2. o’z manfaatlari yo’lida hech narsadan qaytmaslik va boshqalar manfaatidan uni ustun qo’yish.
3. boshqalarga biror xil ma’lumot berish jarayonida ularning fikri bilan hisoblashmaslik, ularni mensimaslik
4. har qanday vaziyatda o’zini hammadan ustun qo’yish, haddan ortiq manmanlikka berilish
5. shuningdek, egotsentrizmning boshqa turlarini keltirish mumkin.
6. dabdabali to’ylar qilish, mahobatli uylar qurish, ayollarning to’ydan avvalgi va keyingi turli-tuman yangicha tadbirlari,
yangi tug’ilgan go’dakni tug’ruqxonadan olib chiqish, to’y kuni sanoqsiz va qimmatbaho mashinalar bilan kelin-kuyovning sayrga chiqishi va hokazo.
jamiyat manfaatlarini mensimaslik
Masalan, nikoh kuni mashinalar karvonini uyushtirish odatini ana shunday illatlardan biri sifatida keltirish mumkin. CHunki birgina kuyov va kelin o’z manfaati deb butun shahar yo’llarida harakatlanayotgan yo’lovchi avtoulovlarga xalaqit beradi. To’ylardagi mashinlar karvoni kundan kunga kengayib bormoqda. Bu esa o’ziga yarasha noqulaylik va ayrim holatlarda fojealarni keltirib chiqarmoqda. Jamiyat manfaatlarini mensimaslik illatiga yana ko’plab misolar keltirish mumkin.
NIGILIZM
“Nigilizm” lotincha “Nihil”, ya’ni “hech nima”, “hech narsa” so’zidan olingan. Nigilizm – jamiyatning axloqiy, ma’naviy norma va ustunlari, tarixiy hamda madaniy qadriyatlarining inkor etilishi; umume’tirof etilgan, ob’ektiv qadriyatlarga nisbatan mutlaqo salbiy hamda o’ta tanqidiy munosabatda bo’lish;
SKEPTITSIZM
Dunyo haqida ishonchli bilimlarga erishish mumkinligini shubha ostiga oluvchi ta’limotlardan biri. Skeptitsizm – bilimdan ko’ra hissiy idrokni ustun qo’yish va shu asosda ish tutish. YA’ni ular bilim va tajribalar asosida emas, balki o’zlarining his-tuyg’ulari asosidagina ish ko’rishni xohlovchilardir.
SINIZM
1. beadablik
2. uyatsizlik
3.Xayosizlik
4.loqaydlik
5.manmanlik
6. zolimlikni targ’ib qilish
STARIZM NIMA?
Starizm – sub’ektiv ehtiroslarga berilgan holda, estrada artistlari, aktyorlar, sportchilar, telediktorlarni ilohiylashtirish.
YOsh yigit-qizlarning shaxsiy xonalariga kirsangiz, yo chet el aktyori, yo chet el qo’shiqchisi, yo chet el telediktori yoki chet sportchisining bir necha yuzlab rasmlarini devorlarga yopishtirib tashlaganiga ko’zingiz tushadi. Eng qizig’i ular ana shu qahramonlarining rasmini (!) yaqin kishilaridan ham ustun qo’yishadi (Birorta rasmni yirtsangiz, “Bu sendan qimmat turadi, nega yirtding!?” deb o’dag’aylashidan ham buni bilish mumkin). Ular qorinlari och qolsa ham non olmasdan o’zlari sevgan qahramonlarining rasmi yoki ijod namunasini olishadi. Ana shu qahramonlari uchun hech narsadan toymaydilar, hatto o’zgalarga shikast yetkazishdan ham.
VANDALIZM
Madaniy yodgorliklarni, qadriyatlarni vahshiylarcha vayron, oyoq osti qilish, yo’qotish; madaniyatsizlik, jaholat, nodonlik
TATUIROVKA NIMA?
Badanga turli xil shakllarni chizish va chizdirish Islom dinida katta gunoh hisoblanadi, – deydi Imom Buxoriy xalqaro markazi hadisshunoslik bo’limi mutaxassisi Nodirjon Qobilov. – Bu amallar milliy o’zligimiz va urf-odatlarimizga ham to’g’ri kelmaydi. Na o’zligimizga va na dinimizga to’g’ri keladigan, iymonimiz, jismimizga zarar keltirishdan boshqa narsaga yaramaydigan bunday manfur amaldan biz o’zimizni va boshqalarni asramog’imiz lozim.
Tarixiy kitoblarda yozilishicha, tatuirovka ashaddiy jinoyatchilar uchun jazo vositasiga aylangan. Ammo qaysi manbani qidirmang, xalqimiz o’tmishida tatuirovka to’g’risida biror ma’lumot topilmaydi.
XEPPINING
Xeppining (vahshiyona «ko’ngil ochish»lar).
MANA “OMMAVIY MADANIYAT” YOSHLARGA TAKLIF QILAYOTGAN LUG’AT:
Isrofgarchilik – BOYLIK BELGISI;
YOshlik – TEZ O’TIB KETADIGAN, LAZZATLANIB OLADIGAN VAQT;
Vafo, sadoqat – ESKILIK SARQITLARI;
Fohisha – XIRSLI XODIMA;
Hayo, ibo – MADANIYATSIZLIK;
Insof qilish – IMKONIYATNI BOY BERISH;
Saxovat – RESURSNI MAQSADSIZ SOVURISH;
YAxshi ota – BOLA QO’LIGA KATTA PUL BERUVCHI POZITIV PARTNER;
YOmon ota – BOLASIGA PUL EMAS, BILIM, MALAKA BERUVCHI NEGATIV PARTNER;
Oila – SHAXS ERKINLIGINI BO’G’UVCHI ZANJIR;
Xiyonat – OZOD SEVGI G’ALABASI;
Xudbinlik – O’ZI UCHUN YASHASH. OILA, FARZAND, OTA-ONA UCHUN QAYG’URMASLIK.
“OMMAVIY MADANIYAT”NING MANBALARI
1.Turli virtual (kompyuter) o’yinlar.
2.Ayrim chet el va xususiy studiyalarda olingan o’zbek filmlari
3.Tum-taraqay qo’shiqlar.
4.CHet el telekanallari.
5.Internet va undagi turli ijtimoiy tarmoqlar.
6.Uyali aloqa telefonlari.
7.Sariq matbuot
8.Urbanizatsiya jarayoni.
9.Tantanalar va to’ylar.
10.Yolg’on axborot va ma’lumotlar tarqatuvchi radio va telekanallar.
Patrik jozif “G’arbning halokati” nomli asarida 50 yillarda avj olgan “Ommaviy madaniyat” 90 yillarga kelib millatimizni naslsizlik balosiga duchor qildi deb yozadi. (bir jinsli nikoh)
Amerika televizion dasturlari va filmlari jahon bozorining qariyb to’rtdan uch qismini egallagan. Amerikaning ommabop musiqasi ham ustuvor mavqega ega, shuningdek, amerikaliklarning qiziqishlari, ovqatlanishdagi odatlari, hattoki, kiyinishlariga butun dunyoda taqlid qiladilar. Internet – ingliz tilida va kompyuterdagi so’zlarning aksariyat qismi Amerikadan bo’lib, global muloqotning mazmuniga ta’sir o’tkazadi. Va nihoyat, Amerika zamonaviy ta’lim olishga intilayotganlar uchun Makkaga aylangan...”
Do'stlaringiz bilan baham: |