7-MA’RUZA YERGA ULAGICHNI O‘RNATISH. UMUMIY TALABLAR REJA: 1.
Himmoyalab yerga ulash, qo`llanilishi va ish tamoili. 2. Yerga ulovchilarni turlari. 3.Yerga ulagichlar. 4.Yerga ulovchi o`tkazgichlar. 5.Elektr uzatish tarmog‘ida erga ulagichlarni o‘rnatish 1. Himoyalab yerga ulash deb- oldindan ko`ra bilib yerga elektr bog`lanish
yoki uning ekvivalentligiga bog`lanishi bo`lib, metall tok o`tkazmaydigan qismlarda
fazalarni korpusga qisqa to`tashishi bo`lganda paydo bo`ladigan kuchlanishlardan
himoya qilishga aytiladi. Yerni ekvivalenti daryo suvi yoki dengiz suvi, toshkumir va
boshqalar hisoblanadi.
qo`llanilishi - elektr qurilmalarning qorpuslariga va boshqa tok o`tkazmaydigan
qismlariga bevosita tegib ketishida tok urish xavfidan himoya qiladi. Himoyalab
yerga ulagichlar ishchi va yashindan himoyalab yerga ulovchilarga bo`linadi. Ishchi
yerga ulagichlar oldindan ko`ra bilib elektr zanjirlarning yakka nuqtalarini yer bilan
bog`lashdir. Masalan: generator chulg`amlarining neytral nuqtalarini kuch va
o`lchov transformatorlarni yey so`ndiruvchi apparatlar uzoq elektr uzatish liniyalari
yordamida kundalang kompensatsiya qiluvchi reaktorlarni hamda yerni faza yoki
teskari o`tkazgich sifatida qo`llanilganda.
Ishchi yerga ulagichlar elektr qurilmalarning normal yoki avariya ish
rejimida talab etiladigan ish sharoitini ta'minlash uchun foydalaniladi va tug`ridan-
tug`ri yoki bo`lmasa maxsus apparatlar teshib o`tuvchi saqlagichlar razryadlovchilar
registorlar orqali bajariladi.
Yashindan himoyalovchi yerga ulashlar yashin qabul qiluvchilar va
razryadlovchilarni yashin toklarini yerga o`tkazib yuborish uchun oldindan kura turib
yer bilan bog`lovchilarga aytiladi.
Ishlash tamoili - qorpusga qisqa to`tashuv bo`lganda tegish va kuch lanishini
xavfsiz kiymatgacha tushiradi. Bu esa o`z navbatida yerga ulanuvchi qurilmani
potentsialini kamaytirish orqali amalga oshiriladi. Qo`llanilish chegarasi - 1000V
gacha o`zgaruvchan toklarda uch o`tkazgichli neytrali izolyatsiyalangan bir fazali
ikki o`tkazgichli yerdan izolyatsiyalangan hamda o`zgarmas tokda ikki o`tkazgichli
manbaning chulg`amini o`rta nuqtasi izolyatsiyalangan tarmoklarda qo`llaniladi.
1000 Vdan yuqori kuchlanishda esa o`zgaruvchan va o`zgarmas tokda
neytrallarning istalgan rejimida yoki manbani chulg`amini o`rta nuqtasida
qo`llaniladi.
Himoyalab yerga ulashlar o`ta sodda va shu bilan bir paytda tok o`tkazmaydigan
qismlarida kuchlanishni paydo bo`lishida tok urishdan effektli himoya qilish tadbiri
hisoblanadi.