«Milliy d’oya: asosiy tushuncha va tamoyillar» fanidan
ISHCHI O`QUV DASTURI
Bakalavriatning IV bosqich yo`nalishlari uchun
|
|
|
|
Semestr
|
7-8
|
|
Jami
|
umumiy soat
|
48
|
|
48
|
undan:
|
ma’ruza
|
14
|
|
14
|
seminar
|
14
|
|
14
|
mustaqil ish
|
20
|
|
20
|
|
|
|
|
|
|
|
|
NAVOIY - 2018
Tuzuvchilar:
D. A. Ismoilova – “Ijtimoiy-gumanitar fanlar” kafedrasi dotsent v.b., tarix fanlari nomzodi, ass. Fayyziyeva CH.N., Saparboyeva E.D.
Kimyo-metallurgiya fakul’teti Ilmiy Kengashida ko’rilgan va tasdiqlangan.
Bayonnoma № 1, 2018 yil avgust
Kafedra mudiri - ______________ Xaitova O.S.
Fakultet dekani ______________ Doniyarov N.A
O’quv-uslubiy bo’lim boshlig’I ____________ Karimov I.
Kirish
Vatanimiz mustaqil taraqqiyot yo’lida dadil qadam tashlab borayapti. Mustaqillik yillarida bosib o’tilgan yo’l xalqimiz tarixida o’ta mas’uliyatli va sharafli davrni tashkil etdi. Har birimizning hayotimizda, mamlakatimiz taqdirida muhim va keskin o’zgarishlar yuz berdi. Turmush tarzimiz o’zgarib bormoqda. O’zligimizni anglay boshladik. Yurtimizda va shaxsiy hayotimizda sodir bo’layotgan murakkab hodisalar va jarayonlarni haqqoniy tahlil etadigan bo’ldik. Milliy istiqlol g’oyasi bizning imkoniyatimiz mezoniga aylanib, kelajak taqdirimiz o’z faoliyatimizga bog’liq ekanligiga ishonch hosil qilmoqdamiz.
Har bir kishi o’zi yashayotgan jamiyat yoki davlatning tarixiy maqsadini ifoda etadigan bosh g’oyalarni bilishi, aniq tasavvur etishi zarurligini tushunib bormoqdamiz. Bunyodkorlik va ezgu maqsadlar ifodasi bo’lgan g’oyalar xalqimiz qalbi va ongidan joy oladi, asta - sekin ishonch va e’tiqodga aylanadi. Ishonch e’tiqodsiz inson o’z yo’lini, maqsad va manfaatlarini chuqur anglab yetmaydi. E’tiqod mustahkam bo’lsa, inson g’oya, ezgu maqsad yo’lidan chekinmay odimlaydi, milliy g’oya odamlarning o’zaro hamjihatligi uchun asos bo’ladi. Milliy g’oya O’zbekistonda bunyodkorlik va ezgu maqsad yo’lida xizmat qiladigan yoki shunga undaydigan, safarbar etuvchi kuchga ega bo’lgan g’oyalar, maqsadlarni o’zida ifoda etgan ruhiy, ma’naviy kuch - quvvat manbaidir.
Milliy istiqlol g’oyasi O’zbekiston Xalqining tarixiy maqsadlarini anglashga yordam beradigan, erkin va farovon hayotga erishishi yo’llarini va shart - sharoitlarini ko’rsatib beradigan ana shunday ezgu maqsadlar yo’lida xalqimiz kuch - g’ayratini safarbar etadigan kuchli omildir. SHuning uchun ham milliy istiqlol g’oyasi fanini bilish, o’rganish muhim ahamiyatga ega.
Milliy istiqlol g’oyasini o’rganish tufayli O’zbekiston xalqining g’oyalarini, madaniyati, tarixi, milliy o’ziga xosligini, ma’naviy-madaniy merosini, bugungi kundagi maqsadini anglash mumkin.
O’quv kursining mazmuni
Milliy g’oya: asosiy tushuncha va tamoyillar fanining maqsad va vazifalari.
Milliy g’oya: asosiy tushuncha va tamoyillar fanini o’rganishga kirishar ekanmiz, avvalo uning qanday paydo bo’lganini bilib olish zarur. Milliy istiqlol g’oyasi fanining vujudga kelishi mamlakatimizning mustaqillikka erishishi va Xalqimizning yangi jamiyat kurish, yangi davr kishilarini tarbiyalash yo’lidagi sa’y-harakatlari bilan bog’liq.
Mustaqillik yillaridagi tajriba aslida inson, jamiyat, mafkurasiz yashay olmasligini ko’rsatdi. CHunki odamning qalbi, ongi o’zining ruhi va shuuridagi ko’pdan ko’p savollarga javob bo’ladigan doimiy faoliyatga undab turadigan hayotbaxsh g’oyaga doimo ehtiyej sezib yashaydi. CHunki tabiatda, jamiyatda bo’shliq bo’lmagani kabi inson qalbi ongida ham bo’shliq bo’lmaydi. Jamiyat hayotida sog’lom g’oya hukmron bo’lib turmasa odamlarning qalbi va ongini zararli g’oyalar egallab Xalq turmush tarzini izdan chiqaradi.
Mamlakatimiz rabari bugungi taraqqiyotning mana shunday o’ziga xos qonuniyatlarini teran his etib, buyuk maqsadlar bilan yashayotgan xalqimizning intilishlariga javob beradigan milliy istiqlol g’oyasi fanini va ta’limotini yaratilishiga asos soldi. Bu ta’limot Prezidentimiz asarlari, ma’ruzalarida asoslab berilgan. Ana shu asarlar asosida 2000 yilda “Miliy istiqlol g’oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar” nomli risola tayorlandi va chop etildi.
2001 yil 18 yanvarda Prezident farmoni bilan Milliy istiqlol g’oyasi yangi fan sifatida mamlakatimiz ta’lim tizimiga joriy etildi. Bugungi kunda ta’lim tizimida keng o’rganilayotgan «Miliy istiqlol g’oyasi» fani shu tariqa yuzaga keldi.
Milliy g’oya: asosiy tushuncha va tamoyillar fanining asosiy maqsadi fuqarolarni keng jamoatchilikni fanning asosiy g’oyalari bilan tanishtirish, O’zbekiston taraqqiyot yo’lining ma’no-mazmuni, milliy-madaniy negizlari hususiyatlarini hisobga olgan holda keng jamoatchilik va talaba ishlarda ishonch uyg’otish, ularni adolatli, demokratik - fuqarolik jamiyati qurilishi maqsadlarini amalga oshirishda, uyushtirishda, ma’naviy-ruhiy rag’batlantirishda namoyon bo’ladi. Milliy istiqlol g’oyasi talabalarni g’oyaviy jihatdan tarbiyalashni o’z oldiga asosiy maqsad qilib qo’yadi.
Milliy g’oya: asosiy tushuncha va tamoyillar fanining asosiy vazifasi o’z tizimidagi bilim va tushunchalarning barchasini pedagogik tamoyillar asosida ma’rifiy yo’llar bilan talabalar ongiga singdirish hamda shu tarika ularda yangicha dunyo qarash va mafkuraviy immunitet asoslarini shakllantirish yosh avlodda g’oyaviy bo’shlik vujudga kelishiga yo’l qo’ymaslikdan iboratdir.
Milliy g’oya: asosiy tushuncha va tamoyillar fani barcha fanlar hususan falsafa, dinshunoslik, huquq, ma’naviyat asoslari, O’zbekiston tarixi, sotsiologiya, pedagogika, psixologiya, fuqarolik jamiyati kabi fanlar bilan uzviy bog’liqdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |