Leksik uslubiyat – turli leksik qatlamlarninguslubiy imkoniyat va xususiyatlari,
so`zlarning funksional-uslubiy, emotsional-ekspressiv bo`yog`i, shuningdek,
nutqda leksik vositalarni maqsadga muvofiq tarzda tanlash va qo`llash haqidagi
ta‘limot.
Leksik me‟yor – leksik birliklarning adabiy til qoidalariga mos holda, namunali
tarzda foydalanishini belgilovchi me‘yor.
Leksik va frazeologik me‟yor – hamma tomonidan ishlatiladigan, hammaga
tushunarli bo`lgan so`z va iboralarning qo`llanishi.
Metafora- so`z ma‘lum leksik ma‘nosining denotatiga boshqa bir denotat
o`xshashligi uchun ham uni ataganligi orqasida ko`chma ma‘no yuzaga
keltirishdir.
102
Metonimiya- so`z ma‘lum leksik ma‘nosi denotati boshqa bir denotat bilan
zamon va makonda o`zaro aloqador bo`lganligi uchun uni ham ataganligi
orqasida ko`chma ma‘no yuzaga keltirishidir.