Navoiy davlat pedagogika instituti tarix fakulteti “Umumiy tarix” kafedrasi


XIX asrning 60-70-yillaridagi burjua islohotlari



Download 1,17 Mb.
Pdf ko'rish
bet77/107
Sana12.05.2023
Hajmi1,17 Mb.
#937276
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   107
Bog'liq
Navoiy davlat pedagogika instituti tarix fakulteti

XIX asrning 60-70-yillaridagi burjua islohotlari
1861 yilda krepostnoylik huquqi bekor qilingandan so'ng, chor 
Rossiyasining siyosiy tuzumini yangi kapitalistik munosabatlarga moslashtirish 
zaruriyati paydo bo'ldi. 1864-1874 yillardagi burjua islohotlari aynan shu 
vazifa yechimiga qaratildi. 1864 yildagi zemstvo islohoti joylardagi xo'jalik, 
boshlangich ta'lim, medisina xizmati ko'rsatish ishlari yangi saylanuvchan 
muassasalar- uyezd va gubyerniya boshqarmalari qo'liga o'tdi. 1864- yilgi sud 
islohotlari va yangi sud ustavlari esa sud muassasalarining yagona tizimini joriy 
qilib, rasmiy jihatdan barchani qonun oldida tengligini e'lon qildi. 1870 yilgi 
shahar boshqaruvi haqidagi 
islohot ilgari mavjud bo'lgan tabaqaviy shahar boshqaruvini mulkiy senz asosida 
saylanuvchi shahar dumasi bilan almashtlrdi. Duma qabul qilgan qarorlar faqatgina 
chor ma'muriyati bilan tasdiqlangandan so'ng kuchga kiradigan bo'ldi.60 yillardagi 
islohotlar ta'lim sohasiga tegishli bo'lib, unga ko'ra boshlang’ich xalq maktablari 
tarmog'i tashkil qilindi. 1863 yilda oliy o'quv yurtlari uchun yangi ustav qabul 
qilindi. Rektor va dekanlarga saylanish, professorlar korporatsiyasi huquqlarini 
kengaytirish borasida univyersitetlarga qisman avtonomiya huquqi berildi.1865
yilgi matbuot to'g'risidagi ustavga ko'ra senzura qisman yumshatildi. 
Poytaxtdagi bir necha vaqtli nashrlar senzuradan ozod qilindi. Senzura 
qoidalari ilk bor buzilganda esa nashr olti oyga to'xtatilgan, uchinchi bor 
takrorlanganda esa nashriyot butunlay ta'qiqlangan.60-yillarda Rossiyada 
harbiy sohada ham harbiy xizmat tartibi haqida xizmat muddatini 
qisqartirilishi, tan jazosining bekor qitinishi kabi ayrim o'zgartirishlar qilindi. 
Biroq harbiy islohotlar 1874 yilda umumiy harbiy majburiyat joriy qilingandan 
so'ng nihoyasiga yetdi. Unga muvofiq pomeshchiklar tomonidan, 1861 yildan 
esa qishloq yig'inining qarori bilan rekrutlikka olish bekor qilinib, 20 yoshga etgan 
barcha erkaklar armiyaga chaqiriladigan bo'ldi. Harbiy xizmat muddati 6-7 yilga 
qisqartiriladigan bo'ldi. Shahar boshqaruvi va harbiy sohadagi islohotlarning 
andozasi Prussiyadagi mavjud tartiblardan olingan edi.XIX asrning 60-yillarida 
Rossiyada amalga oshirilgan burjua islohotlari mamlakatda yuzaga kelgan ijtimoiy-
iqlisodiy va siyosiy keskinlikni bartaraf etishga qaratilgan bo'lib, o'zining 
cheklanganligiga qaramasdan, ular chor Rossiyasini burjua monarxiyasiga 
aylantirish yo'lida qo'yilgan birinchi qadam bo'ldi.1861 yilda krepostnoylikning 
bekor qilinishi, keyinroq mahalliy boshqaruv, Sud, Ta'lim, Matbuot va boshqa 
sohalarda amalga oshirilgan birinchi islohotlar edi. Chor Rossiyasi tomonidan 
O'rta Osiyo hududini bosib olinishining shart-sharoitlari. Mustamlakalar bosib 
olishdan nafaqat rus fabrikachilari va zavodchilari balki, ichki guberniyalarning 
dvoryan-pomeshchiklari 
ham 
manfaatdor 
edilar. 
Rus 
sanoatchilariga 
mustamlakalarda ishlab chiqarilgan mahsulotlarni sotish uchun, dvoryan 
pomeshchiklarga esa, islohotdan so'ng Rossiya qishloqlarida paydo bo'lgan 
ijtimoiy keskinlikni yumshalish uchun zarur edi.XIX asrning 60-yillarida O'rta 
Osiyoning rus to'qimachilik sanoati uchun xom-ashyo bazasi sifatidagi roli yanada 
oshdi. AQShidagi fuqarolar urushi tufayli Amerika paxtasining Yevropaga 
keltirilishi deyarli to'xtab qoldi. 1862-1865 yillarda Rossiya manfakturasi paxta 


112 
xom ashyosining tanqisligi tufayli halokatli ahvolni boshidan kechirdi. Chunki 
Rossiya sanoatining 90%idan ortig'i Amerika paxtasini qayta ishlash bilan 
shug'ullanar edi. Ilgari Rossiyaga har yili 120-150-ming pud miqdorida O'rta 
Osiyo paxtasi keltirilgan bo'lsa, mazkur yillarda uning miqdori 500-700-ming 
pudni, ya'ni Rossiyaga eksport qilinayotgan paxta xom-ashyosining 50% ini 
tashkil qildi.O'rta Osiyo hududini bosib olish zaruriyati rus matbuotida zo'r berib 
targ’ib qilindi. Chor Rossiyasi O'rta Osiyo xonliklarini harbiy kuch bilan bosib 
olish rejasini ishlab chiqib, uni amalga oshirishga kirishdi.Chor Rossiyasi 1864-
1873 yillar davomida O'rta Osiyo xonliklarini tor-mor etib, Markaziy Osiyo 
hududida deyarli to'liq o'zining hukumronligini o'rnatdi. 1867 yilda tuzilgan 
Turkiston general-gubyernatorligi Rossiyaning O'rta Osiyodagi ma'muriy markazi 
bo'lib, u Turkiston o'lkasida Rossiya mustamlakachiligini o'rnatishda va uni 
mustahkamlashda aiohida tashabbus ko'rsatdi. 

Download 1,17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   107




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish