II. «Dehqonchilik va suv inshootlari» mavzusini o‘rganish dasturi.
Dehqonchilik - O‘zbekiston aholisining qadimgi mashg‘ulotlaridan biridir. Asrlar va ming yilliklar davomida ko‘plab dehqonchilik tajribasi va usullari, nozik fenologik (o‘simliklar va hayvonot dunyosidagi mavsumiy o‘zgarishlar) kuzatishlar to‘plangan. Dehqonchilik tajribalari davomiylik bilan avloddan avlodga o‘tib bordi.
O‘zbekiston hududining kam Yog‘ingarchilik bo‘ladigan issiq iqlimi-murakkab sug‘orish tizimi vositasida mahsuldor sug‘orma dehqonchilikning keng tarqalishiga olib keldi. shuning uchun dasturda dehqonchilik sug‘orish inshootlari bilan mustahkam bog‘liqlikda ko‘rib chiqiladi. Ko‘p asrlar davomida turli Chorvador etnik guruhlar dehqonchilik bilan shug‘ullanuvchi o‘troq, yarim o‘troq aholi bilan aloqada bo‘ldi va bir qismi o‘troqlashdi. shuningdek, ular mahalliy aholidan dehqochilik tajribalarini o‘rgandi va o‘zlarining etnik va madaniy-xo‘jalik xususiyatlari bilan o‘ziga xos tarzda dehqonchilik bilan shug‘ullandilar.
Tadqiqot olib borishda nafaqat nozik dehqonchilik usullari va azaliy o‘troq dehqon aholining sug‘orish tajribalarini o‘rganibgina qolmasdan balki, Chorvador yarim o‘troq etnik guruhlarning ekstensiv va nomuqim dehqonchilik va sug‘orish usullarni ham tadqiq qilish maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Dastur asosan O‘zbekistonda XX asr boshlarida an’anaviy dehqonchilik va sug‘orish usullarining qay tarzda mavjud bo‘lganligini o‘rganish uchun mo‘ljallangan.
Imkoniyatdan kelib chiqib (manbalar mavjudligini hisobga olib) bir qadar oldingi davr ya’ni, XIX asrning ikkinchi yarmi uchun ma’lumotlar yig‘iladi.
Dehqonchilik va sug‘orish usullarini tadqiq qilish uchun dehqonchilik mashg‘ulotida katta Yoki kichik rol o‘ynagan milliy guruhlarning aralashgan xo‘jalik tiplarining tarqalish arealini aniqlash ham muhimdir. Bu xo‘jalik tiplari ikki asosiy guruhda birlashadi:
1) Vohaning sun’iy sug‘orishga asoslangan intensiv dehqonchilik xo‘jaligi bilan shug‘ullanuvchi o‘troq aholisi;
2) Dehqonchilikni (asosan ekstensiv) Chorvachilik bilan qo‘shib olib boruvchi yarim o‘troq aholi.
Materiallarni yig‘ishda va qayd qilishda uning aniq geografik joyini aniqlashtirib, qaysi etnik guruh va geografik maydonga tegishli ekanligini Yozishni ta’minlash zarur.
Ushbu dasturda yangi materiallar yig‘ish bilan bir qatorda ilgari olib borilgan tadqiqotlardan, arxivdagi materiallardan, Respublikamizdagi muzey fondlarida mavjud ma’lumotlarni yig‘ish va qiYosiy tahlil qilish ko‘zda tutiladi. O‘zbekiston hududidagi dehqonchilik va suv inshootlari tarixini chuqur va to‘liq tadqiq qilish uchun ma’lum bir tarixiy davrga tegishli bo‘lgan ma’lumotlar muhim ahamiyat kasb etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |