Navoiy davlat pedagogika instituti umumiy tilshunoslik



Download 2,9 Mb.
Pdf ko'rish
bet208/339
Sana01.01.2022
Hajmi2,9 Mb.
#287529
1   ...   204   205   206   207   208   209   210   211   ...   339
Bog'liq
umumiy tilshunoslik

Valentlik tahlil metodi 
Til sistemasi muayyan lisoniy birliklardan iborat bo`lib, ushbu birliklar ham sistem tabiatga 
egaligi  bilan  ajralib  turadi.  Aniqrog‘i,  masalan  har  bir  so`z  o`z  belgi  va  xususiyatlarning 
birligidan iborat muayyan element, qirra, tomon, imkoniyatlarga ega o`ziga xos sistemachadir. 
Ma‘lumki,  mikrosistem  xarakterga  ega  bo`lgan  so`zning  til  sistemasidagi  ahamiyati  katta, 
qo`llanish doirasi va imkoniyatlari juda keng bo`lib, u jahon tilshunosligi miqyosida doimo turli 
lingvistik yo`nalishlarning tadqiqot ob‘ekti bo`lib kelgan va shunday bo`lib qoladi. 
Valentlik  tahlil  metodi  ham,  asosan,  so`z  muammosi  bilan  shug‘ullanadi,  so`zning  nutq 
faoliyatidagi-nutq birligi sifatidagi semantik-sintaktik, funksional faolligini o`rganadi, tekshiradi, 
uning ichki-mazmun jihati bilan bog‘liq imkoniyatlarini, xususiyatlarini ochib beradi. Aniqrog‘i, 
valentlik  tahlil  metodi  orqali  muayyan  so`zning  o`z  ma‘nosi  asosida  boshqa  so`zlar  bilan 
sintaktik  (semantik-sintaktik)  munosabatga  kirishuvi,  aniqlanadi,  ya‘ni  so`zning  turli  ma‘noga 
ega  qator  so`zlarni  o`ziga  biriktirish  xususiyatlari  yoritiladi.  Valentlik  tahlil  metodining 
ob‘ektivligi  ilmiy-amaliy  mohiyati,  zarurligi  so`z  bilan  -  so`zning  leksik  -  semantik  kuchi, 
mavqei  bilan  belgilanadi.  Demak,  so`zning  «ruhi»,  «joni»  bo`lgan  semantikasi  uning  boshqa 
so`zlar  bilan  birikishi  ta‘minlaydi,  birikma,  gap  kabi  nutq  birliklari  so`zning  fikr  ifodalash 
jarayonida  boshqa  so`zlar  bilan  birika  olish  semantik  imkoniyatining,  valentlik  munosabatining 
natijasi sifatida yuzaga keladi. 


 
184 
Murakkab tushuncha ifodalovchi nutq birliklaridan tortib, fikr ifodalovchi nutq birliklarining 
hosil bo`lishi bevosita so`z valentligi bilan bog‘liqdir. 
Valentlik tahlil metodi orqali so`zlarning birikishi-so`zlar orasidagi mantiqiy aloqa dastavval 
ularning  semantik  imkoniyatiga  (substansial  xususiyatiga)  ko`ra  amalga  oshish,  so`zlarning 
semantik  bog‘lanishi  asosida  esa  ular  sememalarning  (semalarining)  semantik  munosabati 
mavjudligi aniqlanadi. 
Valentlik  tahlil  metodi  orqali  so`zlar  orasidagi  semantik  munosabat  bevosita  semantik 
munosabatni  yuzaga  keltirish,  ya‘ni  semantik  sintagmalarni,  sintaktik  konstruksiyalarni 
(qurilmalarni) hosil qilish ma‘lum bo`ladi. 
Ushbu  metod  orqali  so`zlar  orasidagi  sintaktik  aloqa  asosida  so`zning  valentlik  imkoni 
mavjudligi,  sintaktik  aloqa  so`zning  valentlik  qobiliyati  egaligini,  valentlik  umumiy 
xususiyatining  nutkda,  so`zlar  orasidagi  turlicha  bog‘lanishlarda  -  xususiyliklarda  namoyon 
bo`lishini ko`rsatadi. 
Valentlik  tahlil  metodi  orqali,  masalan,  so`z  semantik  valentligining  muayyan  ko`rinishi 
bo`lgan fe‘l (yoki ot, sifat va b.) valentliklarni, uning nutkda qaysi so`zlar bilan birika olishini, 
sintaktik munosabatga kirishishini aniqlash mumkin. 
Fe‘l valentligining o`ziga xosligi shundaki, u valentlik semantik imkoniyatiga ko`ra gapning 
ko`rinishini  (tuzilishini)  belgilaydi,  uning  qanday  so`zlardan  tarkib  topishini  ma‘lum  qiladi. 
Masalan, o`qtalmoq fe‘lning semantik imkoniyati - valentlik qobiliyati gapda quyidagi aktantlar 
(ishtirokchilar, qatnashuvchilar) orqali namoyon bo`ladi. Qiyoslang: 
o`qtaldi: kim, nimani, kimga, nima sababdan, qayerda va b. 
 
  

 Miltiqni                   SHubhali odamga 
O`qtaldi          -------------------   Ehtiyotdan 
                     
 
Eshik tagida 
 
To`xtadi: nima, qayerda, kachon, nima sababdan? 
                 Mashina 
                To`xtadi         -------- Uyningoldida 
                       
Erta tongda 
         Benzin olish uchun 
 
CHimirdi: kim, nima sababdan, nimani va b.  
U asabiylashib qoshini chimirdi 

Chimirdi asabiylashib 
qoshini 
Xullas, valentlik tahlil metodi nutq faoliyatini, uning muayyan lisoniy birliklaridan, ularning 
o`zaro  semantik-sintaktik  munosabatga  kirishuvidan  tarkib  topishini,  nutqning  hosil  bo`lishi 
mexanizmni  diferensial  -  semantik  metod-komponent  tahlil  metodi  bilan  hamkorlikda  yoritib 
berishiga ko`ra muhim ahamiyati egadir. 

Download 2,9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   204   205   206   207   208   209   210   211   ...   339




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish