Navoiy davlat pedagogika instituti tarix fakulteti “Umumiy tarix” kafedrasi


XVIII asrning oxiri -XIX asrning o'rtalarida Eronning xalqaro ahvoli



Download 1,17 Mb.
Pdf ko'rish
bet105/107
Sana12.05.2023
Hajmi1,17 Mb.
#937276
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   107
Bog'liq
Navoiy davlat pedagogika instituti tarix fakulteti

XVIII asrning oxiri -XIX asrning o'rtalarida Eronning xalqaro ahvoli
O'zining iqtisodiy, siyosiy va madaniy qoloqligiga qaramasdan XVIII asr 
oxirigacha Eron mustaqil davlat sifatida mavjud edi. Bungacha Yevropa davlatlari 
Eronga nisbatan savdo imtiyozlari to’g’risidagi talablari bilan cheklangan 
xolos.XVIII asr oxirlaridan yaqin va o'rta Sharqda bosqinchilik harakatlari uchun 
Eronni 
plasdarmga aylantirish maqsadida Angliya va Fransiya uning ichki ishlariga
aralashibboshladilar. 1796 yilda Tehronga kelgan Fransuz elchiligi shohni 
Rossiya bilan urushboshlashga undadi va shuningdek, Erondan Angliyaga 
qarshi urushda foydalanmoqchi bo'ldi. Fransiyaning Hindistonga hujum qilish 
rejasini barbod etish maqsadida 1800 yildaMak Kolin boshchiligidagi ingliz 
delegasiyasi Tehronga tashrif qildi va savdo shartnomalarituzdi.Unga 
ko’raEron o'z hududiga fransuzlarni qo’ymaslik va agar fransuzlar 
Hindistonga hujum qiladigan bo’lsa, Eron qo’shinlari Afgonistonga yo’naltirish 
majburiyatini 
oldi. Savdo shartnomasi Eronda inglizlarni soliqlardan ozod qildi. Eron 
portlarida erkinharakat qilish bir qatorda ingliz mahsulotlarini mamlakatga boj 
to’lovlarisiz kiritish kabiimtiyozlari berdi. Bularning barchasi uchun inglizlar 
Eronni qurol-yarog’ bilan ta’minlashnio'z bo’yniga oldi.XIX 
asrning 
dastabki 
yillarida 
Rossiya 
Kavkazortini 
bosib 
olishga 
kirishib, 
1801 
yilda 
Gruziyani zabt etdi. Rossiyaning Kavkaz ortiga yurushi Eron manfaatlariga zid 
bo'lib, bu holat 1804 yil boshlangan Rus-Eron urushiga sabab bo'ldi.1805 yil 
Angliya va Rossiya Napoleonga qarshiittifoqchilik qilish to’g’risida shartnoma 
imzolashdi. Shuning uchun Angliya Eronga hech qanday yordam bermadi. Bundan 
foydalangan fransuzlar 1807 yilda 4-mayda Tehronda mudofa va hujum to’g’risida 
franko-eron shartnomasi imzoladi. Bu shartnoma Rossiya va Eronga qaratilgan 
edi. 1807 yil 7-iyulda Fransiya va Rossiya o'rtasida imzolangan Tilzit sulhi 
xalqaro vaziyatni tubdan o'zgartirib yubordi. Eron yana Angliya bilan 
yaqinlashishga urindi. Angliya va Fransiyaning Eronga qurol-yarog va moliyaviy 
yordamiga qaramasdan Eronga nisbatan ilg’or bo'lgan Rossiya rus-eron urushida 
birin-ketin g’alabalarni qo’lga kiritdi. 1812 yilda Napoleon armiyasining 
Rossiyaga hujumi ham shoh qo’shinlarining ahvolini yaxshilamadi. 1812 yil 
oktyabrda Aslando'z yaqinidagi jangda Eron armiyasi tor-mor etilgandan so’ng sulh 
muzokaralari boshlandi. Muzokaralar 1813 yil 12 oktyabrda Rossiya va Eron 
o'rtasida Guliston sulh shartnomasini imzolanishi bilan nihoyasiga etdi. Bu 
shartnomaga muvofiqEron, Dog’iston, Gruziya va shimoliy Ozarbayjonga bo'lgan 
da’vosidan voz kechib ularni Rossiya tarkibiga kiritilganligini e’tirof etdi. Kaspiy 
dengizida faqat Rossiyagina harbiyflot saqlash huquqiga ega bo'ldi.Rus va Eron 
savdogorlarining mazkur davlatlarga erkin kelishi va savdo ishlarini yuritish 
kafolatlandi, 
kiritilayotgan 
savdo 
mollariga 
5% 
bojxona 
to’lovlari 
belgilandi.Guliston sulhi Angliyaning Eronni o'ziga bo’ysundirish rejalarini 
borbod qildi. Rossiyaning ta’sirini o’sishiga yo’l qo’ymaslik va shohni Rossiya 
bilan yangidan urush chiqarish maqsadida 1814 yilda inglizlar Anglo-Eron 
shartnomasini tuzishga muvaffaq bo'ldilar. Bu shartnoma shoh saroyini Rossiyadan 
o’ch olish kayfiyatini kuchaytirdi.l 821-1823 yillarda chegara masalasidaEron va 
Turkiya o'rtasida bo'lib o’tgan urushda Eronni g’alabasi ham ruslarga qarshi 
kayfiyatni kuchayishiga olib keldi. 1826 yil iyulda shoh qo’shinlari to’satdan 
ruslarga hujum qilib ikkinchi rus-eron urushini boshladilar. Biroq bu urush Eron 


148 
uchunmuvaffaqiyatsiz bo'ldi. 1828 yil fevralda Rossiya va Eron o'rtasida 
Turkmanchoy sulh shartnomasi imzolandi. Unga ko’ra bu ikki davlat o'rtasidagi 
Arakis daryosi bo’ylab chegara belgilandi, sharqiy Armaniston Rossiya 
tarkibiga kiritildi, Eronga 20 mln rubl tovon puli to’lash majburiyati yuklandi. 
Turkmanchoy sulhi Eronda Rossiyaning ta’sirini mustahkamladi.Bu esa Anglo-
Eron munosabatlarini yanada keskinlashtirdi.Rossiya bilan bo'lgan urush 
xajatlarini qoplash va tavon puli to’lash maqsadida shoxning favqulotda soliq 
va to’lovlar joriy qilishi Eron aholisining noroziligiga sabab bo'ldi. Shox 
saroyi va ruhoniylar xalq noroziligini Rossiyaga va urushdan so’ng Rossiyaning 
Erondagi elchisi qilib tayinlashgan A.S.Griboedovga qarshi yo’naltirish uchun 
qilgan harakati oqibatida 1829 yil 11 fevralida g’azablangan olomon elchi 
boshchiligidagi rus missiyasini qirib tashladi. Shox Peterburgga maxsus elchi 
yuborib mazkur voqelik yuzasida uzr so’radi.1837-yilda Rossiyaning tezlashi 
bilan Muhammadshox (1834-1848) Hirotga yurush qilib, uni egalladi. Shoh 
Hirotni egallab inglizlarning mazkur hududni olish uchun qilayotgan 
urunishlariga chek qo’yishni mo’ljallagan edi. Bunga javoban inglizlar 1838-
yilda Fors ko’rfaziga harbiyekspeditsiya yuborib, Xirotdan Eronga qo’shinlarini 
chaqirib olishni, Angliya bilan ham Turkmanchoy sulh shartnomasiga 
o’xshagan shartnoma imzolashni talab qildi. Urush xavfi ostida shoh Angliya 
talablarini qabul qildi va 1841-yilda anglo-eron savdo shartnomasi imzolandi. Bu 
shartnoma Eronga inglizlarning erkin kirishini ta'minlab ularni ichki bojxona 
soliqlaridan ozod qildi, kiritilayotgan ingliz mahsutotlariga 5% bojxona to’lovi 
belgilandi. 1845-yilda Fransiya, keyinroq Avstriya va 1856-yilda AQSh 
Eronda shu mazmundagi imtiyozlarga ega bo'ldi. Noteng shartnomalarni 
imzolashni Eronga chet el kapitalini kirishini tezlashtirib, mamlakat hududini 
G'arbiy Yevropa davlatlarining tayyor mahsulotlari sotiladigan bozorga 
aylantirdi.1856-yilda, ya'ni Qrim urushi ketayotgan bir vaqtda Eron shohi 
Hirotni bosib oldi. Bu Angliyaning Eronga urush e'lon qilishiga sabab bo'ldi. 
Ingliz qo'shini Fors ko’rfazidagi bir qancha port va orollarni egalladi. Fransiya 
va Rossiyaning qarshiligi, Angliyada iqtisodiy va siyosiy ahvolni keskinlashuvi, 
Xitoy va Hindistondagi xalq qo'zg’olonlari inglizlarni Eronga urush harakatlarini 
to’xtatishga majbur qildi. 1857-yil Parijda anglo-Eron sulh shartnomasi 
imzolandi, Eron o'z qo'shinini Hirotdan, Angliya esa o'z flotini Erondan 
chaqirib oldi. 

Download 1,17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   107




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish