Navoiy davlat pedagogika instituti “tarix o’qitish metodikasi” kafedrasi


Milliy urf odatlar, qadriyatlar va an’analarning tiklanishi



Download 1,25 Mb.
bet61/181
Sana28.04.2022
Hajmi1,25 Mb.
#587607
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   181
Bog'liq
UMK O\'ZBEKISTON ENG YANGI TARIXI 2020

3. Milliy urf odatlar, qadriyatlar va an’analarning tiklanishi.
Xalq turmush tarzi va ma'naviyatining tarkibiy qismini uning azaliy udumlari, odat, marosim va bayramlari tashkil qiladi. Shu bois mustaqillik yillarida amalga oshirilgan ma'naviy tiklanish haqi­da gapirganda xalqning azaliy qadriyatlarini tiklash borasida olib borilgan ishlarni ham alohida ta'kidlash lozim.
Bu borada avvalo 80-yillar oxiridagi ba'zi nomaqbul yo'l-yo'riqlarni ko'rsatib o'tish kerak. 1986-yil yanvar-fevralda O'z-kompartiyaning XXI syezdi bo'ldi. Syezdda «din millatchilik va shovinizmga har doim yo'l ochishini iqtisodiy, sotsial taraqqiyot-ga to'sqinlik qilishini, sotsialistiq turmush tarzi, kommunistiq ma'naviyatning qaror topishiga to'sqinlik qilishini har doim esda tutmoq kegak»-deb ko'rsatma berildi. Bunday yo'l-yo'riq 1986-yil oktabr oyida bo'lgan partiya Markaziy Komitetining III Plenumida yana bir bor ta'kidlandi.
Ana shu ko'rsatmalarga amal qilinib, 1980-yillar o'rtalarida o'zbek xalqi azaldan sevib, ardoqlab kelgan urf-odatlar va ma-rosimlar, bayramlar cheklab qo'yildi, ba'zilarining o'rniga bosh­qa bayramlar va marosimlar to'qib chiqarildi. Natijada avvalla-ri nishonlanadigan «Hosil bayrami», «Qovun sayli», «Gul sayli» va boshqa xalq bayramlari unutib qo'yildi. «Navro'z» bayrami esa avval taqiqlandi, so'ng sun'iy tarzda «Navbahor» bayramiga aylantirildi.
O'ylamay, xalq bilan maslahatlashmasdan qilingan bunday nojo'ya harakatlar xalqning dilini qattiq og'ritdi. Ana shunday bir paytda Respublika rahbarligiga kelgan LA. Karimov kishilarning ma'naviy boyishiga, milliy madaniyatlarning bir-biri bilan yaqinla-shuvi va o'zaro rivojlanishiga yordam beradigan xalq an'analari va bayramlarini tiklashga katta e'tibor berdi.
Bu o'rinda xalqimizning azaliy qadriyati, sevimli bayrami hisob-lanmish «Navro'z» bayramini xalqimizga qaytib berilishi mamlakat tarixida katta voqea bo'ldi. 1991-yildan boshlab mamlakatda Prezi­dent Farmoniga ko'ra, 21-martnavro'z umumxalq bayrami sifati­da nishonlanadigan bo'ldi.
Darhaqiqat avlodlarimiz Navro'zni juda muqaddas bilganlar, uni g'oyat qadrlaganlar. Shuning uchun ham bu shodiyona kunlarda inson dilini og'ritish juda qattiq gunoh hisoblangan. Bir-birlarini muborak ayyom bilan qutlab, yaxshi tilaklar izhor etganlar. Gina-kuduratlar unutilgan, adovat o'rniga ezgulik tuyg'ulari jo'sh urgan.
Ana shu el ardoqlagan, avloddan-avlodga o'tib kelgan azaliy an'ana yana hayotdan mustahkam joy ola boshladi.
Navro'zni xalqning sevimli bayramiga aylanib ketishi ma'lum. Ushbu shodiyonanavro'z kunlarida qadimda, hatto, urushlar ham to'xta’lilgan, el-yurt osoyishta hayot kechirgan. Navro'z go'zallik va yaxshilik, mehr-oqibat, muruvvat bayrami sifatida qadrlangan. Bu qadimiy bayramni xalqimiz nihoyatda orziqib kutishining yana bir boisi shundaki, Navro'z rizq-ro'zimiz bo'lmish dehqon yilining boshlanishi hamdir.
O'zbekistonning hamma joylarida har yili «Navro'z» tantanalarini har qachongidan ham shod-u xurramlik bilan kutib oladilar. Paxtakorlar-u chorvador, bog'bon-u sohibkorlar, sanoat, transport xodimlari, quruvchilar va ziyolilar Navro'z kayfiyati bilan astoy-dil mehnat qiladilar. Qadimiy xalq bayraminavro'zning tiklanishini respublikamizning butun aholisi mamnuniyat bilan ma'qullab, ko'tarinki ruhda kutib oldi va hozir ham ardoqli bayram sifatida nishonlamoqda.
«Navro'zning bayram qilinishi teran xalq an'analari, yerga va tabiatga ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo'lish, dehqon mehnatini hurmat qilish, yaxshi qo'shnichilikka, mehr-muruvvatga va boshqalarning dardiga malham bo'lishga intilishlari tiklanishning qudratli omili bo'lmoqda. Navro'z xalq bayramining insoniy va baynalmilal mohiyati ham ana shundadir»,-deyiladi O'zbekiston Prezidentining «Navro'z xalq bayramini o'tkazish yakunlari to'g'risida»gi Farmonida.
Har bir jamoa, muassasada nishonlanadigan bunday bayramlar, kishilarda xalqimizning qadimiy an'analariga hurmat, mehnatga muhabbat hissini tarbiyalaydi. Bundan tashqari ma'naviy hayotdagi yana bir talay, aniqrog'i diniy bayramlar, hayit kunlarining respub­likada umumxalq bayrami sifatida nishonlanishi uchun keng yo'l ochilgani ham ma'naviy poklanishning muhim ko'rinishidir. Sir emas, sho'ro tuzumi sharoitida «din-afyundir» degan kommunistiq shior hukm surib keldi. Shu darajaga borildiki, dindorning ma'naviy huquqi cheklandi. Bunday bir tomonlamalik ijtimoiy hayotimizning barcha sohalarida o'z ta'sirini ko'rsatdi. O'zbekiston mustaqillikka erishgandan so'nggi tarixiy o'zgarishlar bunday qarashlar asossiz ekanligini ko'rsatdi. Shu yillar mobaynida butun musulmon olami O'zbekistonda vijdon erkinligi, diniy ibodat uchun keng imkoniyat ochilganini tan oldilar.
Yevropalik allomalardan biri «Nur-Sharqdandir», degan ekan. Buni har xil talqin etish mumkin. Birov uni quyoshning Sharqdan chiqishiga yo'ysa, boshqa birov majoziy ma'noda ezguliklar, dam­ning yangilanishi, hayot taraqqiyoti, insoniyat tafakkuri Sharqdan, deb tushunadi.
Bizning tasavvurimizcha, har ikki holatda ham Nur-Sharqdandir.
Sharqdan taralgan ilm-ma'rifat dunyoni munavvar etgani, in­soniyat tarixida, odamzod taqdirida buyuk o'zgarishlarga sabab bo'lgani sir emas. Sharqning ajralmas qismi bo'lmish go'zal di-yorimiz xalqlari hayo’lida, ularning ong va tafakkuri shakllanishida dunyoviy ilmlar qatorida islom dinining alohida o'rni bor. Bu ilohiy ta'limot olamni anglash, dunyoviy tafakkur, tabiat va inson o'rtasidagi munosabatlarni idrok etish borasida beqiyos ahamiyatga ega. Butun jahon ahli diqqatini tortgan boy va rang-barang madaniy-ma'naviy merosimiz ikki qudratli to'lqin-dunyoviy ilmlar va diniy-falsafly tafakkurning o'zaro uyg'unlashib, yagona, barkamol qadriyat peshvosining ma'naviy qiyofasi, siyosatdagi adolat mezoni, so'z va fikr erkinligi kabi murakkab ijtimoiy masalalar xususida ham benihoya hayotiy tajriba va saboqlar beradi. Shu bois ham bu o'lmas qadriyatlar bugungi yangi davlatchiligimiz qurilishida muhim aha-miyat kasb etmoqda.
Agar biz bosib o'tilgan istiqlol yo'limizga bir nazar tashlaydigan bo'lsak, ozodlikning ilk onlaridan boshlaboq dinga munosabat, dav­lat va diniy tashkilotlar o'rtasidagi aloqalarni to'g'ri yo'lga qo'yishga alohida e'tibor qaratildi. Konstitutsiyaga ko'ra, O'zbekiston dun­yoviy davlat, binobarin, mamlakatimizda din davlatdan ajratilgan. Ammo respublikamiz rahbariyati bu masalaga oqilona yondashib, din davlatdan ajratilgan bo'lsada, jamiyatdan ajratilmaganini, xususan, O'zbekiston singari qadimiy va barqaror diniy an'analarga ega mamlakatda bu borada g'oyat noziklik va ehtiyotkorlik bilan ish yuritish lozimligini o'z vaqtida to'g'ri anglab yetdi.
Shuning uchun ham bugun ko'p millatli mamlakatimizda hech qaysi din vakillarining diniy nafsoniyatlarini kamsitmagan holda, ayni vaqtda diniy hissiyotlarni avj ham oldirmasdan, og'ir-vazmin, uzoqni ko'zlangan siyosat amalga oshirilmoqda.
Bu siyosat mohiyati ilk marta Prezidentning quyidagi fikrlarida aniq-ravshan belgilab berilgan edi: «Din odamzodni hech qachon iymon yo'lga boshlamaydi. Bu dunyoning o'tkinchi ekanini ta'kidlab, odam bolasini hushyor bo'lishga, yaxshi bo'lishga, yaxshi iz qoldirishga undab turadi.
Biz dinga bundan keyin ham barcha shart-sharoitlarni yaratib beramiz, diniy rasm-rusumlarga, bayramlarga, diniy tarbiya va ta'limga doimo jiddiy e'tibor beriladi. Ayni zamonda biz din peshvolariga, o'zimizga o'xshagan musulmon birodarlarimizga bir narsani takror va takror uqtirmoqchimiz: din o'z yo'li bilan, davlat o'z yo'li bilan. Diniy partiyalar tuzib, hokimiyat talashib yurishlar xudoga ham yoqmaydi. Islom dini insonlarni kamtarlikka, kamsuqumlikka undaydi. Musulmon farzandi kechirimli bo'ladi. Musulmon farzandi birovni kofir, birovni xudojo'y deb toifalarga ajratmaydi. Sababi, bandasining ustidan bandasi emas, xudoning o'zi hukm chiqaradi. Shunday ekan, bir-birimizni behuda ayblab, men musulmon, sen kofir deb talashib yurishlar bizga to'g'ri kelmaydi.
Hamma ahil, hamma pokiza bo'lib yashasin, kimning fazi-lati qancha, kimning gunohi qancha ekanini Yaratganning o'zi ajrim qilib beradi».
Qachonki kishi o'zligini anglamasa, o'z vijdoni bilan yuzma-yuz turmasa, iymon va e'tiqod oldida hisob bermasa, qo'shnisi, mahalla-si, jamiyat, Vatan oldidagi mas'uliyatini his etmasa, bunday odam insonlik sharafiga munosib bo'lmaydi.
Birinchi Prezident I.Karimov siyosiy vaziyat nihoyatda qaltis va nozik bir paytda yuqorida eslatilganidek, nutq va ma'ruzalari bilan odamlarning nozik tuyg'ulariga ta'sir etdi, ularni uzoq yillik karaxtlik va g'aflatdan uyg'otdi, flkrlashga, o'z taqdiri va farzandlari istiqboli haqida qayg'urishga da'vat etdi. Bu bilan u, birinchidan, mamlakat aholisini ruhiy-ma'naviy poklanishiga imkon yaratdi. Ikkinchidan, mamlakatdagi tinchlik, osoyishtalik va barqarorlikka o'ziga xos za-min yaratdi.



Download 1,25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   181




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish