Muammoli ta`lim. Ta`lim mazmunini muammoli tarzda taqdim qilish orqali ta`lim oluvchi faoliyatini aktivlashtirish usullaridan biri. Bunda ilmiy bilimni ob`ektiv qarama-qarshiligi va uni hal etish usullarini, dialektik mushohadani shakllantirish va rivojlantirishni, laboratoriya faoliyatga ularni ijodiy tarzda qo’llashni mustaqil ijodiy faoliyati ta`minlanadi.
Axborotni taqdim qilishning zamonaviy vositalari va usullarini qo’llash – yangi komp’yuter va axborot texnologiyalarini o’quv jarayoniga qo’llash.
Keltirilgan kontseptual yo’riqlarga asoslangan holda, «Biologiya o`qitish metodikasi» kursining maqsad va vazifasi, tarkibiy tuzilishi va ta`lim jarayonida tutgan o’rni, o’quv axborotining mazmuni va hajmidan kelib chiqib, ma`lum sharoit va o’quv rejasida belgilangan vaqtda o’qitish, kommunikatsiya, axborot va ularni birgalikdagi boshqarishni kafolatlaydigan usullar va vositalar tanlovi amalga oshirildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |