Navoiy davlat pedagogika institutining kechki ta’lim Fizika fakulteti 1-G guruh talabasi Eshpulatov Shohinur
Mavzu: “Siyosiy-huquqiy sohadgi (10 ta) ustuvor xalqaro reytinglar va ularga O’zbeksitonning integratsiyalashuvi”
O’zbekiston Respublikasida Xalqaro reytinglar ko’rastkichlarida o’z o’rnini yaxshilash borasida so’nggi yillarda juda ko’plab islohotlar amalga oshirilmoqda. Siyosiy-huquqiy sohada ham 10 ta ustuvor xalqaro reytinglar belgilanishi bejiz emas. Yangi O’zbekiston jadallik islohotlarni amalga oshirib, Xalqaro reytingdagi ko’satkichlarini oshirish uchun harakat qilmoqda.
Iqtisodiy va siyosiy-huquqiy xalqaro reyting va indekslarda Oʻzbekiston Respublikasining oʻrnini yaxshilash, bu borada mutasaddi vazirlik va idoralarning faoliyatini samarali muvofiqlashtirish, xalqaro maydonda mamlakatimiz mavqeini yanada yuksaltirish, xorijiy reyting agentliklari bilan hamkorlikni tizimli ravishda amalga oshirish, masʼul davlat organlari rahbarlariga yuklatilgan vazifalarni oʻz vaqtida va sifatli bajarilishida ularning shaxsiy javobgarligini kuchaytirish maqsadida;
Ustuvor xalqaro reyting va indekslarni kompleks ravishda koʻrib chiqish va yaxshilash borasida ijro samaradorligini oshirish hamda mutasaddi vazirlik va idoralar tomonidan olib borilayotgan tegishli chora-tadbirlarni tizimli muvofiqlashtirish lozimligini inobatga olgan holda:
Ustuvor xalqaro reyting va indekslar bilan ishlashni muvofiqlashtirish boʻyicha komissiya tuzildi. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tuzilmasiga xalqaro reyting va indekslar bilan ishlash boʻyicha masʼul boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi moliya vaziri oʻrinbosari xalqaro reyting va indekslar bilan ishlashni muvofiqlashtirish boʻyicha komissiya tarkibiga kiritildi;
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tuzilmasida boshqaruv xodimlarining soni qoʻshimcha 10 ta shtat birligidan iborat Xalqaro reyting va indekslar bilan ishlash boshqarmasi tashkil etildi. Komissiya xalqaro reyting va indekslarda Oʻzbekiston Respublikasining oʻrnini yaxshilash boʻyicha ishlarni amalga oshirish doirasida:
har oyda kamida bir marotaba yigʻiladi;
mutasaddi vazirlik va idoralar tomonidan maqsadli koʻrsatkichlarga erishish uchun ustuvor yoʻnalishlarni belgilab beradi va amalga oshirilayotgan ishlarni muvofiqlashtirib boradi;
tegishli qarorlar qabul qiladi va ularning ijrosini vazirlik hamda idoralar tomonidan sifatli va toʻliqbajarilishini taʼminlaydi, shuningdek, ularning oylik hisobotlarini eshitadi.
Xalqaro reyting va indekslarda Oʻzbekiston Respublikasining oʻrnini yaxshilash borasida mutasaddi vazirlik va idoralarningmuvofiqlashtirilgan oʻzaro hamkorligini, ularga yuklatilgan vazifalarni samarali va sifatli bajarish uchun uslubiy va konsultativ yordam koʻrsatishni taʼminlaydi;
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining yigʻilishlarida, shu jumladan, Rayosat majlislarida, mutasaddi vazirlik va idoralar tomonidan xalqaro reyting va indekslarda Oʻzbekiston Respublikasining oʻrnini yaxshilash borasida amalga oshirilayotgan ishlar ahvolini tanqidiy koʻrib chiqish boʻyicha takliflar beradi;
Boshqarma Komissiya ishchi organi boʻlib, mutasaddi vazirlik va idoralarning xalqaro reyting va indekslar bilan ishlash faoliyatini samarali tashkil etadi va zarur maʼlumotlarni umumlashtiradi, bu borada quyidagi vazifalarni amalga oshiradi:
mutasaddi vazirlik va idoralardan zarur boʻlgan maʼlumotlarni soʻrab oladi, amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarning natijadorligi yuzasidan axborot-tahliliy materiallar tayyorlaydi va Komissiyaga taqdim qiladi;
xalqaro reyting va indekslarni eʼlon qiluvchi tashkilotlar, reyting agentliklari, mahalliy hamda xalqaro ekspert, konsultant va mutaxassislar bilan toʻgʻridan-toʻgʻri ishlaydi, shu jumladan, ularni respublikaga taklif qiladi va olib borilayotgan islohotlar koʻlami bilan yaqindan tanishtiradi, chet elda sohaga oid tadbirlarda mutaxassislar ishtirokini, davra suhbatlari, xalqaro forum va konferensiyalarni tashkillashtirib boradi;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining Xalqaro reytinglar bilan ishlash va “Elektron hukumat” tizimini joriy etish ishlarini muvofiqlashtirish shoʻbasi bilan ustuvor xalqaro reyting va indekslarda Oʻzbekiston Respublikasining oʻrnini yaxshilash uchun kompleks chora-tadbirlarni belgilash yuzasidan yaqindan hamkorlik qiladi;
tegishli takliflarni ishlab chiqadi hamda ularni koʻrib chiqish uchun Komissiyaga kiritadi;
Xalqaro reyting va indekslarning maʼlumot bazalaridan foydalanish, zarur axborot materiallarini olish, ushbu reyting va indekslardagi Oʻzbekiston Respublikasining oʻrnini yaxshilash boʻyicha xalqaro reyting agentliklari hamda xalqaro ekspert, konsultant va mutaxassislarni jalb qilish bilan bogʻliq xarajatlarni qoplash Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining zaxira jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.
O‘zbekiston Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkilotining “Mamlakatlarga xos xatarlarni tasniflash” tizimidagi 6-guruh mamlakatlari qatoridan 5-guruh mamlakatlari qatoriga ko‘tarildi.
Shu bilan birga, ayrim rahbarlar reytinglar bilan ishlashga yetarlicha e’tibor qaratmayotganligi va xalqaro tashkilotlar tomonidan o‘tkazilayotgan so‘rovlarda aksariyat islohotlar o‘z aksini topmayotganligi oqibatida ustuvor xalqaro reyting va indekslarda O‘zbekiston Respublikasi quyi pog‘onalarda qolmoqda.
Mamlakatning investitsiyaviy jozibadorligi va xalqaro maydondagi imidjini mustahkamlash, davlat organlari va tashkilotlarida xalqaro reyting va indekslar bilan ishlashning yangi mexanizmlarini joriy qilish, shuningdek, 2017 ― 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida belgilangan vazifalarni amalga oshirish maqsadida:
1. Xalqaro reyting va indekslar bilan ishlash bo‘yicha respublika kengashi (keyingi o‘rinlarda ― Kengash) 1-ilovaga muvofiq tarkibda tashkil etilsin.
Kengashning asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilansin:
mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy-huquqiy taraqqiyot darajasini tizimli tahlil qilib borish, turli sohalarda amalga oshirilayotgan tub o‘zgarishlarning O‘zbekiston Respublikasi uchun ustuvor bo‘lgan xalqaro reyting va indekslarda mamlakatning o‘rnini yaxshilash maqsadlariga xizmat qilishini ta’minlash, mazkur yo‘nalishdagi ishlarning samaradorligiga to‘siq bo‘layotgan muammolarni bartaraf etish;
O‘zbekiston Respublikasi uchun ustuvor bo‘lgan xalqaro reyting va indekslarda mamlakatning o‘rnini yaxshilash maqsadida davlat hokimiyati va boshqaruvi tizimini takomillashtirish, jamiyatni demokratlashtirish, ilg‘or xalqaro tajribaga asoslangan davlat va jamiyat qurilishi sohasidagi islohotlarni amalga oshirish bo‘yicha tashabbuslarni ilgari surish;
davlat va jamiyat hayotining turli jabhalarini tartibga solishga qaratilgan normativ-huquqiy hujjatlar va ularning loyihalarini O‘zbekiston Respublikasi uchun ustuvor bo‘lgan xalqaro reyting va indekslardagi mamlakatning o‘rniga ta’siri nuqtai nazaridan kompleks baholab borish.
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Adliya vazirligi Kengashning ishchi organlari etib belgilandi. Kengash ishchi organlari bo‘yicha taqsimlangan O‘zbekiston Respublikasi uchun ustuvor bo‘lgan xalqaro reyting va indekslarda mamlakatning o‘rnini yaxshilashga qaratilgan ta’sirchan choralar ishlab chiqilishi va amalga oshirilishi hamda ushbu yo‘nalishda tizimli xalqaro hamkorlik olib borilishi ustidan Kengash tomonidan nazorat o‘rnatiladi. Ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy-huquqiy reyting va indekslarning Kengash ishchi organlari bo‘yicha taqsimoti tasdiqlandi.
2020-yil 3 iyul kuni Xalqaro reytinglar va indekslar bilan ishlash boʼyicha respublika kengashining yigʼilishi videokonferentsaloqa orqali oʼtkazildi. Uni Oʼzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi, Xalqaro reyting va indekslar bilan ishlash boʼyicha respublika kengashi raisi Tanzila Narbaeva olib bordi.
Yigʼilishda Kengash tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar, ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy-huquqiy sohalarga oid ustuvor xalqaro reyting va indekslarda Oʼzbekiston Respublikasining oʼrnini yaxshilash boʼyicha chora-tadbirlar rejalarini tasdiqlash, Ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy-huquqiy reyting va indekslar bilan ishlashga masʼul vazirlik va idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari uchun treninglar oʼtkazish toʼgʼrisidagi masalalar muhokama qilindi.
Oʼz navbatida, xalqaro reyting va indeksdagi mamlakatimiz oʼrnini yaxshilash koʼp jihatdan qabul qilingan qonunlarimizning joylardagi ijrosi bilan bogʼliqligi taʼkidlandi. Bundan tashqari, bu jarayonda ommaviy axborot vositalari vakillari, jumladan, jurnalist va blogerlar bilan hamkorlik qilish zarurligi qayd etildi. Shu bilan birga, qabul qilinayotgan qonun hujjatlari muayyan tor doiradagi shaxslarning manfaatiga xizmat qilishi kerak emasligiga urgʼu berildi.
Kengash aʼzolari tomonidan ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy-huquqiy sohalarga oid ustuvor xalqaro reyting va indekslarda Oʼzbekiston Respublikasining oʼrnini yaxshilash boʼyicha chora-tadbirlar rejalari loyihalari muhokama qilinib, tasdiqlandi. Shuningdek, ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy-huquqiy sohalardagi xalqaro reyting va indekslar bilan ishlashga masʼul vazirlik va idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari uchun ishlab chiqilgan trening dasturlari muhokama qilindi.
Treninglar yuzasidan taqdimotlar va tarqatma materiallar puxta va qiziqarli boʼlishi kerakligi, trenerlarning malakasi va treninglarning sifati uchun Kengash ishchi organlari shaxsan masʼul hisoblanishi taʼkidlandi.
Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan hozirda respublikamizning GII reytingiga kiritilishi boʼyicha qator ishlar olib borilmoqda. Soʼnggi yillarda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan jadal ijobiy islohotlar natijalari, tegishli vazirlik va idoralar hamda xalqaro tashkilotlar bilan oʼrnatilgan yaqin hamkorlik Oʼzbekiston Respublikasini Innovatsion rivojlantirish strategiyasida belgilangan asosiy vazifalardan biri – Oʼzbekistonning GII reytingiga kirishi va ilgʼor davlatlar qatoridan joy olishiga asos boʼladi.
Xalqaro reyting va indekslarning ahamiyati, oldimizda turgan ustuvor vazifalarni belgilash, reyting agentliklarining metodologiyalarini o'rganish maqsadida mahalliy hokimliklar hamda vazirlik va idoralar mas'ullari uchun maxsus treninglarni bo’lib o’tdi. Shu bilan birga, eng asosiy ishimiz qonunlar va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarning amaldagi ijrosini, bir so'z bilan aytganda, qonun ustuvorligini ta'minlashdir. Bu borada biz parlament va jamoatchilik nazoratini qat'iy yo'lga qo'yishga kirishdik va, albatta, ijobiy natijalarga erishamiz.
O'zbekistonning ushbu xalqaro indekslarda e'tirof etilmaganiga bir necha sabablar bor. Masalan, Jahon iqtisodiy forumining “Global raqobatbardoshlik indeksi”ga mamlakatimizni kiritish masalasi yuzasidan Moliya vazirligi olib borgan muzokaralar natijasida indeksga kirish jarayoni 2 yil muddatni talab etishi ma'lum bo'ldi.
Birinchi yilda tashkilot tomonidan O'zbekistonda rasmiy so'rovnoma o'tkazish uchun hamkor, ya'ni nodavlat notijorat tashkilotlar, ilmiy-tadqiqot institutlari tanlab olinadi va so'rovnoma o'tkaziladi. Ikkinchi yilda so'rovnoma natijalaridan kelib chiqib, O'zbekistonning indeksdagi norasmiy o'rni belgilanadi hamda ularning O'zbekiston ko'rsatkichlarining haqiqiy tendentsiyalari bilan qay darajada mos kelishi tekshirib ko'riladi. Tendentsiyalar maxsus ekspertlar tomonidan 2 yil mobaynida muntazam kuzatilib boriladi va tahlil qilinadi.
Xalqaro byudjet hamjamiyatining “Byudjet ochiqligi indeksi”ga kirish masalasiga to'xtaladigan bo'lsak, indeks bo'yicha mamlakatda tadqiqot o'tkazish uchun zarur resurslar (jumladan, mablag'lar) faqatgina xalqaro nodavlat tashkilotlar va institutlar (donorlar) hisobidan amalga oshiriladi.
Hamjamiyatning asosiy talablaridan biri — tadqiqot o'tkazishdagi mahalliy hamkor sifatida mustaqil fuqarolik jamiyati institutlari (nodavlat notijorat tashkilotlar) bo'lishi zarur. Mazkur indeks hisobotida mamlakatimizni aks ettirish bo'yicha yakuniy qaror tashkilotning joriy yil avgust oyidagi yig'ilishida ko'rib chiqilishiga kelishilgan.
Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkilotining “To'g'ridan-to'g'ri xorijiy investitsiyalarni tartibga solish cheklovlari indeksi”da O'zbekistonni e'tirof etish maqsadida tuzilma mas'ul rahbarlari bilan muzokaralar o'tkazildi. Xususan, Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti bilan birgalikda “Investitsion siyosat sharhi — O'zbekiston” nomli hisobotni ishlab chiqish va bu orqali indeksda mamlakat o'rnini aks ettirish imkoniyatlarini kengaytirish bo'yicha kelishuvlarga erishildi.
Kornell universiteti, Xalqaro intellektual mulk tashkilotining “Global innovatsiyalar indeksi”da mamlakatimiz o'rnini aks ettirish masalasida Innovatsion rivojlanish vazirligi muzokaralar o'tkazmoqda. Hozir ushbu indeksda talab etilgan zarur statistik ma'lumotlarni jamlash bo'yicha hamkorlikda ishlar yo'lga qo'yilgan. Bundan tashqari, ayrim reyting va indekslarda talab etilgan statistik ma'lumotlar respublikamizning davlat idoralari va tashkilotlari tomonidan shakllantirilgan statistik ma'lumotlar bazasiga asoslanadi.
Masalan, BMTning “Barqaror rivojlanish maqsadlari”da jami 206 ta milliy indikator tasdiqlangan. Davlat statistika qo'mitasi tomonidan yaratilgan maxsus saytga bu boradagi zarur ma'lumotlar doimiy ravishda joylashtiriladi. SHuningdek, xalqaro reyting va indekslar uchun kerakli ma'lumotlar davlat idoralari tomonidan muntazam yangilanib boriladi.
Misol uchun, hukumat portali doirasida “Ochiq ma'lumotlar portali” ishga tushirilgan. Mazkur portal Davlat statistika qo'mitasining davlat organlari va tashkilotlarining ochiq ma'lumotlar bazasi yuritilishi va yangilanishi, shuningdek, tegishli axborotlarning o'z vaqtida aks ettirilishini muvofiqlashtirib kelmoqda.
Umuman olganda, xalqaro reyting va indekslarni yurituvchi tashkilotlar tadbirkorlar va aholi o'rtasida o'tkazilgan so'rovnomalar natijalariga, nodavlat notijorat tashkilotlar ma'lumotlariga hamda milliy va xorijiy ekspertlar xulosalariga tayanadi. Bu esa, o'z navbatida, respublika miqyosida iqtisodiy, siyosiy va ijtimoiy sohadagi islohotlar va ularning natijalaridan mahalliy aholi va tadbirkorlar qay darajada xabardor ekanini ko'rsatib beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |