9 GLOSSARIY (ATAMALAR IZOHLI LUG’ATI)
Adenozindifosfat (ADF) - hujayraning energetik almashinuvida fosfat guruhni
gabul gilib, ATFga aylanuvchi nukleotid.
Adenozintrifosfat (ATF) - fosfat gurulllarni ajratib biologik jarayonlarni
energiya bilan ta'minlovchi energiyaga boy molekula.
Almashinmaydigan aminokislotalar - odam va hayvon organizmida sintezlan
maydigan va ovqat bilan gabul qilinadigan aminokislotalar.
Aminoatsil -t-RNK - oqsil sintezi jarayonida aminokislotalarning ATF
energiyasi hisobiga fa'ollashib, tRNK bilan bog'langan shakli.
Aminokislotalar - tarkibida aminoguruh - NN, tutuvchi organik kislotalar.
Antikodon -iRNKning kodoniga komplcmentar tRNKdagi uchta nukleotiddan iborat qator.
Vitamin - ovqatda juda kam miqdorda bo`lishi zarur organik birikmalar. Vitaminlarning ko`pligi ma'lum kofermentlarning tarkibiy qismini tashkil qiladi.
Gemoglobin - qizil qon tanachalarining 0, tashishda ishtirok etadigan, tarkibida temir bolgan oqsili.
Gen-RNK molekulasini yoki bir yo bir nechta polipeptid zanjirlarini kodlovchi DNKning bir qismi.
Do'stlaringiz bilan baham: |