66
qurolli kuchlarga farmoyishlar berish, ajnabiy davlatlar bilan respublika nomidan
munosabatlar o’rnatish, shuningdek urush e‘lon qilish, sulh tuzish huquqiga ega
edi. Umumiy avf e‘lon qilish ham Prezident qo’lida edi.Deputatlar palatasi va
Senatning qarorgohi etib Parij emas, balki Versal shahri belgilandi. Monarxiyachi
Milliy majlis Konstitusiyaning demokratik mazmunini cheklash uchun qo’lidan
kelganbarcha choralarni ko’rdi. Respublikachilar 1875-yil Konstitusiyasini ma‘lum
darajada yutuq deb bilib, uni keyinchalik qat‘iy sur‘atda demokratlashtirish lozim
deb topdilar.(Senat- (lotincha «seneks» keksa). 1). Qadimgi Rimda oliy hokimiyat
organi imperiya davrida o’z ahamiyatini yuqotgan. 2). Ba‘zi davlatlarda AQSh,
Italiya, Fransiya parlamentining yuqori palatasi 3).Rossiyada 1711-1917 yillarda
oliy hukumat organi.)
«Uchinchi Respublika»ning inqirozi. Konstitusiyaga muvofiq, Fransiya
parlament respublikasi bo’lib qoldi. Bu «Uchinchi Respublika» (Fransiyada
«Birinchi Respublika» 1797-1804; «Ikkinchi Respublika) (1848-1852;) deb atala
boshlandi. «Marseleza» Fransiyaning madhiyasi deb qabul qilindi. Bastiliya ozod
etilgan kun - 14-iyul Milliy bayram kuni deb e‘tirof etildi. Konstitusiyada
Deputatlar palatasi umumiy ovoz berish yo’li bilan saylanadi deyilgan edi. Amalda
esa bunday bo’lmadi. Xotin - qizlar saylov huquqiga ega emas edilar.1876 yilgi
saylovlarda Deputatlar palatasida respublikachilar, Senatda esa monarxiyachilar
kupchilikni tashkil etar edi. Respublikachilar safida bu davrda tabaqalanish yuz
berdi. Yuqori doiralarda uch partiyaning ta‘siri kuchaydi. Bu Ter rahbarlik qilgan
eng konservativ guruh - «So’l markaz», Jyul Ferri va Jyul Simon boshliq «
Respublika guruhi» va Leon Gambetta boshliq «Respublika ittifoqi» guruhlariedi.
Gambetta respublikachilarning eng mashhur va nufuzli rahbari edi. Gambettaning
radikal - demokratik talablaridan voz kechganligi 70-yillarning oxirida
respublikachilarning «O’ta so’l» guruhini vujudga keltirdi va keyinchalik uning
negizida radikallar partiyasi tuzildi.Radikal-demokratik islohotlarni tashkil etish,
«O’ta so’l» guruhlar,ular ko’pincha tubdan keskin choralarning tarafdorlari edilar.
Mak-Magon Senatning yodamiga suyanib Deputatlar palatasini tarqatib yubordi va
yangi saylov belgiladi. Saylov vaqtida hukumat tazyiq vositalarini ishga soldi.
Respublikaning yashashi jiddiy xavf ostida qoldi. Barcha respublikachi guruhlar
yana Gambetta rahbarligi ostida birlashdilar. Xalq respublikani qat‘iy yoqlab
chiqdi. 1876 yil yanvarda respublikachilar Senatga bo’lgan saylovlarda ham
g’alaba qozonganlaridan keyin Mak-Magon kurash olib borishning behudaligiga
ko’zi yetib, vakolati tugamasdan iste‘fo berdi. «Mo’tadil» respublikachi Jyul
Grevi
Prezident
qilib
saylandi.
1877
yil
oktyabrdagi
saylovlarda
monarxiyachilarning barcha harakatlariga qaramasdan, respublikachilarning qo’li
baland keldi.Shunday qilib, monarxiyani tiklashga qaratilgan barcha urinishlar
foyda bermadi. Lekin, vazirlar Prezident tomonidan tayinlansa-da parlament
oldida javobgar edilar.
Do'stlaringiz bilan baham: