O’quv faoliyatining natijalari
:
Talaba:
● Dissertatsiya ustida ishlashni, uning titul varag’i va mundarijasi qanday yozilishini
bilib oladi.
● Dissertatsiyaning kirish va asosiy qismi hamda ularning tarkibi qanday bo’lishini va
yozishni o’rganib oladi.
● Xulosalar va foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati qanday yozilishini bilib oladi.
● Dissertatsiyaning ilovasi nima ekanligini va unda nimalar bo’lishi kerakligini bilib
oladi.
1. Pedagogik tadqiqotga asoslangan dissertatsiya ustida qanday ishlash kerak?
2. Dissertatsiyaning titul varag’i va mundarijasi qanday yoziladi?
3.Dissertatsiyaning kirish qismida nimalar bo’lishi kerak?
4.Dissertatsiyaning asosiy qismida nimalar bo’ladi va u qanday yoziladi?
5. Dissertatsiyaning xulosalari va foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati qanday yoziladi?
176
6. Dissertatsiyaning ilovasida nimalar bo’lishi kerak?
14 – mavzu. Dissertatsiyani yozish va uni rasmiylashtirish
Tajribadan ma’lumki, dissertatsiyada quyidagi elementlar bo’lishi kerak:
titul varaq; mundarija (mazmun); kirish qismi; asosiy qism; xulosalar; adabiyotlar
ro’yxati va ilovalar.Titul varaq dissertatsiyaning birinchi sahifasi bo’lib, qabul qilingan
qoida (namuna) bo’yicha to’ldiriladi.Mundarijada kirish, boblarning nomi, paragraflar
va dissertatsiyaga tegishli boshqa ma’lumotlar(ilovalar) keltirilib, ular boshlanadigan
sahifa raqamlari ko’rsatiladi.
Odatda, dissertatsiyada quyidagi elementlar bo’lishi kerak:
♦ Titul varag’i.
♦ Mundarija (mazmun).
♦ Kirish.
♦ Asosiy qism.
♦ Xulosalar.
♦ Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati.
♦ Ilova.
Titul varaq dissertatsiyaning birinchi sahifasi bo’lib, qabul qilingan qoida (namunaga
qarang) bo’yicha to’ldiriladi.
Titul faraqdan keyin mundarija (mazmun) keltirilib, unda kirish, boblarning nomlari,
paragraflar va dissertatsiya ishiga tegishli bo’lgan boshqa ma’lumotlar (ilova) keltirilib,
ular boshlanadigan sahifa raqamlari ko’rsatiladi. Mundarija, dissertatsiya matniga to’la
mos kelishi kerak.
Dissertatsiyaning kirish qismi, uning eng ma’suliyatli bo’limi bo’lib, unda ilmiy-
tushunchaviy apparat va barcha fundamental g’oyalar aks etishi zarur, chunki,
dissertatsiya ularni asoslashga bag’ishlangan ilmiy ishdir. Bular, tanlangan mavzuning
dolzarbligi, maqsad va qo’yiladigan vazifalarning mazmuni, tadqiqotning ob’ekti va
predmeti, qo’llanilgan tadqiqot metodlari, olingan natijalarning nazariy va amaliy
ahamiyati, himoyaga olib chiqilayotgan holatlar, natijalarning joriy qilinishi va nashri
177
to’g’risidagi ma’lumotlar, dissertatsiyaning tarkibiy tuzilishi va boshq. Bularning
barchasi OAK Nizomida ko’rsatilgan bo’lib, ular dissertatsiyada o’z aksini topishi shart.
Ishning
Do'stlaringiz bilan baham: |