O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
NAVOIY KON-METALLURGIYA KOMBINATI
NAVOIY DAVLAT KONCHILIK INSTITUTI
KIMYO-METALLURGIYA FAKULTETI
IJTIMOIY-GUMANITAR FANLAR KAFEDRASI
“Milliy goya: asosiy tushuncha va tamoyillar” fanidan
MA’RUZALAR MATNI.
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
KONCHILIK INSTITUTI
«Ijtimoiy-gumanitar fanlar»
KAFEDRASI
«Milliy g’oya: asosiy tushuncha va tamoyillar»
FANIDAN MA’RUZALAR
M A T N I
(O’zbekiston Respublikasi Oliy Ta’lim
bakalavriat bosqichi uchun)
Mazkur ma’ruzalar matni O’zbekiston Respublikasi Prezidenti asarlari asosida va «Milliy istiqlol g’oyasi” darsligi (Akademiya 2005) asosida tayyorlangan.
(Ma’ruza matni kafedraning ____ avgust 2018 yilgi yig’ilishida muhokama qilingan va tasdiqlangan. Bayonnoma №1)
Tuzuvchilar: dots. Ismoilova D. ass.Sh.N. Fayziyeva
ass. E. Saparboyeva
Navoiy – 2018
KIRISH
Har bir kishi o’zi yashayotgan jamiyat mamlakat yoki davlatning maqsadini, uni ifoda etadigan g’oyalarini bilishi, aniq tasavvur etishi kerak. SHunda bu maqsadlar uning ong va tafakkuridan joy oladi. YOki shunchaki joy olib qolmasdan, asta-sekin unga nisbatan ishonch, e’tiqod paydo bo’ladi. Ishonch, e’tiqod shundayki, usiz inson o’z yo’lini, maqsad va manfaatlarini ko’ra olmaydi. U qancha mustkahkam bo’lsa, bu g’oya yoki maqsad yo’lida o’zini bag’ishlash, faoliyatini unga mos tarzda ko’radi, undan chekinish hollarini esa, qabul qila olmaydi. G’oya, maqsadlar har bir inson hatti-harakati, faoliyati bilan mushtarak tarzda uyg’unlashib boradi. Jamiyatning o’z-o’zini tashkil etishga, insonlarni, jamiyat a’zolarini, millatni, xalqni birlashtirishga, uyushtirishga xizmat qiladi. Aniq maqsadlar sari yo’naltiradi. Milliy g’oya odamlarning o’zaro hamkor va hamjihatliligini ta’minlaydi. Kuchli ma’naviy ruhiy omilga aylanib taraqqiyotga xizmat qiladi.
Darhaqiqat, milliy g’oya O’zbekistonda ana shunday ezgu maqsad yo’lida xizmat qiladigan yoki shunga undaydigan, safarbar etuvchi kuchga ega bo’lgan g’oyalar, maqsadlarni o’zida mujassam etgan ma’naviy, ruhiy, kuch-quvvat manbaidir.
Milliy g’oya fikrni-fikrdan, g’oyani-g’oyadan, ma’rifatning-jaholatdan farqini ko’rishga, ezgu fikr, g’oya va amallar bilan birga yovuz, tajovuzkor fikr, g’oyalar borligidan ham ogoh etadi. Milliy istiqlol g’oyasi insonlarni, xalq, millatni ezgu fikr, g’oyalar va amallar atrofida birlashtirishga xizmat qiladi. Ularda yovuz va tajovuzkor g’oyaning har qanday ko’rinishiga nisbatan g’oyaviy immunitetni mustahkamlaydi. Ezgu, bunyodkor g’oyalar bilan yashashga, o’z faoliyatini erkin, farovon hayotga yo’naltirishga harakat qiladi.
SHuning uchun ham uning talabalarimiz tomonidan chuqur o’zlashtirilishi mamlakatimiz va xalqimiz manfaatlari yo’lida faol va fidoiy bo’lishlariga yordamlashadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |