Ota-onalar sinf majlisini tashkil qilish metodikasi
Har bir o’quv yilining boshida o’tkaziladigan ota-onalarning sinf majlisini ilmiy,nazariy,ma’naviy va metodik jihatdan mazmundor tashkil qila bilish,ota-onaning bunday majlislarni orziqib kutib,doimiy qatnashuvchi bo’lishiga zamin hozirlaydi.Bunday majlis o’qituvchidan ko’p bilim va mahorat talab etadi.
Undagi masalalar yo`zasidan tayyorgarlikni bir oy oldin boshlash kerak.Bular:
- Har bir oila a’zosi va uning shart -sharoiti haqidagi ma’lumotlarga ega bo’lish;
-
Oila va atrofdagi ijtimoiy munosabat muhitining soz yoki nosozligini aniqlash;
-
Har bir o’quvchi shaxsi haqida to’liq ma’lumotga ega bo’lish;
-
Oilada bolani maktabga tayyorlash tartibi kabilar.
Birinchi majlisni o’tkazishdan oldin o’qituvchining tayyorgarligi:
1.Majlis mavzusi va maqsadini aniqlash;
2.Majlis o’tkazadigan joyni jihozlash;
3.Majlis o’tkazish metodini tanlash, suhbat, tushuntirish;
4.Maktab tarixi va kelajakdagi istiqboli haqida qisqa ma’lumot tayyorlash;
5.Donolar bisotidan foydalanish kabilar.
Ma’naviyat darsida o`quvchilarga "Ota-ona ulug` zot" mavzuini yoritishda ota-onani norozi qilganning ahvoli yomon bo`lishini "Ona qarg`ishi" rivoyatini misol qilib gapirib berish mumkin.
"Ona qarg`ishi" rivoyatining qisqacha mazmuni: Bir mushtipar, ko`zi ojiz qolgan onaning bir o`g`li bo`lib, ona o`z o`g`lining qaramog`ida bo`ladi. Kunlardan bir kun o`g`il o`z onasiga shu kungacha xizmat qilganini aytib, onani vaqtincha tashlab, haj qilgani borishni aytadi. Onaizor qanchalik qarshilik qilmasin, o`g`liga yolg`iz tashlab ketmasligini yalinib so`ramasin, o`g`il baribir ona bilan xayrlashib ko`chaga qadam bosayotganda ona: "Iloyim meni yolg`iz tashlab ketganing uchun, borgan joyingda quruq tuhmatga uchragin" — deb alam dardida qarag`ab yuboradi. Bola uyidan ketib, uzoq yo`l yurib, bir qishloqqa yetib keladi, qorong`u tushub qolgani va tunashga joyi bo`lmagani uchun mahaliy masjidga kirib nomoz o`qish va tonggacha u yerda qolishni rejalashtiradi. Shu kecha qishloqdagi bir xonadonga o`g`ri tushadi. Uy egalari uyg`onib ketadi va o`g`ri qo`lidagi barcha narsalarni olib, qochib ketayotib to`g`ri masjidga kirib, o`g`irlangan mollarni namoz o`qib turgan musofir yigitning yoniga qo`yib, o`zi oynadan sakrab qochib qoladi. Xonadon egalari o`g`rini ortidan quvlab kelayotgani, uning masjidga kirganini ko`radilar va borib qarasalar, o`g`irlangan molni namoz o`qiyotgan yigit yonidan topadi.Yigitni ushlab, do’pposlab, ertasiga to’g’ri qozining oldiga olib kelishadi. Xonadon egasi musofir yigitni o’g’rilik qilib, namoz o’qiyotgandan shikoyat qiladi, unga qattik jazo berishni talab qiladi. Qozi shunday xulosa chiqaradi: o’g’rilik qilgani uchun yigitning 2 qo’lini kestiradi, yugurib masjidga kirgani uchun 2 oyog`ini xam kesadilar. Yigitning tana qismi qoladi. SHunda qozi xalqqa murojaat qilib: "Birovning uyiga og`irlikka tushganning axvolini ko`rib quyinglara-a" — deydi. Musofir yigit esa, qozining gapiga qoshimcha qilib: "O`g`rilik qilganning emas, onani norozi qilib, uning qarg`ishiga uchragan odamning axvolini ko`rib qo`yinglar"—deb, olamdan o`tadi,
Rivoyat mazmunini yoshlarga tushuntirgandan so`ng ularni ikki guruxga bo`lib munozara ham qilish mumkin. Bu bilan "Guruh munozarasi"va kichik guruhlarda ishlash usulidan foydalaniladi. Agar, ushbu rivoyatni ukuvchilarga obrazlarni rollarga bulib, uzlarini saxnada jonli ijro ettirsalar, unda "Rolli, saxna kurinishi" usulidan foydalanilgan buladi.
Ushbu rivoyatning mazmunini xar bir ukuvchilarda uz fikrlarini birin-ketin, batafsil surash orkali "Aqliy hujum", "Muayyan holat, vaziyatni urganish", "Nuqtai-nazaring bo`lsin" usullaridan ijobiy foydalaniladi.
Xulosa shuki, kasb-hunar kolleji o`quvchilarida ma’naviy-axloqiy fazilatlarni tarbiyalashda turli tarbiviy tadbirlar usullaridan foidalangan holda tashkil etish, amaliyotda o`zining ijobiy natijasini beradi.
Tarbiya jarayonida o`zbek xalqining milliy-ma`naviy merosiga, an`analariga sharqona milliy qadriyatlarga tayangan holda ish ko`rishni nazarda tutadi.
Axloqiy tarbiyada izchillik, tizimlilik - tarbiyaviy ta`sirlarning uyg’unligi va uzluksizligi qoidasi o`quvchilarga tarbiyaviy ta`sir ko`rsatishda izchillikka rioya qilishni, o`quvchiga birdaniga juda ko`p talab qo`ymaslikni, tarbiyada maktab oila, jamoatchilik talabining bir xil bo`lishini talab qiladi.
Xulosa qilib aytganda, boshlang’ich sinf o’quvchilari ongida axloqiy tarbiyani shakllantirishda hamkorlik muhim ahamiyatga ega. Oilada, ta’lim-tarbiya maskanlarida ijobiy muhit, qat'iy tartib, ayniqsa ta'lim-tarbiya jarayoni har jihatdan mukammal bo`lsa, unda kamol topayotgan avlodlar kelajagi ularning ota-onalari kutganidan ham nurafshon bo'lajak. Mustaqil Vatanimiz istiqboli uchun esa ana shunday barkamol avlod albatta kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |