Navoiy innovatsiyalar instituti «tasdiqlayman» Navoiy innovatsiyalar instituti rektori


Savod o‘rgatish va nutq o‘stirish



Download 1,23 Mb.
bet39/134
Sana13.03.2023
Hajmi1,23 Mb.
#918521
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   134
Bog'liq
1-kurs Mutaxassislikka kirish majmua innov.

1. Savod o‘rgatish va nutq o‘stirish.
2. Fonetika, grammatika, imlo va nutq o‘stirish.
Savodga o‘rgatish davri 2-sentabrdan to dekabr oyining oxirigacha bo‘lgan muddatni, ya’ni ikki o‘quv choragini qamrab oladi. Savodga o‘rgatish jarayoni tayyorgarlik va alifbe davridan tashkil topadi. Tayyorgarlik va alifbe davrida ta’lim savodga o‘rgatishning tahlil-tarkib (analitik-sintetik) tovush usulida amalga oshiriladi. Savodga o‘rgatishning tahlil-tarkib usuliga ko‘ra matndan gap, gapdan so‘z, so‘zdan bo‘g‘in va tovush, yoki aksincha, tovush > bo‘g‘in > so‘z > gap > matn uzviy aloqada butundan bo‘lakka, bo‘lakdan butunga qarab tahlil-tarkib qilinadi. Bu esa o‘quvchilar tafakkur faoliyatini onglilik, tushunarlilik, mantiqiylik, didaktik mezonlar asosida rivojlantirish imkoniyatini vujudga keltiradi. Boshlang‘ich ta’limning ilk savodga o‘rgatish davridanoq, o‘quvchilar nutqini yangi so‘zlar hisobiga boyitishga alohida e’tibor qaratiladi. "Alifbe" darsligida berilgan: yangi so‘zlar, matn, kichik hikoya va she’rlardan foydalanib, o‘quvchilarni so‘z ma’nosi bilan atroflicha tanishtirishda, she’riy va nasriy matnlarni yodlatish, qayta hikoyalashga e’tibor beriladi. Sinfdan tashqari o‘qish darslari o‘quvchilarni bolalar adabiyoti namunalari bilan tanishtirib borishga, ularni mustaqil o‘qishga, o‘qituvchi va ota-onalar yordamida badiiy o‘qishga qiziqtirish, nutqini boyitish va rivojlantirishga yordam beradi. Boshlang‘ich ta’limning ilk savodga o‘rgatish davridanoq, o‘quvchilar nutqini yangi so‘zlar hisobiga boyitishga alohida e’tibor qaratiladi. Ona tili erkin fikrlay olish, o‘zgalar fikrini anglash, o‘z fikrlarini og‘zaki va yozma ravishda bayon qila olish, kishilar bilan erkin muloqotda bo‘la olish ko‘nikma va malakalarini rivojlantirishga xizmat qiladi.
Inson uchun nutq bu uning butun turmush tarzi va hayoti bilan bog‘liq bo‘lgan ajralmas qism hisoblanadi. Nutq insonning ichki olamini ochib bera oladigan yagona yo‘l hisoblanadi. Inson butun umri davomida o‘z nutqini takomillashtirib boradi. U tilimizning boy imkoniyatlaridan unumli foydalanish orqali nutqning go‘zal, ifodali bo‘lishiga yordam beradi. O‘quvchilar nutqini rivojlantirishda quyidagi jihatlarga e’tiborli bo‘lishi lozim. Birinchidan, o‘quvchi nutqida fikrning mantiqan to‘g‘ri, aniq va izchil bo‘lishidir. Nutqda har bir fikr mantiqan asoslangan bo‘lsagina, uning ta’sirchanligi ortadi. Bu har bir o‘quvchidan narsa, voqea-hodisaga sinchkovlik bilan qarash, ularning har biriga to‘g‘ri baho bera olish, shu yo‘l bilan nutqni muntazam va izchil qurish, uni isbotlay bilishni talab etadi. Nutqning mantiqan to‘g‘riligi fikrlarning aniq va bir-biriga izchil bog‘langanligi, mavzudan chetga chiqmaslik, hukm va xulosalar asosli bo‘lishi lozim. Avval Alifbe saboqlari tugatilib, o’quvchilar harf taniganlaridan keyin ona tili va o’qish fanlarini o’zlashtirishni boshlar edilar. Milliy o’quv dasturiga binoan esa ikkala fan birlashtirilib, o’qish savodxonligi darsida o’qib tahlil etilgan mashqlar ona tili soatida yoziladi. Buning uchun esa alohida daftarlar ishlab chiqilgan bo’lib, o’quvchilar o’sha daftarda mashq uchun ajratilgan kataklarni berilgan kalit so’zlar yoki ishoralar orqali to’ldirib chiqadilar. Jadval va boshqotirmalarni esa rasmlar vositasida javoblarini izlab topadilar. Ushbu darslar bosqichli izchillik tamoyili asosida olib boriladi. Har bir amalga oshirilgan tahlil keyingi tahlil uchun zamin yaratishi, boshqacha aytganda, berilgan bilim keying bilimning muvaffaqiyatli egallanishini ta’minlashi lozim. Masalan, darslikdagi matnni turli topshiriqlar asosida o’qitish, o’quvchilar lug’at boyligi ustida ishlash, matnning qismlari yuzasidan savol- javob o’tkazish matnni to’liq badiiy hikoyalashga o’rgatadi.
Ushbu matn va mashqlar vositasida o’quvchilar olam va odam haqida, uni o’rab turgan tabiat va atrof- muhit, ajdodlar merosi, o’tmish va kelajak haqidagi bilimlarga ega bo’ladilar.

Download 1,23 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   134




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish