NAVOIY DAVLAT KONCHILIK INSTITUTI ENERGO MEXANIKA FAKULTUTI ELEKTR TA'MINOTI TIZIMIDA ELEKTR ENERGIYASI NAZORATI VA HISOBINING AVTOMATLASHTIRILGAN TIZIMLARI (EE) Elektr iste’molini optimallashtirish
Ko‘pchilik uchun elektr iste’moli jarayoni juda tabiy ko‘rinadi. Qancha elektr energiya iste’molchiga zarur bo‘lsa, shuncha miqdorni bosh energetik xizmati ta’minlashi kerak. Bu jaraynni boshqarish haqida o‘ylab ko‘rishga to‘g‘ri kelmaydi. Ko‘pchilik rahbarlar uchun mahsulotni chiqarish rejasi va kim rejani bajarilishiga halaqit bersa u bilan kurashish birinchi o‘rinda turadi.
Lekin, elektr iste’moli jarayonini shunday tarzda boshqarish mumkinki, ko‘plab bo‘lishi mumkin rejimlardan ko‘proq boshqarish vazifasini qoniqtiradigan birini tanlash mumkin. Boshqacha aytganda maqsadga qaratilgan boshqarish funksiyasi minimal (maksimal) bo‘lishi uchun rejimni optimallashtirish mumkin.
Ma’muriy echimlar hisobiga elektr qurilmalar va texnologik rezervlarning ish rejimlarini tartiblashtirish mumkin. Buning uchun korxonalarda energiya tizimining aktiv yuklamalar maksimumi soatlarida doimiy amaldagi tartibga solish tadbirlarini o‘tkazish reja-grafiklari ishlab chiqiladi. Energiya tizimining aktiv yuklamalar maksimumi soatlarida yuklamalarini keyingi kamaytirishga elektr qurilmalar ish rejimlarini optimallashtirish va mahsulotlar chiqarilishini kamaytirmasdan texnologik jarayonlarni bo‘lishi mumkin o‘zgartirish hisobiga erishish mumkin..
Bugun qilish kerak bo‘lgan bu yo‘nalishdagi birinchi va eng zarur qadam bu butun korxona tuzilmaviy ierarxiyasi bo‘yicha barcha energiya tashuvchilarni hisobga oladigan va nazorat qilishga imkon beradigan va bu nazoratni har bir ish joyiga yetkazishli energiya resurslarini avtomatlashtirilgan hisobga olishni joriy etish hisoblanadi. SHu tufayli energiya resurslariga ishlab chiqarish va ishlab chiqarish bo‘lmagan harajatlari minimumga olib kelinadi, bu energiya Yetkazib beruvchilari va iste’molchilari orasidaga bahsli masalalarni qat’iy, direktiv (ko‘rsatma beradigan) choralar bilan emas, balki ob’ektiv avtomatlashtirilgan hisobga olish asosida ob’ektiv echishga imkon beradi. - Bugun qilish kerak bo‘lgan bu yo‘nalishdagi birinchi va eng zarur qadam bu butun korxona tuzilmaviy ierarxiyasi bo‘yicha barcha energiya tashuvchilarni hisobga oladigan va nazorat qilishga imkon beradigan va bu nazoratni har bir ish joyiga yetkazishli energiya resurslarini avtomatlashtirilgan hisobga olishni joriy etish hisoblanadi. SHu tufayli energiya resurslariga ishlab chiqarish va ishlab chiqarish bo‘lmagan harajatlari minimumga olib kelinadi, bu energiya Yetkazib beruvchilari va iste’molchilari orasidaga bahsli masalalarni qat’iy, direktiv (ko‘rsatma beradigan) choralar bilan emas, balki ob’ektiv avtomatlashtirilgan hisobga olish asosida ob’ektiv echishga imkon beradi.
-
Elektr iste’moli jarayonini boshqarish uchun, uni optimallashtirish maqsadida uning yordamida rejim o‘zgartiriladigan “vosita” zarur. Ishlab chiqarish korxonasida bu “vosita” iste’molchilar-rostlagichlar – maxsus iste’molchilar hisoblanadi. Ularning holatini rejimni optimallashtirish maqsadida bila turib boshqarish mumkin.
Energiya resurslarining doimiy qimmatlashishi ishlab chiqarish korxonalaridan energiya resurslarining barcha turlarini yetkazish/foydalanishni qat’iy nazorat qilish, mahsulot tannarxida ularning ulushini cheklash va kamaytirishdan iborat energiya tejamkorligi bo‘yicha tadbirlar kompleksini ishlab chiqish va joriy etishni talab qiladi. Zamonaviy ENHAT energiya tejamkorligi bo‘yicha tadbirlar kompleksini iqtisodiy asoslangan ishlab chiqish, amalga oshirish, o‘zgarib turadigan iqtisodiy muhitlarda energiya resurslariga harajatlarni dinamik optimalashtirishni ta’minlash bilan o‘z vaqtida uni tuzatishga imkon beradigan o‘lchov vositasi hisoblanadi, shunday qilib, ENHAT ishlab chiqarish korxonalarida energiya tejamkorligi asosi hisoblanadi.
E`tiboringiz uchun rahmat!
Do'stlaringiz bilan baham: |