10.N.A Kondrashov. Istoriya lingvisticheskix ucheniy. -M., 1979.
1. О.С. Ахманова. Словарь лингвистических терминов. –М.
2. Д. Э. Розенталь, М.А. Теленкова. Словарь-справочник лингвестических
терминов. –М.,
3.В.М. Солнцев. Язык как системно-структорное образование. –М., 1971.
215
4. Ю. С. Степанов. Основы общего языкознания –М., 1975ю
5.Ф.М. Березин, Б.Н. Головин.общее языковнание. – М., 1979.
6. В.И. Кодухов. Общее языкознание. –М., 1974.
ANNOTATSIYA
Umumiy tilshunoslik fani tilshunoslik tarixi, ilmiy- nazariy masalalari va
tilshunoslik metodlari bilan bog‘liq muammolar haqida ma‘lumot beradi.
Fanni o‘qitishdan maqsad - bo‘lajak o‘qituvchilarga tilshunoslik fanining
tarixi, ilmiy- nazariy masalalari, tilshunoslik metodlari bo‘yicha atroflicha bilim
berish bilan birga ularning kelajakdagi ish faoliyatlarida amaliy ahamiyat kasb
etuvchi lingvistik bilim, ko‘nikma va malakalarni shakllantirish va
rivojlantirishdan iborat.
Fanning vazifasi - tilshunoslik fanining tarixi, ilmiy- nazariy masalalari,
tilshunoslik metodlari bo‘yicha bilimlarga o‘rgatishdan iborat. Ushbu fan
talabalarni nazariy jihatdan yetuk mutaxassis bo‘lishlari uchun xizmat qiladi.
Umumiy tilshunoslik o‘quv fanini o‘zlashtirish jarayonida amalga
oshiriladigan masalalar doirasida bakalavr: jahon tilshunosligining tarixiy
taraqqiyot bosqichlari, tilshunoslik maktablari, tilshunoslikning nazariy masalalari,
tilshunoslik metodlarini bilishi; muayyan nazariy masalalarga oid fikrlarni bayon
etishi, ayni fikrlarga nisbatan tanqidiy munosabatini shakllantirish ko‘nikmalariga
ega bo‘lishi;o‘z nuqtai nazarini ilmiy asoslab berishi va bulardan amaliy
masalalarni yechishda foydalana bilish malakalariga ega bo‘lishi kerak.
Umumiy tilshunoslik fani ixtisoslik fani hisoblanib, 7-semestrda o‘qitiladi.
Dasturni amalga oshirish o‘quv rejasida rejalashtirilgan tilshunoslik asoslari,
hozirgi o‘zbek adabiy tili, falsafa, mantiq, informatika va axborot texnologiyalari
kabi fanlardan egallagan bilimlarga tayaniladi.
Umumiy tilshunoslik fani bo‘lajak o‘zbek tili va adabiyoti o‘qituvchilarini
tilshunoslikning umumiy nazariy asoslari bilan tanishtiradi, talabalarga tilshunoslik
tarixi, tilshunoslikning nazariy masalalari va metodlari bo‘yicha puxta
ma‘lumotlarni beradi.
Talabalarning umumiy tilshunoslik fanini o‘zlashtirishlari uchun o‘qitishning
ilg‘or va zamonaviy usullaridan foydalanish, yangi informatsion-pedagogik
texnologiyalarni tatbiq qilish muhim ahamiyatga egadir. Fanni o‘zlashtirishda
darslik va o‘quv qo‘llanmalar, seminar ishlanmalari, tarqatma materiallar va
elektron materiallardan foydalaniladi.
Ma‘lumki, bugungi kunda ta‘limda ma‘ruza va seminar (amaliy
mashg‘ulotlar)ning turli usullaridan foydalanilmoqda. Xususan, ma‘ruzaning
quyidagi turlari mavjud: kirish ma‘ruzasi, ma‘ruza-axborot, sharhlovchi ma‘ruza,
216
muammoli ma‘ruza, vizual ma‘ruza, binar ma‘ruza, avvaldan rejalashtirilgan
xatoli ma‘ruza, ma‘ruza-konferensiya, maslahat ma‘ruza.
Do'stlaringiz bilan baham: |