2
Mavzu 4.
|
O‘zbekiston o’ziga xos istiqlol va taraqqiyot yo’li.
|
2
|
Mavzu 5.
|
O‘zbekistonda demokratik, fuqarolik jamiyati asoslarining shakllanishi, amalga oshirilgan siyosiy islohotlar.
|
2
|
Mavzu 6.
|
O‘zbekistonda demokratik, fuqarolik jamiyati asoslarining shakllanishi, amalga oshirilgan siyosiy islohotlar.
|
2
|
Mavzu 7.
|
Iqtisodiy islohotlar, xususiy mulkchilikning shakllanishi. O’zbekistonda bozor munosabatlarining rivojlanishi.
|
2
|
Mavzu 8.
|
O’zbekiston Respublikasidagi ijtimoiy o’zgarishlar.
|
2
|
Mavzu 9.
|
Mustaqillik yillarida O’zbekistondagi ma’naviy va madaniy taraqqiyot.
|
2
|
Mavzu 10.
|
O’zbekiston Respublikasida ta’lim sohasida amalga oshirilgan islohotlar.
|
2
|
Mavzu 11.
|
Mustaqillik yillarida Qoraqalpog’iston Respublikasi
|
2
|
Mavzu 12.
|
O‘zbekiston va jahon hamjamiyati.
|
2
|
Mavzu 13.
|
O‘zbekiston va jahon hamjamiyati.
|
2
|
Mavzu 14.
|
Yangilanayotgan O’zbekiston: milliy tiklanishdan – milliy yuksalish sari
|
2
|
Mavzu 15.
|
O’zbekiston Respublikasining xalqaro reyting va indekslardagi o’rni va nufuzini ortib borishi.
|
2
|
|
Jami
|
30
|
Mavzu 1. Kirish. “O’zbekistonning eng yangi tarixi” o’quv fanining predmeti, maqsadi va vazifalari, nazariy-metodologik tamoyillari. 2soat.
REJA:
1. O’zbekistonning eng yangi tarixining fan sifatidagi o’rni, fanni o’qitishning maqsad va vazifalari. Uning predmeti va o’rganish ob’ekti.
2. O’zbekistonning eng yangi tarixi fanining g`oyaviynazariy asoslari va metodologik tamoyillari.
3. O‘zbekistonning eng yangi tarixi bo‘yicha Jamoatchilik kengashi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida
TAYANCH TUSHUNCHA VA IBORALAR:
Fanning predmeti va dolzarb muammolari, xolislik, ilmiylik, tarixiylik, dialektik uslub, moddiy va yozma manbalar.
Tarix fani ijtimoiy taraqqiyot va oʼtmishga oid har xil voqea-hodisalarning izchil rivojlanishi, ularning qachon, qaerda, qanday holatda yuz berganligi, insoniyatning paydo boʼlishi va uning tadrijiy-evolyutsion rivojlanish jarayoni va boshqalarni oʼrganadi. Shuningdek, Oʼzbekiston tarixi umumjahon-insoniyat tarixining ajralmas qismi hisoblanib, u olamshumul voqeliklarga juda boy. Oʼzbekistonning eng yangi tarixi fani yaqin tarixni, soʼnggi yarim asrdan kamroq vaqtni xolisona va haqqoniy oʼrganadi.
Tarixiy haqiqat toʼla roʼyobga chiqishi, haqqoniy tarix yozilishida tarix fanining predmeti va obʼektini toʼgʼri belgilanishi oʼta muhim ahamiyatga ega. Chunki, Oʼzbekistonning eng tarixi fani uchun ham boshqa barcha fanlar qatori predmet va obʼekt masalasi asosiy masala boʼlib hisoblanadi. Zero, fan uning oʼrganish predmeti va obʼekti aniq boʼlmasa, uning oldidagi vazifa noaniq boʼlib, maqsadga erishish mushkul boʼladi.
Oʼzbekistonning eng yangi tarixi fani oʼz xususiyatiga koʼra, birinchidan, oʼzining butun diqqat eʼtiborini faqat yaqin oʼtmishga qaratadi, undan saboq beradi, xulosa chiqaradi, yosh mustaqil davlatning hayot yoʼlini koʼrsatadi.
Ikkinchidan, Oʼzbekistonning eng yangi tarixi fani boshqa ijtimoiy fanlarga nisbatan aniq fan. U matematika usulidan keng foydalanadi. Voqea va hodisalar qatʼiy aniqlikda, davriy ketma-ketlik-xronologik asosda oʼrganiladi.
Uchinchidan, Oʼzbekistonning eng yangi tarixi fani koʼp qirralik va xilma-xillik xususiyatiga ega. Uning oʼrganish predmetiga esa, mana shu makondagi jamiki xilma-xil voqea va hodisalar, ulardagi umumiy aloqadorlik va yaxlit birlik hamda qonuniyatlar hodisasi va jarayonlar, umuman, xalq va insonning yaratuvchanlik faoliyati kiradi. Oʼzbekistonning eng yangi tarixi fanining oʼrganish makoni-obʼekti Oʼzbekistonning mustaqillik davri tarixidir.
Obʼekt aniq tarixiy davr, makon, zamon va geografik mintaqaviy chegaralar, maʼlum bir xalq, millat, mamlakat tarixi bilan bogʼliq boʼlib, shular doirasidagi voqea va hodisalarning bir butun va yaxlitlikda oʼz ichiga oladi. Predmet esa mana shu bir butun obʼekt ichidagi aniq tarixiy-madaniy, ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlardan iboratdir.
Tarix fani boshqa, ayniqsa, ijtimoiy-gumanitar fanlari bilan mustahkam va uzviy aloqa birligida rivojlanadi. Shuning uchun ham, tarixchilar falsafani, adabiyot va tilni, dinshunoslikni va boshqa fanlarni bilmay turib, haqqoniy tarixni toʼla yoritib berolmaydilar.
Vatan tarixi fani yoshlarimizning g'oyaviy-siyosiy dunyoqarashini shakllantirishda quyidagi nazariy, ilmiy asoslarga suyanmog'i kerak:
Vatan tarixini o'qitish va o'rganish jarayonida tarixiy bilimlar ilmiynazariy tushunchalar va tasavvurlar shakllanmog'i lozim. Chunki voqea va hodisalarni bilmasdan ular haqida tushuncha va tasavvurlarga ega bo'lmasdan turib, g'oyaviy-siyosiy dunyoqarash haqida gap yuritish mumkin emas.
Vatan tarixini yoritish o'qitish va o'rganish jarayonida chuqur ilmiylik xolislik tarixiy haqiqatning ustivorligi asosiy va bosh yunalish bo'lmog'i lozim.
Vatan tarixininng har bir satri, har bir varag'i milliy qadriyatlarga hurmat ruhi bilan sug'orilgan bo'lishi va milliy istiqlol tafakkuri va mafkurasining kamol topishiga xizmat qilishi darkor.
Vatan tarixining o'rganilishi boshidan oxiriga qadar asosiy g'oya-otashin vatanparvarlik, baynalminalchilik, insonparvarlik va rostgo'ylik, mehnatsevarlik va kamtarlik, iymonlilik va e'tiqodlilik ruhida tarbiyalash uchun xizmat qilmog'i kerak. Kishilarda Vatan va xalq oldidagi burchga sadoqatni qaror toptirmog'i darkor.
Vatan tarixi faniyoshlarimizni baynalminalchilik ruhida tarbiyalash qurolidir. Yoshlarimiz bu fanni o'qish, o'rganish va mutolaa qilish jarayonida O'zbekiston jahon hamjamiyatining ajralmas tarkibiy qismi va bir bo'lagi ekanligini tushunib oladilar. O'zbekiston ko'p millatli mamlakat ekanligi, o'zbek xalqi va buyuk allomalarimiz fan va madaniyat arboblarimizning jahon taraqqiyotiga qo'shgan munosib hissasi bilan qonuniy sur'atda faxrlanadilar.
Vatan tarixini o'rganishda uning manbalarini bilish g'oyatda muhim. Bu manbaalar nimalardan iborat. Bu eng avvalo o'tmish ota-bobolarimiz qoldirib ketgan va dunyodagi juda ko'p xorijiy mamlakatlar ya'ni Hindiston, Xitoy, Afg'oniston, Eron, Turkiya, Angliya, Fransiya, Misr kabi davlatlarning hamda sobiq ittifoq va O'zbekistonning kutubxonalarida saqlanayotgan boy qo'lyozma asarlaridir. Biz hali xalqimizning ana shu o'tmish tarixini o'rganishga yetarli darajada e'tibor berganimiz yo'q. Chet elga qo'lyozma izlab borgan olimlarimizning ilk qaldirg'ochi Hamid Sulaymon bo'ldi. U Hindiston, Angliya va Fransiyaga bir necha bor safar qildi. U nafaqat Navoiy, Xofiz Xorazmiy devonlarini, shuningdek O'rta Osiyo tarixiga oid mikrofilm va fotonusxalarni olib keldi. Respublikamiz kutubxonlarida ham hali qo'l urilmagan qo'lyozmalar ham navbat kutib turibdi. O'zbekiston FA qoshidagi sharqshunoslik instituti fondida xalqimizning boy o'tmish merosi bor. Ammo eski o'zbek tilida-arab alifbosida yozilgan bu noyob asarlarni hozirgi tilimizga ko'chirib, undan xalqni bahramand qilishdek xayrli ish masalasi muammoligicha qolayotir. Ana shu qo'lyozmalar orasida xon, amirlar saroiyda yashagan solnomachilarning yozib qoldirgan asarlari g'oyat qimmatlidir. Ular mazkur hukmdorlar yoki ularning keyingi vorislari hukmronlik qilgan keyingi yillarda mamlakatda yuz bergan voqealarni kunma-kun, oyma-oy va yilma-yil yozib borganlar. Shuning uchun ham solnomachilar yaratgan asarlar hukmdorlarning nomi bilan atalgan. «Zafarnoma», «Temurnoma», «Shayboniynoma», «Ubaydullanoma» va shu kabilar, ikkinchi va g'oyatda muhim manbaalardan yana biri shoirlar, yozuvchilar, olimuulomolarni qoldirgan asarlari ham O'zbekiston tarixi fani bo'yicha ajoyib ma'lumo’llar beradi. Al-Xorazmiy, Ali Qushchi, A.Farg'oniy, Beruniy, Abu Ali Ibn Sino, Ulug'bek, Navoiy, Bobur, Furqat, Muqimiy va boshqa allomalarning ijodlarida ular yaratgan tarixiy va madaniy muhitga oid qimmatli fikr va xulosalari mavjud. O'zbekiston tarixini o'rganishda tarixiy obidalar, arxeologik qazilma yodgorliklari ham muhim ahamiyatga egadir. Bunday tarixiy yodgorliklar hozirda 7 000 ta qoldi xolos. O'zbekiston tarixini o'rganishda tarixshunoslik, sharqshunoslik, adabiyotshunoslik, madaniyatshunos va boshqa kasbdagi fan olimlari va mutaxassislarining O'zbekiston tarixining u yoki bu davriga oida asarlari ham diqqatga sazovordir.
Tarixni o'rganishda tarixiylik prinsipi muhim ahamiyatga ega. Tarixiylik voqea, hodisalarni o'z davrining aniq tarixiy sharoitidan, o'sha davr muhitidan, tarixiy rivojlanish jarayonidan kelib chiqqan holda o'rganishni taqozo etadi. Har bir voqea, hodisani boshqa voqealar, hodisalar bilan bog'lab o'rgangandagina mazkur voqea hodisaning umumiy tarixiy jarayondagi o'rnini to'g'ri aniqlash, belgilash mumkin buladi. Har bir voqea, hodisaga umumiy tarixiy jarayonning bir qismi, bo'lagi deb qaramoq zarur.
Har bir hodisa, jarayon qanday tarixiy muhitda, nima uchun aynan shu paytda, shu shaklda sodir bo'lganligini, bu hodisa o'z taraqqiyo’lida qanday asosiy bosqichlarni bosib o'tganligini, keyinchalik u qanday bo'lib qolganligini bilish tarixiylik qoidasining talabidir. Masalan, bironta davlat faoliyatiga tarixiylik nuqtainazaridan turib baho bermoqchi bo'lsak, u, birinchidan, qachon, qanday tarixiy sharoitda paydo bo'ldi, ikkinchidan, u o'z taraqqiyo’lida qanday bosqichlarni bosib o'tdi, uchinchidan, uning tarixiy o'rni, mavqei qanday, degan savollarga aniq javob berish zarur bo'ladi.
Tarixiylik tamoyili xalqning o'tmishini yagona tabiiy-tarixiy jarayon deb, o'tmish hozirgi zamonni tayyorlaydi, hozirgi zamon esa kelajakni yaratadi deb qaraydi. Insoniyat ana shunday umumiy yo'ldan borayotgan ekan, istiqbolda porloq hayot, farovon turmush qurmoqchi bo'lgan avlod tarix fani orqali o'tmishni yaxshi bilmog'i lozim. O'tmishni, ajdodlarimiz tarixini qanchalik yaxshi bilsak, anglab yetsak, hozirgi zamonni shunchalik mukammal tushunamiz, kelajakni to'g'ri tasavvur etamiz.
O'zbekistonning, o'zbek xalqining boy, betakror tarixi bo'lib, uning o'ziga xos tarixiy taraqqiyot davrlari bor. Uni quyidagi yirik davrlarga bo'lish mumkin:
Ibtidoiy jamiyat. Qadimgi davr.
O'rta asrlar davri.
Chor Rossiyasi mustamlakachiligi davri.
Sovetlar istibdodi davri.
Milliy istiqlol davri. 1
Hozirgi qadar O'zbekiston tarixini yaratishda rus olimlari salmoqli ishlarni amalga oshirdilar. V.Bartold, A. Yakubovskiy, YE.E.Bertels, Kastelskaya va boshqalar shular jumlasidandir. O'rta Osiyolik va O'zbekistonlik olimlardan Muhammad Narshahiy, Ahmad Donish, Po'lat Soliyev, Musojon Saidjonov, Yahyo G'ulomov, Ibrohim Mo'minov, Qori Niyoziy, Bo'riboy Ahmedov va boshqalar ham bu borada muayyan salmoqli ish olib bordilar. Lekin O'zbekiston tarixining ayrim muammolari jumladan o'zbek xalqining etnik tarkibi va etnik tarixi yaxshi o'rganilmagan. Bu sohada 1941 yilda mashhur sharqshunos olim A. Yakubovskiyning o'zbek xalqining etnogeneziga doir kitobi, 1954 yilda professor A.A.Semenovning Shayboniyxon va uning Temuriylar imperiyasining istilo etilishi maqolasi, 1962-1965 yillarda professor B.Ahmedovning o'zbeklarning kelib chiqishi tarixidan va ko'chmanchi o'zbeklar davlati kitoblari nashr qilindi xolos. Lekin bu masala O'zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgandan so'ng asta-sekin muvaffaqqiyatli tarzda amalga oshirilmoqda. Jumladan A.Asqarovning, O'zbekiston xalqlari tarixi 1 va 2 jild, O'zbekiston tarixi: SH.Karimov va R.Shamsutdinovning 1996-1997 yillarda nashr qilingan Vatan tarixi o'quv qo'llanmasi, A.Sa'dullayev tahriri ostida ToshDU da-1997 yilda O'zbekiston tarixining 1 qismi hamda O'zbekiston FA Tarix instituti tomonidan «Istoriya Uzbekistan» kitoblari nashr qilindi. Bundan tashqari mustaqillik sharofati bilan o'rta maktablarning 5-6-7-8-9-10-11sinflari uchun ham O'zbekiston tarixi darsliklari chop etildi.
Mustaqillik tarixni xolisona yoritish imkoniyatini yaratdi. «O'zbek olimlarining kuch g'ayratlari bilan,-deb yozadi I.Karimov,-tariximizning ko'pdan ko'p g'oyat muhim sahifalari, eng avvalo, temuriylar davri, X1X asr oxiri, XX asr boshlari tarixi yangidan kashf etildi. Shuni esda tutish muhimki, o'tmishimizni «oqlash» vazifasi umuman olganda bajarib bo'lindi, hozir esa asosiy vazifa, tarixiy tahlilni ilmiy jihatdan holisona va halol amalga oshirishdan iboratdir».
O'zbekiston tarixi yoshlarga xalqimizning o'tmishi, tarixi haqida bilim berish bilan chegaralanib qolmaydi, u yoshlarni vatanparvar, ma'naviy jihatdan komil fuqaro etib shakllantiradi.
O’zbekiston Birinchi Prezidenti I.Karimov Vatan tarixining barkamol insonni shakllantirishdagi ahamiyati yuksak baho berib: «Tarixga murojaat qilar ekanmiz, bu xalq xotirasi ekanligini nazarda tutishimiz kerak Xotirasiz barkamol kishi bo`lmaganidek o`z tarixini bilmagan xalqning kelajagi ham bo’lmaydi2» degan edi. Har qanday jamiyat taraqqiyotining asosiy kuchi ma'naviyat va ma'rifatdadir. Ma'nviy barkamollikni tarbiyalashda Vatan tarixi muhim omildir. «Ma'naviyat,-deb yozadi I.Karimov,-o'z xalqining tarixini, uning madaniyati va vazifalarini chuqur bilish va tushunib yetishga suyangandagina qudratli kuchga aylanadi», «tug'ilib o'sgan yurtida o'zini boshqalardan kam sezmay, boshini baland ko'tarib yurishi uchun insonga, albatta, tarixiy xotira kerak. Tarixiy xotirasi bor inson-irodali inson».
Mustaqillik sharofati bilan Vatanimiz tarixi o'z o'rnini topdi. Barcha o'quv maskanlarida talaba o'quvchilarga Vatan tarixini o'qitish davlat siyosati darajasiga ko'tarildi. Vatan tarixini o'qitish yo'lga qo'yildi. Vatanimiz tarixi millatning, yoshlarning haqiqiy tarbiyachisiga aylanmoqda. Bu borada I.Karimovning «Tarixiy xotirasiz barkamol kishi bo'lmaganidek, o'z tarixini bilmagan xalqning kelajagi ham bo'lmaydi», «Tarix-xalq ma'naviyatining asosidir», «Tarixiy xotirasiz kelajak yo'q», «O'zlikni anglash tarixni bilishdan boshlanadi», «Inson uchun tarixdan judo bo'lish-hayotdan judo bo'lish demakdir» degan metodologik ahamiyatga molik so'zlari dasturilamal bo'lib xizmat qilmoqda. Shu boisdan Vatan tarixini har tomonlama, chuqur o'rganish muhim ahamiyatga molik vazifadir. Mamlakatimizda mustaqillik sharofati tufayli bog'chalardan tortib OTMlarigacha bo'lgan ta'limtarbiya tizimlarida O'zbekiston tarixi fanini o'qitishga davlat darajasiga ko'tarilgan vazifa sifatida katta e'tibor berilmoqda, g'amxo'rlik qilinmoqda. «Tarix millatning haqiqiy tarbiyachisiga aylanib bormoqda. Buyuk ajdodlarimizning ishlari va jasoratlari tarixiy xotiramizni jonlantirib, yangi fuqarolik ongini shakllantirmoqda. Ahloqiy tarbiya va ibrat manbaiga aylanmoqda.».
Shuni ham aytish lozimki, tarix bilan boshqa ijtimoiy- gumanitar fanlarning oʼrganish obʼekti bitta yaʼni jamiyatdir. Predmeti esa inson va tabiat. Shuning uchun ham boshqa fanlar tarix fani taraqqiyotiga, tarixiy haqiqatlarning roʼyobga chiqishiga bevosita yordam beradi. Shuningdek, tarix fani ham boshqa soha fanlari rivojiga katta taʼsir etadi. Аmmo, shuni ham taʼkidlash joizki, tarix boshqa fanlarni, shuningdek ijtimoiy-gumanitar fanlarning ham tarixidir. Chunki boshqa fanlarning hammasi ham, tarix mahsulidir.
Xulosa shuki, tarix fani yaʼni, Oʼzbekiston tarixi millat va Vatan taqdirini ravnaq topishida muhim ahamiyatga ega. Masalaning mohiyati shundaki, birinchidan, ijtimoiy-gumanitar fanlarning rivojlanishi har jihatdan tarix fanining naqadar haqqoniy boʼlishiga bogʼliqdir. Chunki ular tarix bilan bevosita bogʼliq. Ikkinchidan, tarix falsafasi qanchalik toʼla va ravon yuzaga chiqsa, boshqa ijtimoiy-gumanitar fanlarning mazmun va mohiyati hamda taʼsirchanligi ham shuncha yuksak darajada boʼladi.
Tarix falsafasi deganda, tarix yaʼni oʼtmish tajribasi va sabogʼidan toʼgʼri xulosa chiqara olish tushuniladi. Boshqacha aytganda, oʼtmish-tarixga qarab, kelajakni toʼgʼri belgilay olish ham tarix falsafasini anglashni bildiradi.
Mustaqillik yillarida Oʼzbekistonda tarix fani sobiq mustabid tuzum mafkurasidan voz kechish, yangi yondashuvlar bilan bogʼliq oʼzgarishlarga yuz tutdi. Fan taraqqiyoti va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish Oʼzbekiston tarixchilari zimmasiga jahon amaliyoti yutuqlaridan kelib chiqib, tarix fanini yanada yuqori ilmiy-nazariy darajaga olib chiqish hamda yangi ilmiy yoʼnalishlarni oʼzlashtirish kabi vazifalarni yuklamoqda.
Davlatimiz rahbarining 2017 yil 30 iyundagi “Oʼzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi huzurida Oʼzbekistonning eng yangi tarixi boʼyicha jamoatchilik kengashi faoliyatini tashkil etish toʼgʼrisida”gi qarori kengash ishidagi kamchiliklarni bartaraf etish va uni yangi pogʼonaga koʼtarish hamda bu boradagi ishlar samaradorligini oshirishga qaratilgan muhim hujjatlardan biridir.
Qarorda Jamoatchilik kengashi oldiga Oʼzbekistonning eng yangi tarixini tizimli, haqqoniy va xolis tarzda oʼrganishni tashkil etish, yangi avlod ilmiy va oʼquv-uslubiy adabiyotlarni yaratish hamda mamlakatimizning dunyodagi oʼrni va rolini koʼrsatishga qaratilgan qator vazifalar qoʼyilgan. Mazkur hujjatda koʼrsatilgan vazifalarni bir-birini toʼldiruvchi ikki yoʼl orqali roʼyobga chiqarish lozim. Birinchi yoʼl – yangi avlod ilmiy va oʼquv adabiyotlarini yaratish. Ikkinchi yoʼl – mavjud bilimlarni yoshlarga targʼib etish va oʼqitish.
Oʼzbekistonning eng yangi tarixi haqida soʼz yuritilganda, biz uchun, avvalo, mamlakatimizning 1991 yildan keyin bosib oʼtgan tarixiy yoʼli mohiyati va mazmunini anglab yetish muhimdir. Bu jarayon qanday borganligini, mamlakatimiz mustaqillik arafasida va uning dastlabki yillarida qanday muammolarga duch kelganini tushunib yetish muhim. Oʼzbek jamiyatida qadimgi davrlardan beri ayrim demokratiya unsurlari: oʼzini oʼzi boshqarishning jamoa shakli, mahalla yigʼinlari, oqsoqollar kengashlari va xalq diplomatiyasi mavjud edi. Biroq hozirgi kunda ushbu institutlar tomonidan anʼanaviy funktsiyalar bajarilishining oʼzi bilan qanoatlanib boʼlmaydi. Biz ularning faoliyatini hozirgi davr talablariga mos yangi mazmun bilan toʼldirishimiz maqsadga muvofiqdir.
Rivojlangan demokratik davlatlarda siyosiy partiyalar fuqarolik jamiyatining eng muhim institutlaridan birini tashkil etadi. Mamlakatimiz Birinchi Prezidenti Islom Karimov fuqarolarning davlat va jamiyatni boshqarishda keng ishtirok etishini taʼminlovchi siyosiy institutlarning xilma-xilligiga asoslangan yangi demokratik tizim negizlarini shakllantirish zarurligiga alohida eʼtibor qaratgan.
Sobiq tuzum davrida davlat va yakkapartiyaviylik tizimi shaxs ustidan yalpi hukmronligini oʼrnatgan edi. Fuqaroning huquqiy himoyalanmagani, boshqaruvning maʼmuriy-buyruqbozlik usullari, har qanday muqobil fikrlashning tazyiq ostiga olinishi koʼp odamlarda chorasizlik tuygʼusini uygʼotib, real hayotdan uzoqlashish istagini oshirdi. “Siyosiy autsayderlar” deb ataluvchi kishilar sonining oʼsishi, jamiyatda ijtimoiy pessimizm va boqimandalikning kuchayishiga sabab boʼldi.
Аfsuski, bugungi kunda ham jamiyatda eski davrga xos boʼlgan ijtimoiy ongning retsidivlari muayyan darajada saqlanib qolmoqda. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev ushbu holatni nazarda tutgan holda Oʼzbekistondagi siyosiy partiyalarni jiddiy tanqid ostiga olib, quyidagilarni taʼkidladi: “Ochiq aytish kerak, siyosiy partiyalarda bu sohada haligacha xotirjamlik, qandaydir mudrab oʼtirish kayfiyati hukm surmoqda. Hech kimga foydasi boʼlmagan majlislar soatlab davom etmoqda, tanqidiy tahlil oʼrniga mayda masalalar bilan oʼralashib, dolzarb muammolarning yechimi chetda qolib ketmoqda”. Bugun kuchli fuqarolik jamiyatni qurish vazifasi tobora koʼproq dolzarblik kasb etmoqda. Uning amalga oshirilishi real va faol koʼp partiyali tizimni shakllantirishni talab etayotir.
Oʼzbekistonning eng yangi tarixini oʼrganishda yuqorida taʼkidlab oʼtilgan vazifalar qatorida jamiyatni ijtimoiy-iqtisodiy isloh qilishdagi oʼzbek modelining kontseptual asoslarini idrok etish, davlatimizning global va mintaqaviy integratsiya jarayonlarida ishtiroki bilan bogʼliq masalalarning toʼgʼri va haqqoniy tahlilini xalqimiz va kelajak avlodga yetkazish burchimizdir.
Oʼzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Tarix instituti mamlakat milliy davlatchiligining vujudga kelishi va taraqqiy topishining eng yangi tarixini oʼrganish, ilmiy, ilmiy-ommabop, oʼquv-metodik, maʼrifiy adabiyotlarni tayyorlash va chop etish borasidagi yetakchi ilmiy-tadqiqot muassasalaridan biri. Institutda Oʼzbekiston eng yangi tarixining turli jabhalarini tadqiq etuvchi “Yangi va eng yangi tarix”, “Etnologiya va antropologiya”, “Tarixshunoslik va manbashunoslik” boʼlimlari faoliyat koʼrsatmoqda. Bu yerda eng yangi tarixni oʼrganishda tarix, xalqaro munosabatlar nazariyasi, sotsiologiya, antropologiya, etnologiya, falsafa, iqtisodiy nazariya, siyosiy muammolarni qamrab olgan yangi fanlararo yondashuvlar tahlili amalga oshirilmoqda. Yana ahamiyatli jihati, institutning olti nafar yetakchi olimi Jamoatchilik kengashi aʼzosi hamdir.
Olimlar tomonidan “Buyuk va muqaddas, mustaqil diyor”, “Oʼzbekistonning eng yangi tarixi: nazariy-metodologik asoslari, oʼrganish tajribasi, manba va uslublar”, “Oʼzbekiston yoshlari ijtimoiy-madaniy islohotlar jarayonida”, “Oʼzbekistonning eng yangi tarixidan lavhalar”, “Fargʼona vodiysi shaharlarida iqtisodiy transformatsiya jarayonlari (1991-1996 yillar)” kabi qator toʼplam va monografiyalarning nashr etilishi Oʼzbekistonning eng yangi tarixiga oid amalga oshirilgan qator ilmiy-tadqiqot loyihalar natijasi, deyish mumkin.
Bizda, afsuski, Oʼzbekistonning eng yangi tarixi turli aspektlarini oʼrganish bilan shugʼullanayotgan mutaxassislarning (tarixchilar, sotsiologlar, siyosatshunoslar, faylasuflar, iqtisodchi olimlar, huquqshunoslar) tarqoqligi, ular faoliyatini muvofiqlashtirish talab darajasida emasligi yaqqol koʼrinib qolmoqda. Bugun ilmiy gumanitar hamjamiyat vakillarining hamkorligisiz va birgalikda sarflanadigan kuch-gʼayratisiz hozirgi zamon tarixining mazmunini tushunish murakkabligi barchaga ayon.
Аna shunday bir paytda davlatimiz rahbarining Oʼzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi huzurida Oʼzbekistonning eng yangi tarixi boʼyicha jamoatchilik kengashi faoliyatini tashkil etish toʼgʼrisidagi qarori kengash va tarixchilarga muhim yoʼriqnomalarni belgilab berdi. Institut olimlari va kengashning faoliyatini qayta koʼrib chiqish, tariximizni mufassal ifoda etadigan tadqiqotlar, kitoblar, monografiya va darsliklar yaratish masalasini tez va sifatli hal etmoq talabini qoʼymoqda.
Mazkur qarorda belgilanganidek, institut va kengash aʼzolari qator rejalar, amalga oshirilishi zarur boʼlgan masalalarga jiddiy kirishgan. Unda siyosat, iqtisod, madaniyat, ijtimoiy hayotning barcha sohalarida sodir boʼlayotgan voqealar asosida Oʼzbekistonning eng yangi tarixini oʼrganish boʼyicha kompleks yondashuvni taʼminlash inobatga olingan. Ushbu vazifalarning ilmiy idrok etilishi va hal qilinishi muayyan darajada tarix fani mavjud tushuncha-metodologik arsenalining tanqidiy tahlili va tegishli tarzda Oʼzbekistonning eng yangi tarixiga oid turli voqealarni tadqiq etish bilan shugʼullanayotgan barcha ilmiy yoʼnalishlarning nazariy salohiyati yangilanishi bilan bogʼliqdir.
1. Oʼzbekistonning eng yangi tarixi fanining metodologik (uslubiy) ilmiy-usul va tamoyillari quyidagilardan iborat:
- Ilmiy xolislik (obʼektivlik);
- Tarixiy – tahliliylik;
- Mantiqiy – uzviylik;
- Vorislik va izchillik;
- Xronologik izchillik;
- Gʼoyaviylik va vatanparvarlik;
- Halol va xolislik;
- Qiyoslash va kuzatish;
- Kuzatish va umumiylashtirish;
- Baxslashish, munozara yuritish va isbotlash;
- Matematik hisoblash;
- Shakllash va modellashtirish;
- Аyrimlikdan umumiylikka (induktsiya) va umumiylikdan ayrim (juzʼiy)likka (deduktsiya);
Bugungi kunda oshkoralik, shaffoflik kabi tamoyillar ilgari surilayotgan bir vaqtda tarix qanday boʼlsa, uni shundayligicha oʼrganish ustivor boʼlmogʼi kerak. Chunki yaqin tarix koʼpchilik oʼz koʼz oʼngidan oʼtkazgan voqeliklardir. Uni oshirmay, yashirmay, boricha oʼrganish zarurdir.
Umuman olganda, Oʼzbekistonning eng yangi tarixini oʼrganish va uni oʼqitishning dolzarb muammolari boʼyicha keng munozaralarning zaruratini chuqur anglagan holda olimlar, pedagog xodimlar va maorifning boshqa vakillarini tarix ilmi va fani masalalarini keng ommaga yetkazish hamda matbuotda faol muhokama qilish zarur. Jamiyatimiz, ayniqsa, yosh avlod ona Vatanimizning yaqin oʼtmishini tushunishga, murakkab, joʼshqin va jadal surʼatlar bilan davom etayotgan mamlakatimiz mustaqilligining tarix solnomasini tizimli oʼrganishga, uni toʼlaqonli anglab yetishga katta ehtiyoj sezmoqda. Mazkur sharafli ijtimoiy vazifani amalga oshirish esa oʼzbek tarixchilarining ilmiy va fuqarolik burchidir.
Koʼp ming yillik taraqqiyot yoʼlini bosib oʼtgan va oʼtmishida katta tarixiy siljishlar bilan birga, tanazzullar va inqirozlarga guvoh boʼlgan oʼzbek xalqi hayotida XX asrning oxiri va XXI asrning boshlari muhim ahamiyat kasb yetdi. Ana shu davrda xalqimiz yaratgan buyuk bunyodkorliklar, siyosiy, iqtisodiy, huquqiy, ijtimoiy va maʼnaviy sohadagi beqiyos yutuqlar Oʼzbekistonning bundan keyingi uzoq kelajakka moʼljallangan taraqqiyotiga asos boʼlib xizmat qiladi. Ushbu davrning mohiyati – butunlay yangi tuzum, yangicha turmush tarzi, zamonaviy jahon sivilizatsiyasi talablariga javob bera oladigan aqliy salohiyat, intellektual imkoniyat bilan bogʼliqligi muhim ahamiyatga ega.
Garchi mustaqillik davri tarixan qisqa boʼlsada, mustabid tuzum iskanjasidan chiqib ketish, butun bir xalqning mustaqilligi va yerkinligini taʼminlash kabi gʼoyatda tahdidli va tahlikali, ayni paytda sharafli jarayonni boshdan kechirdi.
Oʼzbekiston Respublikasining mustaqillik yillarida bosib oʼtgan yoʼlining mazmun-mohiyati va xususiyatlarini obьektiv baholagan holda mustaqillik davrini quyidagi ikki bosqichga boʼlib oʼrganish maqsadga muvofiq boʼlar edi:
1) 1991–2016-yillar. Bu davrda milliy davlatchilik asoslari va ijtimoiy yoʼnaltirilgan bozor iqtisodiyotini yuzaga keltirishga qaratilgan oʼtish davrining dastlabki islohotlar jarayoniga ilk qadamlar qoʼyildi. Demokratik anʼanalar asosida yangi davlat boshqaruv tizimi – qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyati tashkil etildi hamda fuqarolik jamiyati asoslari yaratildi, erkin bozor iqtisodiyotiga oʼtila boshlandi. 2000-yildan mamlakatda faol demokratik yangilanish va modernizatsiyalash jarayonlari kuzatildi. Jumladan, kuchli davlatdan – kuchli fuqarolik jamiyatiga bosqichma-bosqich oʼtish asosiy vazifa qilib qoʼyildi. Natijada mamlakatning siyosiy va iqtisodiy hayotida demokratlashtirish va liberallashtirish jarayonlari chuqurlashdi, inson haq-huquqlari va erkinliklarini himoya qiluvchi mustaqil sud tizimi mustahkamlandi, fuqarolik jamiyati asoslari rivojlandi. 2010-yildan demokratik islohotlar va mamlakatni modernizatsiyalash jarayonini yanada chuqurlashtirish masalasi ilgari surildi. Uning boshlanishi Oʼzbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimov tomonidan mamlakatda fuqarolik jamiyatini shakllantirish va demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish konsepsiyasining ishlab chiqilishi bilan bogʼliqdir. Shuningdek, bu davr davlat hokimiyati va boshqaruvini yanada demokratlashtirish, sud-huquq tizimi, axborotlashtirish sohasini isloh yetish, soʼz erkinligini taʼminlash, saylov qonunchiligini takomillashtirish, demokratik bozor islohotlarini chuqurlashtirishga qaratilganligi bilan xarakterlanadi.
2) 2017-yildan keyingi yillar. Bu davr tarixi 2016-yil dekabr oyida saylangan Oʼzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoevning strategik taraqqiyotga asoslangan keng koʼlamli jadal islohotlar davri hisoblanadi. Natijada, hayotimizga yangi iboralar, xususan, “xalq bilan muloqot”, “xalq qabulxonalari”, “virtual qabulxona”, tanqidiy tahlil”, “qatʼiy tartib-intizom”, “arzon uylar”, “texnoparklar”, “oʼz bolangni oʼzing asra”, “yoʼl xaritasi”, “kafolatlangan xavfsizlik” singari tushunchalar kirib keldi va hayotimizning ajralmas qismiga aylandi.
Do'stlaringiz bilan baham: |