43
KIRISH
Umumiy tilshunoslik fani tilshunoslik tarixi, ilmiy- nazariy masalalari va tilshunoslik
metodlari bilan bog‘liq muammolar haqida ma‘lumot beradi.
Fanni o‘qitishdan maqsad - bo‘lajak o‘qituvchilarga tilshunoslik fanining tarixi, ilmiy-
nazariy masalalari, tilshunoslik metodlari bo‘yicha atroflicha bilim berish bilan birga ularning
kelajakdagi ish faoliyatlarida amaliy ahamiyat kasb etuvchi lingvistik bilim, ko‘nikma va
malakalarni shakllantirish va rivojlantirishdan iborat.
Fanning vazifasi - tilshunoslik fanining tarixi, ilmiy- nazariy masalalari, tilshunoslik
metodlari bo‘yicha bilimlarga o‘rgatishdan iborat. Ushbu fan talabalarni nazariy jihatdan yetuk
mutaxassis bo‘lishlari uchun xizmat qiladi.
Umumiy tilshunoslik o‘quv fanini o‘zlashtirish jarayonida amalga oshiriladigan
masalalar doirasida bakalavr: jahon tilshunosligining tarixiy taraqqiyot bosqichlari, tilshunoslik
maktablari, tilshunoslikning nazariy masalalari, tilshunoslik metodlarini bilishi; muayyan nazariy
masalalarga oid fikrlarni bayon etishi, ayni fikrlarga nisbatan tanqidiy munosabatini
shakllantirish ko‘nikmalariga ega bo‘lishi
;o‘z nuqtai nazarini ilmiy asoslab berishi va bulardan
amaliy masalalarni yechishda foydalana bilish
malakalariga ega bo‘lishi kerak.
Umumiy tilshunoslik fani ixtisoslik fani hisoblanib, 7-semestrda o‘qitiladi. Dasturni
amalga oshirish o‘quv rejasida rejalashtirilgan tilshunoslik asoslari, hozirgi o‘zbek adabiy tili,
falsafa, mantiq, informatika va axborot texnologiyalari kabi fanlardan egallagan bilimlarga
tayaniladi.
Umumiy tilshunoslik fani bo‘lajak o‘zbek tili va adabiyoti o‘qituvchilarini
tilshunoslikning umumiy nazariy asoslari bilan tanishtiradi, talabalarga tilshunoslik tarixi,
tilshunoslikning nazariy masalalari va metodlari bo‘yicha puxta ma‘lumotlarni beradi.
Talabalarning umumiy tilshunoslik fanini o‘zlashtirishlari uchun o‘qitishning ilg‘or va
zamonaviy usullaridan foydalanish, yangi informatsion-pedagogik texnologiyalarni tatbiq qilish
muhim ahamiyatga egadir. Fanni o‘zlashtirishda darslik va o‘quv qo‘llanmalar, seminar
ishlanmalari, tarqatma materiallar va elektron materiallardan foydalaniladi.
Ma‘lumki, bugungi kunda ta‘limda ma‘ruza va seminar (amaliy mashg‘ulotlar)ning turli
usullaridan foydalanilmoqda. Xususan, ma‘ruzaning quyidagi turlari mavjud:
kirish ma‟ruzasi,
ma‟ruza-axborot, sharhlovchi ma‟ruza, muammoli ma‟ruza, vizual ma‟ruza, binar
ma‟ruza, avvaldan rejalashtirilgan xatoli ma‟ruza, ma‟ruza-konferensiya, maslahat
Do'stlaringiz bilan baham: