Navoiy davlat pedagogika instituti umumiy pedagogika kafedrasi axloqiy tarbiyaning mavjud metodlarini takomillashtirishga yangicha yondoshuvlar


Bu ishda usullarning bir necha guruhga ajratiladi



Download 115,9 Kb.
bet15/36
Sana12.01.2017
Hajmi115,9 Kb.
#365
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   36
Bu ishda usullarning bir necha guruhga ajratiladi.

Asoslash sohasini qayta qurish usullari. Usullarning bu guruhida yakka tartibda xayrixohlik bilan o`tkaziladigan suhbat samaralidir. Bu suhbatda bola yurish-turishidagi ayrim jihatlar, uning hatti-harakatlarining sabablari hamda o`zini va boshqa bolalar uchun oqibatlari tahlil qilinadi, ularga baho beriladi, yurish-turishning bola egallashi kerak bo`lgan to`g`ri usullari ko`rsatiladi. Buning uchun bolalar adabiyoti asarlarini o`qishdan foydalaniladi, qahramonlarning yurish-turishlari bilan taqqoslanadi, qahramon tushib qolgan vaziyatda yurish-turish usullari belgilanadi. Asoslash sohasini qayta qurish usullari orasida salbiy va ijobiy yurish-turish oqibatlarini tahlil qilish ham foydalaniladi. Pedagog bolaning hatti-harakatini uning bilimlariga tayanib tahlil qiladi, bolaning yurish-turishiga to`g`ri baho berishga o`rgatadi, u hatti-harakatlarining oqibatlarini oldindan ko`ra bilishni hamda shu asosda tengdoshlari yurish-turishning o`ziga xos yo`lini belgilay olishni shakllantiradi.

Salbiy yurish-turishning oldini olish va ijobiy yurish-turishni rag`batlantirish usullari. Bola o`z yurish-turishida asoslanadigan u yoki bu qoidalarini eslatib turish, barcha bolalar va tarbiyasi qiyin bola bu qoidalarni esda tutib, bajarishga tayyor ekanliklariga ishonch bildirish ana shu usullar jumlasiga kiradi. Tarbiyasi og`ir bolada ishonch tuyg`usini o`z yutug`idan quvonch tuyg`usini keltirib chiqaradigan rag`batlantirish usullari, shuningdek jazo usullari shu guruhga kiradi. Bola qoidani buzsa,bolalarni xafa qilsa, biror ishni mumkin emasligini bilgani va tushungani holda shu ishni qilsa, jazodan foydalaniladi. Jazoni gudak anglab yetishi va ta’sirlanishi kerak, tarbiyasi og`ir bola jamoaning u qilgan ishga salbiy munosabatidan istirob chekishiga erishish kerak. Rag`batlantirish va jazo turlari bolaning xususiyatlariga muvofiqlashtiriladi.

Bolaning jamoasi bilan aloqasini kupaytirishga qaratilgan usullar. Bolaning irodaviy kuch-g`ayratlariga, uning yutuqlariga jamoa ishtirokida ijobiy baho berish, tarbiyasi og`ir bola e’tiborini ijobiy jamoatchilik fikriga jalb qilish, masalan, jamoa e’tiborini tortinchoq bolaning butun jamoa uchun ahamiyatli yutuqlarga qaralish, tarbiyasi og`ir bolani bilimlari va ko`nikmalarini hisobga olgan holda jamoa faoliyatiga jalb qilish, bola e’tiborini qiziqarli va maroqli ishga qaratish shu jumlaga kiradi. Bola his-tuyg`usiga, uning ijobiy tuyg`ularining ifodalanishiga kattalar va bolalar jamoasi talablariga ijobiy munosabatiga tayanish, salbiy hatti-harakatlardan uyalish, to`g`ri yo`l tutish istagi va shunga intilish o`z ishlariga ishonch usullarining barcha guruxidan foydalanishda umumiy ahamiyatga ega. Tarbiyasi og`ir bola shaxsining salbiy jihatlarini bartaraf etishga ishonch, ishni uning shaxsiy xususiyatlarini hisobga olgan holda ko`ra olish, oila a’zolarini o`ziga ittifoqchi qilib olish mohir pedagog faoliyatiga xos xususiyat.



Download 115,9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish