MASHG’ULOTLARNING METODIK XUSUSIYATLARI.
Ritmik gimnastika bilan gruppa bo’lib yoki mustaqil shug’ullanish mumkin. Albatta, gruppa mashg’ulotlari xarakatlarni bor kuch bilan ijro etishga undaydi, o’zaro fikr almashishdan kishi rag’batlanadi. Mustaqil mashg’ulotlar shaxsiy intizomni talab etadi. Mashg’ulotlarning samarasi shug’ullanuvchilar katta xoxish, yuqori shiddat bilan, ko’tvrinki ruxda mashqlarni ijro etish orqali erishiladi.
Ilmiy tekshirishlar orqali tasdiqlangan ritmik gimnastikaning samarasi erishish uchun, mashg’ulotlar xaftasiga 5-6marta 15-20 minutdan, yoki xaftasiga, 3marta 30-45 minutdan yoki 2marta 45-60 minutdan o’tkazilishi kerak. 3-4 oy mashg’ulotlardan so’ng ko’rinarli natijaga erishish mumkin: Ish qobiliyati oshadi, tana og’irligi kamayadi, kuchi, bo’g’in xarakatchanligi oshadi.
YOsh xususiyatlarini xisobga olgan xolda mashg’ulotlar 90minutdan davom etish mumkin. Ritmik gimnastika bilan ishdan so’ng shug’ullangan maqsadga muvofiq. Siz uchun qulay bo’lgan bo’sh vaqtda xam shug’ullanish mumkin, faqat mashg’ulotdan keyin biroz dam olish zarur.
Ritmik gimnastika mashg’ulotlarini turli yoshdagi kishilar: maktab o’quvchilari studentlar, ishchilar, xizmatchilar, xotin-qizlar singari erkaklar bilan xam o’tkazish mumkin. Ritmik gimnastika zaryadka, fizkul’pauza, sport razminkasi (10-15 minut)(yoki dars)(25-30, 45-60 minut) shaklida o’tkaziladi. Har qanday kompleks o’tkazishda 15 yoki 60 minutlik mashg’ulot bo’lsa xam ma’lum struktura saqlanadi. YA’ni, tayyorgarlik, asosiy va yakunlovchi qismlar.
Birinchi – tayyorgarlik qism 5-10 minut davom etib, terlagan xolatgacha yaxshilab badan qizdirishni xal etadi. Bunda o’tirib turishlar, engashishlar va qo’l xarakatlari, engashib oyoqlar bilan tashlanishlar, yurish, yugurish qo’llaniladi.
Ikkinchisi – asosiy qism uzoqroq davom etadi. Mashg’ulot uchun ketgan vaqtning 80-85% ni olib birnecha seriyadan (odatda 2tadan 6tagacha) iborat bo’ladi. Mashq serialarining soni mashg’ulotning davom etish, shug’ullanuvchilarning tayyorgarligi, yoshiga bog’liq bo’ladi. Mashg’ulot 15-20 minut davom etganida ikki seriyali shakl qo’llaniladi. Birinchi seriya bo’yin, qo’l, yelka bo’g’ini, gavda va oyoq uchun belgilangan mashqlar.
Ikkinchi seriya yugurish mashqlari.
Darsning yakunlovchi qismida muskullarni bo’shashtirish, nafasni rostlash mashqlari qo’llaniladi. Organizm tiklashning psixologig metodlari masalan, autogen trenirovka qo’llaniladi.
Tayyorgarlik qismda YUQT (yurak qisqarish tezligi) maksimal yurak urishining 60-65% tashkil etadi. Asosiy qiismda maksima yurak urishining 80-85% tashkil etadi, ayrim xollarda esa, maksimal yurak urishga yaqinlashadi.
Ritmik gimnastika mashg’ulotlari muayyan shug’ullanuvchilar uchun tavsiya etiladigan maksimal yurak urishining 65-90% ga teng keladigan shiddatdagi nagruzka bilan o’tkazilishi kerak, tabiatli, shug’ullanishni endi boshlovchilar uchun nagruzkaning xajmi maksimal yurak urishidan 60% ni yaxshi tayyorgarlikga ega bo’lganlar uchun 75-80% tashkil qiladi. Mashg’ulot xaftasiga 2-9 marta 30-45 minutdan, nagruzkaning shunday shiddatligida o’tkazilsa, yarim yildan so’ng aniq ijobiy samara beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |