Navoiy davlat pedagogika instituti “tarix o’qitish metodikasi” kafedrasi


-yilda moliyalashning barcha manbalari hisobidan o‘zlashtirilgan kapital mablag’iar hajmi 3



Download 1,25 Mb.
bet53/181
Sana28.04.2022
Hajmi1,25 Mb.
#587607
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   181
Bog'liq
UMK O\'ZBEKISTON ENG YANGI TARIXI 2020

2006-yilda moliyalashning barcha manbalari hisobidan o‘zlashtirilgan kapital mablag’iar hajmi 3 milliard 140 million AQSH dollariga teng darajani tashkil etdi.
Iqtisodiyotga yo‘naltirilgan sarmoyalaming qariyb 50 foizi tex-nologiyalami yangilash va zamonaviy uskunalar xarid qilishga sarf-landi.
Barcha sarmoyalaming 77,5 foizini tashkil etadigan markazlashmalar sarmoyalaming asosiy o‘sishi xorijiy investitsiyalami to‘g‘ridan-to‘g‘ri jalb qilish, korxonalaming o‘z mablag’i va bank kreditlari hisobidan ta’minlandi.


Mavzu 8. O’zbekiston Respublikasidagi ijtimoiy o’zgarishlar. 2soat.
Reja:

  1. Kuchli ijtimoiy siyosat kontseptsiyasining shakllanishi, bosqichlari va rivojlantirilishi.

  2. Ijtimoiy sohani rivojlantirishga yo’naltirilgan aholi bandligi, sog’liqni saqlash tizimini takomillashtirish, xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, aholini uy-joylar bilan ta’minlash

  3. Nodavlat notijorat tashkilotlarining ijtimoiy himoya va manzilli ijtimoiy yordamni amalga oshirishdagi ishtiroki.

  4. O’zbekiston Respublikasi “Korruptsiyaga qarshi kurashish to’g’risida”gi Qonunning mazmun-mohiyati, aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish.



1. Kuchli ijtimoiy siyosat kontseptsiyasining shakllanishi, bosqichlari va rivojlantirilishi.
Ijtimoiy himoya-keng ma’noda-mamlakat aholisini ijtimoiy va moddiy muhofaza qilinishini ta’minlaydigan va jamiyatda qaror topgan xuquqiy, iqtisodiy, ijtimoiy choratadbirlar majmui; tor ma’-nodadavlat va jamiyatning yoshi, salomatligi holati, ijtimoiy ahvoli, tirikchilik vositalari bilan yetarli ta’minlanmagani tufayli yordamga, ko’makka muhtoj fuqarolar to’g’risidagi g’amxo’rligi. Uning asosiy maqsadi aholi farovonligining to’xtovsiz yaxshilanishini ta’minlash, aholi qat-lamlarining ta’lim, madaniyat, kasb malakasi, daromadlari jihatidan keskin tafovutlariga barham berish, jamiyat tomonidan insonga munosib hayot darajasini va inson taraqqiyotini ta’minlashga yordam berishdan iborat. I.h.ning asosiy yo’nalishlari: erkin ijtimoiyiqtisodiy faoliyat ko’rsatishni ta’minlash; ish bilan bandlik, kasb tanlash, o’qish va bilim olish; daromadlarning kafolatlanishi; har bir fuqaroning o’z iqtisodiy faoliyatida daromadga ega bo’lishi; is-te’molchilar himoyasi, iste’molchilar jamiyatlari; tovarlar va xizmatlar sifati, iste’mol kafolatini ta’minlash; aholiga tibbiy xizmat ko’rsatish; ijtimoiy ta’minot tizimi va aholining muhtoj, kam ta’minlangan qismlariga pensiyalar, nafaqalar, turli xil imtiyozlar berish.
Rivojlangan demokratik jamiyatda I.h. vazifalarini bajarishni davlat o’z zimmasiga oladi. "I.h." tushunchasi birinchi marta 1935 y.da AQShning "Ijtimoiy xavfsizlik bo’yicha qonun" ida qo’llanilgan, keyinchalik Xalqaro mehnat tashkiloti konvensiyalarida bu tushuncha mazmuni mukammallashtirilgan. AQSH, Kanada, Shveysariya kabi mamlakatlarda I.h. ning ko’pgina muammolari hal etilgan, lekin yechimini topmagan muammolari ham juda ko’p. Shunga qaramay, bu mamlakatlar tajribalaridan foydalanish ahamiyatlidir.
Turli mamlakatlarda aholini I.h. tizimi mamlakatning iqtisodiy taraqqiyot darajasi, demokratik taraqqiyot va uning aholi manfaatiga muvofikligi, ijtimoiy siyosat darajasi, ijtimoiy ta’minot tizimi kabi omillarga bog’liq holda amal qiladi.
O’zbekistonda Id. tizimi 20-asrning 20-y.laridan boshlab shakllana boshladi. 90-y.larga kelib, bozor iqtiso-diyotiga o’tish asosida amaldagi islohotlarga mos ravishda yangidan shakllandi. Ayniqsa, milliylik, o’zlikni anglash, e’tiqod va an’analarning tiklanishi I.h. tizimiga muhim yangilik bo’lib qo’shildi.
O’zbekistonda aholini I.h. qilish iqtisodiy islohotlar dasturidagi uz-luksiz ustuvor yo’nalishlardan biriga, ya’ni islohotlarning hamma bosqichlarida ustuvor hisoblanadigan va-zifalar qatoriga kiradi. Mamlakatda ijtimoiy yo’naltirilgan bozor iqtisodiyoli barpo qilishda davlat tomonidan kuchli I.H-siyosati olib borilmoqda. Kuchli ijtimoiy siyosat O’zbekistonning o’z istiqdol va taraqqiyot yo’lining yetakchi tamoyillaridan biri hisoblanadi.
Respublikada I. h.ning huquqiy muhiti yaratildi, unga qonuniy asos solindi. I.h. tamoyillari O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida kafolatlanib, qabul qilingan qonunlarda o’z aksini topdi. Mamlakatda daromad olishning kafolatlanishi amalga oshirildi. Keng miqyosda yangi ish joylari yaratilishi aholini ish bilan ta’minlash ishsizlik muammosini hal qilmoqda (mamlakatda ishsizlikning sta’listiq ko’rsatkichi-0,5-0,6%). Bunda, ayniqsa, kichik va o’rta biznespi rivojlantirish, kasanachilik qo’l kelmoqda. Tovarlar sifati, aholiga xizmat ko’rsatish sohalarida amalga oshirilayotgan tadbir-choralar iste’molchilar himoyasini shakllantirib, aholi manfaatlarini ta’minlamoqda. Inflyasiyaning oldini olish, so’mning harid kuchini saqlash, biznes-tijorat ustidan davlatning maromiy nazoratini o’rnatish, marketing , savdo, reklama kabilarni tartiblashtirish I.h. ni rivojlantirmoqda. Ekologiya bilan bog’liq bir qancha katta himoyalash ishlari amalga oshirilib, suv, havo, yer va mahsulot tozaligiga erishilmoqda.
O’qish, bilim olish, kasb tanlash O’zbekistonda amalga oshirilayotgan kadrlar tayyorlashning milliy dasturi asosida tubdan yangilanmoqda. Ta’limga ajratilgan mablag’lar keyingi 7 yil (1995-2002 yillar) ichida yiliga yalpi ichki mahsulotning 7,1-7,76% ini, ajratilgan mablag’ byudjet hara-jatlarining 21,77-24,12 %ini tashkil etdi. Bu dunyodagi eng yuqori ko’rsatkichlardan hisoblanadi. Tibbiyotda o’tkazilayotgan islohotlar natijasida aholiga sog’liqni sakdash sohasida ko’rsatiladigan xizmatlar samaradorligini ko’tarish choralari amalga oshirildi. Inflyasiyata qarshi choralar ham I.h. da muhim ahamiyatga ega. Keyingi yillarda uning o’rnini to’la qoplash mumkin bo’lmasa ham zarar kuchini pasaytirish maqsadida ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va ijtimoiy nafaqalar miqdori oshirilmoqda (1998 y.da-50%, 2000 y.da-60% va 2002 y.da-30%).
Bozor munosabatlariga o’tish va ijtimoiy-iqtisodiy tizimni isloh qilish davrida aholini yalpi I.h. qilish tizimidan ishonchli ijtimoiy kafolatlar va aholini, ayniqsa, uning nochor guruxlarini aniq manzilli va maqsadli ijtimoiy qo’llab-quvvatlash tizimi barpo etildi. Bu tizimda mahalla markaziy o’rinda turadi. 1999 y.da ushbu tizim orqali kam ta’minlangan oilalar-jami 3 mln. kishi (mamlakat aholisining 12,2%) va bolali oilalar-6,5 mln. dan optik, kishi (27%) moddiy yordam oldi. Bir oila uchun yordam puli bolalar nafaqasi bilan birga oyiga 3,4 eng kam ish haqini tashil qiladi. Bu sohada I.h., asosan, kam ta’minlangan oilalar uchun turli nafaqalar berish, aholining ba’zi guruhlari uchun imtiyozlar yaratish, yolg’iz qariya va nogironlarni davlat hisobidan boqish va b. asosida amalga oshiriladi.

Respublika Prezidentining "Kam ta’minlangan oilalarni ijtimoiy himoya qilishni kuchaytirishga oid chora-tadbirlar to’g’risida"gi farmoniga (1994 y. 23 avg.) ko’ra, voyaga yetmagan farzandlari bo’lgan ko’p bolali oilalar, kam pensiya olayotganlarning oilalari, nogironlarning oilalari, ishsizlar va boquvchisini yo’qo’lganlarning oilalari, yolg’iz pensionerlar va kam daromad olayotgan muhtoj oilalarga moddiy yordam berilmoqda. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 1996 y. 10 dek.dagi farmoni bilan 16 yoshgacha farzandi bo’lgan kam ta’minlangan oilalar davlatning alohida otalig’iga olindi, 2002 y. 25 yanvardagi farmonga binoan ijtimoiy yordam ko’rsatiladigan farzandli oilalar do-irasi umumta’lim maktablarida, akademik litseylarda va kasbhunar kollejlarida o’qiyotgan 18 yoshgacha farzandi bo’lgan oilalar hisobiga kengaytirildi.


Bulardan tashqari O’zbekistonda norasimiy ijtimoiy yordam turlari ham mavjud; ularga qarindoshlarning o’zaro yordami, milliy va diniy urf-odatlar asosida qilinadigan yordam, korxona va tashkilotlarning pensionerlarga, kam ta’minlangan ko’p bolali oilalarga, beva-bechoralarga yordam puli berishi kiradi.
Respublikada ayollar, bolalar, keksalarga alohida g’amxo’rlik ko’rsatiladi. I.h. doirasida 1998 y. "Oila yili", 1999 y. "Ayollar yili", 2000 y. "Sog’lom avlod yili", 2001 y. "Bolalar yili", 2002 y. "Qariyalarni qadrlash yili" deb e’lon qilingani va ularga taallukli maxsus dasturlarni amalga oshirish mavjud I.h. muammolarini hal qilish va bunga jamoatchilikni jalb etishda yaxshi samaralar berdi. 1995 y.da byudjet harajatlarining 21,8%, 2000 y.da 29,6% ijtimoiy sohaga ajratildi. 1999 y.dan boshlab YAIM o’sishi aholi o’sishi sur’atidan ustun bo’lishiga erishildi. Bu turmush darajasi o’sishining va I.h. rivojining zaminidir. Umr uzunligi 70,3 yoshni (1999 y.) tashkil etdi.
"O’zbekiston Respublikasi aholisini 2010 y.gacha bo’lgan davrga mo’ljallangan ijtimoiy himoya tizimining yagona konsepsiyasi" ishlab chiqilgan. Unda Respublikada mavjud bo’lgan I.h. va ijtimoiy yordam, pensiya ta’mino-ti, bolalarga nafaqa to’lash, yolg’iz kek-salarga xizmat ko’rsatish, nogironlarni protez-ortopediya buyumlari, harakatlanish vositalari bilan ta’minlash, shuningdek, tibbiy, mehnat va ijtimoiy jihatdan tiklash, tibbiy xizmat, ishsizlarni ishga joylashtirish va moddiy yordam berish, bir yo’la (nomuntazam) yordam tizimlari asoslarida amalga oshirilishi belgilangan.


2. Ijtimoiy sohani rivojlantirishga yo’naltirilgan aholi bandligi, sog’liqni saqlash tizimini takomillashtirish, xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, aholini uy-joylar bilan ta’minlash
Bandlik yoki aholini ish bilan ta’minlash-mehnatga layoqatli aholining ijtimoiy foydali mehnat bilan mashg’ul bo’lishi; fuqarolarning shaxsiy va ijtimoiy ehtiyojlarini qondirish bilan bog’liq bo’lgan va qonunlarga zid kelmaydigan, mehnat daromadi beradigan faoliyati.[1] Bandlik xodimni ijtimoiy mehnat taqsimotiga asoslangan aniq mehnat kooperatsiyasiga jalb etish bo’yicha kishilararo munosabatlarni ifoda etadi. Bandlik turli mulkchilik shakllaridagi korxonalar, tashkilotlar va muassasalarda yollanib ishlash bilan cheklanmay, ayni paytda tadbirkorlikni, o’zini ish bilan mustaqil ta’minlash (o’zicha bandlik)ni, shaxsiy tomorqa xo’jaligidagi ishni, uy xo’jaligida band bo’lish va bolalarni tarbiyalash bilan shug’ullanish, davlat va jamoat vazifalarini bajarishni, o’rta maxsus va oliy o’quv yurtlarida kunduzgi o’qishni ham o’z ichiga oladi. O’zbekistonda bandlik siyosati bozor iqtisodiyotiga o’tishning birinchi bosqichida, ya’ni 1990-yillarda shakllangan. Mamlakatda aholini ish bilan ta’minlash, insonni ishli bo’lish huquqlarini ro’yobga chiqarish kafolatlari „Aholini ish bilan ta’minlash to’g’risida“gi qonunida (1992-yil 13-yanvar; 1998-yil 1-mayda yangi tahrirda qabul qilingan) belgilab berilgan. O’zbekistonda bandlik muammolari katta e’tiborni talab etadi, chunki respublikada murakkab demografik vaziyat mavjud, aholining tabiiy o’sish sur’atlari yuqori, aholi tarkibida yoshlar ko’pchilikni tashkil etadi, aholining ko’p qismi qishloqlarda yashaydi. 1998-yil O’zbekistonda mehnatga layoqatli aholining 33,9 % davlat sektori korxona va tashkilotlarida, 66,1 % esa nodavlat sektori obyektlarida, jumladan xususiy xo’jaliklarda (2,7 %) ish bilan band edi.[1] Bozor iqtisodiyotiga o’tish davrida mulkchilikning turli shakllari paydo bo’lishi tufayli nodavlat sektorida ishlovchilar soni ortib bordi. Ularning bandligi 1994-96 yillarda 12 % ga ortdi. Mehnatga layoqatli aholining ish bilan band bo’lmagan qismi ishsizlarni tashkil etadi.
Iqtisodiy izlanish markaziga ko’ra, hozirgi kunga kelib O’zbekistonning ish siyosati modeli o’z samarasini yo’qotib bormoqda va mamlakatning mehnat bozorida murakkab vaziyat paydo bo’lgan.[2] Birinchidan, yaratilgan ish o’rinlari soni yetarli emas, yaratilgan ish o’rinlarining aksari bo’lsa barqaror emas. 1991-2011-yillarda aholining mehnatga layoqatli qismi ulushi 50% dan 61,1% ga o’sdi. Shu vaqtning o’zida mehnatga layoqatlilarning ish bilan band qismi ulushi 81,6% dan 66,9% ga kamaydi. Bundan tashqari, ish o’rinlarning beqarorligi o’sib bormoqda: yaratilgan yangi ish o’rinlarining 30 % yo’qotilmoqda. Urbanizatsiya jarayonining tezlashayotgani sabab shahar mehnat bozorlarida keskinlik o’sib bormoqda.
Ikkinchiddan, nokorporativ sohaning (individual mehnat faoliyati, uydagi mehnat va yuridik shaxs statusiga ega bo’lgan korxonalardan tashqaridagi turli faoliyatlar) keng ko’lamda tarqalganligi noustuvor o’sish xavfini oshirmoqda.[2] Bunga sabab nokorporativ soha davlat byudjetiga tushadigan soliqlarni kamaytirmoqda, pul va valyuta almashinishidagi disbalanslar chuqurlashmoqda hamda mehnat aloqalari rasmiylashtirilmagani uchun mehnat kuchi sifati pasaymoqda.
Uchinchidan, mamlakat mehnat siyosati mehnat samaradorligini sust rag’batlantirmoqda hamda mehnat resurslarini yangi o’sish nuqtalari bo’la oladigan tarmoqlarga samarasiz yo’naltirmoqda.[2] Ilm va yuqori texnologiyali tarmoqlarda (ma’lumot xizmati, mashinasozlik, mikrobiologiya) ishlayotganlar ish bilan band aholining atigi 1,5% ini tashlik qiladi. Hozirgi bandlik sturkturasi va investitsiya siyosati sharoitida O’zbekistonda mehnat samaradorligini ikki marta oshirish uchun taxminan 15 yil kerak bo’ladi. Bu esa ishlab chiqarish rivojlangan mamlakatlar bilan O’zbekiston orasidagi farqni kamaytirishni yanada mushkullashtiradi.
Aholi bandligini oshirish bo’yicha asosiy tadbirlar ish bilan band bo’lgan aholining tarkibiy jihatdan qayta taqsimlash hamda mehnatga layoqatli yoshlarni yangi ilg’or tarmoqdar va sohalarga jalb qilish bo’lib, bu esa o’z navbatida mehnat salohiyatidan samarali foydalanishning muhim zaxirasi hisoblanadi. O’zbekiston qishloq xo’jaligida barcha ijtimoiy ishlab chiqarish xodimlarining uchdan bir qismidan ko’prog’i band.[1] Ularning ma’lum qismini bo’shatib olish va iqtisodiyotning boshqa sohalariga, eng avvalo, sanoatga va xizmat ko’rsatish sohasiga yo’naltirish, noqishloq xo’jaligi ish joylarini yaratish, mehnatni tashkil etishning ilg’or uslublarini qo’llash, o’smirlarni, ko’p bolalik ayollarni, pensionerlarni va nogironlarni iqtisodiy rag’batlantiruvchi ish bilan ta’minlash, ishsizlikni kamaytirish, mehnat birjalari faoliyatini yaxshilash kabi tadbirlar aholining ish bilan bandligini oshirishga olib keladi.

  • uzluksiz ta’lim tizimini yanada takomillashtirish, sifatli ta’lim xizmatlari imkoniyatlarini oshirish, mehnat bozorining zamonaviy ehtiyojlariga mos yuqori malakali kadrlar tayyorlash siyosatini davom ettirish;

  • uzluksiz ta’lim tizimini yanada takomillashtirish, sifatli ta’lim xizmatlari imkoniyatlarini oshirish, mehnat bozorining zamonaviy ehtiyojlariga mos yuqori malakali kadrlar tayyorlash siyosatini davom ettirish;

  • ta’lim muassasalarini qurish, rekonstruksiya qilish va kapital ta’mirlash, ularni zamonaviy o’quv va laboratoriya asboblari, komp yuter texnikasi va o’quv-metodik qo’llanmalar bilan jihozlash orqali ularning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash yuzasidan maqsadli chora-tadbirlarni ko’rish;

  • maktabgacha ta’lim muassasalari tarmog’ini kengaytirish va ushbu muassasalarda bolalarning har tomonlama intellektual, estetik va jismoniy rivojlanishi uchun shart-sharoitlarni tubdan yaxshilash, bolalarning maktabgacha ta’lim bilan qamrab olinishini jiddiy oshirish va foydalanish imkoniyatlarini ta’minlash, pedagog va mutaxassislarning malaka darajasini yuksaltirish;

  • umumiy o’rta ta’lim sifatini tubdan oshirish, chet tillar, informatika hamda matematika, fizika, kimyo, biologiya kabi boshqa muhim va talab yuqori bo’lgan fanlarni chuqurlashtirilgan tarzda o’rganish;

  • bolalarni sport bilan ommaviy tarzda shug’ullanishga, ularni musiqa hamda san’at dunyosiga jalb qilish maqsadida yangi bolalar sporti ob’ektlarini, bolalar musiqa va san’at maktablarini qurish, mavjudlarini rekonstruksiya qilish;

  • kasb-hunar kollejlari o’quvchilarini bozor iqtisodiyoli va ish beruvchilarning ehtiyojlariga javob beradigan mutaxassisliklar bo’yicha tayyorlash hamda ishga joylashtirish borasidagi ishlarni takomillashtirish;

  • ta’lim va o’qitish sifatini baholashning xalqaro standartlarini joriy etish asosida oliy ta’lim muassasalari faoliyatining sifati hamda samaradorligini oshirish, oliy ta’lim muassasalariga qabul kvotalarini bosqichma-bosqich ko’paytirish;

  • ilmiy-tadqiqot va innovasiya faoliyatini rag’batlantirish, ilmiy va innovasiya yutuqlarini amaliyotga joriy etishning samarali mexanizmlarini yaratish, oliy o’quv yurtlari va ilmiy-tadqiqot institutlari huzurida ixtisoslashtirilgan ilmiy-eksperimental laboratoriyalar, yuqori texnologiya markazlari va texnoparklarni tashkil etish.

  • aholi, eng avvalo, yosh oilalar, eskirgan uylarda yashab kelayotgan fuqarolar va uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj boshqa fuqarolarning yashash sharoitini imtiyozli shartlarda ipoteka kreditlari ajratish hamda shahar va qishloq joylarda arzon uylar qurish orqali yanada yaxshilash;

  • aholining kommunal-maishiy xizmatlar bilan ta’minlanish darajasini oshirish, eng avvalo, yangi ichimlik suvi tarmoqlarini qurish, tejamkor va samarali zamonaviy texnologiyalarni bosqichma-bosqich joriy etish orqali qishloq joylarda aholining toza ichimlik suvi bilan ta’minlashni tubdan yaxshilash;

  • odamlarning ekologik xavfsiz muhitda yashashini ta’minlash, maishiy chiqindilarni qayta ishlash komplekslarini qurish va modernizasiya qilish, ularning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, aholini chiqindini yo’q qilish bo’yicha zamonaviy ob’ektlar bilan ta’minlash;

  • aholiga transport xizmati ko’rsatishni tubdan yaxshilash, yo’lovchi tashish xavfsizligini oshirish va atrof muhitga zararli moddalar chiqishini kamaytirish, har tomonlama qulay yangi avtobuslarni sotib olish, avtovokzal va avtostansiyalarni qurish hamda rekonstruksiya qilish;

  • yo’l infratuzilmasi qurilishi va rekonstruksiya qilinishini davom ettirish, eng avvalo, mintaqaviy avtomobil yo’llarini rivojlantirish, xo’jaliklararo qishloq avtomobil yo’llarini, aholi punkti ko’chalarini kapital va joriy ta’mirlash;

  • yangi elektr energiya ishlab chiqarish quvvatlarini qurish va mavjudlarini modernizasiya qilish, past kuchlanishli elektr tarmoqlari va transformator punktlarini yangilash asosida aholini elektr energiyasi hamda boshqa yoqilg’i-energiya resurslari bilan ta’minlashni yaxshilash, shuningdek, qayta tiklanadigan energiya manbalaridan foydalanishni kengaytirish bo’yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish;

  • teatr va tomosha maskanlarini, madaniy-ma’rifiy tashkilotlar va muzeylar faoliyatini rivojlantirish hamda takomillashtirish, ularning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash.

  • aholiga majburiy ijtimoiy kafolatlarni ta’minlash, aholining ehtiyojmand qatlamlarini ijtimoiy himoyasini hamda keksalar va imkoniyati cheklangan shaxslarni davlat tomonidan qo’llab-quvvatlashni kuchaytirish, ijtimoiy xizmat ko’rsatishni yaxshilash, aholiga ijtimoiy xizmatlar ko’rsatishda davlat-xususiy sherikligini rivojlantirish;

  • aholiga tibbiy va ijtimoiy-tibbiy xizmat ko’rsatish qulayligi hamda sifatini oshirishga, aholi o’rtasida sog’lom turmush tarzini shakllantirishga, tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlashga yo’naltirgan holda sog’liqni saqlash sohasini, eng avvalo, uning dastlabki bo’g’inini, tez va shoshilinch tibbiy yordam tizimini yanada isloh qilish;

  • oila salomatligini mustahkamlash, onalik va bolalikni muhofaza qilish, onalar va bolalarning sifatli tibbiy xizmatdan foydalanishni kengaytirish, ularga ixtisoslashtirilgan va yuqori texnologiyalarga asoslangan tibbiy yordam ko’rsatish, chaqaloqlar va bolalar o’limini kamaytirish bo’yicha kompleks chora-tadbirlarni yanada kengroq amalga oshirish;

  • xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, ularni davlat va jamiyat boshqaruvidagi o’rnini kuchaytirish, xotin-qizlar, kasb-hunar kolleji bitiruvchi qizlarining bandligini ta’minlash, ularni tadbirkorlik faoliyatiga keng jalb etish, oila asoslarini yanada mustahkamlash;

  • pensionerlar, nogiron, yolg’iz keksalar, aholining boshqa ehtiyojmand toifalarining to’laqonli hayot kechirishlarini ta’minlash uchun ularga tibbiy-ijtimoiy yordam ko’rsatish tizimini yanada rivojlantirish va takomillashtirish;

  • farmasevtika sanoatini yanada rivojlantirish, aholi va tibbiyot muassasalarining arzon, sifatli dori vositalari va tibbiyot buyumlari bilan ta’minlanishini yaxshilash, doridarmonlar narxlarining asossiz o’sishiga yo’l qo’ymaslik bo’yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish;

  • aholi o’rtasida kasallanish ko’rsatkichlari pasayishini va umr uzayishini ta’minlash.




Download 1,25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   181




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish