Navoiy davlat pedagogika instituti "tasdiqlayman"


Magistrlik dissertatsiyasi himoyasini o’tkazish tartibi



Download 5,56 Mb.
Pdf ko'rish
bet67/222
Sana09.07.2022
Hajmi5,56 Mb.
#759707
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   222
Bog'liq
Magistratura tahlil majmua 2018 (1)

Magistrlik dissertatsiyasi himoyasini o’tkazish tartibi
Magistrlik dissertatsiyasi himoyasi DAK yig’ilishida o’tkaziladi. Himoya ilmiy 
munozara xarakteriga ega bo’lib, ochiq tarzda, o’ta talabchanlik va qat’iyat bilan ilmiy 
muloqot odobiga rioya qilingan holda o’tkaziladi. Bu yig’ilishda dissertatsiyaning 
barcha ilmiy, amaliy xulosalari va tavsiyalari har tomonlama tahlil qilinadi. 
Himoya yig’ilishida DAK raisi dissertant haqida har tomonlama ma’lumot beradi. 
Komissiya raisi dissertatsiyaning mavzusi, dissertantning ismi, familiyasi va boshqa 
zaruriy hujjatlarning mavjudligi haqida axborot beradi. SHuningdek, dissertantning 
magistrantlik faoliyati, ya’ni o’quv predmetlarini o’zlashtirishi, ilmiy qobiliyati haqida 
qisqacha to’xtab o’tiladi. 
DAK raisi axborotidan so’ng, magistrantning ilmiy rahbariga so’z beriladi. Ilmiy 
rahbar magistrantning ilmiy salohiyati va shaxsiy jihatlariga munosabat bildiradi. 
Ma’lum sabablarga ko’ra ilmiy rahbar himoya yig’ilishida qatnasha olmasligi mumkin. 
B u holda ilmiy rahbarning yozma xulosasini DAK raisi o’qib eshittiradi. 
Ilmiy rahbarning fikri eshitilgach, so’z magistrantga beriladi. Dissertant avvaldan 
tayyorlab qo’yilgan matn asosida ma’ruza qiladi. Magistrant, ma’ruza davomida o’zini 
yuqori darajada nazariy tayyorgarlikka ega ekanligini ko’rsata olishi kerak, buning 
uchun unga 15 daqiqagacha vaqt beriladi. Magistrant ma’ruzada tadqiqot ishi haqida 
qisqa, mazmunli axborot bera olishi kerak. U DAK a’zolarining diqqatini ishning asosiy 
natijalariga, shaxsan o’zi ishlab chiqqan nazariy va amaliy jihatlarga qaratmog’i lozim.
Dissertantning ma’ruzasi tushunarli va ifodali bo’lishi uchun quyidagi 
maslahatlarni berish mumkin: 
■ avvalo o’zingizni tanishtiring va tadqiqot mavzusini e’lon qiling; 
■ nigohingizni faqat ma’ruza matniga qaratib qo’ymang; 
■ matnda keltirilgan dalillaringizni og’zaki tushuntirib berishga harakat qiling; 
■ bir maromda va bir ohangda ma’ruza qilmang; 


94 
■ har bir yangi fikrlar orasida to’xtalishlar qiling va tinglovchilarning tushunib 
olishlariga imkon yarating; 
■ og’zaki nutq qoidalariga amal qiling hamda matndan haddan tashqari parchalarni 
o’qimang; 
■ haddan tashqari tez gapirmang, matnning mazmuniga qarab, turlicha ohangda va 
turlicha me’yorda gapiring; 
■ tinglovchilar tushunadigan oddiy so’zlar va gaplardan foydalaning, nutqingizni qo’shma 
gaplar bilan murakkablashtirib yubormang. 
SHundan keyin DAK a’zolari va mavzuga aloqador mutaxassislar magistrantga
dissertatsiya bo’yicha turli savollar berishi mumkin. U berilgan savollarga 
shoshmasdan, kamtarlik va xushmuomilalik bilan javob berishi lozim. Javob berishdan 
oldin savollarni diqqat bilan eshitib, yozib olishi zarur. 
So’ngra majlis raisi opponentga so’z beradi. Opponentning nutqi ham talab 
darajasida va barchaga tushunarli bo’lishi kerak. 
Opponentning ma’ruzasidan keyin dissertantga so’z beriladi. Dissertant opponent 
tomonidan bildirilgan fikrlarga o’z munosabatini bildiradi. Opponentning tanqidiy 
fikrlariga beriladigan javoblar, magistrant tomonidan avvaldan puxta, dalillar asosida 
o’ylab qo’yilgan bo’lishi kerak. 
Munozaraning oxirida magistrantning hohishiga ko’ra, unga yakunlovchi so’z 
beriladi. 
Majlisning oxirida tadqiqot ishi uchun qo’yiladigan baholar ko’pchilik ovoz bilan 
qabul qilinadi. Ovozlar soni teng bo’lgan holda, raisning ovozi hal qiluvchi hisoblanadi. 
SHundan keyin magistr ilmiy ishi uchun qo’yiladigan baho e’lon qilinadi va yig’ilish 
yakuniga yetadi. 
Magistrantlar 
dissertatsiyaga 
qo’yiladigan 
talablarni 
qanday 
darajada 
o’zlashtirganliklarini aniqlash uchun, ularga quyidagi savollar beriladi: 
1.
Magistrlik dissertatsiyasi qanday tadqiqot hisoblanadi? 
2.
Magistr dissertatsiya mavzusini qanday tanlab olishi kerak? 
3.
Dissertatsiyani yozishda magistr qanday ishlashi kerak? 
4.
Magistrlik dissertatsiyasini bajarishda ilmiy rahbarning roli qanday? 
5.
Dissertant himoya paytidagi ma’ruzasida nimalarga e’tibor berishi zarur? 
6.
Kerakli adabiyotlardan foydalanish tartibi va ular adabiyotlar ro’yxatida qanday 
keltiriladi? 

Download 5,56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   222




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish