Navoiy innovatsiyalar instituti «tasdiqlayman» Navoiy innovatsiyalar instituti rektori



Download 1,23 Mb.
bet51/134
Sana13.03.2023
Hajmi1,23 Mb.
#918521
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   134
Bog'liq
1-kurs Mutaxassislikka kirish majmua innov.

Ijodiy bayon. Bunday bayonda o‘quvchidan matn mazmuniga o‘z munosabatini bildirish talab qilinadi. U bir necha shaklda o‘tkazilishi mumkin. Masalan, berilgan kichik hajmli matn mazmunini kengaytirib yozish, voqeaband she’rlar mazmunini hikoyalab yozish, dialoglarni umumlashtirib yozish, shaxsini o‘zgartirib yozish kabilar.
Shaxsini o‘zgartirib yoziladigan bayonda birinchi, ikkinchi, uchinchi shaxs tomonidan bayon etiladigan fikr ifodalanadi. Shu sababli, bayonni bu turi o‘quvchilar bilan ko‘proq mashq o‘tkazishni, o‘quvchilarning birinchi shaxsni uchinchi shaxsga aylantirish qoidalarini puxta o‘zashtirishlariga e’tibor berishni taqozo etadi. Matnda dialoglar ko‘p bo‘lsa, ularni o‘zgartirib bayon qilishda ko‘chirma va o‘zlashtirma gaplar haqidagi bilimlarni yaxshi va puxta o‘zlashtirishga ahamiyat beriladi.
Bayon rivoya tarzidagi she’riy asar yoki undan olingan parchalar bo‘yicha ham yozdiriladi: Masalan, E.Vohidovning «Nido» dostonidagi «Ota va o‘g‘il» suhbati lavhasi bo‘yicha ham yozdirish mumkin. Bu turdagi bayonlarni yozish bir oz murakkab bo‘lgani uchun uni yozishdan oldin puxta tayyorgarlik ko‘rish talab etiladi. Avval shu bob qayta o‘qiladi, ular ustida suhbat o‘tkaziladi, mazmunini o‘quvchilar so‘zlab beradilar, ularning hikoyasini o‘qituvchi to‘ldiradi, so‘ngra reja tuziladi, shundan keyin yozishga kirishiladi.
Ixcham bayon. Ixcham hajmli matn yuzasidan o‘tkaziladigan yozma ishning bu turiga ixcham bayon deyiladi. Bunday bayon V–IX sinflarning har birida darsning 8–20 minutida qiziqarli kichik mashg‘ulot sifatida o‘tkaziladi va bu mashg‘ulot o‘quvchini qiynamaydi, u mazmunni tez o‘zlashtiradi. Bu o‘ziga xos yozma mashq turi bo‘lib, uning rejasi tuzilmaydi. Masalan, VIII sinfda qish fasli, aniqrog‘i, yangi yil bayramiga tayyorgarlik ko‘rilayotgan paytda biror darsdan 10 minut ajratib ixcham bayon matni o‘qib beriladi: «Archa kirgan xonadonda bolalar ham, kattalar ham xursand. Archadan shifobaxsh, xushbo‘y is chiqadi. U yashilligi bilan ko‘zni quvontirsa, xushbo‘y isi uy havosini tozalaydi. Uy ichida o‘rnatilgan archadan barometr sifatida foydalansa ham bo‘ladi. Agar havo aynib, yog‘in-sochin yaqinlashsa, archa shoxlari bir-biriga yaqinlashadi. Agar shoxchalar yana bir-biridan uzoqlashib, joyiga qaytsa, havo ochilishidan darak beradi». Mana shu kichik hajmli bayon mazmuni, ahamiyati o‘quvchilar diqqatini tezda o‘ziga jalb etadi. Demak, uy havosi yangilab turiladi, yog‘in-sochin yaqinlashishi yoki havo ochilishini unga qarab oldindan bilib olish mumkin ekan. Bolalar uni qiziqish, mehr bilan kuzatadilar, unga e’tibor kuchayadi, fikr tez ilg‘ab olinadi, uni qog‘ozga yozish osonroq bo‘lgani uchun ular bu ishga bajon-u dil kirishadilar. O‘qituvchi bu bayon turini bir kundayoq tekshirib baholaydi. Ko‘pchilik, shubhasiz, ijobiy baho oladi va o‘quvchilarda kattaroq hajmdagi bayonlani yozish malakasi ortib boradi.
Ixcham bayon matnini bir marta o‘qib berilishining o‘zi ham o‘quvchilarning eshitish qobiliyatini oshirishga, e’tiborlilikka, xotirasini o‘stirishga katta yordam beradi.
Bayonlarni o‘tkazish tartibi quyidagicha:

  • matn bir marta o‘qituvchi tomonidan o‘qiladi;

  • matn mazmuni yuzasidan o‘quvchilar bilan savol-javob o‘tkaziladi;

  • zarurat tug‘ilsa, bayon matnining ayrim o‘rinlari qayta o‘qiladi;

  • bayon rejasi tuziladi;

  • o‘quvchilarga notanish bo‘lgan so‘z va iboralarning ma’nosi sharhlanadi; ayrim imlosi qiyin so‘zlar sinf taxtasiga yozib qo‘yiladi.

O‘qituvchi o‘quvchilar yozgan bayonlarni o‘qib, o‘rganib, baholaydi, sinfda tahlil qiladi. O‘qituvchi bu ishlarni puxta uyushtirish bilan bayonni muvaffaqiyatli yozilishiga erishadi. O‘qituvchi bayon matni o‘quvchi tomonidan qanchalik o‘zlashtirilgani va bayon etilganiga, rejani maqsadga muvofiqligi hamda reja asosida izchillikda, savodli, grammatik qoidalariga mos ravishda yozilishiga e’tibor beradi.
V–IX sinf o‘quvchilari tomonidan yozilgan bayonni tekshirishda aniqlangan xatolar belgilar bilan ko‘rsatib qo‘yiladi: orfografik xato harfning tagiga bir to‘g‘ri chiziq (–), ortiqcha yozilgan harf tagiga ikki to‘g‘ri (=) chiziq, so‘z xato yozilgan yoki jumlada sintaktik aloqa buzilgan bo‘lsa, bir uzun to‘g‘ri (–) chiziq, uslubiy xatoga yo‘l qo‘yilgan bo‘lsa tagiga to‘lqinli chiziq (~) chiziladi. Bir yoki bir necha jumlada uslubiy xatolar bo‘lsa, daftarning hoshiyasiga qo‘sh tik chiziq (||) ishorasi qo‘yiladi; jumlalar orasida aloqa bo‘lmay, fikr tushunarsiz bo‘lsa, daftarning hoshiyasiga bir tik chiziq (|) ishorasi va savol alomati (?) qo‘yiladi. Yangi fikr yangi yo‘ldan boshlanmagan bo‘lsa, jumladagi birinchi so‘z oldidan yangi yo‘ldan boshlash ishorasi (Z) qo‘yiladi.
Bu ishoralarni o‘qituvchi ham, o‘quvchilar ham xotirada saqlashlari lozim. Chunki o‘quvchilar bu ishoralar yordamida o‘z xatolarini bilib oladilar va tuzatadilar.
Yozma ishlarni, jumladan, bayonni tekshirishda kim qayerda, qanday xatolarga yo‘l qo‘yganligini aniqlash, xatolarni xillarga bo‘lib ularni tuzatish yo‘llarini o‘quvchilarga ko‘rsatish maktab tajribasida sinalgan usul hisoblanadi. Tahlil jarayonida eng yaxshi yozilgan ishlarning ayrim o‘rinlari namuna sifatida o‘qib eshittirish ham pedagogik va psixologik jihatdan katta ahamiyatga ega bo‘lgan usullardandir. Yozma ishi namuna qilib ko‘rsatilgan o‘quvchi ma’naviy tomondan mukofotlanganligini chuqur his qiladi, boshqa o‘quvchilarda esa yozma ishga jiddiy munosabatda bo‘lish mas’uliyati ortadi.

Download 1,23 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   134




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish