Xalqaro rivojlanish uyushmasi XRU-juda kambag`al mamlakatlarga foizsiz kreditlar, texnik ko’mak va siyosatni ishlab chiqish sohasida tavsiyalar berish orqali ularga yordam ko’rsatadigan tashkilot. XRU aholi jon boshiga 885 AQSh dollaridan kam daromad 1999 yil raqamlari) to’g`ri keluvchi va Jahon bankidan kredit olish uchun moliyaviy imkoniyati bo’lmagan mamlakatlarga kredit beradi.
BMT BMTdavlatlarning tinchlikni saqlash va mustahkamlash, davlatlar o’rtasida hamkorlikni rivojlantirish maqsadlarida 1945-yilda tashkil etilgan xalqaro tashkiloti.
BMTning Rivojlanish DasturiBMTning rivojlanish sohasidagi global tarmog’i. Mamlakatlarni yaxshi hayot qurilishiga ko>maklashishga yo>naltirilgan tajriba va zaxiralarni bilim manbalariga jalb etish orqali ijtimoiy hayotni o>zgartirish uchun kurashadi. 166ta mamlakatda ish olib borib, rivojlanish sohasida o’z global va milliy muammolar yechimini izlashda ular bilan hamkorlik qiladi.
YevrOsIH-Yevropa va Osiyo Iqtisodiy Hamkorligi xalqaro iqtisodiy tashkiloti. Tashkilotga kiruvchi Belorussiya, Qozog’iston, Qirg’iziston, Rossiya, Tojikiston va O’zbekiston mamlakatlariaro umumiy tashqi boj chegaralarini tuzish uchun tashkil topgan.
Osiyo Rivojlanish Banki ORB-Osiyo va Tinch okean orollaridagi rivojlanayotgan a’zo mamlakatlarga iqtisodiy hamda ijtimoiy rivojlanish uchun ko’maklashuvchi davlatlararo mintaqaviy bank. 1965-yilda tashkil topgan. Kapitali ushbu tashkilotning 56 a’zo mamlakatiga tegishli.
YuNAIDS-BMTning OITSga qarshi kurash bo’yicha birlashgan dasturi. OIV/OITSga qarshi kurashda BMT tizimidagi barcha tashkilotllarning kuch-g’ayratlarini milliy ko’lamda birlashtiradi.
YuNESCO-BMTning ixtisoslashtirilgan agentligi-ta’lim, fan va madaniyat sohalarida hamkorlikdagi ishlarni muvofiqlashtiradi va ilhomlantiradi.
YuNICEF-BMTning bolalar jamg’armasi. BMT tizimidagi faqat bolalar uchun faoliyat ko’rsatadigan yagona tashkilotdir. UNICEF bolalar hayotini saqlab qolish, himoya qilish va rivojlanishini ta’minlash masalalarini hal qiladi. Jamg’arma bo>limlari jahonning ko’p mamlakatlari va mintaqalarida faoliyat ko’rsatadi.
YuNFPA-BMTning aholishunoslik jamg>armasi. Barcha xotin-qizlar, erkaklar va bolalarning sog’lig’ini saqlash va teng huquqqa ega bo’lishi, rivojlanish masalalari bilan shug’ullanadigan, BMT tizimidagi xalqaro tashkilot.
YuNODC-BMTning giyohvand moddalar va jinoyatchilik bo’yicha boshqarmasi
BMTning ixtisoslashtirilgan agentligi bo’yicha narkotiklar ustidan nazorat o’rnatish va jinoyatchilikning oldini olish sohasida xalqaro hamkorlikni mustahkamlash va muvofiqlashtirish uchun tuzilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |