Navoiy davlat pedagogika instituti “tarix o’qitish metodikasi” kafedrasi



Download 1,25 Mb.
bet115/181
Sana28.04.2022
Hajmi1,25 Mb.
#587607
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   181
Bog'liq
UMK O\'ZBEKISTON ENG YANGI TARIXI 2020

1995-yil 25-26-may kunlari I.Karimov MDHga a’zo davlat boshliqlari bilan navbatdagi uchrashuvda qatnashish uchun Minskka keldi. 26-may kuni MDHga a’zo mamlakatlar davlat rahbarlarining Kengashi bo‘lib o‘tdi. Unda davlatlararo Valuta Qo‘mitasini tuzish, MDH chegaralarini mustahkamlash, iqtisodiy integratsiyani kuc-haytirish kabi masalalar muhokama qilindi. Ayni paytda hukumat rahbarlari turli sohalarda o‘zaro hamkorlikni yanada rivojlantirishga doir 20 dan ziyod masalalami muhokama qildilar.
Istiqlol yillarida O’zbekiston o‘zining qat’iy mustaqil taraqqiyot yo‘lidan borish, o‘zgalarga tahdid qilmaslik, boshqalar suverenitetini hurmat qilish bilan Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligida o‘zining mu-nosib va qat’i nuqtayi nazariga ega bo‘ldi. Bu quyidagilarda namo-yon bo‘ldi.
Birinchidan, O’zbekiston awal boshdan MDH tarafdori bo‘lib chiqdi. Chunki sobiq Ittifoq davridagi respublikalararo an'anaviy munosabatlar yangi vaziyatga mos ravishda davom ettirilishi kerak edi.
Ikkinchidan, bunday Hamdo‘stlik mamlakatlararo iqtisodiy aloqalami yanada mustahkamlab, bu davlatlaming siyosiy musta-qilligiga daxl qilmasligi lozim. MDHga a’zo barcha davlatlar o‘tish davrining qariyb bir xil murakkabliklarini boshdan kechirdi. Shuning uchun iqtisodiy bo‘hronlami bartaraf etish, bozor munosabatlarini shakllantirish jarayonida yillar mobaynida bir-biriga o‘zaro cham-barchas bog‘liq ishlab chiqarish va xo‘jalik munosabatlarini yanada yaxshilash zarur edi. MDH Nizomining qabul qilinishi munosabati bilan unga a’zo davlatlar rahbarlarining Bayonotida ham shu nar-sa ko‘zda tutilgan. 1993-yil sentabrda imzolangan MDH davlatlari o‘rtasidagi «Iqtisodiy Ittifoq» haqidagi shartnoma ham ana shu maqsadlami nazarda tutdi. Bu me’yoriy hujjatlami ishlab chiqish va joriy etishda O’zbekiston alohida o'ringa ega bo‘ldi.
Uchinchidan, O’zbekiston MDHga a’zo davlatlar bilan o‘zaro ikki taraf uchun ham foydali hamkorlik qilishga hamisha tayyor va o‘z tashqi siyosatida shunga intilib kelyapti. MDHga a’zo ko‘p mamlakatlar bilan ana shunday hamkorlikda ish olib borilyapti.
O’zbekiston MDHdagi barcha mamlakatlaming o‘z mustaqil-ligini mustahkamlash yo‘lidagi intilishlarini qo‘ llab-quvvatlamoqda va bu sobiq ittifoqdosh respublikalar o‘rtasidagi har taraflama ham-korlikni yanada kuchaytiradi, deb hisoblaydi. O’zbekiston barcha mustaqil davlatlar hududiy butunligini va ulaming chegaralari daxlsizligini tan oladi. Ichki hududiy janjallarga aralashmaydi va bularga o‘sha mamlakatlaming ichki ishlari, deb qaraydi. Bundan tashqari, u MDHga a’zo ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlardan chetga chiqadigan masalalami MDH miqyosida ko‘rib chiqish tarafdori. O’zbekistonning yana bir nuqtayi nazari shundan iboratki, MDH ichida hech bir davlatning qo‘li baland kelishiga yo‘l qo‘ymaslik kerak. Bu O‘zbekiston hukumati, uning rahbariyatining qat’iy yo‘li, O’zbekiston xalqining xohish-irodasi.
Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligining vujudga kelishi tabiiy va ayni chog‘da tarixiy hodisa. U yangi mustaqil davlatlar suvereni-tetini saqlagan holda yagona iqtisodiy makonni vujudga keltirish, sobiq ittifoq davrida bir-biriga chirmashib ketgan, o‘rgimchak ini-dek chuvalashgan ishlab chiqarish tizimini saqlagan holda teng hu-quqli hamkorlar sifatida jahon bozori me’yorlari va qonun-qoidalari bo‘yicha hisob-kitob qilishni taqozo etadi. Bu dunyo tan olgan haqi-qatga tayangan mezon bo‘lib qolmog‘i kerak.
Biroq, ayrim mamlakatlar allaqanday nufuz va ortiqcha imti-yozlarga erishishni orzu qilib qolishdi. Teng huquqli mustaqil davlatlar hamkorligi tamoyillaridan chekinish, o‘zlariga ko‘proq va kengroq imkoniyat yaratish, aniqrog‘i, katta og‘achilik singari yaqin o‘tmishdagi nufuzlami yo‘lga qo‘yishga intilishlar bo‘ldi. Bularga erishishning turli-tuman yo‘llarini izlashdi. Jumladan, mustaqillikning endigina ikkinchi yili nishonlanayotgan paytdayoq Rossiyaning ayrim siyosatdonlari ikki fuqarolik muammosini ko‘tarib chiqdilar. Emishki, sobiq ittifoq tarkibidan ajralib chiqqan mamlakatlarda ms millatiga mansub aholi yashayotgan ekan, ularga o‘z mamlakati qa-torida Rossiya fiiqaroligi ham berilishi zamr emish. Vaholanki, jahon davlatchiligi tarixi, xalqaro inson huquqlari tajribasi bunday hodisani ko‘rmagan. Bu bevosita ma'lum bir davlat mustaqilligini mensimaslik, uning Konstitutsiyasini tan olmaslik, qolaversa, ichki ishlariga aralashish hamda millatlararo nizolami keltirib chiqarishdan boshqa narsa emas.
Baxtga qarshi Markaziy Osiyodagi ayrim mamlakatlar mav-jud iqtisodiy tanglik va yuz berayotgan qiyinchiliklami osonlik bilan hal etish maqsadida ikki fuqarolik singari betayin siyosatni ochiqdan ochiq qo‘llab-quwatladilar. Jumladan, Qirg‘iziston va Qozog‘iston shu yo‘l bilan mamlakatdagi iqtisodiy tanglikni barta-raf etmoqchi bo‘ldilar. Mazkur siyosat oqibatlari naqadar og‘ir va ayanchligini aniq his qilgan I.Karimov bunday g‘oya asossiz va bir hovuch siyosiy lo‘ttibozlaming nayranglari ekanligini aytib, «Agar fiiqarolik milliy tamoyilga qarab belgilansa, insonga milla-tiga qarab turli xil huquqiy maqom berilsa, bu oxir-oqibatda jami-yat barqarorligining buzilishiga olib keladi. Ikki davlat fuqaroligiga mansublik achinarli holdir. Bu bevatanlik bilan barobardir»,-deb masalaning ham siyosiy-huquqiy, ham ma’naviy-ruhiy jihatlari-ni lo‘nda qilib ochib berdi. U O’zbekiston Konstitutsiyasi qabul qilingan kxinning bir yilligi munosabati bilan 1993-yil 6-dekabrda bo‘lib o‘tgan tantanali yig‘ilishda hamda O’zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining sessiyasida so‘zlagan nutqlarida ham o‘z mu-nosabatini aniq-ravshan bildirdi. Jumladan, u «Ikki davlat fuqarosi qaysi Yatanga, qaysi zamin, qaysi tuproqqa o‘z mehrini, sadoqatini, vatanparvarligini izhor etishi kerak? Agar vaziyat talab qilsa, qaysi mamlakatga jonini ham fido etmoqqa tayyor bo‘lishi kerak? Eng yaxshisi-O’zbekistonda yashayotgan fuqarolar o‘zlarining nasl-u nasabi, irqi, millati va diniy e'tiqodidan qat’i nazar teng huquqli bo‘lishi kerak»,-dedi.
Bu O’zbekistonning qat'iy siyosatidan, Hamdo‘stlik doirasidagi qat’iy faoliyatidan dalolat beradi. O’zbekiston istiqlolning dastlab-ki kunlaridanoq teng huquqli hamkorlik yo‘lini tutdi va bu yo‘lda qat’iy turdi.

Download 1,25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   181




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish