2- Laboratoriya ishlanmasi
Mavzu: Tuproqning namlik darajasini aniqlash
Ajratilgan soat: 2 soat
Mashg’ulot turi: laboratoriya
Darsning maqsadi: Talabalarni gravimetrik (tortma) analiz usuli bilan tanishtirish hamda tuproq tarkibidagi namlik darajasini aniqlash haqida ma’lumot berish
Kerakli asbob va reaktivlar: texnik tarozi va tarozi toshlari, analitik tarozi va tarozi toshlari, qisqich, eksikator, termometr, tigel, pipetka, spirt lampa, shpatel, quritish shkafi; mufel pechi, soat oynasi; voronka, halqa o’rnatilgan shtativ; yuvgich, tuproq namunasi
Nazariy qism. Tortma analiz miqdoriy analiz usullari ichida o`zining aniqlik darajasining yuqoriligi bilan ajralib turadi. Bu usulning aniqlik darajasi 0,005-0,01% ga teng. Tortma analiz usulidan ko`pgina kation va anionlarni miqdoriy analiz qilishda foydalaniladi. Uning birdan- bir kamchiligi hajmiy usullarga qaraganda uzoq vaqt talab qilishidir. Lekin shunday bo`lsada, bu usul hozirgi kunga qadar o'z ahamiyatini yo'qotgani yo'q. Bu usuldan ba`zi bir vaqtda bahslashuv masalalarini hal qilishda hamda ilmiy tadqiqot ishlarida keng qo'llaniladi.
Miqdoriy analizning aniqlanadigan modda miqdorini tekshiriladigan namuna massasini o’lchash bilan olib boriladigan aniqlash usuliga gravimetrik analiz usuli deyiladi.
Gravimetrik analiz uch: ajratish, cho’ktirish,haydash usullariga bo’linadi.
Ajratish usulida aniqlanadigan modda aralashmadan ajratib tozalanadi va massasi analitik tarozida tortiladi. Temir- oltingugurt
Cho’ktirish usulida aniqlanadigan modda kimyoviy reaksiya yordamida tarkibi aniq bo’lgan qiyin eriydigan birikma holida cho’ktiriladi. Cho’ktiriladigan forma- tortiladigan forma.
Haydash usulida aniqlanadigan modda uchuvchan birikma holida haydaladi.
Ko’pchilik hollarda yuqorida aytib o’tilgan usullardan biri- cho’ktirish usulidan foydalaniladi. Moddalarning miqdorini tortma analizning cho’ktirish usuli bilan quyidagi bosqichlardan iborat: analiz uchun namuna olish; olingan namunani eritish; cho’ktirish shaklini tanlash; cho’ktiruvchi modda(reagent)ni tanlash; cho’ktirish sharoitini tanlash; cho’kmani ajratish, yuvish; cho’kmani quritish va tortiladigan shaklga o’tkazish; analiz natijalarini hisoblash.
Cho’kish jarayonlariga ta’sir qiluvchi omillar.
Cho`kish jarayoniga asosan quyidagi omillar ta`sir ko`rsatadi: cho`ktiruvchining miqdori; ortiqcha miqdor cho`ktiruvchining ta`siri; temperaturaning ta`siri; vodorod ionlari konsentratsiyasi- pH ning ta`siri; kompleks hosil bo`lish jarayonlarining ta`siri.
Tortma analizning afzalligi– aniqligi yuqori, kamchiligi- aniqlash ko’p bosqichli bo’lgani uchun ko’p vaqt talab qiladi.
Tortma analiz bo’yicha moddalarni analiz qilish kimyoviy analizda ko’pchilik muammolarni hal qilishga yordam beradi. Jumladan, qaysidir modda yoki aralashma namlik darajasini topish ham kimyoviy analiz asosida bajarilishi mumkin.
Moddalarning namlik darajasini aniqlash uchun tekshiriladigan birikmadan o’rtacha namuna olinib, yaxshilab maydalanadi va undan tarozida 0,5g — 2g tortib olinib, byuksga solinadi va doimiy massaga kelguncha ma’lum haroratda quritiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |