Etnolingvistika (yunon.) - tilshunoslikning etnologiya bilan bog‘liq bo‘lishi. Etnolingvistika xalq odatlari, tasavvurlari, madaniyati bilan tilning o‘zaro aloqasi va ta’sirini o‘rganadi. shuningdek tilda aks etgan madaniy dalillarni dini va maxsus tillarni, tabularni, etnik onomastikani va boshqalarni tahlil qiladi.
Etnonim (yunon.) - xalqlarning nomlarini anglatuvchi atama.
Etnonimika - qabila, xalq va boshqa etnik birliklarni o‘rganadigan fan.
Etnos (yunon.) - elat, xalq. Etnologiyada urug‘, qabila, elat, xalq, millat etnos deb yuritiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |