toshkent Islom institutining aholi ongida dinga bo'lgan munosabatni shakllantirishdagi roli.
Do'stlaringiz bilan baham: |