8-Amaliy mashg’ulot
Tokar uchun ishchi joyidagi yo’riqnomalar bo’yicha talablar
Reja:
1. Xavfsizlikning umumiy talablari.
2.Ish boshlashdan oldingi xavfsizlik talablari
3.Ish vaqtidagi xavfsizlik talablari
4.Avariya vaziyatlardagi xavfsizlik talablari
5.Ish tugagandan keying xavfsizlik talablari
XAVFSIZLIKNING UMUMIY TALABLARI
1. Mazkur yo'riqnoma universal metallqirqar tokarlik stanoklarida ishlaydigan tokarlar uchun mo'ljallangan.
2.Tokar bo'lib ishlashga ruxsat etiladigan shaxslar:
2.1. 18 yoshdan kichik bo'lmaganlar;
2.2. tibbiy ko'rikdan o'tganlar;
2.3. kasbiy ko'nikmaga ega bo'lganlar, "Mehnat muhofazasi bo'yicha o'qishni tashkil qilish va bilimlarni sinash to'g'risida"gi Nizomga muvofiq ushbu ishlarning xavfsiz usullari va yo'llari bo'yicha o'qiganlar, bilimlari sinalgan va belgilangan shakldagi guvohnomani olganlar;
2.4. "…nizom"ga muvofiq kirish instruktajini va bevosita ish joyida xavfsizlik texnikasi bo'yicha instruktajni o'tganlar.
3. Yuk kutarish mexanizmlari yordamida detallarni kutarish va urnatish bilan boglik sharoitda ishlovchi tokarlar maxsus ukitilishi, imtixon topshirishi va ushbu ishlarni bajarish xukukini beruvchi guvohnoma olishi shart.
4. Tokar quyidagilarga majbur:
4.1. ichki mehnat tartibi qoidalarini (IMTQ) bajarish;
4.2. belgilanmagan joylarda chekmaslik va korxona hududida spirtli ichimliklarni iste'mol qilmaslik;
4.3. ushbu yo'riqnomaning talablarini bajarish;
4.4. ish vaqtida o'zi bilan birga ishni bajarishning xavfsiz usullari va yo'llari bo'yicha bilimini sinash va ishga ruxsat berish haqidagi guvohnomani olib yurish;
4.5. berilgan maxsus kiyimdan, maxsus poyafzaldan, ximoya kuzoynaklaridan hamda saqlovchi moslamalar va himoya vositalaridan foydalanish;
4.6. yong'in xavfsizligi talablarini bajarish;
4.7. baxtsiz hodisalar ro'y berganda jabrlanganlarga vrachgacha bo'lgan yordamni ko'rsata olish, voqea sodir bo'lgan joyda imkoni boricha vaziyatni saqlab turish va bu haqida smena ustasiga xabar berish;
4.8. ishni bajarish paytida shaxsiy gigiena qoidalariga rioya qilish;
4.9. stanokda qayd qilingan nosozliklari va boshqa xavfsizlik talablarining buzilishlari haqida smena ustasiga xabar qilish va tegishli choralar ko'rilmaguncha ishga kirishmaslik.
5. Tokar kuyidagilarga majbur:
5.1. uzi ishlayotgan stanokni ekspluatasiya kilish bo'yicha zavod yuriknomasini bilish va bajarish;
5.2. kuchlanish ostiga tushib kolgan kishilarni elektr toki ta'siridan ozod qilish va birinchi yordamni ko'rsatish usullarini bilish;
5.3. yonginni o'chirish vositalaridan foydalanishni bilish;
5.4. elektr va yongin xavfsizligi talablarini bajarish;
6. Tokar ish jarayonida quyidagi xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari tokarga ta'sir etishi mumkin:
6.1. jixozda ishlash jarayonida elektr toki urishi;
6.2. Moylash-sovutish suyuqligi (SOJ) bilan ishlash;
6.3. detallarga ishlov berishda metall qirindilaridan shikast yetkazilishi;
7. Ushbu yo'riqnoma talablarini bajarmaslik, ishlab chiqarish intizomini buzish deb hisoblanadi va aybdorlar IMTQ ga muvofiq belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |